Zbekiston respublikasi ichki ishlar vazirligi akademiyasi inson huquqlari umumiy nazariyasi
Download 2.94 Kb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- III QISM 25-modda
- BOLA HUQUQLARI TOGRISIDA KONVENSIYA
21-modda 1. Ushbu moddaga muvofiq mazkur Konvensiyaning har qanday ishtirokchi davlati istalgan vaqtda u Qo'mitaning bir ishtirokchi davlatning boshqa ishtirokchi davlat o'zining ushbu Konvensiya bo'yicha vazifalarini bajarmayotganligi to'g'risidagi xabarlarini olish va ko'rib chiqish vakolatini tan olishini bildirishi mumkin. Bunday xabarlar ushbu moddada bayon qilingan tartib-qoidalarga muvofiq, faqatgina ular o'ziga nisbatan Qo'mita vakolatini tan olgani to'g'risida ariza bergan ishtirokchi davlat tomonidan taqdim etilgan holdagina qabul qilinishi va ko'rib chiqilishi mumkin. Qo'mita ushbu modda bo'yicha axborotlarni, agar ular bunday ariza bermagan ishtirokchi davlatga tegishli bo'lsa, ko'rib chiqmaydi. Ushbu moddaga ko'ra olingan xabarlar quyidagi tartibga muvofiq ko'rib chiqiladi: a) agar qaysidir ishtirokchi davlat boshqa ishtirokchi davlat Ushbu Konvensiya qoidalarini bajarmayotir, deb hisoblasa, unda bu haqda shu masala haqida ko'rsatilgan ishtirokchi davlatga yozma xabar qilishi mumkin. Shu xabarni olgandan keyin uch oy mobaynida uni olgan davlat yozma ravishda shunday xabar jo'natgan davlatga tushuntirish yoki boshqa ariza taqdim qiladiki, unda qanchalik mumkin va maqsadga muvofiq bo'lsa, shu masala yuzasidan qabul qilingan, qabul qilinadigan yoki qabul qilinishi mumkin bo'lgan ichki tartib va tadbirlar ko'rsatilmog'i lozim; b) agar dastlabki xabar oladigan davlat tomonidan olingandan keyin olti oy mobaynida masala ikkala tegishli ishtirokchi davlatni qondirish tarzida hal etilmasa, 247 shu davlatlardan har qaysisi bu masalani Qo'mitaga berib, bu haqda Qo'mita va boshqa davlatga bildirib qo'yishi mumkin; c) Qo'mita unga ushbu moddaga binoan berilgan masalani faqatgina u hamma iloji bor ichki choralar ko'rilgani hamda mazkur holda umum tomonidan tan olingan xalqaro huquq prinsiplariga muvofiq tugagani haqida ishonch hosil qilganidan so'ng qarab chiqadi. Bu qoida shu tadbirlarni qo'llash asossiz cho'zilib ketgan yoki Ushbu Konvensiya buzilishining qurboni bo'lgan shaxsga samarali yordam ko'rsatishi dargumon bo'lgan hollarda harakat qilmaydi; d) ushbu modda bo'yicha axborotlarni ko'rib chiqqanda Qo'mita yopiq majlislar o'tkazadi; e) Qo'mita «s» banddagi qoidalarga rioya etgan holda tegishli ishtirokchi davlatlarga masalani ushbu Konvensiyada ko'zda tutilgan majburiyatlarini hurmat qilish asosida do'stona hal etish maqsadida yaxshi xizmat ko'rsatadi. Shu maqsadda Qo'mita zarurat bo'lganda maxsus kelishuv komissiyasini ta'sis qilishi mumkin: f) ushbu moddaga muvofiq o'ziga berilgan har qanday masala bo'yicha Qo'mita «b» bandda eslatilgan tegishli ishtirokchi davlatlardan ishga taalluqli istalgan axborotni berishlarini so'rashi mumkin; d) «b» bandda eslatilgan tegishli ishtirokchi davlatlar Qo'mitada masalani ko'rib chiqishda vakil orqali qatnashishlari, og'zaki va (yoki) yozma ravishda fikr bildirishlari mumkin. h) Qo'mita bildirishnoma olgan kundan o'n ikki oy mobaynida «b» bandga muvofiq quyidagi hollarda axborotnoma taqdim etadi: I) agar «ye» band qoidalari doirasida yechimga erishilsa, unda Qo'mita o'z axborotida faktlarni va erishilgan yechimni qisqacha bayon etish bilan chegaralanadi; II) agar «ye» band qoidalari doirasida yechimga erishilmasa, Qo'mita o'z axborotida faktlarni qisqacha bayon etish bilan chegaralanadi; 360 tegishli ishtirokchi davlatlar tomonidan taqdim etilgan yozma taqdimotlar va og'zaki arizalarning qaydi axborotga ilova qilinadi. Har bir masala bo'yicha axborot tegishli ishtirokchi davlatlarga jo'natiladi. 2. Ushbu moddaning qoidalari mazkur Konvensiyaning beshta ishtirokchi davlati shu moddaning 1 bandiga muvofiq ariza berganida amalga kiritiladi. Bunday arizalar ishtirokchi davlatlar tomonidan Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibiga saqlash uchun beriladi, Bosh kotib ularning nusxalarini qolgan ishtirokchi davlatlarga jo'natadi. Ariza Bosh kotib nomiga bildirishnoma jo'natish orqali istalgan vaqtda chaqirib olinishi mumkin. Arizani bunday chaqirib olish ushbu moddaga muvofiq avval o'tkazib bo'lingan axborot mavzui bo'lgan har qanday masalani ko'rib chiqishga zarar yetkazmasligi kerak; ushbu moddaga muvofiq har qanday ishtirokchi davlatning hyech qanday keyingi axborotlari, agar tegishli ishtirokchi davlat yangi ariza bermagan bo'lsa, Bosh kotibga arizaning chaqirib olinishi to'g'risida bildirilgandan keyin qabul qilinmaydi. 22-modda 1. Ushbu Konvensiyaning ishtirokchi davlati istalgan vaqtda Ushbu moddaga muvofiq uning huquqiy tobeligida bo'lgan shaxslarning ishtirokchi davlat tomonidan 248 Konvensiya qoidalarini buzish qurbonlari bo'lganliklarini yoki ular nomidan tushadigan shunday tusdagi axborotlarni tasdiqlaydigan xabarlarini olish va ko'rib chiqishga Qo'mita vakolatini tan olishi to'g'risida bayonot berishi mumkin. Shunday bayonot bermagan ishtirokchi davlatga taalluqli bo'lgan har qanday axborotlarni Qo'mita qabul qilmaydi. 2. Qo'mita ushbu moddaga binoan anonim bo'lgan yoki uning fikricha, shunday xabarlarni berish huquqini suiiste'mol qilgan, yoki Ushbu Konvensiya qoidalariga to'g'ri kelmaydigan har qanday axborotni nomaqbul deb hisoblaydi. 3. Qo'mita, 2 bandni hisobga olgan holda, ushbu moddaga muvofiq unga berilgan axborotni 1 bandga ko'ra bayonot bergan va go'yoki Konvensiyaning u yoki bu qoidalarini buzayotgan ushbu Konvensiyaning ishtirokchi davlatiga ma'lum qiladi. Axborotni olgan davlat olti oy mobaynida Qo'mitaga masalani va shu davlat tomonidan qabul qilinadigan har qanday tadbirlarni aniqlashtiradigan yozma tushuntirish yoki ariza taqdim etadi. 4. Qo'mita ushbu moddaga muvofiq olingan xabarlarni unga mazkur shaxs tomonidan yoki uning nomidan va tegishli ishtirokchi davlat tomonidan taqdim etilgan butun axborotlar asosida ko'rib chiqadi. 5. Qo'mita, agar u quyidagilarga amin bo'lmasa, ushbu moddaga ko'ra qandaydir shaxsdan olingan hyech bir axborotni ko'rib chiqmaydi: a) xuddi shu masala xalqaro tergov yoki bartaraf etish bo'yicha qaysidir boshqa marosimda ko'rib chiqilmagan va ko'rib chiqilma-yapti; b) mazkur shaxs mavjud ichki huquq himoyasining barcha choralarini tugatgan; bu qoida shu tadbirlarni qo'llash asossiz cho'ziladigan yoki shu Konvensiyani buzish qurboni bo'lgan shaxsga samarali yordam berishi gumon sanalgan hollarda harakat qilmaydi. 6. Mazkur modda bo'yicha axborotlarni ko'rib chiqqanda Qo'mita yopiq majlislar o'tkazadi. 7. Qo'mita tegishli ishtirokchi davlat va mazkur shaxsga o'z fikr-larini bildiradi. 8. Bu moddaning qoidalari ushbu Konvensiyaning beshta ishtirokchi avlati mazkur moddaning 1 bandiga muvofiq ariza berganda amalga kiritiladi. Bunday arizalar ishtirokchi davlatlar tomonidan Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibiga saqlash uchun beriladi, u ularning nusxalarini qolgan ishtirokchi davlatlarga jo'natadi. Ariza istalgan vaqtda Bosh kotib nomiga bildirishnoma jo'natish vositasida chaqirib olinishi mumkin. Arizani bunday chaqirib olish ushbu moddaga binoan berilib bo'lingan axborot mavzui sanalgan istalgan masalani ko'rib chiqishga zarar keltirmasligi lozim; har qanday shaxs tomonidan yoki uning nomidan jo'natiladigan hyech qanday keyingi xabarlar ushbu moddaga muvofiq, Bosh kotib tomonidan arizani chaqirib olish to'g'risida bildirishnoma olingandan keyin, agar tegishli ishtirokchi davlat yangi ariza bermasa, qabul qilinmaydi. 23-modda Qo'mita va 21-modda 1 bandining «ye» kichik bandiga binoan ta-yinlanishi mumkin bo'lgan kelishuv komissiyalarining a'zolari Birlashgan Millatlar Tashkilotining 249 Imtiyozlar va immunitetlar to'g'risida Konvensiyasining tegishli bo'limlarida ko'zda tutilganidek, Birlashgan Millatlar Tashkiloti topshirig'i bo'yicha ishlaydigan ekspertlarning imtiyozlari va immunitetlari huquqiga egadirlar. 24-modda Qo'mita ishtirokchi davlatlarga va Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasiga ushbu Konvensiyaga binoan o'z ishi to'g'risida yillik ma'ruza taqdim qiladi. III QISM 25-modda 1. Ushbu Konvensiya hamma davlatlar tomonidan imzolash uchun ochiqdir. 2. Bu Konvensiya ratifikasiya qilinishi kerak. Ratifikasiya yorliqlari Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibiga saqlash uchun beriladi. 26-modda Ushbu Konvensiya hamma davlatlarning qo'shilishi uchun ochiqdir. Bunday qo'shilish qo'shilganlik to'g'risida hujjatni Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibiga saqlash uchun topshirish yo'li bilan amalga oshiriladi. 27-modda 1. Ushbu Konvensiya yigirmanchi ratifikasiya yorlig'i yoki qo'shilish to'g'risidagi hujjat Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibiga saqlash uchun topshirilganining o'ttizinchi kuni amalga kiritiladi. 2. Ushbu Konvensiyani ratifikasiya qiladigan yoki o'nta yigirmanchi ratifikasiya yorlig'i, yoki qo'shilish to'g'risida hujjat topshirilgandan keyin qo'shiladigan har bir davlat uchun Ushbu Konvensiya uning o'zining ratifikasiya yorlig'i yoki qo'shilish to'g'risida hujjati saqlash uchun topshirilgan sanadan keyin o'ttizinchi kuni amalga kiritiladi. 28-modda 1 Har bir davlat ushbu Konvensiyani imzolash yoki ratifikasiya qilish, yoki qo'shilish paytida u yigirmanchi moddada belgilangan Qo'mita vakolatini tan olmasligi mumkin. 2 Ushbu moddaning birinchi bandiga muvofiq izoh bergan har qanday ishtirokchi davlat bu haqda Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibini xabardor qilib istalgan vaqtda o'z izohini olib tashlashi mumkin. 29-modda 1. Ushbu Konvensiya ishtirokchisi bo'lgan har qaysi davlat tuzatish taklif qilishi va uni Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibiga taqdim etishi mumkin. Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibi keyin taklif qilingan tuzatishni ishtirokchi davlatlarga shu taklifni ko'rib chiqish hamda u bo'yicha ovoz berishni o'tkazish maqsadida 250 ishtirokchi davlatlar konferensiyasini chaqirishga ular tarafdor yoki tarafdor emasligini unga bildirishni iltimos qilib jo'natadi. Agar bunday xat jo'natilgan sanadan so'ng to'rt oy davomida ishtirokchi davlatlarning kamida uchdan bir qismi shunday konferensiyaga tarafdorligini bildirsa, Bosh kotib Birlashgan Millatlar Tashkiloti homiyligida konferensiya chaqiradi. Shu konferensiyada hozir bo'lgan va ovoz berishda ishtirok etgan ishtirokchi davlatlarning aksariyati tomonidan qabul qilingan har qanday tuzatish Bosh kotib tomonidan hamma ishtirokchi davlatlarga tasdiqlash uchun beriladi. 2. Ushbu moddaning 1 bandi bo'yicha qabul qilingan tuzatish Ushbu Konvensiyaning ishtirokchi davlatlaridan uchdan ikki qismi Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibini o'zining konstitusion tartiblariga muvofiq ular tomonidan mazkur tuzatish qabul qilinganligi to'g'risida xabardor qilgandan keyin amalga kiritiladi. 3 Tuzatishlar amalga kiritilgach, ular o'shalarni qabul qilgan ishtirokchi davlatlar uchun majburiy bo'lib boshqa ishtirokchi davlatlar uchun esa ushbu Konvensiya qoidalari va ular tomonidan qabul qilingan tuzatishlar majburiy bo'lib qoladi. 30-modda 1. Ushbu Konvensiyani sharhlash yoki qo'llash xususidagi ikki yoki ko'proq ishtirokchi davlatlar o'rtasida muzokaralar yo'li bilan bartaraf etilishi mumkin bo'lmagan har qanday bahs ulardan birining iltimosi bo'yicha arbitrajga beriladi. Agar arbitraj to'g'risida iltimos qilingandan so'ng o'tgan olti oy mobaynida tomonlar arbitraj tashkil etish to'g'risida bitimga kelish holatida bo'lmasalar, tomonlardan birining iltimosi bo'yicha bahs Xalqaro sud maqomiga binoan Xalqaro sudga o'tkazilishi mumkin. 2. Har bir davlat ushbu Konvensiyani imzolaganda, ratifikasiya qilganda yoki unga qo'shilganda o'zini ushbu moddaning 1 bandi qoidalari bilan bog'lanib qolmagan, deb hisoblagani to'g'risida ma'lum qilishi mumkin. Boshqa ishtirokchi davlatlar shunday izoh bergan har qanday ishtirokchi davlatga nisbatan ushbu moddaning 1 bandi qoidalari bilan bog'lanib qolmaydilar. 3. Ushbu moddaning 2 bandiga muvofiq izoh bergan har qanday ishtirokchi davlat bu haqda Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibiga bildirib qo'yib, istalgan paytda o'z sharhini olib tashlashi mumkin. 31-modda 1. Har qaysi ishtirokchi davlat ushbu Konvensiyani Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibiga yozma ravishda xabar berish yo'li bilan bekor qilishi mumkin. Bekor qilish Bosh kotib tomonidan bildirishnoma olingandan keyin bir yil o'tgach kuchga kiradi. 2. Bunday bekor qilish ishtirokchi davlatni ushbu Konvensiya bo'yicha uni bekor qilish amalga kiritilgan sanaga mavjud bo'lgan har qanday harakat yoki nuqson uchun javobgarliklardan ozod qilmaydi va bekor qilish Qo'mita tomonidan bekor qilish amalga kiritilgan sanagacha ko'rib chiqilgan istalgan savolning davom etayotgan ko'rib chiqishiga hyech qanaqa zarar yetkazmaydi. 3. Qaysidir ishtirokchi davlat uchun bekor qilish kuchga kiritilgan sanadan keyin Qo'mita mazkur davlatga tegishli yangi masalalarni ko'rib chiqishga kirishmaydi. 251 32-modda Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibi Birlashgan Millatlar Tashkiloti a'zolari bo'lgan barcha davlatlarga, Ushbu Konvensiyani imzolagan yoki unga qo'shilgan barcha davlatlarga quyidagi ma'lumotlarni xabar qiladi: a) 25- va 26-moddalarga binoan imzolash, ratifikasiya qilish va qo'shilish to'g'risida; b) 27-moddaga binoan ushbu Konvensiyani amalga kiritish va 9-moddaga binoan istalgan tuzatishlarni amalga kiritish sanasi to'g'risida; s) 31-moddaga binoan bekor qilish to'g'risida. 33-modda 1. Inglizcha, arabcha, ispancha, xitoycha, ruscha va fransuzcha matnlari bir xil autentik bo'lgan ushbu Konvensiya Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibiga saqlash uchun topshiriladi. 2. Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibi Ushbu Konvensiyaning tasdiqlangan nusxalarini barcha davlatlarga jo'natadi. 252 7-ilova BOLA HUQUQLARI TO'G'RISIDA KONVENSIYA Bosh Assambleyaning 1989 yil 20 noyabrdagi 44/25-rezolyusiyasi bilan imzolash, ratifikasiya qilish va qo'shilish uchun qabul qilingan va ochilgan. 1990 yil 2 sentyabrdan kuchga kirgan. MUQADDIMA Ushbu Konvensiyaga ishtirokchi-davlatlar, Birlashgan Millatlar Tashkiloti Nizomida e'lon qilingan tamoyillarga muvofiq, jamiyat barcha a'zolarining o'ziga xos bo'lgan qadr-qimmati, teng va ajralmas huquqlari yer yuzasida erkinlik, adolat va tinchlikni ta'minlashning asosi ekanligi e'tirof etilganini hisobga olib, Birlashgan Millatlar Tashkilotining xalqlari Nizomda insonning asosiy huquqlariga, inson shaxsining sha'ni va qadr-qimmatiga bo'lgan o'z ishonchlarini tasdiqlaganliklari hamda ijtimoiy taraqqiyot va turmush sharoitlarini yaxshilash borasida ko'maklashishga ahd qilganliklarini e'tiborga olib, Birlashgan Millatlar Tashkiloti Inson huquqlari umumjahon deklarasiyasi va inson huquqlari to'g'risidagi xalqaro hujjatlarda har bir inson mazkur hujjatlarda ko'rsatib qo'yilgan huquq hamda erkinliklarga irqi, tana rangi, jinsi, tili, dini, siyosiy yoki boshqa e'tiqodlari, milliy yoki ijtimoiy kelib chiqishi, mulkiy ahvoli, tug'ilishi yoki boshqa holatlar bilan bog'liq belgilariga ko'ra har qanday tafovutdan qat'iy nazar, ega bo'lishini e'lon qilganligi va rozilik bildirganligini e'tirof etib, Birlashgan Millatlar Tashkiloti Inson huquqlari umumjahon deklarasiyasiga bolalar alohida g'amxo'rlik va yordam huquqiga egadirlar, deb e'lon qilganligini eslatib, jamiyatning asosiy tashkiloti hisoblanmish oila va tibbiy muhitga uning barcha a'zolari, ayniqsa, bolalar o'sib-ulg'ayishlari va farovonlikka ega bo'lishlari uchun jamiyat doirasidagi majburiyatlarni o'z zimmasiga to'liq oladigan bo'lishiga erishish maqsadida zarur himoya va yordam bilan ta'minlanishi lozim ekanligiga ishonch hosil qilgan holda, bolaning sog'lom va har tomonlama uyg'un holda kamoloti uchun u oila g'amxo'rligida, baxt, mehr-muhabbat va ongli tushunish vaziyatida o'sishi zarurligini e'tirof etib, bola jamiyatda mustaqil hayotga to'la tayyorlanishi va Birlashgan Millatlar Tashkiloti Nizomida e'lon qilingan g'oyalar ruhida, ayniqsa, tinchlik, qadr-qimmat, sabr-toqat, erkinlik, tenglik va birdamlik ruhida tarbiyalanishi lozimligini hisobga olib, 253 bolani mana shunday alohida himoya qilish zarurligi 1924 yilgi Bola huquqlari Jeneva deklarasiyasida va 1959 yil 20 noyabrda BMTning Bosh Assambleyasi tomonidan qabul qilingan Bola huquqlari deklarasiyasida ko'zda tutilganligini va Inson huquqlari umumjahon deklarasiyasi, Fuqarolik va siyosiy huquqlar to'g'risida xalqaro paktda (jumladan, 23- va 24-moddalarda), Iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquqlar to'g'risida xalqaro paktda (jumladan, 10-modda), shuningdek, ixtisoslashgan muassasalar hamda bolalarning farovonligi masalalari bilan shug'ullanuvchi xalqaro tashkilotlarning Nizomlari va tegishli hujjatlarida e'tirof etilganligini e'tiborga olib, Bola huquqlari deklarasiyasida ko'rsatib o'tilganidek, «bola, agar u jismoniy va aqliy jihatdan kamolotga yetishmagan bo'lsa, maxsus muhofaza va g'amxo'rlikka, binobarin, tug'ilguncha va tug'ilgandan keyin ham munosib darajadagi huquqiy himoyaga muhtoj» ekanligini e'tiborga olib, Ijtimoiy va huquqiy tamoyillar to'g'risidagi deklarasiyaning bolalar himoyasi va farovonligi, ayniqsa, bolalarni milliy va xalqaro darajalarda tarbiyalashga berish hamda asrab olish paytidagi himoyasi va farovonligiga doir qoidalariga, Birlashgan Millatlar Tashkilotining Balog'atga yetmagan bolalarga nisbatan odil sudlov yuritishga doir minimal standart qoidalari («Pekin qoidalari») va Favqulodda holatlarda va qurolli mojarolar davrida ayollar va bolalarni himoya qilish to'g'risida deklarasiya qoidalariga tayanib, jahondagi barcha mamlakatlarda nihoyatda og'ir sharoitlarda yashayotgan bolalar borligi hamda ular alohida e'tiborga muhtoj ekanliklarini e'tirof etib, bolaning himoya qilinishi va uyg'un ravishda rivojlanishi uchun har bir xalqning an'analari va madaniy qadriyatlari muhim ahamiyat kasb etishini munosib tarzda hisobga olib, har bir mamlakatda, jumladan, rivojlanayotgan mamlakatlarda bolalarning turmush sharoitlarini yaxshilash uchun xalqaro hamkorlik qilishning muhimligini e'tirof etib, quyidagilar haqida kelishib oldilar: I QISM 1-modda Ushbu Konvensiyaning maqsadlari uchun 18 yoshga to'lmagan har bir inson zoti, agar bolaga nisbatan qo'llanadigan qonun bo'yicha u ertaroq balog'atga yetmagan bo'lsa, bola hisoblanadi. 2-modda 1. Ishtirokchi-davlatlar ushbu Konvensiyada o'z ta'sir doirasida bo'lgan har bir bola uchun ko'zda tutilgan barcha huquqlarni, hyech qanday kamsitishlarsiz, irqi, tana rangi, jinsi, tili, dini, siyosiy yoki boshqa e'tiqodlari, milliy, etnik yoki ijtimoiy kelib chiqishi, mulkiy ahvoli, bolaning sog'lig'i va tug'ilishi, uning ota-onasi yoki qonuniy vasiysi yoki biror bir boshqa holatlardan qat'iy nazar, hurmat qiladilar hamda shu huquqlarni ta'minlab beradilar. 2 Ishtirokchi-davlatlar bola, uning ota-onasi, qonuniy vasiysi yoki oshqa oila a'zolarining qarashlari yoki e'tiqodida o'z ifodasini topadigan maqom, faoliyat asosida 254 kamsitish yoki jazolashning barcha shakllaridan bola himoyasini ta'minlash uchun hamma zarur choralarni ko'radilar. 3-modda 1. Bolalarga nisbatan barcha xatti-harakatlarda, ular ijtimoiy ta'minot masalalari bilan shug'ullanuvchi davlat yoki xususiy muassasalar, sudlar, ma'muriy yoki qonun chiqaruvchi organlar tomonidan sodir etiladimi-yo'qmi, bundan qat'iy nazar, bolaning manfaatlari yaxshiroq ta'minlanishiga birinchi darajali e'tibor beriladi. 2. Ishtirokchi-davlatlar o'z zimmasiga bolani uning farovonligi uchun zarur hisoblangan himoya va g'amxo'rlik bilan ta'minlashini zimmalariga oladilar, bunda uning ota-onasi, vasiysi yoki qonun bo'yicha uning uchun javobgar sanalmish boshqa shaxslarning huquq va majburiyatlarini e'tiborda tutishni hisobga oladilar hamda anna shu maqsadda barcha qonuniy va ma'muriy chora-tadbirlarni ko'radilar. 3. Ishtirokchi-davlatlar bolalar haqida g'amxo'rlik ko'rsatish yoki ularni himoya qilish uchun mas'ul hisoblangan organlar, muassasalar va xizmatlar vakolatli organlar tomonidan belgilab qo'yilgan me'yorlarga, xususan, xavfsizlik va sog'liqni saqlash sohasida va ulardagi xodimlarning soni va ishga yaroqliligi, shuningdek, vakolatli nazorat olib borishi nuqtai nazaridan belgilangan me'yorlarga javob berishlarini ta'minlaydilar. 4-modda Ishtirokchi-davlatlar ushbu Konvensiyada e'tirof etilgan huquqlarni amalga oshirish uchun barcha zarur qonuniy, ma'muriy va boshqa choralarni ko'radilar. Iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquqlarga nisbatan ishtirokchi-davlatlar bunday choralarni o'zlarida mavjud bo'lgan imkoniyatlar doirasida, mumkin qadar yuqori darajada zarurat tug'ilgan taqdirda esa xalqaro hamkorlik doirasida qabul qiladilar. 5-modda Ishtirokchi-davlatlar ota-onaning va tegishli holatlarda yengaytirilgan oila a'zolari yoki mahalliy urf-odatlarda ko'zda tutilganidek, jamoaning vasiylar yoki qonun bo'yicha bola tarbiyasi uchun javobgar hisoblangan boshqa shaxslarning ushbu Konvensiyada e'tirof etilgan huquqlarni amalga oshirishda munosib darajada bolani boshqarish va unga rahbarlik qilish hamda bu ishni bolaning rivojlanib borayotgan qobiliyatlariga muvofiq holda bajarishdagi mas'uliyati, huquq va majburiyatlarini hurmat qiladilar. 6-modda 1. Ishtirokchi-davlatlar har bir bola yashash uchun ajralmas huquqqa ega ekanligini e'tirof etadilar. 2. Ishtirokchi-davlatlar bolaning omon yashashi va sog'lom rivojlanishi uchun mumkin qadar yuqori darajada imkoniyat yaratib beradilar. 7-modda 1. Bola tug'ilgan zahoti ro'yxatga olinadi va tug'ilgan daqiqasidan boshlab ism bilan atalish va fuqarolikka ega bo'lish, shuningdek, iloji boricha, o'z ota-onasini 255 bilish va ularning g'amxo'rliklaridan bahramand bo'lish huquqlarini olishga haqli hisoblanadi. 2. Ishtirokchi-davlatlar bunday huquqlarning o'z milliy qonunchiliklariga muvofiq amalga oshirilishini, ularning majburiyatlari shu sohaga tegishli xalqaro hujjatlarga asosan, xususan, agar bola boshqa fuqarolikka ega bo'lmagan taqdirda bajarilishini ta'minlaydilar. Download 2.94 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling