´збекистон республикаси солиµни саµлаш вазирлиги
Mustaqil retsept yozish uchun misollar
Download 1.17 Mb.
|
Kerakli
- Bu sahifa navigatsiya:
- QATTIQ DORI SHAKLLARI
Mustaqil retsept yozish uchun misollar:
30,0 ofitsinal dermatol (Dermatolum) surtmasiga retsept yozing. Tarkibida 5% tanin (Tanninum) va 3% streptotsid (Streptocidum) bo‘lgan 50,0 surtmaga retsept yozing. Surtma asosi sifatida baravar miqdorda vazelin (Vaselinum) va lanolin (Lanolinum) oling. Tarkibida 1% tetratsiklin gidroxlorid (Tetracyclini hydrochloridum) bo‘lgan 10,0 surtmaga retsept yozing. Tarkibida 10% dan rezortsin (Resorcinum) va atsetilsalitsilat kislotasi (Acidum acetylsalicylicum) bo‘lgan 100,0 magistral surtmaga retsept yozing. Tarkibida 5% anestezin (Anaesthesinum) bo‘lgan 50,0 pastaga retsept yozing. 50,0 ofitsinal tsink pastasiga (Pasta Zinci) retsept yozing. Tarkibida 3,0 kseroform (Xeroformium) bo‘lgan 30,0 pastaga retsept yozing. Tarkibida 10% xloroform (Chloroformium) va 2% mentol (Mentholum) bo‘lgan 50,0 linimentga retsept yozing. Tarkibida 10% sintomitsin (Synthomycinum) bo‘lgan 20,0 linimentga retsept yozing. Tarkibida qayin qoramoyi (Pix liquida) va kseroform (Xeroformium) dan teng miqdorda – 3,0, kanakunjut moyi (Oleum Ricini) 100 ml bo‘lgan linimentga retsept yozing. Tarkibida 0,2 dermatol (Dermatolum) bo‘lgan 6 ta ichak shamchasiga retsept yozing. Tarkibida 0,3 eufillin (Euphyllinum) bo‘lgan ichak shamchalaridan 6 tasiga retsept yozing. Anuzol (Anusolum) nomli ofitsinal ichak 10 ta shamchalariga retsept yozing. QATTIQ DORI SHAKLLARIQattiq dori shakllariga quyidagilar kiradi: sochmalar, kapsulalar, tabletkalar, drajelar, granulalar, hapdorilar (pilyulalar), karamellar va boshqalar. SOCHMALARSochma (bosh kelishik birlik sonda - Pulvis, qaratqich kelishik birlik sonda - Pulveris) sirtga ishlatish yoki ichish uchn beriladigan sochiluvchanlik xossasiga ega bo‘lgan qattiq dori shakli. Sochmalar tarkibiga ko‘ra ikki xil bo‘ladi. Oddiy sochmalar – Pulveres simplices - tarkibi bitta dori moddasidan iborat. Murakkab sochmalar – Pulveres compositi - tarkibi ikkita va undan ortiq dori moddadan iborat. Sochmalar maydalanish darajasiga ko‘ra uchga bo‘linadi: yirik (Pulveres grossi), mayda (Pulveres subtiles) va juda mayda sochmalar (Pulveres subtilissimi). Bundan tashqari sochmalar dozalarga taqsimlangan (Pulveres divisi) va taqsimlanmagan (Pulveres indivisi) bo‘ladi. Sochma shaklida har xil sun’iy moddalar, mikroorganizmlar maxsulotlari, o‘simlik va xayvonlardan olingan birikmalar qo‘llanishi mumkin. Ammo, sochma shaklida gigroskopik (kaltsiy xlorid, natriy bromid, kaliy atsetat va boshqalar), bir-biri bilan aralashganda suyuq yoki nam massa xosil qiladigan (antipirin va xinin), oson parchalanuvchi (kumish nitratni organik moddalar bilan aralashmasi) yoki portlovchi moddalarni qo‘llash mumkin emas. Download 1.17 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling