Zbekiston respublikasi adliya vazirligi toshkent davlat yuridik instituti


Download 0,86 Mb.
bet91/102
Sana08.05.2023
Hajmi0,86 Mb.
#1443649
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   102
Bog'liq
falsafa o`quv qo`llamna.

Noevropacha sivilizatsiyalar, A.Toynbining tasnifiga ko‘ra, bu kabi sivilizatsiyalar 21 tani tashkil etadi. Bu sivilizatsiyalar yevropacha sivilizatsiyadan ancha oldin vujudga kelgan an'anaviy sivilizatsiyalardir. An'anaviy jamiyat juda sust rivojlanadi va mavjud hayot tarzini asrlar va hatto ming yilliklar osha saqlashga qodir. Noevropacha sivilizatsiyalarning xo‘jalik faoliyati – qishloq xo‘jaligi, hunarmandchilik ishlab chiqarishi va texnologiyasining hukmronligiga asoslanadi. An'anaviy sivilizatsiyaning ma'naviy sohasida diniy mifologik tasavvurlar hukm suradi, ilmiy bilimlarning dastlabki shakllari asosan mavjud faoliyat turlari uchun retseptura vazifasini bajaradi.
Noevropacha sivilizatsiyalar evolyusiyasi siklliligi va o‘ziga xos institutlar va normalarga ega bo‘lgan davlat ba'zan kuchayib, ba'zan zaiflashib turishi bilan tavsiflanadi. Bunday jamiyat halo-kati sivilizatsiya turini o‘zgartirmaydi, u ijtimoiy vorisiylik mexanizmlari yordamida avloddan-avlodga o‘tadi.
yevropacha sivilizatsiya ijtimoiy va madaniy rivojlanish-ning alohida turi bo‘lib, u yevropada taxminan XV-XVII asrlarda shakllangan. Uyg‘onish davrida texnogen sivilizatsiyaning teran o‘ziga xosligi va unda texnika hamda texnologiyaning jadal sur'at-larda rivojlanishi odamlar o‘rtasidagi ijtimoiy aloqalarning tubdan o‘zgarishini ta'minlagan madaniyatni shakllantirdi. Uning zamirida huquqiy davlatning vujudga kelishi, shaxsning o‘z tashab-buskorligi, faolligi va mustaqilligi bilan oliy qadriyat sifatida ijtimoiy hayot markazidan o‘rin olishi yotadi. Odamlar o‘rtasida muloqatning faollashuvi va samarali kommunikatsiya vositalarining paydo bo‘lishi texnogen sivilizatsiyaning xususiyatlaridan biridir.
Sivilizatsiyaning yevropacha va noevropacha turlari haqidagi tushunchalar umumiy, muhim, jins bildiruvchi belgilarni qamrab oladi. Mazkur turlar doirasida mavjud turga oid farqlar pirovard natijada jahon tarixida yevropacha sivilizatsiyaning betakrorligini e'tirof etish bilan bog‘liq. Ayrim mutaxassislarning fikriga ko‘ra, u an'anaviy jamiyat madaniyatining mutatsiyasi natijasida vujudga kelgan va insoniyat tarixida uning o‘xshashi mavjud emas. Shunga qaramay, sivilizatsiyalar tipologiyasi yevropacha va noevropacha rivojlanish xususiyatlari bilan cheklanmaydi, chunki insoniyat tarixida ozmi-ko‘pmi o‘xshash bo‘lgan ko‘p sonli sivilizatsiyalar mav-jud. Jumladan, ma'lum bir ijtimoiy-iqtisodiy formatsiyaga ko‘ra, masalan, quldorlik sivilizatsiyasi; geografik jihatdan farq-lanuvchi birlik belgisiga ko‘ra, yevropa yoki Osiyo sivilizatsiyasi; diniy mansubligiga ko‘ra farqlanuvchi madaniy birliklar, masalan, xristian yoki islom sivilizatsiyasi; madaniy-tarixiy birlik belgisiga ko‘ra, G‘arbiy, Sharqiy va Janubi-Sharqiy yevropa mamlakatlarini, shuningdek, yevropacha sivilizatsiyaga mansub bo‘lgan, lekin o‘z madaniyatining xususiyatiga ko‘ra, AQSh va Kanada; vujudga kelish va halok bo‘lish davriga ko‘ra, hozirgi zamon sivilizatsiyalari va o‘lik sivilizatsiyalar (masalan, Meksika, Xaldeylar yoki qadimgi Somoniylar sivilizatsiyasi) farqlanadi.
Sivilizatsiyalar o‘z shakliga ko‘ra Sharq va G‘arb siviliza-siyalari, xududiy va jahon sivilizatsiyasi kabilardan iborat.
Sharq sivilizatsiyasiga xos bo‘lgan quyidagi muhim xususiyat-larni ko‘rsatish mumkin :
Sharqdagi barcha dunyoviy, diniy va falsafiy ta'limotlar tabiatga ehtiyotkorik bilan munosabatda bo‘lishni, sabr-toqatli-likni targ‘ib etgan;
odamlar orasida bag‘rikenglik, birdamlik, hamjihatlik ruhi kuchli bo‘lgan;
milliy qadriyat va an'analar e'zozlangan;
avlod-ajdodlarga, kattalar, ota-onaga hurmat bilan qarashga alohida e'tibor berilgan.
Sivilizatsiyalar tipologiyasida madaniy-diniy birlik belgisi ayniqsa muhim ahamiyat kasb etadi. A.Toynbi, S.Xantington va bosh-qa olimlar taklif qilgan sivilizatsiyalar tasnifida diniy omil muhim rol uynaydi. A.Toynbining tasnifiga ko‘ra, hozirgi vaqtda G‘arb-xristian, provaslav-xristian, islom, hind, Uzoq Sharq sivilizatsiyalari mavjud.

Download 0,86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   102




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling