Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги самарқанд давлат чет тиллар институти


Download 2.8 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/43
Sana31.01.2024
Hajmi2.8 Kb.
#1831891
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   43
Bog'liq
ТУПЛАМ 6

ЛИТЕРАТУРА 
1. Витренко, А.Г. Двухуровневая система подготовки переводчиков: 
вред или благо // Вопросы филологии. - 2008. - № 2. - С. 70-74 
2. Подготовка переводчика: коммуникативные и дидактические 
аспекты [Текст]: монография / авт. коллектив В.А. Митягина [и др.]; 
ГОУ ВПО «Волгогр. гос. ун-т». – Волгоград: Изд-во ВолГУ, 2011. – 302 
с. 
3. Competences for professional translators, experts in multilingual and 
multimedia communication [Электронный ресурс]:Режим доступа: 
http://ec.europa.eu/ 
dgs/translation/programmes/ 
emt/key_documents/ 
emt_competences_translators_en.pdf. 
POETIK MATN TARJIMASINING LINGVOFONETIK 
TAHLILI 
(Alisher Navoiyning “Hayrat-al abror” dostonidan olingan parcha 
asosida) 
Xalimova F.R.(SamDCHTI dotsenti) 
“Tarjimada badiiy asar ohangini berish barcha adabiy janrlarda ham 
muhim. Alohida maqol yoki mataldan tortib to sonet, g‘azal, poema, hikoya, 
romangacha, agar hamohanglik ta’minlangan bo‘lmasa, u tarjima soxta 
jaranglaydi. Ohang esa o‘z navbatida, badiiy asarning boshqa komponentlari, 
lug‘aviy birlik, sintaksis, inversiya, saj’, radif, qofiya, vazn va boshqalar 
bilan bog‘langan holda tarjimada yo tabiiylik yoki aksincha, soxtakorlik, 
sun’iy kontekst, yasama badiiy muhit paydo bo‘lishiga olib keladi” [3, 43]. 
Darhaqiqat, she’riyat tarjimasi murakkab jarayon bo‘lib, birgina 
misrasida qancha leksik, stilistik, grammatik vositalar, frazeologik birliklar, 
vazn, qofiya, takror ishlatilgan bo‘ladi. Bundan tashqari, she’riy asar har xil 
uslubda, turlicha maromda mungli yoki quvnoq, ko‘tarinki yoki tekis, 
rangdor yoki sidirg‘a, musiqiy yoki vazmin yozilgan bo‘lishi mumkin. Agar 
poetik matnning bunday belgilari aniqlanmagan bo‘lsa, tarjimada uning 



ruhiga mos kalit topib bo‘lmaydi. Har bir she’riy asarning yozilish uslubi 
bilan g‘oyasi hamda muallif dunyoqarashi o‘rtasidagi bog‘lanishni to‘g‘ri 
belgilash, marom, ohang, sintaktik tarz va obrazlar silsilasiga xos 
xususiyatlarni to‘g‘ri talqin qila bilish tarjimaning kaliti bo‘la oladi. Garchi 
asarni tarjima qilishda maqbul uslub kaliti topilmas ekan, tarjima asl nusxaga 
ekvivalentlik holatida bo‘la olmaydi.
She’riy tarjimada ijodkor asarning tashqi ko‘rinishini, nutq tovushlari, 
ularning akustik xususiyati, pauza, oxang, tovushlarning tartibli birikuvi va 
ularning so‘zning asosiy ma’nosiga qo‘shilib, qo‘shimcha ma’no berishini 
ham e’tiborga olish kerak bo‘ladi [5, 23].
She’riyatda tovushlarning tartibli birikuvi, takrorlanib kelishi boshqa 
ifodali figuralari kabi muhim o‘rinni egallaydi. I.V. Arnoldning 
ta’kidlashicha, she’riyatda metrik va evfonik unsurlar mavjud. 
Evfonik elementlarga alliterasiya, assonans, epifora, anafora va refren 
(naqorat) kiradi.
Metrik unsurlarga vazn (o‘lchov) band, turoq va she’r kiradi [1]. 
Tarjimon ana shu unsurlarni tarjima qachalik saqlay olsa, tarjimada uslub 
ham fayta yaratilgan hisoblanadi. 
Ushbu maqolada Alisher Navoiy qalamiga mansub “Hamsa” 
beshligining “Hayrat ul-abror” dostonidan olingan “Gar bo‘lmasa ishq, ikki 
jahon bo‘lmasun” bilan boshlangan bir parchasining tarjimasini tahlil qilish 
orqali she’riyat tarjimasining nozik xususiyatlari haqida qisqacha mulohaza 
beriladi.
Asliyat matni:
Bo‘lmasa ishq, ikki jahon bo‘lmasun, 
Ikki jahon demaki, jon bo‘lmasun. 
Ishqsiz ul tanki aning joni yo‘q, 
Husnni netsun kishikim, oni yo‘q [2]. 
Mazkur parcha 15 asrda yozilgan bo‘lib, uning mazmuni barchaga 
tushunarli, sodda tilda yozilgan. Ya’ni arxaik so‘zlar unchalik ishlatilmagan.
D. Sultanova tomonidan qilingan tarjima: 
If there is no love in world, let Earth and life not exist, 
If life lacks in love, let in a body soul not exist. 
For if there’s no love in heart, it’d lack in breathe of life, 
What can beauty mean for man, if there is no bit of love? 
Birinchi misradagi “ikki jahon” birikmasining mazmunini tarjimon 
muallif “yer va suv”ni, ya’ni inson yashashi uchun eng zarur bo‘lgan 
elementlarni nazarda tutganini ko‘ra bilgan, zeroki, olam, zamin - yagonadir, 



inson hayotga faqat bir martagina keladi. “Ikki jahon” birikmasi ko‘chma 
ma’noda ishlatilgan bo‘lib, ingliz tiliga “two world” yoki “two lives” deb 
to‘g‘ridan-to‘g‘ri tarjima qilinsa, mazmunning buzilishiga olib keladi. Ushbu 
misrada konkretizasiya ham ishlatilgan: “in world”.
Ikkinchi misrada ham kokretizasiya ishlatilgan, ya’ni “jon” so‘zini “in 
a body soul” (tanadagi jon) shaklida ma’no kengaytirilgan. Sabab va oqibat 
deyiksisi asosida tasviriy tarjima qo‘llanilgan, fikrni, obrazni rivojlantirish, 
ya’ni yurakda sevgi bo‘lmasa, unga hayot nafasi yetishmaydi, unda inson 
uchun husn (go‘zallik) qanday ahamiyatga ega bo‘ladi, misolida talqin 
qilingan.
Barchamizga ma’lumki, Alisher Navoiy ko‘pgina asarlarida muhabbat 
mavzusini yoritgan. U nafaqat biron go‘zal qizga bo‘lgan muhabbatni, 
balkim, ollohga, hayotga bo‘lgan muhabbatni, ya’ni ilohiy muhabbatni 
ko‘proq nazarda tutgan desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Ushbu to‘rtlik ham 
aslida hayotga, olamga, yashashga, ona zaminga nisbatan qalbida zarracha 
muhabbat bo‘lmasa, unda yashashning keragi yo‘q, unda ma’no ham 
mazmun bo‘lmaydi degan fikrni tasvirlaydi. Tarjimon ham tarjimada xuddi 
shu ma’noni to‘g‘ri ifodalay olgan. 
Asliyatdagi ohang va shakl tarjimada aynan ifodalangan. Ifoda tarzi, 
grammatik qurilish tarjimada saqlangan. Alliterasiya (“l” tovushi bilan 
berilgan (love, let, life, lack). “b” tovushi takrorlangan; epifora, ya’ni bir xil 
so‘z takrori misra so‘ngida qo‘llanilgan (bo‘lmasun – bo‘lmasun: not exist – 
not exist). So‘nggi ikkinchi misrada qofiya qo‘llanilgan (breathe of life – a 
bit of love). Milliy ruhimizdagi sharqona ohang tarjimada aks etgan.
She’r tarjimasi juda murakkab ruhiy jarayondir. Bu jarayonga 
ijodkorning kayfiyati, qarashlari, malakasi kabi juda ko‘p omillar o‘z izini 
qoldiradi. Shu sababli tarjima asl nusxa bilan qiyoslanarkan, yuz foiz 
moslikni talab qilib emas, balki qanchalik asliyatga yaqinligiga qarab fikr 
yuritish lozim. “Tarjima aniqligi uning estetik ta’sir qiymati nuqtai nazaridan 
asliyatga nechog‘lik yaqinligiga qarab baxolanadi. Bu eng to‘g‘ri mezondir” 
[4]. 

Download 2.8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   43




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling