Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги ўрта махсус, касб-ҳунар таълими маркази


Mashg’ulotning xronologik xaritasi va darsning borishi


Download 4.59 Mb.
bet15/135
Sana21.11.2023
Hajmi4.59 Mb.
#1792145
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   135
Bog'liq
B majmua

Mashg’ulotning xronologik xaritasi va darsning borishi:
Tashkiliy qism (5 minut): dars xonasining darsga tayorligini va sanitariya holatini kuzatish, davomatni qayd etish va o’quvchilarning darsga ruhan tayyorligini tekshirish.
Kirish qismi (Motivatsiya) o’tilgan mavzuni mustahkamlash (20 minut): O'qituvchi jurnalga yo'qlama qiladi va yangi mavzuni doskaga yozib qo'yadi hamda mavzuni tushuntirishda qaysi metoddan foydalanish to'g'risida qisqacha aytib o'tadi. O'tilgan mavzuni o'zlashtirganliklarinin tekshirish uchun o'quvchilarni kichik guruhlarga bo`lib so`rash
Yangi mavzu bayoni (45 minut)
Yonuvchi gazlar to’g’risidagi dastlabki ma’lumotlar qadimiy yodgorliklarda va tarixiy qo’lyozmalarda uchraydi. Qadimiy yunon tarixchisi Xerodot eramizdan bir yarim ming yil ilgari Kichik Osiyo hududida joylashgan Himar tog’larida «o’chmas olovlar» bo’lganligi to’g’risida ma’lumotlar yozib qoldirgan. Hozirgi Ozarbayjon, Eron Iroq, Xindiston davlatlari hududlarida qadimdan yonuvchi gazlarning manbalari borligi e’tirof etilgan va keng hududlarda yonuv alangalarining paydo bo’lgan ligi, bu mamlakatlar xalklarining olovga sig’inishini olib kelgan.
Hozirgi paytgacha ham Apsheron yarim orolidagi Suraxanaxda, Xindiston respublikasi Panjob viloyatida «olovga sig’inish» ibodatxonalari saqlanib qolgan.
Yonuvchi gazlarning amalda keng miqyosda ishlatilishi XVIII asr oxiri, XIX asr boshlariga to’g’ri keladi. Ayniqsa XIX asrning ikkinchi yarmida nemis ximigi Robert Bunzen tomonidan gaz gorelkasining ixtiro qilinganligi, gazdan foydalanish miqdorining tezlik bilan ko’payishiga olib keldi. Dastlabki paytlarda yonuvchi gazdan yirik shaharlarda ko’chalarni yoritish uchun foydalanildi. Hozirgi paytda gaz yoqilg’isi aholining kundalik turmushida kommunal-maishiy korxonalar va sanoat korxonalarida keng miqiyosda ishlatilmoqda. Gaz yoqilg’isini hyech bir mubolag’asiz noyob yoqilg’i deb aytish mumkin. Sabab boshqa turdagi yoqilg’ilarga nisbatan gaz bir qancha qulayliklarga ega; uni iste’molchilarga uzoq masofalarga ham yetkazib berish oson, gaz yoqilg’isi yordamida ishlaydigan uskunalarni ishga tushirish qulay.
O’zbekiston Respublikasida tabiiy gazni qazib chiqarish va undan foydalanish 1950 yillarning ohiri 1960 yillardan boshlandi.
O’zbekiston Respublikasi hududida foydalanish uchun qolgan tabiiy gazning asosiy qismi ham, sanoat korxonalarni ta’minlash uchungina ishlatildi. Gaz sanoatining bunday rivojlanishi, Respublikada aholisini gaz bilan ta’minlanishida sosial muammalar keltirib chiqardi. Bu muammolarni to’g’ri va tezkorlik bilan hal qilish uchun 1990 yilga kelib Respublika hukumati tomonidan aholini tabiiy gaz, toza ichimlik suvi bilan ta’minlashning mukammal loyihasi ishlab chiqildi va amalga oshirilmoqda.

Download 4.59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   135




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling