Zbekiston respublikasi adliya vazirligi toshkent davlat yuridik instituti


Mavzuning asosiy tayan tushunchalari


Download 0.86 Mb.
bet85/102
Sana08.05.2023
Hajmi0.86 Mb.
#1443649
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   102
Bog'liq
falsafa o`quv qo`llamna.

Mavzuning asosiy tayan tushunchalari: “Odam”, “inson”, “individ”, “individuallik”, “shaxs”, “komil inson”, antropologik falsafa, antroposotsiogenez, evtanaziya.


Takrorlash uchun savollar:

  1. Insonning tabiati va mohiyati to‘g‘risidagi ta'limot va qarashlarning xilma-xilligiga sabab nimada?

  2. Insonning biosotsial va psixologik xususiyatlarini tushuntirib bering?

  3. “Odam”, “Inson” va “Shaxs” tushunchalarining mazmun-mohiyatini tushuntirib bering?

  4. “Evtanaziya” tushunchasini izohlang.

10-mavzu: Madaniyat va qadriyatlar falsafasi


Siz quyidagilarni o‘rganasiz:
madaniyat tushunchasi;
moddiy va ma'naviy madaniyat;
madaniyatning jamiyat taraqqiyotidagi ijtimoiy vazifalari;
madaniyat va sivilizatsiya tipologiyasi va rivojlanish qonuniyatlari;
sivilizatsiya mohiyatini talqin etishdagi turli xil yondashuvlar;
sivilizatsiyaning asosiy belgilari;
madaniyat va sivilizatsiya o‘rtasidagi aloqadorlik va tafovut;
qadriyat kategoriyasi;
qadriyatlar tizimi.


Mavzuning maqsadi:
madaniyat tushunchasi haqida, moddiy va ma'naviy madaniyat to‘g‘risida tasavvur hosil qilish;
madaniyat va sivilizatsiya, ularning tipologiyasi va rivojlanish qonuniyatlari bilan tanishtirish;
qadriyat tushunchasiga izoh berish;
qadriyat turlari haqida tasavvur hosil qilish.


Madaniyat tushunchasi. Moddiy va ma'naviy madaniyat. Madaniyat – jamiyat, inson ijodiy kuch va qobiliyatlari tarixiy taraqqiyotning muayyan darajasi hisoblanib, kishilar hayoti va faoliyatining turli ko‘rinishlarida, shuningdek, ular yaratadigan moddiy va ma'naviy boyliklar ko‘rinishida namoyon bo‘ladi.
Keng ma'noda “madaniyat” tushunchasi tarixiy davr (antik mada-niyat), konkret jamiyat, elat va millat (o‘zbek millati), shuningdek, inson faoliyati yoki turmushining o‘ziga xos sohalar (mas., mehnat madaniyati, badiiy madaniyat, turmush madaniyat)ini izohlash uchun qo‘llaniladi. Tor ma'noda “madaniyat” atamasi kishilarning ma'na-viy hayoti sohasiga nisbatan ishlatiladi.
Madaniyat” arabcha “madina” (“shahar”) so‘zidan kelib chiqqan. Arablar kishilar hayotini ikki turga: birini badaviy yoki sahroiy turmush; ikkinchisini madaniy turmush deb ataganlar. Badaviylik – ko‘chmanchi holda dashtu sahrolarda yashovchi xalqlarga, madaniylik – shaharda o‘troq holda yashab, o‘ziga xos turmush tarziga ega bo‘lgan xalqlarga nisbatan ishlatilgan18. Madaniyat serqirra va murakkab ijtimoiy hodisa bo‘lib, u inson faoliyati jarayonida hamda uning mehnati natijasida yaratilgan jamiki moddiy va ma'naviy qad-riyatlarni o‘z ichiga qamrab oladi, madaniyat odamni inson (jamiyat-lashgan individ)ga aylantiruvchi, uni shaxs sifatida shakllanti-ruvchi va kamolatga yetishtiruvchi ijtimoiy hodisa bo‘lib hisob-lanadi. “Madaniyat” tushunchasiga ta'rif berishda ham turlicha qarashlar mavjud. Ayrim tadqiqotchilar uni arabcha “mad” va “iyat” so‘zlarining qo‘shilishidan kelib chiqqan va u “shaharga oid” degan ma'noni anglatadi, deb hisoblaydilar.
Madaniyat boshqa xalqlar tillarida, shu jumladan, o‘zbek tilida “bilimdonlik, tarbiya ko‘rganlik” ma'nolarida ishlatiladi.
O‘rta asr mutafakkirlari Forobiy, Ibn Sino, Beruniy va boshqalar shahar turmush tarzini jamoaning yetuklik shakli sifatida talqin qilganlar. Abu Nasr Forobiy (873-950) fikricha, har bir inson o‘z tabiatiga ko‘ra, “oliy darajadagi yetuklikka erishish uchun intiladi”, bunday yetuklikka faqat shahar jamoasi orqaligina erishadilar. Uning ta'kidlashicha, “madaniy jamiyat va madaniy shahar (yoki mamlakat) shunday bo‘ladiki, bu mamlakatda har bir odam kasb-hunarda ozod, hamma babbaravardir, kishilar o‘rtasida farq bo‘lmaydi, har kim o‘zi istagan yoki tanlagan kasb-hunar bilan shug‘ullanadi. Odamlar chin ma'nosi bilan ozod yashaydilar”.
yevropada madaniyat deyilganda, dastlab insonning tabiatga ko‘rsatadigan maqsadga muvofiq ta'siri, shuningdek, insonga ta'lim-tarbiya berish tushunilgan. Ayrim yevropalik olimlar madaniyat tushunchasini lotincha “cultura” (rus tilidagi “kultura” so‘zi ham shundan olingan) so‘zidan kelib chiqqan bo‘lib, u “parvarish qilish, ishlov berish19degan ma'noni anglatadi, deb hisoblaydilar. Madaniyatga nisbatan bunday yondashuv har qanday jamiyatga xos (masalan, Qadimgi Xitoyda jen, Qadimgi Hindistonda dxarma).
Ma'lumotlarga ko‘ra, Rim notig‘i, mashhur faylasuf Sitseron “madaniyat” atamasini “aqlga ishlov berish” ma'nosida ishlatgan. Uning fikricha, “dehqon yerga ishlov bergani kabi inson ham so‘z, aqliga ishlov berib turishi zarur”.
Qadimgi Rimning so‘nggi davrlarida madaniyat tushunchasi ijtimoiy hayotning shahar turmush tarzini ifodalovchi mazmunlar bilan ham boyigan va o‘rta asrlarga kelib keng tarqalgan. Bu tushuncha keyinchalik kelib chiqqan sivilizatsiya tushunchasiga yaqin turadi.
Keyinchalik madaniyat tushunchasi bilimdon, ma'rifatli, yuksak tarbiyali insonlarni ta'riflashda ham ishlatilgan.
Jamiyat taraqqiyotining keyingi bosqichlarida madaniyatni deyarli barcha xalqlarda mohiyat e'tibori bilan aynan ma'naviy faoliyat sohasi sifatida tushunish ustuvorlik qilib kelgan.
Faqat XIX asrning o‘rtalariga kelib kengroq ma'noda inson faoliyati natijasida yuzaga kelgan barcha narsalarga nisbatan ishla-tila boshlandi. Mazkur holatda madaniyat inson tomonidan yaratil-gan sun'iy olam yoki “ikkinchi tabiat” ma'nosini o‘zida aks ettiradi. Fan-texnika taraqqiy topgan sharoitda ko‘pgina sotsiolog va madani-yatshunos olimlar madaniyatning yagona g‘oyasini izchil amalga oshirish mumkin emas, degan qoidani ilgari surdilar. Bu politsentrizm, G‘arb bilan Sharqning azaldan qarama-qarshiligi va ijtimoiy taraqqiyot-ning boshqa umumiy qonuniyatlarini inkor qiluvchi nazariyalarida o‘z aksini topdi.
Agar amerikalik madaniyatshunos olimlar A.Kreber va K.Klakxonlarning 1952 yildagi ma'lumotlariga e'tibor beradigan bo‘lsak, madaniyat hodisasiga berilgan ta'rif 164 ta bo‘lsa, so‘nggi adabiyotlarda bu raqam 400 dan ortiq20
ni tashkil etadi.
Demak, madaniyat ko‘p qirrali ijtimoiy-tarixiy hodisa bo‘lib, insoniyat ma'naviyati yuksalib borgani sayin mazkur tushunchaning mazmuni-mohiyati ham tobora boyib boraveradi.
Madaniyatni falsafiy anglash tarixida madaniyatning asosiy modellari ajratiladi. Ular quyidagilar:

Download 0.86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   102




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling