Zbekiston respublikasi adliya vazirligi toshkent davlat yuridik instituti
Madaniyatning vujudga kelishi bir tipdan ikkinchisiga o‘tishi, ishlab chiqarish munosabatlari tasnifi (xarakteri) ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlarga ham bog‘liq
Download 0.86 Mb.
|
falsafa o`quv qo`llamna.
- Bu sahifa navigatsiya:
- Bilish funksiyasi
- Moddiy madaniyat
- Manaviy madaniyat
- Madaniy anana-lar
Madaniyatning vujudga kelishi bir tipdan ikkinchisiga o‘tishi, ishlab chiqarish munosabatlari tasnifi (xarakteri) ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlarga ham bog‘liq;
madaniyat taraqqiyotida vorislik muhim ahamiyatga ega; madaniyat taraqqiyparvar yoki unga zid, eskirgan yoki yangi g‘oya, mafkura, oqim, mayllar kurashida ham namoyon bo‘ladi. Madaniyat jamiyat taraqqiyotida quyidagi ijtimoiy vazifalarni bajaradi: Bilish funksiyasi – madaniyatda ko‘p asrlik inson faoliyati davrida olamdagi narsa va hodisalarni bilish va ularni o‘zlashti-rish jarayonida to‘plangan tarixiy tajriba mujassam bo‘lgan; axborot uzatish funksiyasi – madaniyat bir avloddan ikkinchi avlodga ijtimoiy tajriba yetkazish shaklidir, ya'ni tarixiy vorislik vazifasini bajaradi; muloqot funksiyasi – madaniyat va ma'naviyat – tarixiy yodgor-liklarda o‘z aksini topgan ma'lumotlarni qabul qilish jarayonida biz o‘tmishdagi avlodlar turmushi, ularning didi, madaniyati darajasi, shuningdek, mashhur asarlarni yaratgan mualliflar bilan muloqotda bo‘lib, o‘sha davrning nafasidan xabardor bo‘lamiz; madaniyat inson axloq-odobi, xatti-harakatini baholash va tartibga solish vazifasini ham bajaradi; madaniyat kishilarni insoniylik ruhida tarbiyalash vazifasini ham o‘taydi. Moddiy va ma'naviy madaniyat. Ishlab chiqarishning ikki asosiy turi – moddiy va ma'naviy ishlab chiqarishga qarab madaniyat moddiy va ma'naviy madaniyatga bo‘linadi. Madaniyatning bu ikki turi bir-biridan o‘zining mazmun va mohiyati bilan farqlanadi. Moddiy madaniyat inson faoliyati tufayli yaratilgan “ikkinchi tabiat”ni o‘z ichiga oladi. Moddiy madaniyatning muhim elementlariga ishlab chiqarish vositalari, mehnat qurollari, uy-joy, iste'mol vositalari, transport vositalari, aloqa vositalari, shuningdek, ishlab chiqarish jarayonida yaratilgan va hayot uchun xizmat qiladigan barcha boyliklar kiritiladi. Ma'naviy madaniyat qamrovi behad keng bo‘lib, ijtimoiy ongning barcha shakllari, ya'ni falsafiy, ilmiy, huquqiy, axloqiy, estetik, diniy qarashlar, maorif, ta'lim-tarbiya, maktab, o‘rta va oliy ta'lim, fan, madaniyat muassasalari, OAV, san'at, xalq ma'naviy ijodiyotining barcha turlarini o‘z ichiga qamrab oladi. Ma'naviy ishlab chiqarish natijasida yaratilgan va jamiyatda hamda insonlar uchun muhim bo‘lgan ruhiy omillar ma'naviy boy-liklar deb yuritiladi. Ma'naviy boyliklar avloddan-avlodga me-ros bo‘lib qoladi va u jamiyat taraqqiyotida muhim ahamiyat kasb etadi. Ma'naviy va moddiy madaniyat bir-biri bilan uzviy bog‘liq bo‘lib, biri ikkinchisini to‘ldirib boradi. Ma'naviy madaniyat o‘z shakli jihatidan ikki xil ko‘rinishga ega: Milliy va baynalminal. Ma'naviy madaniyatning milliy shakli muayyan millat, elatning tarixan tarkib topgan madaniyatidir. U bularga xos turmush tarzi, ruhiy holati, munosabatlarni, xususiyatlarni in'ikos ettiradi. Madaniyat umuminsoniy hodisa bo‘lib, u faqat bir xalqqa tegish-li, bir xalqning o‘zi yaratgan sof madaniyat bo‘la olmaydi va bo‘lishi ham mumkin emas. Har bir milliy madaniyatning asosiy qismini shu millatning o‘zi yaratgan bo‘lsada, unda jahon xalqlari yaratgan umum-insoniy madaniyatning ulushi va ta'siri bo‘ladi. Madaniyat hyech qachon sinfiy hodisa bo‘la olmaydi. U barchaga baravar xizmat qiladi. Misol uchun, fan yutuqlari, san'at va adabiyot durdonalari, me'morchilik obidalari va boshqalar. Moddiy va ma'naviy madaniyatga mansub narsa va hodisalarning turli maqsadlarga xizmat qilishi, demakki, uning vazifalaridagi farqlari nisbiyligidan darak beradi. Birinchidan, moddiy mada-niyat ham ma'naviy madaniyat ham madaniyat ekanligini unutmaslik kerak; ikkinchidan, inson faoliyatining mahsuli bo‘lgan ko‘pgina narsalar ham aqliy, ham ma'naviy, ham jismoniy mehnat natijasi sifatida paydo bo‘ladi. Ya'ni, moddiy madaniyat insonning muayyan g‘oyalari, bilimlari, maqsadlarining namoyon bo‘lishidir. Ayni paytda ma'naviy madaniyat mahsuli ham ob'ektivlashuvi, o‘zining moddiy ifodasini topmog‘i lozim (masalan, yozuv, nutq va h.k.). Tarixiy taraqqiyot jarayonida yangilik bilan eskilik o‘rtasida yuzaga keladigan zaruriy, qonuniy aloqa va bog‘lanish usuli voris-lik deb yuritiladi. Vorislik bir tarafdan o‘tmishda to‘plangan barcha ijobiy, muhim jihatlar navbatdagi jamiyat vakillarining foydalanishlari va o‘zlashtirishlarida namoyon bo‘lsa, ikkinchi tarafdan u avvalgi davrda erishilgan natijalarning keyingi davr talablari nuqtai nazaridan tanqidiy baholanishida va ijobiy qayta ishlanib, ularga sifat jihatidan yangi hissa bo‘lib qo‘shili-shida ifodalanadi. Madaniyatda vorislik haqida gap ketganda, taraq-qiyotgan xizmat qiladigan (progressiv) va rivojlanishga to‘sqinlik qiladigan (reaksion) vorislikni ajratish mumkin. Madaniyat rivojlanishidagi vorislik o‘tmishda to‘plangan natijalarni saqlab qolish va ijobiy rivojlantirishning dialek-tik birligi sifatida namoyon bo‘ladi. Ayni shu jarayon natijasida madaniyatning barqaror elementlari yuzaga keladiki, odatda ularni ifodalash uchun an'ana tushunchasi qo‘llaniladi. Madaniy an'analar tufayli kishilarning tajribalari to‘planib, avlodan-avlodga o‘tib boraveradi. Madaniy an'analar kishilar birligining muayyanligi-ni, o‘zligini saqlab qolish imkonini beradi. Ko‘pchilik madaniy an'analar deganda, marosim va urf-odatlar-ni tushunishadi. Bu unchalik to‘g‘ri ta'rif emas. Madaniy an'ana-lar, birinchidan, kishilik jamiyati rivojlanishi natijasida yuzaga kelgan har qanday marosim va an'analar ham uzoq yashamasligi, demakki, ular an'anaga aylanmasligi mumkin. Ikkinchidan, madaniy an'analar tushunchasi marosim va urf-odatlar kabi hodisalarni o‘z ichiga olgan holda ularga nisbatan kengroq mazmun kasb etadi. Sababi, madaniy an'analar ulardan tashqari avloddan-avlodga o‘tib boradigan, tarixan qaror topgan va ijtimoiy ongning tarkibiy qis-miga aylangan g‘oyalar, bilimlar, qadriyatlar, qarashlar va tasavvur-lar, xulq-atvor normalari va sh.k. kabi jarayonlarni o‘zida mujassam etadi. Madaniy an'analarni mensimaslik salbiy oqibatlarni keltirib chiqaradi. Jamiyatda madaniy an'analar o‘ziga xos vazifa-larni bajaradi: kishilarni ma'rifatli qilish, ularni tarbiyalash, odamlarga estetik zavq-shavq berish, ularni o‘zaro yaqinlashtirish, axborot bilan ta'minlash va b.q. Download 0.86 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling