Shaxsning shakllanishida quyidagi omillar katnashadi:
1) biologik (nasl);
2) tabiiy muhit;
3) madaniy muhit;
4) ijtimoiy tajriba;
5) odamlar bilan munosabat.
Shaxsning biofiziologik jihati ovqatlanish, joylashish, bola tug‘ilishi kabi individual faoliyati bilan bog‘liq hodisalardir.
Shaxs tushunchasining mazmuni g‘oyat boy bo‘lib, ayrim olingan kishilarning noyob, nodir va betakror xususiyatlari, fazilatlari va ijtimoiy sifatlarini o‘zida aks ettiradi. Shaxs tushunchasida indi-vidning tabiiy-biologik xususiyatlari emas, balki ijtimoiy sifatlari o‘z ifodasini topadi. Chunki inson mohiyatan ijtimoiy mavjudotdir. Biroq insonning tabiiy-biologik xususiyatlari shaxsning shakllanishida muayyan rol o‘ynaydi.
Shaxs hamisha konkret tarixiy hodisa bo‘lib, juda ko‘p omil-larning o‘zaro ta'siri, birlar-biri bilan uyg‘unlashuvi natijasida vujudga keladi. Inson konkret tarixiy sharoit, ijtimoiy makon amaliy faoliyat va ta'lim-tarbiya jarayonida shaxs sifatida shakllanadi.
Shaxs “komil inson” tushunchasi bilan ma'nodoshdir. Sharq mutafakkirlari shaxs tushunchasi o‘rnida fozil inson, komil inson, barkamol inson tushunchalarini qo‘llaganlar. Komil inson deganda mustahkam imon-e'tiqodga, yaxshi insoniy fazilatlarga ega bo‘lgan kishilar tushuniladi.
Shaxs tushunchasi “individuallik” tushunchasi bilan chambarchas bog‘liqdir. Individuallik shaxsning betakror, noyob, o‘ziga xos xususiyatlarida, temperament, xarakter, xotira, xatti-harakatning o‘ziga xosligida o‘z ifodasini topadi.
Shaxs faoliyati natijalari hamisha individualdir. Shaxs va individuallik uzviy bog‘liq bo‘lsa ham, inson ijtimoiy borlig‘i-ning turli tomonlarini tavsiflaydi. Biz individuallik tushuncha-siga nisbatan yorqin, original, ijodkor sifatlarini qo‘llaymiz. Shaxs tushunchasiga nisbatan “kuchli”, “mustaqil”, “tarixiy”, “buyuk” singari sifatlarni qo‘llaymiz. Individuallikda insonning o‘ziga xosligi, shaxsda esa mustaqillik o‘z ifodasini topadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |