Zbekiston respublikasi ichki ishlar vazirligi akademiyasi inson huquqlari umumiy nazariyasi


Download 2.94 Kb.
Pdf ko'rish
bet29/34
Sana09.02.2017
Hajmi2.94 Kb.
#37
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   34

8-modda
1.  Mazkur Protokol Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibi huzurida o'ninchi 
ratifikasiya yorligi yoki qo'shilish to'g'risidagi hujjat tasdiqlangandan so'ng uch oy 
o'tgandan keyin kuchga kiradi.
2.  O'ninchi ratifikasiya yorlig'i yoki qo'shilish to'g'risidagi hujjat tasdiqlangandan 
so'ng mazkur Protokolni ratifikasiya qilgan yoki unga qo'shilgan har bir davlat uchun 
mazkur Protokol uning o'z ratifikasiya yorligi yoki qo'shilish to'g'risidagi hujjati 
tasdiqlangandan so'ng uch oy o'tgandan keyin kuchga kiradi.
9-modda
Mazkur Protokolning qoidalari federativ davlatning barcha qismlarida biron 
cheklash yoki istisnosiz amal etadi.

238
10-modda
Birlashgan Millatlar Tashkilotining Bosh kotibi Paktning 48(1)-moddasida so'z 
boradigan barcha davlatlarga quyidagilarni ma'lum qiladi:
(a) Mazkur Protokolning 2-moddasiga muvofiq shartlar, ma'lumotlar va bildirgilar 
to'grisida;
(b) Mazkur Protokolning 4- yoki 5-moddalarga muvofiq qilingan bayonotlar 
to'g'risida;
(v) Mazkur Protokolning 7-moddasiga muvofiq imzolashlar, ratifikasiya qilish va 
qo'shilishlar to'grisida;
(s) Mazkur Protokolning 8-moddasiga muvofiq ushbu Protokol kuchga kirganligi 
to'g'risida,
11-modda
1.  Inglizcha, arabcha, ispancha, xitoycha, ruscha va fransuzcha matnlari bir xil 
bo'lgan mazkur Protokol Birlashgan Millatlar Tashkilotining arxiviga saqlash uchun 
topshirilishi shart.
2.  Birlashgan Millatlar Tashkilotining Bosh kotibi mazkur Protokolning 
tasdiqlangan nus'halarini Paktning 48-moddasida ko'rsatilgan barcha davlatlarga 
jo'natadi.

239
6-ilova
QIYNOQ HAMDA MUOMALA VA JAZOLASHNING QATTIQ 
SHAFQATSIZ, INSONIYLIKKA ZID YOKI QADR-QIMMATNI 
KAMSITUVCHI TURLARIGA QARSHI KONVENSIYA
Bosh Assambleyaning 1984 yil 10 iyundagi 39/46-rezolyusiyasi bilan imzolash
ratifikasiya qilish va qo'shilish uchun qabul qilingan va ochilgan. 
1987 yil 26 iyundan 27(1)-moddaga muvofiq kuchga kirgan.
Ushbu konvensiyaning ishtirokchi davlatlari,
Birlashgan Millatlar Tashkilotining Nizomida e'lon qilingan prinsiplarga muvofiq, 
insonlar oilasi hamma a'zolarining teng va ajralmas huquqlarini tan olish erkinlik, 
adolat va umumiy tinchlikning asosi deb tan olinganini nazarda tutib,
bu huquqlar insonlar shaxsiyatiga mos qadr-qimmatdan kelib chiqishini tan olib,
davlatlarning Nizomga, jumladan, 55-moddaga muvofiq, inson huquqlari va 
asosiy erkinliklarining yalpi hurmat qilinishi va ularga rioya etilishiga ko'maklashish 
majburiyatlarini e'tiborga olib,
inson huquqlari umumjahon deklarasiyasining 5-moddasini hamda Fuqarolik 
va siyosiy huquqlar to'g'risida xalqaro paktning 7-moddasini, ularning ikkalasi 
hyech kimga qiynoq yoki uning qadr-qimmatini kamsituvchi shafqatsiz muomala 
qilinmasligini va jazo berilmasligini ko'zda tutganini hisobga olib,
shuningdek, hamma shaxslarni qiynoqlardan, boshqa qattiq, shafqatsiz yoki qadr-
qimmatni kamsituvchi muomala va jazo turlaridan muhofaza qilish to'g'risida 1975 yil 
9 dekabrda Bosh Assambleya tomonidan qabul qilingan deklarasiyani hisobga olib,
butun dunyoda qiynoqlarga va qattiq, shafqatsiz yoki qadr-qimmatni kamsituvchi 
muomala va jazo turlariga qarshi kurash samaradorligini oshirishni istab,
quyidagilarga kelishib oldilar:
I QISM
1-modda
1.  Ushbu Konvensiyaning maqsadlari uchun qiynoqning ta'rifi shunday istalgan 
harakatni anglatadiki, u bilan qandaydir shaxsga undan yoki uchinchi shaxsdan 
ma'lumotlar yoki e'tirof olish, uni u yoki uchinchi shaxs sodir etgan yoki sodir 
etishda u gumon qilinadigan harakat uchun jazolash, shuningdek, uni yoki uchinchi 
shaxsni qo'rqitish yoki zo'rlash maqsadida, yoki bunday og'riq yoki azob davlatning 
mansabdor shaxsi, yoki rasmiy sifatdagi boshqa shaxs, yoki ularning gij-gijlashi 

240
bilan, yoki ularning xabardorligida yoki indamay roziligi bilan har qanday tusdagi 
kamsitish asoslangan istalgan sabab bo'yicha ataylab kuchli og'riq va azob beriladi. 
Bu ta'rifga qonuniy sanksiyalar natijasida paydo bo'ladigan shu sanksiyalardan 
ajralmas yoki ulardan tasodifan chiqqan og'riq yoki azoblar kirmaydi.
2.  Bu modda yanada kengroq qo'llash to'g'risida qoidalari bo'lgan yoki bo'lishi 
mumkin bo'lgan qandaydir xalqaro shartnomaga, yoki qandaydir milliy qonunchilikka 
zarar yetkazmaydi.
2-modda
1.  Har bir ishtirokchi davlat uning yurisdiksiyasidagi istalgan hududda qiynoq 
harakatlarining oldini olish uchun samarali qonun chiqarish, ma'muriy, sudlov va 
boshqa choralarni ko'radi.
2.  Hyech qanday favqulodda holatlar, ular qanday bo'lmasin: xoh urush holatimi 
yoki urush xavfimi, ichki siyosiy beqarorlikmi yoki boshqa istalgan favqulodda 
holatmi ekanligidan qat'iy nazar, qiynoqni oqlashga xizmat qilolmaydi.
3.  Yuqori turgan boshliq yoki davlat hokimiyatining buyrug'i qiynoqni oqlashga 
xizmat qilolmaydi.
3-modda
Hyech qaysi ishtirokchi davlat qaysidir shaxsni boshqa davlatga, agar unga u 
yerda qiynoq qo'llanilishi mumkin deb o'ylashga jiddiy asoslar mavjud bo'lsa, uni 
jo'natmasligi, qaytarmasligi (refouler) yoki bermasligi kerak.
2.  Shunday asoslar mavjudligini aniqlash uchun vakolatli hukumatlar ishga taalluqli 
barcha holatlarni tegishli hollarda, mazkur davlatda inson huquqlarini amalda doim 
qo'pol, jiddiy va ommaviy ravishda buzishlar mavjudligini qo'shib, e'tiborga oladilar.
4-modda
1.  Har bir ishtirokchi davlat hamma qiynoq harakatlari uning jinoyat qonunchiligiga 
muvofiq ravishda ko'rib chiqilishini ta'minlaydi. Ayni shu narsa qiynoqqa va istalgan 
shaxsning azoblashda sherikligi yoki qatnashuvidan iborat harakatlariga ham tegishlidir.
2.  Har bir ishtirokchi davlat bunday jinoyatlar uchun ularning og'irlik xususiyatini 
hisobga olgan holda tegishlicha jazolar ta-yinlaydi.
5-modda
1.  Har bir ishtirokchi davlat quyidagi hollarda uning 4-moddada ko'rsatilgan jinoyatlarga 
nisbatan sud qilish huquqini belgilash uchun zarurligi mumkin bo'lgan tadbirlar belgilaydi:
a)  jinoyatlar uning huquqiy tobeligidagi istalgan hududda yoki shu davlatda 
ro'yxatga olingan dengiz yoki havo kemasi bortida sodir qilingan bo'lsa;
b) taxmin qilingan jinoyatchi shu davlatning fuqarosi bo'lsa;
c)  qurbon shu davlatning fuqarosi bo'lsa va agar mazkur davlat buni maqsadga 
muvofiq deb bilsa.
2.  Har bir ishtirokchi davlat shunga o'xshab shunday tadbirlar qabul qiladiki, ular 
taxmin qilingan jinoyatchi uning huquqiy tobeligidagi istalgan hududda bo'ladigan 

241
hollarda shunday jinoyatlarga nisbatan o'zining sud qilish huquqini o'rnatish uchun 
zarur bo'lib chiqishi mumkin va u 8-moddaga binoan uni Ushbu moddaning 1 bandida 
eslatilgan davlatlardan hyech qaysisiga bermaydi.
3.  Ushbu Konvensiya ichki qonunlarga muvofiq istalgan jinoyatni sud qilish 
huquqini amalga oshirishni istisno etmaydi.
6-modda
1.  Uning ixtiyoridagi axborotni ko'rib chiqqandan keyin vaziyatlar shuni taqozo 
etishiga ishonch hosil qilgach, 4-moddada ko'rsatilgan jinoyatlardan istalganini sodir 
etishda ayblanadigan shaxs hududida bo'lgan istalgan ishtirokchi davlat uni hibsga 
oladi yoki uning shu yerda bo'lishini ta'minlaydigan boshqa huquqiy choralar ko'radi. 
Hibsga olish va boshqa huquqiy tadbirlar mazkur davlatning qonunlari bo'yicha 
amalga oshiriladi, ammo bu faqat jinoiy-prosessual harakatlar yoki berish bo'yicha 
harakat qilish uchun zarur bo'lgan vaqt mobaynida davom etishi mumkin.
2.  Bunday davlat darhol faktlar bo'yicha oldindan tekshiruv o'tkazadi.
3.  Ushbu moddaning 1 bandiga asosan hibsda bo'lgan istalgan shaxsga u fuqarosi 
bo'lgan davlatning eng yaqin tegishli vakili bilan yoki u fuqaroligi yo'q shaxs bo'lsa, 
odatda yashab turgan davlatning vakili bilan kechiktirmay aloqa o'rnatishida yordam 
ko'rsatiladi.
4.  Davlat ushbu moddaga binoan qaysidir shaxsni hibsga olsa, 5-moddaning 1 bandida 
eslatilgan davlatlarga bunday shaxsning hibsdaligi fakti to'g'risida va uni ushlashga sabab 
bo'lib xizmat qilgan vaziyatlar haqida kechiktirmay xabar beradi. Ushbu moddaning 
2 bandida ko'zda tutilgan oldindan tekshiruv o'tkazadigan davlat olgan ma'lumotlari 
to'g'risida kechiktirmay yuqorida eslatilgan davlatlarga xabar qiladi va o'zining sud 
qilish huquqini amalga oshiradimi yoki yo'qmi ekanligini ko'rsatadi.
7-modda
Ishtirokchi davlat, agar uning huquqiy tobeligidagi hududda 4-moddada ko'rsatilgan 
jinoyatlardan istalganini sodir etishda gumon qilingan shaxs topilsa va u 5-moddada 
ko'zda tutilgan hollarda jinoyatchini bermasa, mazkur ishni o'zining vakolatli 
hukumatlariga sudda tekshirish uchun beradi.
2.  Bu hukumatlar jiddiy tusdagi oddiy jinoyat holatida bo'lganidek, shu davlat 
qonuniga muvofiq tarzda qaror qabul qiladilar. 5-moddaning 2 bandida sanab o'tilgan 
hollarda suda tekshirish va qoralash uchun zarur isbotlarga qo'yiladigan talablar hyech 
bir holda 5-moddaning 1 bandida ko'rsatilgan hollarda qo'llanadiganiga nisbatan 
kamroq jiddiy bo'lmaydi.
3.  4-moddada ko'rsatilgan jinoyatlardan har qaysisi munosabati bilan tekshiriladigan 
har qaysi shaxsga ishni ko'rishning hamma bosqichlarida adolatli muomala qilish 
kafolatlanadi.
8-modda
1.  4-moddada ko'rsatilgan jinoyatlar ishtirokchi davlatlar o'rtasida mavjud 
bo'lgan berish to'g'risidagi har qanday shartnomaga kiritiladigan jinoyatlar sifatida 

242
kiritilishi kerak deb hisoblanadi. Ishtirokchi davlatlar bunday jinoyatlarni ular o'rtasida 
tuziladigan berish to'g'risidagi istalgan shartnomaga kiritiladigan jinoyatlar sifatida 
kiritish majburiyatini oladilar.
2.  Agar shartnoma mavjudligi bilan berishni shart qilib qo'yadigan ishtirokchi 
davlat u berish to'g'risida hyech qanday shartnomaga ega bo'lmagan boshqa ishtirokchi 
davlatdan berish iltimosini olsa, u bunday jinoyatlarga nisbatan ushbu Konvensiyani 
berish uchun huquqiy asos sifatida ko'rib chiqishi mumkin. Berish shu haqda iltimos 
bilan murojaat qilingan davlatning qonunchiligida ko'zda tutilgan boshqa shartlarda 
amalga oshiriladi.
3.  Berishni shartnoma mavjudligi bilan shart qilib qo'ymaydigan ishtirokchi 
davlatlar o'zaro munosabat bunday jinoyatlarni berish to'g'risida murojaat qilingan 
Davlatning qonunchiligida ko'zda tutilgan shartlarga muvofiq berishga olib keladigan 
jinoyatlar sifatida ko'rib chiqadilar.
4.  Ishtirokchi davlatlar o'rtasida bunday jinoyatlar nafaqat sodir qilinadigan joyda, 
balki shu 5-moddaning 1 bandiga binoan o'zining sud qilishni belgilashi lozim bo'lgan 
davlatlar hududida ham sodir qilingan jinoyatlardek ko'riladi.
9-modda
1.  Ishtirokchi davlatlar 4-moddada sanab o'tilgan jinoyatlardan har biriga nisbatan 
amalga oshirilgan jinoiy-prosessual harakatlar munosabati bilan bir birlariga sud 
tekshiruvi uchun ular ixtiyoridagi barcha mavjud dalillar berilishini qamrab oluvchi 
eng to'liq yordam ko'rsatadilar.
2.  Ishtirokchi davlatlar o'z majburiyatlarini shu moddaning 1 bandiga binoan 
ular o'rtasida o'zaro huquqiy yordam to'g'risidagi har qanday shartnomalar bo'yicha 
bajaradilar.
10-modda
1.  Har bir ishtirokchi davlat qiynoqni ta'qiqlashga tegishli o'quv materiallari 
va axborotlar huquqni tatbiq etuvchi organlarning xodimlarini, fuqarolarga oid 
yoki harbiy, tibbiy xodimlarni, davlatning mansabdor shaxslarini hamda har 
qanday shaklda hibsga olingan, ushlangan yoki qamoqqa olingan shaxslarni 
ushlab turib, so'roq qilishga yoki ular bilan muomala qilishga munosabat bildirishi 
mumkin bo'lgan shaxslarni tayyorlash dasturlariga to'liq ravishda kiritilishini 
ta'minlaydi.
2.  Har bir ishtirokchi davlat bu ta'qiqni har qaysi shunday shaxslarning vazifa va 
funksiyalariga oid qoida yoki yo'riqnomaga kiritadi.
11-modda
Har bir ishtirokchi davlat qandaydir qiynoq hollariga yo'l qo'ymaslik uchun 
uning huquqiy tobeligida bo'lgan har bir hududda har qanday shaklda ushlangan, 
hibs qilingan yoki qamoqqa olingan shaxslarni so'roq qilish, shuningdek, qamoqda 
ushlab turish va muomala qilishga taalluqli qoida, yo'riqnoma, usul va amaliyotlarni 
muntazam ko'rib chiqadi.

243
12-modda
Har bir ishtirokchi davlat uning huquqiy tobeligida bo'lgan har qaysi hududda 
qiynoq qo'llangan deb o'ylashga yetarlicha asos bo'lganda uning organlari tez va 
xolis tekshiruv o'tkazishlarini ta'minlaydi.
13-modda
Har bir ishtirokchi davlat uning huquqiy tobeligida bo'lgan istalgan hududda qiynoq 
qo'llanildi, deb tasdiqlaydigan har bir shaxsga shu davlatning vakolatli hukumatlariga 
shikoyat qilish huquqini hamda ular tomonidan bunday jinoyat tez va xolis ko'rib 
chiqilishini ta'minlaydi. Da'vogar va guvohlarni har qanday shakllardagi yoki uning 
shikoyati, yoki har qanday guvohlik ko'rsatmalari munosabati bilan qo'rqitishdan 
himoya qilishni ta'minlash choralari ko'riladi.
14-modda
1.  Har bir ishtirokchi davlat o'zining huquqiy tizimida qiynoqlarning qurboni 
tovon olishini va iloji boricha to'laroq tiklanish uchun mablag'larni qamrab oluvchi, 
huquqiy sanksiya bilan to'ldiriladigan adolatli va muqobil tovon olish huquqiga ega 
bo'lish huquqini ta'minlaydi. Qiynoq natijasida qurbon vafot etsa, tovon olish huquqi 
uning qaramog'idagilarga beriladi.
2.  Ushbu moddada hyech narsa qurbon yoki boshqa shaxslarning milliy 
qonunchilikka ko'ra mavjudligi mumkin bo'lgan har qanday tovon olish huquqiga 
daxl qilmaydi.
15-modda
Har bir ishtirokchi davlat har qanday ariza, agar belgilanganidek, qiynoq ostida 
berilgan bo'lsa, istalgan sud tekshiruvi davomida dalil sifatida foydalanmasligini 
ta'minlaydi, u qiynoq sodir etishda ayblanadigan shaxsga qarshi ariza berilganining 
isboti sifatida foydalaniladigan hollar bundan mustasnodir.
16-modda
Har bir ishtirokchi davlat uning huquqiy tobeligida bo'lgan istalgan hududda bunday 
harakatlar davlatning mansabdor shaxsi yoki rasmiy sifatida, yoxud ularning gij-gijlashi 
yoki kuzatuvi, yo indamay rozilik berishi bilan chiqadigan boshqa shaxs tomonidan 
sodir etiladigan 1-moddada bo'lgan qiynoq ta'rifiga kirmaydigan muomala berishning 
boshqa qattiq, shafqatsiz yoki qadr-qimmatni kamsituvchi boshqa harakatlarning 
oldini olish majburiyatini oladi. Xususan, 10-, 11-, 12-va 13-moddalarda bo'lgan 
majburiyatlar qiynoq to'g'risidagi eslatmalar muomala va jazoning boshqa qattiq, 
shafqatsiz yoki qadr-qimmatni kamsituvchi shakllari to'g'risidagi eslatmalar bilan 
almashtirilgan holda tatbiq etiladi.
2.  Ushbu Konvensiyaning qoidalari qattiq, shafqatsiz yoki qadr-qimmatni 
kamsituvchi muomala va jazoni ta'qiqlovchi yoki berish, yoki chiqarib yuborishga 
tegishli istalgan xalqaro shartnomalar yo milliy qonunchilikning qoidalariga zarar 
keltirmaydi.

244
II QISM
17-modda
1.  Qiynoqlarga qarshi qo'mita (bundan keyin Qo'mita deyiladi) tuziladi, u quyida 
nazarda tutilgan vazifalarni bajaradi.
Qo'mita yuksak ma'naviy fazilatlarga ega va inson huquqlari sohasida vakolatli 
deb tan olingan hamda shaxs sifatida mavqyei mustahkam o'nta ekspertdan iborat. 
Ekspertlar ishtirokchi davlatlar tomonidan saylanadi, bunda jo'g'rofiy taqsimlanishga 
hamda huquqiy tajribasi bo'lgan bir nechta shaxsning ishtiroki maqsadga muvofiqligiga 
e'tibor beriladi.
2.  Qo'mita a'zolari ishtirokchi davlatlar tomonidan ko'rsatiladigan shaxslar ro'yxati 
hisobidan yashirin ovoz berish bilan saylanadi. Har bir ishtirokchi davlat o'z fuqarolari 
hisobidan bitta nomzod ko'rsata oladi. Ishtirokchi davlatlar, shuningdek, Fuqarolik 
va siyosiy huquqlar to'g'risida xalqaro paktga binoan ta'sis etilgan Inson huquqlari 
qo'mitasining a'zolari bo'lgan hamda Qiynoqlarga qarshi qo'mitada ishlash istagini 
bildirgan shaxslarni ko'rsatish maqsadga muvofiqligini ham hisobga oladilar.
3.  Qo'mita a'zolari saylovi Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibi tomonidan 
ikki yilda bir marta chaqiriladigan ishtirokchi davlatlar kengashida o'tkaziladi. 
Kvorumini ishtirokchi davlatlarning uchdan ikki qismi tashkil etadigan ana shu 
kengashlarda eng ko'p ovoz hamda Konvensiya ishtirokchi davlatlari vakillaridan 
ishtirok etgan va ovoz berishda qatnashganlarining mutloq ko'pchilik ovozini olganlar 
Qo'mitaga saylangan nomzodlar bo'ladi.
4 Dastlabki saylovlar ushbu Konvensiya amalga kiritilgan sanadan boshlab olti 
oydan kechikmay o'tkaziladi. Navbatdagi saylovlar sanasidan hyech bo'lmaganda 
to'rt oy avval Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibi ishtirokchi davlatlarga uch 
oylik muddatda ularning nomzodlarini taqdim etish taklif qilingan xat jo'natadi.
Bosh kotib tayyorlaydigan ro'yxatga alifbo tartibida shu tarzda ko'rsatilgan shaxslar 
ularni ko'rsatgan ishtirokchi davlatlarni ko'rsatgan holda kiritiladi, Bosh kotib bu 
ro'yxatni ishtirokchi davlatlarga taqdim etadi.
5.  Qo'mita a'zolari to'rt yil muddatga saylanadi. Ular takror ko'rsatilgan taqdirda 
qayta saylanish huquqiga egadir. Ammo dastlabki saylovda saylangan besh a'zoning 
vakolat muddati ikki yillik davr oxirida tugaydi, dastlabki saylovdan keyin darhol 
shu besh a'zoning nomlari, kengash raisi tomonidan qur'a tashlab aniqlanadi, bu 
haqda ushbu moddaning 3 bandida bayon etiladi.
6.  Qo'mita a'zosi vafot etgan yoki iste'foga chiqqan taqdirda, yoki qandaydir 
boshqa sabablarga ko'ra Qo'mitadagi vazifalarini bajarish imkoni bo'lmaganda uning 
nomzodini taklif qilgan ishtirokchi davlat qolgan muddatga ishtirokchi davlatlar 
aksariyatining ma'qullashi bilan boshqa ekspertni tayinlaydi.
Agar ishtirokchi davlatlarning yarmi yoki ko'prog'i Birlashgan Millatlar Tashkiloti 
Bosh kotibidan tavsiya qilinadigan tayinlov to'g'risida axborot olgandan keyin olti 
hafta ichida salbiy javob bermasa, nomzod ma'qullangan hisoblanadi.
7.  Ishtirokchi davlatlar Qo'mita a'zolarining ular tomonidan Qo'mitada vazifalari 
bajarilgan davrdagi xarajatlarini qoplashni o'z zimmalariga oladilar.

245
18-modda
Qo'mita o'zining mansabdor shaxslarini ikki yil muddatga saylaydi. Ular qayta 
saylanishlari mumkin.
2.  Qo'mita o'zining xususiy tartib-qoidalarini belgilaydi, lekin bu qoidalarda, 
jumladan, quyidagilar ko'zda tutilmog'i lozim:
a)  olti a'zo kvorumni hosil qiladi;
b)  Qo'mita qarorlari qatnashayotgan a'zolarning ko'pchilik ovozi bilan qabul qilinadi.
3.  Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibi Qo'mita o'z vazifalarini ushbu 
Konvensiyaga muvofiq ravishda samarali olib borishi uchun zarur xodimlar, shart-
sharoit bilan ta'minlaydi.
4.  Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibi Qo'mitaning birinchi kengashini 
chaqiradi. O'zining birinchi kengashidan keyin Qo'mita tartib-qoidalarda ko'zda 
tutilgan vaqt oralig'ida to'planishi lozim.
5.  Ishtirokchi davlatlar ularning va Qo'mitaning kengashlarini o'tkazish munosabati 
bilan yuzaga keladigan xarajatlarni qoplashni ushbu moddaning 3 bandiga binoan 
Birlashgan Millatlar Tashkiloti tomonidan ta'minlanadigan xodimlarga haq to'lash 
va shart-sharoitlarni ta'minlash kabi har qanday xarajatlar qoplanishini qo'shib o'z 
zimasiga oladi.
19-modda
1.  Ishtirokchi davlatlarQo'mitaga ushbu Konvensiyaga binoan Birlashgan Millatlar 
Tashkiloti Bosh kotibi orqali ular tomonidan ularning vazifalarini amalga oshirish 
yuzasidan Ushbu Konvensiya tegishli ishtirokchi davlat uchun amalga kiritilgandan 
keyin bir yil mobaynida qabul qilingan tadbirlar to'g'risida ma'ruzalar taqdim qiladi. 
Shundan keyin ishtirokchi davlatlar to'rt yilda bir marta har qanday qabul qilingan 
yangi tadbirlar to'g'risida qo'shimcha ma'ruzalarni, shuningdek, so'rashi mumkin 
bo'lgan boshqa ma'ruzalarni takdim qiladi.
2.  Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibi shu ma'ruzalarni barcha ishtirokchi 
davlatlarga jo'natadi.
3.  Har bir ma'ruza Qo'mita tomonidan ko'rib chiqiladi, u o'zi maqsadga muvofiq 
deb hisoblaydigan ma'ruza yuzasidan umumiy tartibda mulohazalar qilishi mumkin, 
keyin ularni tegishli ishtirokchi davlatga jo'natadi.
Mazkur ishtirokchi davlat Qo'mitaga javob tariqasida o'rinli deb hisoblaydigan 
istalgan mulohazalarni berishi mumkin.
4.  Qo'mita o'z xohishicha, 24-moddaga binoan tayyorlanadigan o'zining yillik 
ma'ruzasiga uning tomonidan ushbu moddaning 3 bandiga binoan qilingan istalgan 
mulohazalarni ular bo'yicha tegishli ishtirokchi davlatdan olingan mulohazalar bilan 
kiritishi mumkin. Tegishli ishtirokchi davlat iltimosiga ko'ra Qo'mita, shuningdek, ushbu 
moddaning 1 bandiga muvofiq taqdim qilingan ma'ruza nusxasini ham kiritishi mumkin.
20-modda
1.  Agar Qo'mita olgan to'g'ri axborotda, uning fikricha, qaysidir ishtirokchi davlat 
hududida qiynoqlar muntazam qo'llanilgani to'g'risida to'liq asosli ma'lumotlar bo'lsa, 

246
unda u ushbu ishtirokchi davlatga shu axborotni ko'rib chiqishda hamkorlik qilishni 
hamda shu maqsadda o'zining mazkur axborotga nisbatan mulohazalarini bildirishni 
taklif qiladi.
2.  Tegishli ishtirokchi davlat taqdim etadigan har xil mulohazalarni, shuningdek, 
uning ixtiyoridagi ishga aloqador boshqa istalgan axborotlarni hisobga olgan holda 
Qo'mita, agar u shuni maqsadga muvofiq deb topsa, maxfiy ravishda tekshirish 
o'tkazish va Qo'mitaga shoshilinch ravishda tegishli ma'ruzani berish uchun o'zining 
bir yoki bir necha a'zolarini tayinlashi mumkin.
3.  Agar ushbu moddaning 2 bandiga binoan tekshiruv o'tkazilsa, Qo'mita tegishli 
ishtirokchi davlat bilan hamkorlik o'rnatishga intiladi. Shu ishtirokchi davlat roziligi 
bilan bunday tekshiruv uning hududiga borib ko'rishni nazarda tutishi mumkin.
4.  Shu moddaning 2 bandiga muvofiq ana shu tekshiruv a'zosi yoki a'zolari 
tomonidan taqdim qilingan tekshiruv natijalari ko'rib chiqilgandan keyin Qo'mita 
tegishli ishtirokchi davlatga bu natijalarni shu vaziyatda maqsadga muvofiq deb 
topiladigan istalgan mulohazalar yoki takliflar bilan qo'shib jo'natadi.
5.  Qo'mitaning ushbu moddaning 1–4 bandlarida eslatilgan butun ishi maxfiy 
tusdadir va bu ishning hamma bosqichlarida ishtirokchi davlat bilan hamkorlik qilishga 
intilish lozim. 2 bandga binoan o'tkazilgan tekshiruv nisbatan bu ish tugagagach, 
Qo'mita tegishli ishtirokchi davlat bilan maslahatlashgandan keyin, shu ish natijalari 
to'g'risida qisqacha hisobotni 24-moddaga asosan tayyorlanadigan o'zining har yilgi 
ma'lumotiga kiritish to'g'risida qaror qabul qilishi mumkin.
Download 2.94 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   34




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling