Zbekiston respublikasi ichki ishlar vazirligi akademiyasi inson huquqlari umumiy nazariyasi
Download 2.94 Kb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- 16-modda Har bir kishi qayerda turishidan qatiy nazar, uning subyektlik huquqi tan olinishi huquqiga ega. 17-modda
- IV QISM 28-modda
13-modda Mazkur Paktda ishtirok etuvchi biror bir davlat hududida qonuniy ravishda turgan chet ellik shaxs qonunga muvofiq holda chiqarilgan qaror ijro etilishi bilangina 209 chiqarib yuborilishi mumkin, va agar davlat xavfsizligiga bog'liq qat'iy mulohazalar boshqacha talab etmasa, o'sha chet ellik shaxs o'zining chiqarib yuborilishiga qarshi dalillar taqdim etishi, bu ishni nufuzli hokimiyat tomonidan maxsus tayinlangan shaxs yoki shaxslar qayta ko'rib chiqishi hamda ushbu maqsadda ayni hokimiyat, shaxs yoki shaxslar huzuriga kirish huquqiga ega. 14-modda 1. Barcha shaxslar sudlar va tribunallar oldida tengdir. Har bir kishi unga qo'yilayotgan har qanday jinoiy ayblov ko'rib chiqilayotganda yoki biror bir fuqarolik jarayonida uning huquq va burchlari aniqlanayotganida qonunga muvofiq tuzilgan nufuzli, mustaqil va xolis sud tomonidan mazkur ish adolatli hamda ochiq 321 holda ko'rib chiqilishi huquqiga ega. Demokratik jamiyatda axloq yuzasidan, jamiyat tartibi yoki davlat xavfsizligi nuqtai nazaridan yoki buni tomonlarning shaxsiy hayoti manfaatlari talab etganida yoki sud fikriga ko'ra bu qandaydir darajada qat'iyan zarur deb topilganida, ya'ni omma ko'z o'ngida bo'ladigan jarayon sudlov manfaatlariga halal beradigan alohida hollarda matbuot xodimlari va omma barcha majlislarga yoki shu majlislarning bir qismiga kiritilmasligi mumkin; biroq jinoiy yoki fuqarolik ishi bo'yicha chiqarilgan har qanday sud qarori oshkora bo'lishi kerak. Balog'at yoshiga yetganlarning manfaatlari boshqacha talab etganda yoki nikoh borasidagi nizolarga yoki bolalarga vasiylik qilishga aloqador ishlar bundan mustasno. 2. Jinoyat sodir etganlikda ayblanayotgan har qanday kishi qonunga muvofiq aybi isbotlanmaguncha begunoh deb sanalish huquqiga ega. 3. Har bir kishining unga qo'yilgan har qanday jinoiy ishi ko'rib chiqilayotganda to'liq tenglik asosida quyidagi kafolatlarga ega bo'lish huquqi mavjud: a) unga qo'yilgan ayblov xarakteri va asoslari haqida u tushunadigan tilda darhol va batafsil xabardor etilish; b) o'z himoyasini tayyorlash va o'zi tanlagan oqlovchi bilan muloqotda bo'lish uchun yetarlicha vaqt va imkoniyatlarga ega bo'lish: c) asossiz holda to'xtatib turilmasdan, ishining sudda ko'rib chiqilishi; d) o'zi qatnashib sud qilinishi va o'zining o'zi yoki tanlab olingan oqlovchi vositasida himoya qilinishi; agar oqlovchisi bo'lmasa, unga ega bo'lish huquqi borligi haqida xabardor qilinishi; odil sud manfaatlari talab etgan har qanday hollarda unga tayinlangan oqlovchiga ega bo'lish, ushbu oqlovchiga to'lash uchun yetarli mablag'i bo'lmagan barcha hollarda uning uchun oqlovchini tekinga berish; e) unga qarshi ko'rsatmalar berayotgan guvohlarni so'roq qilish yoki ana shu guvohlar so'roq qilinishi huquqiga ega bo'lish va unga qarshi ko'rsatma berayotgan guvohlar uchun mavjud shartlarda uning o'zi tanlagan guvohlarni tergovga chaqirish va so'roq qilish huquqiga ega bo'lish; f) agar sudda qo'llanilayotgan tilni u tushunmasa yoki bu tilda gapira olmasa, bepul tarzda tarjimon ko'magidan foydalanish; d) o'ziga o'zi qarshi ma'lumotlar berishga yoki o'zini aybdor deb tan olishga majbur qilinmaslik. 210 4. Balog'atga yetmaganlarga nisbatan sud jarayoni shunday bo'lishi kerakki, bunda ularning yoshi va ularni qayta tarbiyalashga ko'maklashish istagi inobatga olinishi lozim. 5. Biror bir jinoyat uchun sudlangan har bir kishi uning sudlanishi va hukm chiqarilishi yuqori sud instansiyasi tomonidan qonun asosida ko'rib chiqilishi huquqiga ega. 6. Agar biror bir shaxs jinoyati uchun uzil-kesil qaror bilan sudlangan bo'lsa va agar biror bir yangi yoki yangidan topilgan holatga asosan sud ishida xato borligi shubhasiz isbotlanishi tufayli hukm bekor qilinsa yoki o'sha shaxs avf etilsa, shunday sudlov xatosi sababli jazolangan shaxs qonunga muvofiq kompensasiya oladi. Ammo yuqorida qayd etilgan noma'lum holat faqat uning aybi yoki qisman aybi bilan o'z vaqtida topilmagan bo'lishi isbotlanishi zarur. 7. Har bir mamlakatning qonuni va jinoyat-prosessual huquqiga muvofiq jinoyati uchun uzil-kesil sudlangan yoki oqlangan biror bir shaxs o'sha jinoyati uchun ikkinchi bor sudlanishi yoki jazolanishi mumkin emas. 15-modda 1. Sodir etilgan paytida davlatning amalda bo'lgan ichki qonunchiligi yoki xalqaro qoidaga ko'ra jinoyat hisoblanmagan biror bir harakati yoki kamchilikka yo'l qo'ygani uchun hyech kim jinoyat sodir etganlikda aybdor deb topilishi mumkin emas. Xuddi shuningdek, jinoyat sodir etilgan vaqtda qo'llanishi lozim bo'lgan jazoga nisbatan og'irroq jazo berilishi mumkin emas. Agar jinoyat sodir etilganidan keyin qonun bilan nisbatan yengil jazo belgilansa, ushbu qonun mazkur jinoyatchiga nisbatan qo'llanadi. 2. Mazkur moddadagi hyech narsa sodir etilgan vaqtda xalqaro hamjamiyatning umumiy prinsiplariga ko'ra jinoyat deb hisoblangan har qanday xatti-harakat yoki kamchiligi uchun har qanday shaxsni sudga berishga va jazolashga to'sqinlik qilmaydi. 16-modda Har bir kishi qayerda turishidan qat'iy nazar, uning subyektlik huquqi tan olinishi huquqiga ega. 17-modda 1. Hyech kimning shaxsiy va oilaviy hayotiga o'zboshimchalik yoki noqonuniy tarzda aralashish, uning uy-joy daxlsizligiga yoki yozishmalari sirlari daxlsizligiga o'zboshimchalik yoki noqonuniy tarzda tajovuz qilish va uning or-nomusi va sha'niga tajovuz qilishi mumkin emas. 2. Har bir inson xuddi shunday aralashuv yoki tajovuzdan qonun orqali himoya etilish huquqiga ega. 18-modda 1. Har bir inson fikr, vijdon va din erkinligi huquqiga ega. Ushbu huquq o'z ixtiyori bilan o'ziga ma'qul dinni qabul qilish va e'tiqod qilish erkini, yakka holda, shuningdek, boshqalar bilan birgalikda, oshkora yoki xususiy 211 tartibda sig'inishga borish, diniy va boshqa urf-odatlarni va marosimni bajarish erkini ham o'z ichiga oladi. 2. Hyech kim ixti¸riy ravishda o'z dini va e'tiqodiga ega bo'lish yoki qabul qilish erkini kamsitadigan majburiy holatga duchor etilmasligi lozim. 3. Din yoki e'tiqodga sig'inish erkiga faqat qonun bilan belgilangan va jamoat xavfsizligini, tartibini, salomatligi va axloqini saqlash uchun, shuningdek, boshqa shaxslarning asosiy huquqlari va erkini muhofaza etish uchun zarur bo'lgan cheklashlar bilangina daxl qilinishi mumkin. 4. Mazkur Paktda ishtirok etuvchi davlatlar ota-onalarning va tegishli hollarda qonuniy vasiylarning o'z bolalarini o'z shaxsiy e'tiqodiga muvofiq diniy va axloqiy tarbiyalash erkini hurmat qilish majburiyatini oladi. 19-modda 1. Har bir inson hyech bir to'siqsiz o'z fikriga sobit bo'lish huquqiga ega. 2. Har bir inson o'z fikrini erkin bayon etish huquqiga ega; bu huquq davlat chegaralaridan mustaqil holda yozma ravishda yoki matbuot vositasida yoki ifodalashning badiiy shakllari yoki o'z ixtiyoriga ko'ra boshqacha usullarda turli axborot va g'oyalarni qidirish, olish va tarqatish erkinligini qamrab oladi. 3. Ushbu moddaning 2 bandida nazarda tutilgan huquqlardan foydalanish alohida majburiyatlar va alohida mas'uliyat yuklaydi. Bu tarzda foydalanish ayrim cheklashlar bilan bog'liq, lekin bu cheklashlar qonun bilan belgilanishi va quyidagilar uchun zarur bo'lishi lozim. a) boshqa shaxslarning huquqlari va obro'-e'tiborini hurmat qilish uchun; b) davlat xavfsizligini, jamoat tartibini, aholi salomatligini yoki axloqini muhofaza etish uchun. 20-modda 1. Urushni har qanday yo'l bilan targ'ib etish qonun orqali ta'qiqlanishi kerak. 2. Kamsitishga, adovatga yoki zo'ravonlikka undovchi milliy, diniy yoki irqiy nafrat ruhidagi har qanaqa harakat qonun yo'li bilan ta'qiqlangan bo'lishi lozim. 21-modda Tinch yig'inlarga huquqlar tan olinadi. Bu huquqdan foydalanishda hyech bir cheklashga yo'l qo'yilmaydi. Qonunga muvofiq qo'yilgan va demokratik jamiyatda davlat va jamiyat xavfsizligi, jamoat tartibi, aholi salomatligi va axloqi yoki boshqa shaxslar huquqlari va erkinligi manfaatlari uchun zarur bo'lgan cheklanishlar bundan mustasno. 22-modda 1. Har bir inson boshqalar bilan assosiasiyalar tuzish, jumladan, kasaba uyushmalar tashkil etish erkinligiga va o'z manfaatlarini himoya qilish uchun shunday uyushmalarga kirish huquqiga ega. 2. Bunday huquqlardan foydalanish hyech bir cheklanmaydi, qonun bilan belgilanganlari va demokratik jamiyatda davlat yoki jamoat xavfsizligi, jamoat 212 tartibi manfaatlari uchun, aholi salomatligi va axloqini muhofaza etish yoki boshqa shaxslarning huquq va erkinligi himoyasi uchun zarur bo'lganlari bundan mustasno. Ushbu modda qurolli kuchlar va polisiya tarkibiga kiruvchi shaxslar uchun shu huquqdan foydalanishda qonuniy cheklashlar kiritishga xalal bermaydi. 3. Mazkur moddadagi hyech bir narsa 1948 yilgi Xalqaro Mehnat Tashkiloti Konvensiyasida ishtirok etuvchi davlatlarga uyushmalar ozodligi va huquqini himoya qilish borasida, ushbu konvensiyada ko'zda tutilgan kafolatlarga zarar yetkazib qonuniyaktlar qabul qilish yoki ushbu kafolatlarga ziyon yetkazilgan holda qonun qabul qilish huquqini bermaydi. 23-modda 1. Oila jamiyatning asosiy bo'g'ini sanaladi va jamiyat hamda davlat tomonidan himoya qilinish huquqiga ega. 2. Balog'at yoshiga yetgan erkaklar va ayollarning nikohdan o'tishva oila qurish huquqi tan olinadi. 3. Nikohdan o'tuvchilarning erkin va to'liq roziligisiz birorta nikoh tuzilmasligi kerak. 4. Mazkur Paktda ishtirok etuvchi davlatlar nikohdan o'tishda, nikohda bo'lgan vaqtda va u bekor qilinayotganda er-xotinlarning huquq hamda majburiyatlari tengligini ta'minlash uchun zarur choralar ko'rishlari lozim. Nikoh bekor qilingan holatda barcha bolalar zarur tarzda himoya qilinishi hisobga olinishi kerak. 24-modda 1. Har bir bola irqi, tana rangi, jinsi, tili, dini, milliy yoki ijtimoiy kelib chiqishi, mulkiy ahvoli yoki tug'ilishi (nasli)dan qat'iy nazar, hyech bir kamsitishsiz, go'dakligi sababli oila, jamiyat va davlat tomonidan muhofaza choralari ko'rilish huquqiga ega. 2. Har bir bola tug'ilgandan so'ng darhol ro'yxatdan o'tkazilishi va ismiga ega bo'lishi kerak. 3. Har bir bola fuqarolik olish huquqiga ega. 25-modda Har bir fuqaro 2-moddada eslatib o'tilgan hyech bir kamsitishlarsiz va asoslanmagan cheklashlarsiz quyidagi huquq hamda imkoniyatlarga ega bo'lishi kerak: a) ham bevosita, ham erkin saylangan vakillar orqali davlat ishlarini boshqarishda qatnashish; b) yalpi va teng saylov huquqi asosida, yashirin ovoz berish orqali o'tkaziladigan va saylovlarning erkin holdagi xohish-irodasini ta'minlovchi chinakam davriy saylovda ovoz berish va saylanish; c) o'z mamlakatida umumiy shartlarda davlat xizmatiga kirishda tenglikka yo'l qo'yish. 26-modda Barcha kishilar qonun oldida tengdir va hyech bir kamsitishsiz qonun orqali teng himoya qilinish huquqiga ega. Bu borada har qanday turdagi kamsitish qonun orqali 213 ta'qiqlab qo'yilishi va qonun barcha shaxslarga hyech bir kamsitishsiz, jumladan, irqi, tana rangi, jinsi, tili, dini, siyosiy va boshqa e'tiqodi, milliy yoki ijtimoiy kelib chiqishi, mulkiy ahvoli, tug'ilishi (nasabi)dan va boshqa holatidan qat'iy nazar, kamsitishga qarshi teng va samarali muhofazaga kafolat berishi kerak. 27-modda Etnik, din va til jihatdan ozchilikni tashkil etuvchi shaxslar guruhi mavjud bo'lgan mamlakatlarda, o'sha shaxslarga o'z guruhining boshqa a'zolari bilan birgalikda o'z madaniyatidan foydalanish, o'z diniga sig'inish va rasm-rusumlarini bajarish huquqi, shuningdek, ona tilidan foydalanish huquqi rad etilishi mumkin emas. IV QISM 28-modda 1. Inson huquqlari bo'yicha qo'mita (u bundan buyon ushbu Paktda «Qo'mita» deb nomlanadi) tuziladi. U o'n sakkiz a'zodan iborat bo'ladi va quyida ko'rsatilgan vazifalarni bajaradi. 2. Qo'mita tarkibiga ushbu Paktda ishtirok etuvchi davlatlarning fuqarosi bo'lgan va yuksak ma'naviy fazilatga ega hamda inson huquqlari borasida obro'li deb e'tirof etilgan shaxslar kiradi, ayni paytda adliya tajribasiga ega bo'lgan bir necha shaxsning qatnashuvi foydali bo'lishi e'tiborga olinadi. 3. Qo'mita a'zolari saylanadi va shaxs sifatida ishlaydi. 29-modda 1. Qo'mita a'zolari 28-moddada nazarda tutilgan talablarga javob beruvchi va mazkur Paktda ishtirok etuvchi Davlatlar tomonidan ko'rsatilgan shaxslar ro'yxatidan yashirin ovoz bilan saylanadi. 2. Ushbu Paktda ishtirok etuvchi har bir davlat ko'pi bilan ikki shaxsni ko'rsatishi mumkin. Bu shaxslar ularni ko'rsatgan davlatlar fuqarolari bo'lishi lozim. 3. Har bir shaxs qaytadan ko'rsatilish huquqiga ega. 30-modda 1. Ilk saylov mazkur Pakt kuchga kirgandan keyin olti oydan kechiktirmay o'tkaziladi. 2. Qo'mitaga har bir saylovga ko'pi bilan to'rt oy qolganida (34-moddaga muvofiq bo'sh o'rinlarni to'ldirish uchun e'lon qilinadigan saylov bundan mustasno) Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibi mazkur Paktda qatnashuvchi davlatlarga uch oylik muddatda qo'mita a'zoligiga nomzodlarni taqdim etishni so'rab yozma ravishda murojaat qiladi. 3. Ushbu Paktda ishtirok etuvchi davlatlarning nomini ko'rsatib Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibi davlatlar ko'rsatilgan taxlitda barcha nomzodlar ro'yxatini tuzib chiqadi va saylov o'tadigan kundan kamida bir oy oldin mazkur ro'yxatni ushbu Paktda ishtirok etuvchi davlatlarga taqdim etadi. 214 4. Qo'mita a'zolarini saylash Birlashgan Millatlar Tashkilotining markaziy muassasalarida Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibi tomonidan chaqirilaigan mazkur Paktda qatnashuvchi davlatlarning yig'ilishida o'tkaziladi. Bu yig'ilishda ushbu Paktda ishtirok etuvchi davlatlar vakillari bergan ovozga qarab ularning eng ko'p ovozini olgan va mutlaq ko'p ovoz olgan shaxslar Qo'mitaga saylangan bo'ladi. 31-modda 1. Qo'mitaga biror bir davlatning bir nafardan ortiq fuqarosi kirishi mumkin emas. 2. Qo'mitaga saylov paytida a'zolarning jo'g'rofiy jihatdan adolatli taqsimlanishiga va sivilizasiyaning turli shakllari hamda asosiy adliya tizimlari vakilligiga e'tibor beriladi. 32-modda 1. Qo'mita a'zolari to'rt yil muddatga saylanadi. Ularning nomzodi qayta ko'rsatilsa, ular qaytadan saylanish huquqiga egadir. Biroq birinchi saylovda saylangan a'zolardan 9 nafarining vakolatlari muddati ikki yillik davrning oxirida tugaydi; birinchi saylovdan so'ng darhol o'sha 9 a'zoning ismi majlis Raisi tomonidan qur'a tashlab aniqlanadi (30-moddaning 4 bandida bu to'g'rida eslatilgan). Vakolatlari tugagandan so'ng saylov ushbu Pakt mazkur qismining bundan ilgarigi muddatiga muvofiq o'tkaziladi. 33-modda 1. Agar boshqa a'zolarning yakdil fikriga ko'ra, Qo'mita a'zolaridan biri ma'lum bir sababga (vaqtincha bo'lmasligi bundan mustasno) ko'ra o'z vazifasini bajarishni to'xtatsa, Qo'mita raisi Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibiga bu haqda xabar qiladi, so'ng Bosh kotib bu a'zo o'rnini bo'sh deb e'lon qiladi. 2. Qo'mitaning biror bir a'zosi vafot etsa yoki iste'foga chiqsa, rais darhol bu to'g'rida Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibini xabardor qiladi. Bosh kotib o'sha a'zo vafot etgan kundan yoki haqiqatan iste'foga chiqqan kundan boshlab bu o'rinni bo'sh (vakant) deb e'lon qiladi. 34-modda 1. 33-moddaga binoan bo'sh turgan o'rin e'lon qilinganda, almashtirilishi kerak bo'lgan a'zo vakolatlari o'sha bo'sh o'rin e'lon qilingandan so'ng oradagi olti oy mobaynida tugamasa, Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibi ushbu Paktda ishtirok etuvchi har bir davlatga bu to'g'rida xabar qiladi va o'sha davlat 29-moddaga muvofiq ikki oy mobaynida bo'sh turgan o'rinni to'ldirish uchun nomzod ko'rsatishi mumkin. 2. Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibi shu tarzda ko'rsatilgan shaxslar ro'yxatini alifbo tartibida tuzib, uni Ushbu Paktda ishtirok etuvchi davlatlarga taqdim etadi. So'ng bo'sh o'rinni to'ldirish uchun bo'ladigan saylov mazkur Pakt ushbu qismining tegishli qoidalariga muvofiq o'tkaziladi. 215 3. 33-moddaga binoan e'lon qilingan bo'sh o'rinni egallash uchun saylangan Qo'mita a'zosi ushbu modda qoidalariga muvofiq Qo'mitada o'rni bo'shayotgan a'zoning vakolatlari muddatining qolgan qismi mobaynida lavozimni egallaydi. 35-modda Qo'mita a'zolari Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasi belgilaydigan tartibda, Qo'mitadagi vazifasining muhimligini hisobga olgan holda Birlashgan Millatlar Tashkilotining mablag'idan Bosh Assambleya tasdiqlaydigan maosh oladilar. 36-modda Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibi ushbu Paktga muvofiq Qo'mita vazifasini samarali amalga oshirish uchun kerakli xodimlar va moddiy mablag' taqdim etadi. 37-modda 1. Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibi Birlashgan Millatlar Tashkilotining Markaziy muassasalarida Qo'mitaning birinchi yig'inini chaqiradi. 2. O'zining birinchi yig'inidan keyin Qo'mita o'z qoida-tartibida ko'zda tutilgan vaqtda yig'iladi. 3. Qo'mita odatda Birlashgan Millatlar Tashkilotining Markaziy muassasalarida yoki Birlashgan Millatlar Tashkilotining Jenevadagi bo'limida yig'iladi. 38-modda Qo'mitaning har bir a'zosi o'z vazifasini bajarishga kirishganda Qo'mitaning ochiq yig'ilishida o'z vazifasini xolis va vijdonan amalga oshirishi haqida tantanali ravishda va'da beradi. 39-modda 1. Qo'mita o'z mansabdor shaxslarini ikki yil muddatga saylaydi. Ular qayta saylanishi mumkin. 2. Qo'mita o'z shaxsiy qoida-tartibini belgilaydi, lekin bu qoidalar, xususan, quyidagilarni e'tiborga olishi lozim: a) Qo'mitaning o'n ikki a'zosi kvorumni tashkil etadi; b) Qo'mita Qarorlari ishtirok etuvchi a'zolarning ko'pchilik ovoziga asosan qabul qilinadi. 40-modda 1. Ushbu Paktda ishtirok etuvchi davlatlar mazkur Paktda e'tirof etilgan huquqlarni hayotga tatbiq etish borasidagi tadbirlari va bu huquqlardan foydalanishda erishilgan siljishlar haqida ma'ruzalar taqdim etadi; a) mazkur Pakt kuchga kirgandan so'ng bir yil oralig'ida tegishli ishtirokchi- davlatlar xususida; b) bundan so'ng Qo'mita talab qilgan barcha hollarda. 2. Barcha ma'ruzalar Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibiga taqdim etiladi va u ushbu ma'ruzalarni ko'rib chiqish uchun Qo'mitaga yuboradi. 216 Ma'ruzalarda, agar mavjud bo'lsa, mazkur Paktni hayotga tatbiq etuvchi omillar ko'rsatiladi. 3. Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibi Qo'mia bilan maslahatlashgandan keyin manfaatdor ixtisoslashtirilgan muassasalarga ular vakolatiga tegishli bo'lgan ma'ruza qismini yuborishi mumkin. 4. Qo'mita ushbu Paktda ishtirok etuvchi davlatlar taqdim etadigan ma'ruzalarni o'rganadi. U ishtirokchi-davlatlarga o'z ma'ruzalarini va maqsadga muvofiq deb hisoblaydigan fikr-mulohazalarini yuborib turadi. Qo'mita shuningdek, Iqtisodiy va Ijtimoiy Kengashga mazkur Paktda ishtirok etuvchi davlatlardan olingan ma'ruzalar nusxalari bilan birga, ushbu fikr-mulohazalarini ham yuborib turishi mumkin. 5. Ushbu Paktda ishtirok etuvchi davlatlar Qo'mitaga mazkur moddaning 4 bandiga muvofiq qayd qilinishi mumkin bo'lgan har qanday mulohazalar borasida o'z fikrini taqdim etishi mumkin. 41-modda 1. Mazkur moddaga muvofiq ushbu Paktda ishtirok etuvchi davlatlar har qanday vaqtda Qo'mitaning biror bir ishtirokchi-davlat boshqa ishtirokchi-davlat ushbu Pakt bo'yicha o'z majburiyatlarini bajarmayapti, degan ma'lumotini qabul qilishi va ko'rib chiqishi yuzasidan vakolatini tan olishini bayon etishi mumkin. Mazkur moddada nazarda tutilgan ma'lumot agar Qo'mita vakolatini o'zi tan olgani haqida bayonot bergan ishtirokchi-davlat tomonidan taqdim etilgan hollardagina qabul qilinishi va ko'rib chiqilishi mumkin. Qo'mita shunday bayonot bermagan davlatga tegishli hyech bir ma'lumotni qabul qilmaydi. Ushbu moddaga muvofiq qabul qilingan xabar quyidagi tartibga binoan ko'rib chiqiladi: a) agar ushbu Paktda ishtirok etuvchi biror bir davlat boshqa ishtirokchi-davlat ushbu Pakt qarorlarini hayotga tatbiq etmayapti deb topsa, o'sha davlat bu masalani qayd etilgan ishtirokchi-davlat e'tiboriga yozma tarzda yetkazishi mumkin. O'sha xabarni olgan davlat shunday xabarni yuborgan davlatga uch oy mobaynida yozma izoh yoki boshqa har qanday bayonot berib mazkur masalani tushuntirib o'tadi. Ayni paytda ushbu izoh yoki bayonotda imkon qadar va maqsadga muvofiqligiga ko'ra shu masala borasida qabul qilingan, qabul qilinadigan yoki qabul qilinishi mumkin bo'lgan ichki tartib-qoidalar va tadbirlar ko'rsatiladi; b) agar dastlabki xabarni ma'lum bir davlat olganidan keyin olti oy mobaynida masala manfaatdor ishtirokchi-davlatlarni qoniqtiradigan darajada hal etilmagan bo'lsa, o'sha davlatlardan har biri masalani Qo'mitaga taqdim etish huquqiga ega. U bu to'g'rida Qo'mitani va boshqa a'zolarni xabardor qiladi; c) Qo'mita ayni holda xalqaro huquqning umume'tirof etilgan prinsiplariga ko'ra imkoniyatdagi barcha ichki vositalar sinab ko'rildi va tugadi, deb tasdiqlaganidan keyingina o'ziga taqdim etilgan masalani ko'rib chiqadi. Agar shu vositalarning qo'llanishi asossiz holda cho'zilib ketadigan bo'lsa, bu qoidaga amal qilinmaydi; d) Ushbu moddada nazarda tutilayotgan xabarlar ko'rib chiqilayotganida Qo'mita yopiq majlis o'tkazadi; 217 e) «s» kichik bandning qarorlariga rioya qilgan holda Ushbu Paktda e'tirof etilgan inson huquqlarini va asosiy erkinliklarini hurmat qilish asosida masalalarni do'stona hal etish maqsadida Qo'mita manfaatdor ishtirokchi-davlatlarga xolis xizmat ko'rsatadi; f) Qo'mita ko'rib chiqishi uchun o'ziga taqdim etilgan har qanday masala yuzasidan «b», «s» kichik bandlarida ta'kidlangan manfaatdor ishtirokchi-davlatlarga murojaat qilib, ishga aloqador har qanday axborotni taqdim etishni so'rab iltimos qilishi mumkin; g') «b» kichik bandida ta'kidlangan manfaatdor ishtirokchi-davlatlar Qo'mitada masala ko'rib chiqilayotganda vakil bo'lish va taqdimnomani og'zaki yoki yozma holda berish huquqiga ega; h) xabar olingan kundan boshlab o'n ikki oy mobaynida Qo'mita «b» kichik bandiga muvofiq quyidagi shartlar asosida ma'ruza taqdim etadi: i) agar «ye» kichik bandi qarorlari doirasida masala hal etilsa, Qo'mita o'z ma'ruzasida dalillar va qanday to'xtamga kelganligi haqida qisqacha bayon etish bilan cheklanadi; j) agar «ye» kichik bandi qarorlari doirasida bir to'xtamga kelinmasa, Qo'mita dalillarni qisqacha bayon etish bilan cheklanadi; manfaatdor ishtirokchi- davlatlarning yozma taklifnomalari va og'zaki taqdimnomalar bayoni ma'ruzaga ilova qilinadi. Har bir masala bo'yicha ma'ruza manfaatdor ishtirokchi-davlatlar ko'rigidan o'tadi. 2. Mazkur modda qarorlari ushbu Paktda ishtirok etuvchi o'nta davlat shu moddaning 1 bandiga binoan bayonot berganidan so'nggina kuchga kiradi. Bunday Bayonot Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibi huzurida ishtirokchi-davlatlar tomonidan saqlash uchun topshiriladi, Bosh kotib esa ularning nusxalarini boshqa ishtirokchi-davlatlarga yuboradi. Bayonot, Bosh kotibni xabardor qilgan holda, har qanday vaqtda qaytarib olinishi mumkin. Bunday xatti-harakat xabar predmeti sanalgan va mazkur moddaga binoan jo'natilgan har qanday masalaning ko'rib chiqilishiga to'sqinlik qilmaydi, agar manfaatdor ishtirokchi-davlat yangi bayonot bermasa, Bosh kotib bayonot qaytarib olingani to'g'risida xabardor bo'lganidan so'ng hyech bir ishtirokchi-davlatning keyingi biror bir xabari qabul qilinmaydi. Download 2.94 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling