Zbekiston respublikasi adliya vazirligi toshkent davlat yuridik instituti
Sotsiologik asosda yondashuvga ko‘ra
Download 0.86 Mb.
|
falsafa o`quv qo`llamna.
- Bu sahifa navigatsiya:
- Etnopsixologik yondashuvga ko‘ra
- Geografik determinizm asosida
Sotsiologik asosda yondashuvga ko‘ra sivilizatsiyani sotsium sifatida tushunish mumkin emas, u yagona bir xil madaniyatdan iborat bo‘lolmaydi (D.Uilkins). Gomogen madaniyat sivilizatsiya-ning belgisi bo‘lolmaydi: madaniyat har xil bo‘lolmaydi: madaniyat har xil bo‘lishi mumkin. D.Uilkinsning fikricha, sivilizatsiya – ijtimoiy uyushma bo‘lib, u vaqt va makonda aloqalar, konfliktlar asosida mavjud bo‘ladi.
Sivilizatsiya munosabatlari hamkorlik, konfliktlar, urush, tengsizlik, barqarorlik va eksplutatsiya asosida mavjud bo‘ladi, ayniqsa ijtimoiy-siyosiy aloqalar kuchli rivojlangan bo‘ladi. Etnopsixologik yondashuvga ko‘ra sivilizatsiya etnik taraqqiyot xususiyatlari bilan u yoki bu xalqning madaniyati va psixologiyasi bilan bog‘lanadi (L.Gumelev). Bu esa sivilizatsiyani milliy xarakter bilan bog‘lash yoki u bilan ayniylashtirish demakdir. Bunday yondashuv ular o‘rtasidagi o‘ziga xos tafovutlarni sezmaslikka olib keladi. Geografik determinizm asosida sivilizatsiyaga yondashish tarafdorlari u yoki bu xalq sivilizatsiyasini geografik muhit bilan bog‘laydilar (L.Mechnikov). Falsafaga oid adabiyotlarda sivilizatsiya mohiyatini keng va tor ma'noda tushunish hollari ham ucharaydi. Sivilizatsiya keng ma'noda jamiyat moddiy va ma'naviy yutuqlarining majmui, yig‘indisi sifatida talqin qilinmoqda. Sivilizatsiya tor ma'noda jamiyatning faqat moddiy madaniya-tini ifoda etadi, deb hisoblamoqdalar. Ijtimoiy munosabatlar, odamlar faoliyati va hulq-atvorini tartibga soluvchi normalar universal tizimining ta'sirini o‘rga-nish sivilizatsiyalarning rang-barangligini tushuntirish imkonini beradi. Ular, birichidan, hukmron diniy va dunyoqarashga doir mo‘ljallarning o‘ziga xos xususiyatlari va siyosiy, ijtimoiy va madaniy jarayondagi o‘rni bilan; Ikkinchidan, texnik-iqtisodiy rivojlanish darajasi bilan; Uchinchidan, iqtisodiy va ijtimoiy jarayonlar sur'ati, shu-ningdek, manbalari, mexanizmlari xususiyati va uyg‘unlik darajasi bilan farq qiladi. Sivilizatsiyaning har bir turi siyosiy tizimning o‘ziga xos xususiyatlari va o‘z huquqiy qoidalarining xususiyati bilan tavsiflanadi. Sivilizatsiyalar axborotni kodlashtirish, saqlash va avloddan-avlodga yetkazib berish usullari bilan ham bir-biridan farq qiladi. Jamiyatning sivilizatsion asoslari sivilizatsiyalar tipolo-giyasida ayniqsa yorqin namoyon bo‘ladi. Bunda sivilizatsiyalarning yevropacha va noevropacha turlari farqlanadi. Bu farqlar shu darajada kattaki, yevropacha sivilizatsiya qadriyatlari uzoq vaqt oliy qadriyatlar sifatida tavsiflangan. Download 0.86 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling