Zbekiston respublikasi ichki ishlar vazirligi akademiyasi inson huquqlari umumiy nazariyasi
Download 2.94 Kb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- 53-modda Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibi ushbu Konvensiyaning saqlovchisi etib tayinlanadi. 54-modda
- XOTIN-QIZLAR HUQUQLARI KAMSITILISHINING BARCHA SHAKLLARIGA BARHAM BERISH TOGRISIDA KONVENSIYA
- Ushbu Konvensiyaning ishtirokchi davlatlari
- I QISM 1-modda
- II QISM 7-modda
- III QISM 10-modda
- IV QISM 15-modda
52-modda Har qanday ishtirokchi-davlatlar ushbu Konvensiyani Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibiga yozma ravishdagi bildirishnoma yuborish asosida bir tomonlama bekor qilishi, Bosh kotib bildirishnomani olganidan keyin bir yil o'tgach, kuchga kiradi. 53-modda Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibi ushbu Konvensiyaning saqlovchisi etib tayinlanadi. 54-modda Ushbu Konvensiyaning inglizcha, arabcha, ispancha, xitoycha, ruscha va fransuzcha asl nusxasi matnlari teng bir xillikka ega bo'lib, saqlab qo'yish uchun Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibiga topshiriladi. Shuni tasdiqlash uchun quyida imzo chekkan vakolatli vakillar o'zlarining tegishli hukumatlari tomonidan shunga yetarli darajada vakil qilingan bo'lib, mazkur Konvensiyani imzolaydilar. 272 8-ilova XOTIN-QIZLAR HUQUQLARI KAMSITILISHINING BARCHA SHAKLLARIGA BARHAM BERISH TO'G'RISIDA KONVENSIYA Bosh Assambleyaning 1979 yil 18 dekabrdagi 34/180-rezolyusiyasi bilan imzolash, ratifikasiya qilish va qo'shilish uchun qabul qilingan va ochilgan. 1981 yil3 sentyabrdan27(1)-moddaga muvofiq kuchga kirgan. Ushbu Konvensiyaning ishtirokchi davlatlari: Birlashgan Millatlar Tashkilotining Nizomi insonning asosiy huquqlariga, inson shaxsiyatining kadriyati va qadr-kimmatiga, erkak va ayollarning teng huquqligiga ishonchni yana qaror topdirganligini hisobga olgan holda, inson huquqlarining Umumjahon deklarasiyasi huquqlariing kamsitilishiga yo'l qo'ymaslik prinsipini ta'kidlab, barcha insonlar huquq va qadr-qimmatlarida teng va erkin bo'lib tug'ilishini, unda e'lon qilinganidek, har bir inson shu jumladan jinsdagi nisbatan bo'lgan farqlardan qati nazar barcha huquq va erkinlikka ega bo'lmog'i kerakligini e'lon qilganligini hisobga olgan holda, inson huquklari haqidagi Xalqaro paktlarning ishtirokchi-davlatlariga erkak va ayollar uchun barcha iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy, fuqarolik va siyosiy huquqlardan teng foydalanishni ta'minlash vazifalari yuklatilganligini hisobga olgan holda, erkak va ayollarning teng huquqli bo'lishiga yordam berish maqsadida Birlashgan Millatlar Tashkiloti va ixtisoslashgan tashkilotlar kafilligida tuzilgan xalqaro konvensiyalarni e'tiborga olgan holda, shuningdek, erkak va ayollarning teng xuquqli bo'lishiga yordam berish maqsadida Birlashgan Millatlar Tashkiloti va ixtisoslashgan tashkilotlar tomonidan qabul qilingan rezolyusiyalar, deklarasiyalar va tavsiyanomalarni hisobga olgan holda, mana shu turli hujjatlarga qaramay, xotin-qizlar quqlarining kamsitilish hollari hamon yuz berayotganligidan tashvishlanib, xotin-qizlar huquqlarining kamsitilishi inson qadr- qimmatiga bo'lgan hurmat va teng huquqlilik prinsiplariga putur yetqazishini, ayollar erkaklar bilan bir qatorda o'z mamlakatining siyosiy, ijtimoiy, iqgisodiy va madaniy hayotida ishtirok etishiga to'sqinlik qilishini, oila va jamiyat farovonligining o'sishiga halaqit berishini va insoniyat va o'z mamlakatlarining manfaatlari yo'lida xotin-qizlarning imkoniyatlari to'liq namoyon bo'lishiga yana ham ko'proq kiyinchiliklar tug'dirishini eslatib, qashshoqlik sharoitlarida hotin-qizlarning oziq-ovqatga, sog'liqni saqlashga, ta'limga, kasb tayyorgarligiga va ishga joylashish imkoniyatlariga, shuningdek, boshqa ehtiyojlarni qondirishga imkoniyati juda kam ekanligidan tashvishlanib, tenglik va adolat asosida o'rnatilgan yangi xalqaro iqtisodiy tartib erkaklar va ayollar o'rtasidagi genglikni ta'minlashda anchagina imkoniyat berishiga qatiy ishonib, 273 irqiy ayirmachilikni, barcha turdagi irqchilik, irqiy kamsitish, eski va yangi mustamlakachilik, agressiya davlatlar ustidan hukmronlik o'rnatishni, boshqa davlat tomonidan bosib olinishini va hukmronlik qilishini hamda davlatlarning ichki ishlariga aralashishni bartaraf qilish erkaklar va xotin-qizlar huquqlarini to'la amalga oshirishning zarur omillari ekanligini ta'kiddab, xalqaro tinchlik va xavfsizlikni mustaxkamlash, xalqaro keskinlikni yumshatish, ijtimoiy va iqtisodiy tizimlaridan qat'iy nazar, barcha davlatlar o'rtasida o'zaro hamkorlik, kat'iy va samarali xalqaro nazorat ostida yoppasiga va batamom kurolsizlanish ayniqsa, yadroviy qurolsizlanish mamlakatlar o'rtasidagi munosabatlarda adolat, tenglik va o'zaro manfaatdorlik tamoyillarini qaror optirish hamda chet el va mustamlaka xukumronligi va boshqa davlatlar okkupasiyasi ostida bo'lgan xalqlarning o'z taqdirini o'zi belgilash va mustaqillik xuquqini amalga oshirish, shuningdek davlatlarning milliy mustaqilligi va hududiy yaxlitligini hurmat qilish ijtimoiy taraqqiyot va rivojlanishga ko'maklashishini hamda buning oqibati o'laroq erkaklar bilan ayollar o'rtasida to'la tenglikka erishish imkonini berishini tasdiqlab, mamlakatning to'liq rivojlanishi, butun dunyoda farovonlik va tinchlik ishi barcha sohalarda ayollarning erkaklar bilan baravar mumkin qadar ko'proq ishtirok etishlarini talab qilishiga qat'iy ishonib, xotin-qizlarning oila farovonligi va jamiyat rivojiga qo'shayotgan hozirgacha to'la tan olinmagan hissasining ahamiyatini, onalikni ijtimoiy ahamiyatini hamda oilada va bola tarbiyasida ota-onaning tutgan o'rnini hisobga olgan holda ayolning nasl davomchisi sifatidagi o'rni ayol huquqlarining kamsitilishiga sabab bo'lmasligini, chunki bolalarning tarbiyasi erkak va ayollarning va umuman jamiyatning birgalikdagi javobgarligini talab qilishini anglab, erkak va ayol o'rtasida to'la tenglikka erishish uchun, ham erkak, ham ayolning jamiyat va oilada tutgan an'anaviy o'rninio'zgartirish zarurligini tan olib, xotin-qizlar huquqlarining kamsitshshshini bartaraf etish to'g'risidagi Deklarasiyada e'lon qilingan prinsiplarni amalga oshirish va shu maqsadda bunday huquqlar kamsitilishining barcha shakllari va ko'rinishlarini bartaraf etish uchun zarur choralarni ko'rishga azmu qaror qilib, Quyidagilar to'g'risida kelishib oldilar: I QISM 1-modda Mazkur Konvensiyaning maqsadi o'laroq «xotin-qizlarning kamsitilishi» tushunchasi, har qanday farq, jinsiy belgilariga ko'ra istisno qilish, cheklash, tan olmaslik, yo'qqa chiqarish yoki bo'shashtirishga yo'naltirilgan, ayollar foydalanayotgan yoki amalga oshirayotgan har qanday siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy, fuqaroviy va boshqa sohada oilaviy sharoitidan qat'i nazar erkak va ayollarga tenglik asosida inson huquqlari va asosiy erkinliklar berilishini anglatadi. 2-modda Ishtirokchi davlatlar xotin-qizlar kamsitilishining barcha shakllarini qoralab, zudlik bilan barcha tegishli usullar orqali xotin-qizlar kamsitilishiga barham berish 274 siyosatini yurgizishga kelishadilar va shu maqsadda quyidagi majburiyatlarni oladilar: a) erkaklar bilan ayollar o'rtasidagi tenglik tamoiylini, agarda bu hozirgacha qilingan bo'lmasa, milliy Konstitusiyaga va boshqa tegishli qonunlarga kiritish hamda qonun va boshqa tegishli vositalar yordamida ushbu tamoyilni amaliyotga joriy etishni ta'minlash; b) xotin-qizlarning har qanday kamsitilishini ta'qiqlovchi tegishli qonunchilik va boshqa choralarni ko'rish, zarur bo'lganda sanksiyalarni qo'llash; v) erkaklar bilan tenglik asosida ayollarning huquqlari yuridik jihatdan himoyalanishni o'rnatish, vakolatli milliy sudlar va davlat muassasalarining yordamida xotin-qizlarning har qanday kamsitilishiga qarshi ularning samarali himoya qilinishini ta'minlash; g) xotin-qizlarni kamsitadigan biron bir hatti-haraqatlarni amalga oshirishdan tiyilish, davlat organlari va muassasalari ushbu majburiyatga muvofiq faoliyat ko'rsatishlariga kafolat berish; d) biron bir shaxs, tashkilot, yoki korxona tomonidan xotin-qizlar kamsitilishini bartaraf etish uchun barcha tegishli choralarni ko'rish; ye) xotin-qizlarni kamsituvchi mavjud qonunlar, qarorlar, urf-odatlar va amadiyotni o'zgartirish yoki bekor qilish uchun barcha tegishli choralarni, shu jumladan qonunchilik choralarini ko'rish; j) xotin kizlarni kamsitishdan iborat bo'lgan o'zining jinoyatchilikka oid qonunlarining barcha moddalarini bekor qilish. 3-modda Ishtirokchi davlatlar erkaklar bilan tenglik asosida xotin-qizlarning inson hukuqlari hamda asosiy erkinliklarini ro'yobga chiqarishlari va ulardan foydalanishlarini kafolatlash maqsadida xotin-qizlarining har tomonlama rivojlanishini va taraqqiyotini ta'minlash uchun barcha sohalarda, xususan siyosiy, ijtimoiy, iqtisodiy va madaniy sohalarda barcha tegishli choralarni, shu jumladan qonunchilik choralarini ko'radilar. 4-modda 1. Mazkur Konvensiyada ko'rsatilganidek, ishtirokchi davlatlar tomonidan xotin- qizlarning erkaklar bilan amalda tengligini ta'minlash tezlashtirishga qaratilgan vaqtincha qabul qilingan maxsus choralar huquqlarni kamsituvchi deb hisoblanmaydi, lekin u teng huquqli bo'lmagan yoki tabaqalashtirilgan andozalarning saqlanib qolishiga aslo olib kelmasligi kerak; qachonki imkoniyatlarning tengyaigi va teng huqukli munosabatning maqsadlariga erishilgandan so'ng bu choralar bekor qilinishi zarur. 2. Ishtirokchi davlatlar onalikni himoya qilishga qaratilgan maxsus choralarii, jumladan ushbu Konvensiyada mavjud bo'lgan choralarni qabul qilishi kamsituvchi choralar deb hisoblanmaydi. 5-modda Ishtirokchi davlatlar barcha tegishli choralarni qabul qilishlaridan maqsad: 275 a) erkak va ayollarning ijtimoiy va madaniy xulq-atvor modellarini bitta jins ikkinchisi ustidan ustun bo'lishi yoki erkak va ayolning bir xil roli g'oyasiga asoslangan hurofiy urf-odatlar, bid'atlar va shukga o'xshash hollarni tugatish va bekor qilish maqsadida o'zgartirish; b) bolalar manfaatlari barcha xollarda ustun qurishini nazarda tutib, oilaviy tarbiya o'z ichiga onalikni ijtimoiy vazifa sifatida to'g'ri anglanishi hamda erkak va ayollarning o'z bolalari tarbiyasi va kamoloti uchun umumiy javobgaryaigi e'tirof etilishi qamrab olinishini ta'minlash. 6-modda Ishtirokchi davlatlar ayollarni sotishning va fohishalikda ishlatishning barcha turlariga chek qo'yish uchun barcha tegishli choralarni, shu jumladan qonunchilik choralarini ko'radilar. II QISM 7-modda Ishtirokchi davlatlar mamlakatning siyosiy va jamoat hayotida xotin-qizlar kamsitilishiga barham berish yuzasidan barcha tegishli choralarni ko'radilar, jumladan, ayollarga erkaklar bilan teng shart-sharoitlar asosida quyidagi huquqlarni ta'minlaydilar: a) barcha saylovlar va ommaviy referendumlarda ovoz berish va ommaviy saylanadigan organlarga saylanish; b) davlat siyosatini shakllantirish va amalga oshirishda qatnashish hamda davlat lavozimlarini egallash, shuningdek, davlat boshqaruvining barcha bo'g'inlarida davlat vazifalarini amalga oshirish; v) mamlakatning ijtimoiy va siyosiy hayot muammolari bilan shug'ullanadigan hukumatga qarashli bo'lmagan tashkilotlar va uyushmalarning faoliyatida qatnashish. 8-modda Ishtirokchi davlatlar xotin-qizlarning erkaklar bilan tenglik asosida va hyech qanday kamsitishsiz xalharo miqyosda o'z hukumatlari nomidan vakillik qilish va xalqaro tashkilotlar ishida qagnashish imkoniyatlarini ta'minlash maqsadida barcha tegishli choralarni ko'radilar. 9-modda 1. Ishtirokchi davlatlar fuqaroligni qabul qilish, uni o'zgartirish yoki saqlab qolishda ayollarga erkaklar bilan teng huquqlarni beradi. Ular, jumladan, chet el kishisiga turmushga chiqqanda ham, turmushga chiqayotgan vaqtda turmush o'rtog'ining fuqaroligi o'zgarganda ham ayolning fuqaroligi o'z-o'zidan o'zgarishiga olib kelmaydi, uni fuqaroligi bo'lmatan shaxsga ayyaantirmaydi va erining fuqaroligini qabul qilishga majbur eta olmaydi; 2. Ishtirokchi davlatlar ayollarga o'z farzandlarining fuqaroligiga nisbatan erkaklar bilan teng huquqlar beradi. 276 III QISM 10-modda Ishtirokchi davlatlar xotin-qizlarning kamsitilishini bartaraf etish, ayollarning erkaklar va ayollar tengligi asosida ta'lim olish sohasida erkaklar bilan teng huquqlarini ta'minlash uchun barcha zarur choralarni ko'radilar. Jumladan, quyidagilarni ta'minlaydilar: a) shahar, tumanlari singari qishloq joylarida ham barcha toifadagi o'quv yurtlarida bilimdan bahramand bo'lish va diplom olish, kasb-kor yoki mutaxassislikni tanlashda bir xil sharoitlarni yaratish, bunday tenglik maktabgacha tarbiya, umumta'lim, o'rta maxsus va oliy texnik ma'lumot olishda, shuningdek, kasbga tayyorlashning barcha turlarida taminlanadi; b) bir xil o'quv dasturlariga, bir xil imtihonlarga, bir xil malakali o'qituvchilar tarkibiga, teng sifatli maktab xonalari va jihozlariga ega bo'lish; v) barcha ta'lim olish bosqichlari va shakllarida erkak va xotin-qizlar rolining birgalikda va boshqa xildagi ta'lim olish yo'li orqali har qanday bir qolipdagi konsenpsiyasini bartaraf etish va shu asosda, jumladan, o'quv ko'llanmalari va maktab dasturlarini qayta ko'rib chiqish hamda o'qitish uslublarini moslashtirish yo'li bilan shu maqsadga erishish; g) talim uchun stipendiya va boshqa nafaqalar olish imkoniyatlarining bir xilligi; d) erkaklar va ayollar bilimdagi har qanday uzilishni mumkin qadar tezlik bilan qisqartirishga yo'naltirilgan funksional savodxonlik dasturi va katta shdagilar orasidagi savodxonlikni ommalashtirish dasturlarini nazarda tutib, ta'lim olishni davom ettirish dasturidan foydalanish imkoniyatlarining bir xilligi; ye) maktabni tugatmayotgan qizlar sonini kamaytirish va maktabni barvaqt tark etgan ayollar va qizlar uchun alohida dasturlarni ishlab chiqish; j) jismoniy tayyorgarlik va sport mashg'ulotlarida faol qatnashish uchun bir xil imkoniyatlar yaratish; z) oilalar sog'ligi va farovonligini ta'minlashga ko'maklashish maqsadida ta'lim sohasiga bagashlangan maxsus axborotlarga, shu jumladan oilaning katta-kichikligini: rejalashtirish to'g'risidagi axborot va yo'l-yo'riq ma'lumotlariga ega bo'lish. 11-modda 1. Xotin-qizlarning ish bilan band bo'lish sohasidagi huquqlari kamsitilishini bartaraf etish, ayni vaqtda erkaklar bilan ayollarning teng huquqlarini ta'minlash maqsadida ishtirokchi davlatlar barcha tegishli choralarni, jumladan, quyidagi huquqlarni ta'minlash choralarini ko'radilar: a) barcha insonlarning ajralmas huquqi sifatida mehnat qilish xuquqi; b) ishga yollashda bir xil imkoniyatlarga ega bo'lish, shu bilan birga ishga yollashda bir xil tanlash mezonlarini qo'llash huquqi; v) kasb yoki ish turini erkin tanlash, lavozim bo'yicha ko'tarilish va ish bilan band etish kafolatiga ega bo'lish, shuningdek, shogirdlik, yuqori darajadagi kasb bo'yicha tayyorlardik va muntazam suratda malaka oshirishni o'z ichiga olgan 277 holda mehnat qilishning barcha imtiyozlari va shart-sharoitlaridan to'liq foydalanish, kasb bo'yicha tayyorgarlik va qayta tayyorgarlikdan o'tish huquqi; g) imtiyozlar olishni ham hisobga olgan holda teng mukofotlanish, bir xil qimmatga ega bo'lgan mehnatga nisbatan teng sharoitlarga, shuningdek, ish sifatini baholashga teng yondashish huquqi; d) jumladan nafaqaga chiqish, ishsiz qolish, kasallik, nogironlik, qarilik va mehnat qobiliyatini yo'kotishdan iborat boshqa holatlarda ijtimoiy ta'minot huquqi shuningdek, haqi to'lanadigan ta'til huquqi; j) sog'liqii saqlash va xavfsiz mexnat sharoitlarga ega bo'lish, shuningdek, naslni davom ettirish vazifasini saqlab qolish huquqi; 2. Ayollarning turmushga chiqmaganligi yoki onaligi sababli kamsitilishining oldini olish va ularga mexnat qilishning samarali huquqlarini kafolatlash maqsadida, ishtirokchi davlatlar quyidagilarni amalga oshirish uchun tegishli choralarni ko'radilar: a) homiladorlik sababli ishdan bo'shatishni yoki homiladorlik va tug'ruq bo'yicha ta'tilga chiqarishni yoxud oilaviy ahvol tufayli kamsitishni sanksiyalar ko'llanish tahdidi ostida man qilish; b) oxirgi ish joyini, lavozimini yoki ijtimoiy nafaqalarini yo'qotmagan holda xomiladorlik va tug'ruq bo'yicha haq to'lanadigan ta'tillar yoki taqqoslama ijtimoiy nafaqalar, to'lanadigan ta'tillar joriy etish; v) ota-onalar oilaviy burchlarining bajarilishini mehnat faoliyati va jamoat hayotdagi ishtiroki biyaan birga qo'shib olib borish imkonini yaratish uchun, jumladan, bolalarni tarbiya qilish muassasalari tarmog'ini kengaytirish yo'li bilan, qo'shimcha zarur ijtimoiy xizmat ko'rsatishni rag'batlantirish; g) ayollar homiladorligi davrida ularning salomatligi uchun zararli deb isbotlangan mehnat turlarida alohida himoyalashni ta'minlash; 3. Mazkur moddada o'z aksini topgan huquqlarni himoya qilishga taalluqli qonunchilik ilmiy-texnikaviy bilimlar asosida vaqti-vaqti bilan ko'rib chiqiladi, shuningdek, zaruratga qarab qaytadan ko'riladi, bekor qilinadi yoki kengaytiriladi. 12-modda Ishtirokchi davlatlar xotin-qizlarning sog'liqni saqlash sohasidagi huquqlari kamsitilishiga barham berish maqsadida, erkak va ayollarga tibbiy xizmatni teng ta'minlash, oilaning katta-kichikligini rejalashtirish masalalarida tegishli barcha choralarni ko'radilar; Ishtirokchi davlatlar ushbu moddaning 1 bandi qoidalari bilan bir qatorda ayollarning homiladorlik, tug'ruq va tug'ruqsan keyingi davrida tegishli xizmatlar bilan ta'minlaydi va zaruriyat tug'ilgaida, bepul xizmatlar ko'rsatadilar, shuningdek, homiladorlik va emizikli davrida kerakli oziq-ovqatlarni yetkazib beradilar. 13-modda Ishtirokchi davlatlar ijtimoiy va iqtisodiy hayotning boshqa sohalarida xotin- qizlarning kamsitilishiga barham berish, shu bilan birga erkak va ayollarnish tengligi asosida ularning teng huquqlarini ta'minlash borasida tegishli barcha choralarni ko'radilar, jumladan quyidagi huquqlarni ta'minlaydilar: 278 a) oilaviy nafaqa huquqi; b) zayom, ko'chmas mulk hisobiga qarz va boshqa shakldagi moliyaviy kreditlarni olish huquqi; v) dam olish bilan bog'liq tadbirlarda, sport mashg'uloglarida va madaniy hayotning barcha sohalarida qatnashish huquqi. 14-modda Ishtirokchi davlatlar qishloq joylarda yashovchi xotin-qizlar duch keladigan alohida muammolarni va ularning o'z oilalari iqtisodiy farovonligini ta'minlashda muhim rol o'ynashini, shuningdek, ularnig tovarsiz xo'jalik tarmoqlaridagi faoliyatini e'tiborxa olgan holda qishloq joylarda yashovchi ayollarga nisbatan mazkur Konvensiya qoidalarining qo'llanilishini ta'minlash borasida barcha tegishli choralarni ko'radilar. Ishtirokchi davlatlar kishloq joylarda xotin-qizlar kamsitilishiga barham berish, erkak va xotin-qizlarning tengligi asosida ularning qishlok hududlarini rivojlantirishdagi ishtirokini ta'minlash va bunday rivojlanishdan naf ko'rish uchun barcha tegishli choralarni ko'radilar, jumladan, bunday xotin-qizlarga quyidagi huquqlarni ta'minlaydilar: a) barcha darajalarda rivojlanish rejalarini ishlab chiqish va amalga oshirishda ishtirok etish; b) oilani rejalashtirish masalalari bo'yicha axborotlar, maslahatlar va xizmatlarni qo'shgan holda tegishli tibbiy xizmat ko'rsatilishiga erishish; v) ijtimoiy sug'urta dasturlari qulayliklaridan bevosita foydalanish; g) jumladan, xotin-qizlarning texnikaviy bilim saviyasini oshirish maqsadida funksional savodxonlikni hisobga olgan holda barcha turdagi rasmiy va norasmiy ta'lim va tayyorgarlik olish, shuningdek, barcha turdagi jamoa xizmatlaridan, qishloq xo'jalik. masalalari bo'yicha maslahat berish xizmatidan foydalanish; d) mustaqil mehnat faoliyati yoki ishga yollash orqali teng iqtisodiy imkoniyaxlarni taminlash uchun shirkatlar va o'z o'ziga yordam ko'rsatish guruhlarini tashkil etish; ye) jamoa faoliyatining barcha turlarida ishtirok etish; j) qishloq xo'jalik kreditlari va zayomlariga, sotish tizimiga, tegishli texnologiyalarga, yer va agrar islohotlarda, shuningdek yerlarni qayta joylashtirish rejalarida teng maqomga erishish; z) tegishli turmush sharoitlaridan, ayniqsa, uy-joy sharoitlaridan, sanitariya xizmatidan, elektr va suv ta'minotidan, shuningdek, transport va aloqa vositalaridan foydalanish; IV QISM 15-modda 1. Ishtirokchi davlatlar xotin-qizlarning qonun oldida erkaklar bilan tengligini tan oladilar. 2. Ishtirokchi davlatlar xotin-qizlarga erkaklar bilan bir xil fuqarolik huquqlarini va ularni amalga oshirishning bir xil imkoniyatlarini beradilar, jumladan, ular mulkni 279 boshqarish va shartnomalarni tuzish vaqtida xotin-qizlarning teng huquqlarini, shuningdek, tribunal va sud muhokamasining barcha bosqichlarida ularga nisbatan teng munosabatni ta'minlaydilar. 3. Ishtirokchi davlatlar shunga qo'shiladilarki, xotin-qizdarning huquqlarini cheklashga qaratilgan har qanday huquqiy shartnomalar va boshqa har xil xususiy hujjatlar haqiqiy emas deb hisoblanadi. 4. Ishtirokchi davlatlar erkak va xotin-qizlarga shaxsning ko'chib yurishi, yashash va turar joyni tanlash erkinligaga taalluqli bo'lgan qonunchilikka nisbatan bir xildagi hukuklarni beradi. 16-modda 1. Ishtirokchi davlatlar xotin-qizlarning nikoh va oila munosabatlariga taalluqli hamma masalalarda kamsitilishini bartaraf etish uchun barcha tegishli choralarni ko'radilar, jumladan, erkak va ayollarning tengligi asosida quyidagi huquqlarni ta'minlaydilar: a) nikohdan o'tishda bir xil huquqlar; b) turmush o'rtog'ini erkin tanlash va nikoxdan fakat o'zining erkin va to'liq roziligi bilan o'tishda teng huquqlar; v) nikohdan o'tish hamda uni bekor qilish paytida bir xildagi huquq va burchlar; g) bolalarga taalluqli bo'lgan masalalarda oilaviy sharoitidan qati nazar, barcha vaziyatda bolalarning manfaati ustun turgan holda, erkak va ayollar ota-ona sifatida bir xildagi burch va huquqlarga ega bo'lishi; d) oilada bolalar soni, ularning tug'ilishi o'rtasidagi yoshi masalasini erkin va mas'uliyatli yechishda va bu huquqlarni amalga oishrishni ta'minlab beradigan vositalarga, ma'lumotdarga va ta'lim olishga bir xilda yondashish huquqiga ega bo'lish; ye) bolalarni farzandlikka olish, vakolat berish, tarbiyalash, vasiylik qilish yoki shunga o'xshash vazifalarni milliy konunga asosan amalga oshirishda barcha vaziyatlarda bolalarning manfaati ustun turgan holda bir xil burch va huquqlarga ega bulish; j) er va xotinning teng shaxsiy huquqlari, shu jumladan, ismi-sharifini, kasb va mashg'ulotni tanlash huquqi; z) er-xotinning mol-mulkka bepul va pullik egalik qilish, sotib olish, boshqarish, foydalanish va tasarruf qilish borasidagi teng huquqlari. 2. Bolani unashtirib qo'yish va nikohlash yuridik kuchga ega bo'lmaydi, nikohdan o'tishning eng quyi yoshini aniqlash va nikohlarni fuqarolik holati dalolatnomalarida majburiy qayd etish maksadida, barcha zarur, shu jumladan, zarur qonunchilik chora- tadbirlari ko'riladi. Download 2.94 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling