Zbekiston respublikasi adliya vazirligi toshkent davlat yuridik instituti


Download 0.86 Mb.
bet89/102
Sana08.05.2023
Hajmi0.86 Mb.
#1443649
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   102
Bog'liq
falsafa o`quv qo`llamna.

XIX-XX asrlarda amalga oshirilgan etnografik tadqiqotlar sivilizatsiyaning mazmunini tushunishga muhim hissa qo‘shdi. Ular turli xalqlar ma'naviy dunyosi, hayoti, odatlari, iqtisodiyoti va madaniyatining ulkan boyligi va rang-barangligini yoritib berdi.
XIX asrning mashhur etnograflaridan biri Ch.Teylor madani-yat va sivilizatsiya – odamlar tarix jarayonida o‘zlashtiradigan bi-limlar, e'tiqodlar, ma'naviy-axloqiy konsepsiyalar, yuridik qoida-lar, odatlar va amaliy ko‘nikmalar majmuini ifodalaydi, deb bu tushunchalar ayniydir, degan xulosaga keldi.
Hozirgi davrda sivilizatsiyalashganlik ko‘proq qulaylik tushun-chasi bilan ayniylashtirilmoqda. Uning mohiyatini sanoat iste'mol vositalarini yaratish tashkil etmoqda: ayni vaqtda u jamiyat rivojlanishining mezoni hisoblanmoqda22
.
Mavjud ilmiy adabiyotlarda sivilizatsiya atamasining ikkinchi ma'nosi ham yoritilyapti. U lotincha “grajdanlikka oid” tushunchasi bilan bog‘likdir. Lotin tilidan kirib kelgan “grajdanlik, goro-janin” so‘zlarining o‘zagi bir xildir. Sivilizatsiya shu ma'noda “shahar madaniyati” tushunchasini ham ifodalaydi. Shahar madaniya-tini yaratgan va unda yashagan kishilarni sivilizatsiyali inson hisoblash rasm bo‘lgan. Sivilizatsiyani bunday tushunish ayniqsa Yunoniston, Rim va boshqa joylarda keng tarqalagan.
Madaniyatning paydo bo‘lishi insoniyatning yovvoyilikdan keyingi davri bilan bog‘liq bo‘lsa, sivilizatsiya – tarixiy jarayon, ijtimoiy hodisadir. Sivilizatsiyaning rivojlanishi jamiyatni yuksaltirishga olib keladi, natijada bu jamiyat fuqarolar erkin-ligini ta'minlash imkoniyatini yaratadi. Sivilizatsiyali hayot insonni madaniyatli qiladi va uning har tomonlama kamol topishi uchun shart-sharoit yaratadi.
Sivilizatsiya mohiyatini talqin etishda bir qancha yondashuvlar mavjud: kulturologik, sotsiologik, etnopsixologik, geografik va boshqa yondashuvlar.
Kulturologik nuqtai nazardan yondashishga ko‘ra siviliza-siya, bu – alohida sotsiomadaniy fenomen bo‘lib, makon va zamon bilan chegaralangan, uning asosini din tashkil etadi (M.Veber, A.Toynbi).
E.Taylor sivilizatsiya elementlariga bilim, e'tiqod, san'at, qonun, udumlar, odatlar va boshqalarni ham qo‘shadi, chunki shu jami-yat a'zolari ularni o‘zlashtirib oladilar va ularga amal qiladilar.

Download 0.86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   102




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling