Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги тошкент давлат шарқшунослик университети
Download 1.32 Mb. Pdf ko'rish
|
Конференция тўплами Огаҳий 16 12 2021 cover (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Annotatsiya.
- Kalit so‘zlar
- Ключевые слова
References: 1. Husanboeva R. Niyozmetova R. Adabiyot o‘qitish metodikasi. O‘quv qo‘llanma. – T.: Barkamol fayz mediya, 2018. – 49 bet. 2. Sultonova Q., Madaminova N. Maktabda Ogahiy ijodini o‘rganish. – T., 2003. 3. Qodirov V. Mumtoz adabiyot: O‘qitish muammolari va echimlar. – T., 2009. 4. https://saviya.uz/hayot/tarjimai-hol/ogahiy-1809-1874 5. http://xorazmiy.uz/oz/pages/view/519 6. https://arboblar.uz/uz/people/mukhammad-riza-agakhi 88 OGAHIY IJODIDA TARIXNAVISLIK Shahnoza Abdullayeva, Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti o‘qituvchisi Yorqinoy Yo‘lchiyeva, Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti 2-bosqich talabasi Annotatsiya. Muhammad Rizo Erniyozbek o‘g‘li Ogahiy o‘z davrining taniqli shoiri bo‘lish bilan bir qatorda tarixni real tasvirlab bera olgan tarixchi ham edi.Uning asarlari orqali biz xalqimiz va qardosh xalqlar tarixi,millat rivojini, xalq tarixidagi muhim sanalarni bilib olamiz. Kalit so‘zlar: she’riyat,san’atkorlik,faktik materiallar,ocharchilik, real tasvir. Аннотатция. Огахи был не только известным поэтом своего времени, но и историком, который мог реалистично описивать историю. Ключевые слова: поэзия, изобразительное искусство, актуальные материалы, голод, реальное изображение. Abstract. Ogahi was is not only a famous poet of his time, but also a historian who could describe history realistically. Keywords: poetry, art, actual materials, hunger, real picture. Respublikamizning Birinchi Prezidenti Islom Karimov aytganlaridek: ”Xorazm va Xiva zaminida yashagan Pahlavon Mahmud,Sulton Vays, Nosiruddin Rabg‘uziy,Sulaymon Boqirg‘oniy, Bahovaddin Valad va uning buyuk farzandi Jaloliddin Rumiy,Abul-Qosim al-Xorazmiy,Ismoil Jurjoniy, Sirojiddin Sakkokiy, Munis, Ogahiy, Bayoniy, Safo Mug‘anniy Chokar, Shero- ziy, Hojixon, Bola baxshi kabi o‘nlab va yuzlab allomalar,shoir va san’atkorlar nomini biz bugungi avlod vakillari cheksiz ehtirom bilan tilga olamiz va boshimizga ko‘taramiz”.Shoir,tarjimon,tarixchi Muhammad Rizo Erniyozbek o‘g‘li Ogahiy ijodi ham xalqimizning ulkan ma’naviy merosidir.Ogahiyning butun ijodida zamonaning,o‘sha muhitning ma’naviy-ruhiy ta’qib tazyiqi va taqdir noroziligi-yu tole’I zabunligidan,”charxi kajraftorning”adolatsizligidan va zamona ahlining shafqatsizligidan shikoyat va norozilik ohanglarining, nola- fig‘onning ko‘rinarli o‘rin tutishi, moddiy yetishmovchilikning o‘ziga ajralmas hamroh ekanligining turli-tuman shakllarda,ochiq-oydin yoki imo-ishoralarda qayta-qayta qayd etadi.Shoir qalami ostidan chiqqan turli shakllardagi she’riy namunalarda,xususan tarixiy asarlar tarkibida baddiy tarjimalar muqaddimalarida hukmronlar va saroy maddohlari davrasidagi hayot Ogahiy dunyoqarashoi va ijodiga o‘z ta’sirini ko‘rsatganligini kuzatish mumkin. “Tarix millatning haqiqiy tarbiyachisiga aylanib bormoqda.Buyuk ajdod- larimizning ishlari va jasoratlari tarixiy xotiramizni jonlantirib, yangi fuqarolik ongini shakllantirmoqda. Axloqiy tarbiya va ibrat manbaiga aylantirmoq- da…” 1 .Ogahiy beshta mukammal tarixiy asar yaratgan bo‘lib, Olloqulixon 1 I.Karimov.’’O’zbekiston XXI asr bo’sag’asida: xavfsizlikka tahdid,barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari” 89 hukmronlik qilgan davrda ”Riyozud -davla”, Rahimqulixon hukmronligi davrida “Zubdat ut-tavorix” asari, Muhammad Aminxon zamonasida “Jomeul voqeoti sultoniy “asari, Said Muhammadxon xonligi davrida “Gulshani davlat” asari, Muhammad Raximxon II hukmronlik paytida esa “Shohidi iqbol”asarini yozgan edi. Yuqorida sanab o‘tilgan asarlarda Xiva xonligi hududida yashagan o‘zbek,turkman, qoraqalpoq, qozoq xalqlarining ijtimoiy-iqtisodiy hayoti, tashqi aloqalar, savdo munosabatlari, Chor Rossiyasining Xiva xonligi bilan bo‘lgan munosabatlardagi ustuvor maqsadlar haqida keng miqyosda muhim ma’lumotlar beriladi. Bu bebaho asarlarning tarixiy-ma’rifiy ahamiyati haqida yirik sharq- shunos, tarixnavis olimlardan A.Yu.Yakubovskiy, P.P.Ivanov, Yahyo G‘ulomov, Q,Munirov va boshqalar qimmatli fikrlar bildirganlar. Hozirgi kunda O‘zbekistonda tarixnavislik ilmini rivojlantirish xususida juda ko‘p xayrli ishlar,tadbirlar amalga oshirilmoqda.Agar biz o‘zbek davlatchiligi tarixini tadqiq qilmoqchi bo‘lsak, uni eng avvalo, Xorazm tarixnavislari asarlaridan izlamog‘imiz kerak. Zero, faqatgina Xorazmda davlat yuritish qog‘ozlari va tarixnavislik o‘zbek tilida olib borilgan. Bunga Ogahiyning o‘lmas tarixiy asarlari yaqqol misol bo‘la oladi. Buxoro va Qo‘qon xonliklarida yaratilgan tarixiy asarlar asosan fors-tojik tilida yozilgandir.Bu fikrni yirik tarixnavis olimlarimiz allaqachon e’tirof qilganlar. Akademik V.V.Bartold XIXasr Xorazm tarixnavisligiga yuqori baho berib, shunday yozgan edi: Munis va Ogahiy tomonidan yaratilgan adabiy-tarixiy asarlarning qanchalik kamchiliklari bo‘lmasin,tarixiy voqealarni bayon etishi va ularda keltirilgan faktik materiallarning ko‘pligi jihatidan Qo‘qon va Buxoro xonliklari tarixiga doir bizgacha yetib kelgan hamma asarlarni o‘zidan ancha orqada qoldiradi”. Subutoy Dolimov tahriri ostida nashr etilgan Ogahiy deb nomlangan asarlar to‘plamiga faqatgina “Shohidi iqbol”asari kiritilmay qolgan edi. Mazkur asarning yagona dastxat nusxasi Sank-Peterburgdagi Sharqshunoslik institutining qo‘lyozmalar fondida saqlanadi. 1955-yilda asarning microfilm nusxasi O‘zbekis- tonga keltirilgan va hozir Toshkent Sharqshunoslik Institutida saqlanmoqda. Asar 227 varaqdan iborat. Kitob qora siyohda nasta’liq xati bilan Qo‘qon qog‘oziga yozilgan. Har bir beti 15qatordan iborat. Muqovasi qizil charmdan ishlangan. Ogahiyning o‘zi asarhaqida shunday deydi:”….Muhammad Rahim II vaqtida bu asarni yozishni boshladim va unga “Shohidi iqboli Feruzshohiy”deb nom qo‘ydim.Ogahiy aynan shu xonning taxtga o‘tirishi munosabati bilan qasida bitgan edi va qasida “Gulshani davlat”nomli asar tarkibiga kiritilgan. Ogahiyning tarixiy asarlarida, jumladan “Jome’ul voqeoti sultoniy” va “Gulshani davlat”da Xiva xonligining barcha muzofotlaridagi bog‘lar xususida so‘z yuritiladi. Shunday bog‘lardan Rafinak, Gandumgon, Angorik, Chanaq- shayx, Yangariq, Onborxona kabi muzofotlardagi bog‘larni sanab o‘tadi va ularning har qaysisini alohida tasvir va ta’rif etuvchi masnaviylar bitgan.Ogahiy o‘z asarlarida joylar nomidan tashqari muhim tarixiy sanalarni ham e’tirof etib ketgan.Masalan uning 19ta she’riy ta’rixlaridan ko‘plarida juda muhim tarixiy sanalar bayon etilgan bo‘lib,voqea va imoratlar tarixi abjad hisobi yordamida 90 aniqlanadi.Hozirgi kunda ularning yordami bilan juda ko‘p tarixiy sanalarga aniqlik kiritildi. Ogahiy asarlari tili, xususan, uning tarixiy asarlarining tilini kuzatish va tadqiq qilishda bir qator holatlarga e’tibor berish kerak.Tarixiy asarlarida arabcha va forscha so‘zlar ko‘p qo‘llanilgan.1856-yilda Xorazmda daxshatli ocharchilik bo‘ladi.Bu voqeani boricha tasvirlab bergan Ogahiy hayotdagi bu xildagi voqealarni rostgo‘ylik bilan oz’ining badiiy ijodi va tarixiy asarlarida ham bir xilda real tasvirlab bergan.Xivadagi o‘sha payt hayotini tarixiy asarlarida real tasvirlagani,xonlarning xatolarini ochib berolgani sababli ham Ogahiy hayoti har doim tahlika ostida o‘tgan. Xabarimiz borki,1826-1827-yillarda Oydo‘stbiy boshchiligida qoraqalpoq xalqining Olloqulixonga qarshi qo‘zg‘olon ko‘taradi.Bu jarayonni Ogahiy “Riyoz ud-davla”asarida “…davroni inqilobnishon ichida ko‘p voqe bo‘lmush- dirkim, oz dushman ittifoqidin ofati saxim va kichik g‘anim imondin mehnati adim paydo bo‘lub nabard arsasida farzindek kaj xiromlik bilan ot surib ,ulug‘ shohlarni piyodalik martabasig‘a tushirib motlig‘ sarhadig‘a yetkurubdurlar”deb rostgo‘ylik bilan yozgan edi. Talantli ijodkor so‘z o‘yinlari, saj uslubidan foydalanib fikrini silliq va ravon ifodalashning uddasidan chiqish orqali tarixiy asarlarining nasriy qismini ham folklor nasri uslubiga yaqin holda yozgan edi.Tarixchi sifatida har bir voqeani bayon qilar ekan,tasvirlanayotgan masalaning mohiyatidan kelib chiqib,folklor asariga xos tarzda qissadan hissa chiqarib boradi.Ya’ni yuqorida tilga olingan qo‘zg‘olonga bergan bahosi va undan chiqargan xulosasi xarakterlidir.Shoir bu qo‘zg‘olonning natijasi bejiz qolmasligiga ishora qiladi va “Uchqundan alanga chiqadi”degan maqolni esga soladi: Download 1.32 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling