‘zbekiston respublikasj o liy va ‘rta maxsus ta’lim V a zir lig I


Download 5.53 Mb.
Pdf ko'rish
bet14/90
Sana13.07.2023
Hajmi5.53 Mb.
#1660107
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   90
Bog'liq
Bolalar adabiyoti va folklor (Mamasoli Jumaboyev)

Mollar o'rmon tomon qadam tashladi,
Ona-javdar boshoq tufa boshladi
deb yozganlarini o ‘qir ekanmiz, bu til haqiqiy jonli xalq tili ekanini ko‘ramiz. 
Bu o ‘rinda dehqonning zoriqib kutilgan boshoqlarga bo‘lgan sevgisini va hatto,
www.ziyouz.com kutubxonasi


mehrini aks ettiruvchi masalan, ikki so‘z: onajavdar qanday yaxshi keltirilgan! 
Dehqon bu boshoqlami o‘zining bir parcha yenda q u n t bilan mehnat qilib 
o‘stiigan-da!
Nekrasov poeziyasida bunday yorqin, ravon va s o f xalq iboralari juda 
ko‘p. U javdar boshoqlari haqida shunday deydi:
Boshoqlar to ‘lishgan payt, 
*
Z ar ustinday sipsilliq,
Boshlarida oltin toj.
Hozirgina yerdan sug‘irib olingan lavlagi haqida esa:
Poymapoy qiztl etik 
Yotganday egatlarda,—
deydi. Bir to ‘p sho‘x bulut bilan qurshab olingan b a h o r quyoshi haqida 
Nekrasov shunday deb yozadi:
Bahor chog'i, kichik nevaralar kabi,
Lola yuz quyoshbobo bilan o yn a r bulutlar.
Bu 
0‘xshatishlaming ba’zilarini u xalq topishmoqlari, maqollari va 
ertaklaridan oigan. Zabardast, bahodir, afsungar Ayoz hukm dom ing ajoyib 
obrazini ham u ertakJardan topgan:
Daraxtdan daraxtga tashlaydi qadam,
Yaxlagan q o ‘¡¡ardan qarsillab o ‘tar,
Ham yorqin oftob tovlanar biram,
Pahmoq soqolida yarqirab ketar...
Nekrasov ayniqsa, samimiy, cho‘ziq, xushohang, mayin rus xalq 
qo‘shiqlarini juda yoqtirardi. Bu qo'shiqlami rus xalqi ko‘p asrlar davomida 
yaratgan. Nekrasov yoshlik chog‘laridan boshlab xalqning bu qo‘shiqlami 
qanday kuylashini tingladi va o ‘zi ham shunday go‘zal qo‘shiqlar yaratishni 
o ‘rgandi. «Soldat qo‘shig‘i*, «Hovli qarolining qo‘shig‘i», «Notavon qashshoq 
qo'shig'i*, «Rus», «Yashil shovqun» va boshqa ko‘pgina qo'shiqlar shunday 
tilda, shunday hijoda yozilganki, xuddi xalq o ‘zi yaratgan qo‘shiqlar deysiz.
«Dehqon bolalari», « 0 ‘zi mitti — juda miqti», «Bolalar yig‘isi» kabi 
s h e 'rla rid a bolalarning tu rli-tu m an yum ushlarni bajarib, tirikchilik 
qilganliklarini, ularning mehnatkash tabiati va og‘ir qismatini chuqur 
xayrihohlik bilan ifodalaydi. Endigina olti bahom i qarshilagan bolaning 
kattalardek fikr yuritishi kishini hayratga soladi:
www.ziyouz.com kutubxonasi


Nonxo War yetgulik, ishlovchi kam,
Faqat ikki erkak: otam bilan man!
N ekrasovning she’riari go‘zaI, ohangdor, mazmunan boy va ayni 
zamonda sodda tilda yozilgandir.
Nekrasov dam oiish kunlarida ko‘pincha Kostroma, Yaroslavl, Novgorod 
o‘rmonlariga borar, ov qilish bilan kunini o'tkazar edi. Kostroma o‘rmonining 
Malie Veji degan qishtog‘ida yashovchi Mazay bobo uning eng yaqin 
do‘stlaridan b in edi. Shoir Mazay bobodan ko‘p ajoyib voqealami maroq 
bilan eshitadi. Shular asosida «Mazay bobo va quyonlar» nomli she'rini 
yozadi.
«Daraxt kesish»da xalq boyligi — o ‘rmonlami shafqatsizlik bilan kesib 
yuborilishini qalam ga oladi. Birorta pomeshchikka pul kerak bo‘lib qolsa, 
o'rm onni sotib yuborishi, puldor boy esa o‘rmonni tag-tugi bilan kesib 
yuborishi hech gap emas, u zumrad o ‘rmonlaming kamayib ketishidan 
shoir singari qayg‘urmaydi. Shuning uchun Nekrasov:
Bir vaqtlar asriy o ‘rmonlar 
Shovillagan katta maydonlar,
Endi o'sha bepoyon b o ‘ston 
B o ‘mbo‘shjimjit— go ÿo qabriston!—
deb alam chekadi. «Ternir yo‘l* nomli she' rida Peterbuig bilan Moskva 
o‘rtasidagi tern ir yo‘l qurilishida Rossiyaning turli shahar va qishloqlaridan 
haydab keltirilgan ishchi va dehqonlaming alamli hayoti Vanya degan bolaga 
hikoya qilib beriladi. Bu bilan Nekrasov yosh avlodning diqqat va e'tiborini 
zamonning m uh im ijtimoiy masalalariga — xalqning kuchi va qudratiga 
tortadi, uni c h u q u r tushunishga, o‘ylashga undaydi.
www.ziyouz.com kutubxonasi


Rus bolalar adabiyotining taraqqiyotida L. N. Tolstoy katta rol o'ynadi. 
Bolalar uchun asar yozishni h ar b ir qalamkashning fuqarolik burchi deb 
bilgan pedagog-adib ijodda ko‘p narsalarga erishdi.
Tolstoy 1859 yiddan e ’tiboran o ‘z ona qishlog‘i Yasnaya Polyanada 
m aktab o chib, muallim lik q ila r e k an , o ‘q u v ch ilar-u o 'q itu v c h ila r 
uchun darslik va qoM lanmalaming yo'qligini, borlari h am bugungi kun 
talablariga yaxshi javob bera olm asligini tajribadan o ‘tk azd i. Endigina 
savod chiqarish ishiga kirishgan bolalarga mos ertak , sh e ’r, m asal va 
hikoyalar dasrliklarda o ‘z aksini topishi darkor, deb tu sh u n d i va bu 
xayrli ishga q o ‘l urdi.
Darslik juda qiyinchilik, o g'ir ijodiy m ehnat bilan 1872 yidda «Alifbe» 
nomi bilan nashr etildi. Dehqon bolalariga moMjallangan bu kitob alifbedan 
tashqari, ruscha o‘qish uchun to 'rt kitob, slavyancha o ‘qish uchun to‘rt 
kitob, arifmetika va muallim faoliyatidan tashkil topgan edi. Bu darslik ham 
bolalarga hech qanday yengillik berm adi. Ayniqsa, badiiy asar ko‘p bo'lsa- 
da, kitobda davr, zamon ruhi deyarli yo‘q edi. Shu sabablarga ko‘ra pedagog
— olim qattiq tanqidga uchradi. Zahm atkash adib tanqidlardan to ‘g‘ri xulosa 
chiqaradi. Iloji boricha m ehnat ahli bolalariga o'qim ishli, ta'sirii, eng 
muhimi, ularning savodini chiqarishga moMjallangan «Yangi alifbe» va unga 
qo'shim cha qilib «Rus tili o‘qish kitobi»ni 1875 yilda nashr ettiradi. Bu 
kitob uchun adib yuzdan ziyod hikoya, ertaklar yozadi. «U ch ayiq*, 
«Filippok» lar shular jumlasigakiradi.Adabiy jam oatchilik vapedagoglar 
bu asarni zo ‘r mamnuniyat bilan qabul qiladiiar. Bu kitob h a r tomonlam a 
bolalarga mos tushadi. Tolstoy kitob haqida: «Mazkur «Alifbe» haqidagj 
orzularim ro'yobga chiqqanidan, uni rus bolalarining ikki avlodi o ‘qib, 
dastlabki poetik zavqni shu kitobdan olishlaridan faxrianaman. Bu kitobga 
hammasidan ham ko‘p mehnat va muhabbatimni jo qildim , u hayotimning 
muhim sahifasi bo'I ishiga aminman» — deb yozgan edi.
Bu darslik qayta-qayta bosildi. Hatto, 1921 yilda ham uning so‘nggi 
nashri chop etiladi.
Tolstoyning har bir asari tu rm u sh n ing, bolalar h ay o tin in g bir 
tomonini ochib berishga qaratilishi bilan muhim ahamiyat kasb etadi. Chunki 
hayotni, bolalami qattiq sevgan va unga mehr-oqibati juda katta bo‘Igan adib 
kichkintoylarga qarata yozilgan har bir katta-kichik asar hayotiy boiishini 
istaydi va opining bu qaroriga butiin ijodi davomida sodiq qoladi.
Tolstoyning bolaiaiga bag'ishlab yozgan barcha katta-kichik asariarida 
oddiy inson obrazi ko'zga yaqqol tashlanib turadi. Buning idx>ti tariqasida 
adibning bir qator asariariga nazar tashlab oHishga to‘g‘ii keladi. Bir bog‘bon
www.ziyouz.com kutubxonasi


bolalari ishyoqmas, yalqov bo‘lib o ‘sayotganliklaridan qattiq iztirob chekadi. 
U o ‘limi oldidan o‘g‘illarimni bir aldasam, zora ishlab o ‘zlarida mehnat 
ko‘nikmasi hosil bo‘lsa, degan o ‘y-xayol bilan: «Bolalar, men tok tagiga 
oltin ko‘mib qo‘ydim, uni m endan keyin qazib olinglar», degan g‘oyani 
«Bog‘bo n va bolalar* hikoyasida ju d a qoyil qilib yozadi.
Ko‘chat ekish, bog‘ qilishjuda og‘irva mashaqqatli ish. Bu bog‘bondan 
og‘ir m ehnat, sabr-toqat talab etadigan ish. Bog‘bon o ‘zi uchun bog‘ 
qilmaydi, balki bola-chaqasi, el-yurt uchun, qolaversa kelajak avlod uchun 
ko‘chat ekadi. Shu nuqtai nazardan adibning «Mo'ysafid olma ekdi* hikoyasi 
diqqatga loyiqdir.
«Keksa berilib ko‘chat o ‘tqazar edi. Odamlar uning keksaligidan va 
qilayotgan ishidan kulib:
— Sizga olma ekish nega kerak b o iib qoldi. Bu daraxt o ‘sib voyaga 
yetguncha bu dunyoda yashaysizmi yoki yo‘qmi? — deyishdi.
— M en olmasini yemasam o ‘zgalar yeyishadi va menga rahmat 
deyishadi. N im a bo‘lganda ham olm ani ekkanim foyda — debdi*.
Tolstoy ochko‘z, faqat o ‘z manfaatlarini o'ylaydigan ba’zi odamlami 
ko‘pgina asarlarida tanqid qiladi, ulaming ustidan ochiqdan-ochiq kuladi. 
«Odamga qancha yer kerak?» degan hikoyaning sarlavhasini o'qigan odam 
hayron b o ‘lib qoladi. Rostdan, odamga qancha yer kerak? Fomaga mulkdor 
yer beradi. «Bugun qancha o ‘lchasang, hammasi seniki», — deydi. Foma 
y u g u rib -e lib , odim lab kun b o ‘yi yer o ‘lchaydi. A xiyri, ochiik va 
charchaganidan yiqiladi-yu jo n beradi. Adib Foma cho‘zilib yotgan yemi 
ko‘rsatib, odamga ikki m etr yer kerak bo‘ladi, xolos, deydi.
Tolstoy asarían orasida hayvonlar, jonivorlar, parrandalar haqida ham 
yozilganlari ko‘p. Do‘stlik, birodarlik, do'stga sadoqat, mehr-oqibat nafaqat 
odam lar o ‘rtateida, balki hayvonlar o ‘rtasida ham mavjud ekanligini biz 
adibning «Arslon bilan it* hikoyasi misolida bilib olamiz.
Tolstoyning bolalarga bag'ishlab yozgan asarían juda ko‘p. Muhimi 
shundaki, bu asarlardan ham o'qituvchilar, ham ota-onalar bab-barobar 
foydalanishlari mumkin. U lar bir tomondan dars materiallarini boyitsa, 
ikkinchi tom ondan ota-onalar va tarbiyachilaming bolalar bilan qiladigan 
tarbiyaviy suhbatlarida qo‘l kelishi mumkin.
Tolstoyning «Bolalik», «Kavkaz asiri* kabi qissalari ham bolalar sevib 
o ‘qiydigan asarlar sirasiga kiradi.
L. N. Tolstoyning ibratli hikoya, ertak va masallari hozirgi kunda ham 
o ‘zining badiiy ham da tarbiyaviy kuchini yo‘qotgan emas. U ning bu 
mavzudagi asarían qator darslik va majmualarga kirgan, alohida kitob holida 
ham chop etilgan.
www.ziyouz.com kutubxonasi


KORNEY IVANOVICH CHUKOVSKIY
(1882-1969)
Hozirgi zamon rus bolalar adabiyotining ulkan daholaridan b in — 
Komey Chukovskiy yirik yozuvchi, shoir, taniqli olim, mohir taijim on 
sifatida tanilgan so‘z ustasi edi. U o‘z asarlarida bolalarga xos ajoyib xislatlami
— rahmdillik va insoniylik, do‘stlik va birodarlik, yovuzlikka nisbatan 
shafqatsizlik, vatanparvarlik kabi fazilatlarni targ‘ib etadi. K. Chukovskiy 
bolalar uchun asarlar yaratish, ijod qilishni o ‘zi uchun katta baxt deb 
biladi.
Kichkintoylar va ularning adabiyotini um r bo‘yi ardoqlagan Korney 
Chukovskiy 1882 yilda Peterburg shahrida dunyoga keldi. Tez o rad a
chukovskiylar oilasi Odessaga ko‘chadi. Bu yerda ona ming mashaqqat bilan 
o ‘g‘lini gimnaziyaga joylaydi. Bu baxt uzoqqa cho‘zilmaydi. «Oshxona 
xizmatchisining o ‘g‘li* bo‘lganligi uchun K. Chukovskiy gimnaziyadan 
haydaladi.
Korney oiiaga ko‘makiashish, tirikchilik o'tkazish maqsadida turli 
yumushlami bajarishga majbur bo'ladi. Shunga qaramay, u bo‘sh vaqtlarida 
mustaqil o ‘qishga, Pushkin, Nekrasov, Chexov asarlarini mutolaa qilishga 
harakat qiladi.
Chukovskiyning dastlabki « S a n 'a t nim a?» maqolasi 1901 yild a 
«Odesskie novosti» gazetasida bosilib chiqqan. 1903 yilda u gazeta m uxbiri 
sifatida Angliyaga boradi. London da xizmat qila boshlaydi. Lekin bu yerdagi 
faoliyati uzoq davom etmaydi. Gazeta unga maosh to‘lamay qo‘yadi. U
Britaniya muzeyiga ishga kirib, tirikchilik o ‘tkazishga majbur boMadi.
1905 
yilda K.Chukovskiy Odessaga qaytib keladi va bu yerda «Signal» 
degan jum al chiqara boshlaydi. Jumal sahifalarida chor hukumati siyosatiga 
qarshi materiallar bosilganligi uchun uni sud qilishadi.
Keyingi yillarda u bolalar adabiyoti bilan mashg'ul bo‘ladi va bu haq da 
ko'plab ilmiy maqolalar yozadi. 1907 yidda «Bolalar tili» asari m aydonga 
keladi.
K. Chukovskiy dastlab A. M. Gorkiy hikoya qilib bergan syujet asosida 
bugungi kunda ham o ‘z ahamiyatini yo‘qotmagan, badiiy baquwat «Timsoh» 
ertagani yozdi. 1918 yilda e sa «Archa* nom li to ‘plami bosilib chiqdi. 0 ‘sha 
yili «Jahon adabiyoti* nashriyotiga ishga kirdi. 1919 yilda N. A. N ekrasov 
asarlarining t o l a to‘plamini nashr ettirdi. Shu yillarda uning m ash h ur 
«Moydodir», «Suvarakxon» ertaklari, «Kichik bolalar» kitobi bosilib chiqsi.
«Pashsha-xarxasha», «Barmaley», «Telefon», «Fyodora o ‘tkazgan 
alam», « 0 ‘g ‘irlangan quyosh», «D ok to r Voyjonim» asarlari K o rn e y
Chukovskiyning nomini olamga yoydi, kitobxonlar hurmatini qozondi.
Komey Chukovskiyning ertak-poemalarida ezgulikning yovuzlik ustidan
www.ziyouz.com kutubxonasi


g'alabasi, baxt, yorqin hayot sari keskin kurash bo‘rtib turadi. Masalan, 
shoiming «Moydodir* asarida bolalaming odobli, ozoda, har doim to ‘g‘ri 
so‘z bo‘lish va tozalikka rioya qilish mavzusi ilgari surilgan.
Asar qahramoni q ato r fazilatlarga ega. Lekin bir aybi bor, faqat kir- 
chir yuradi. Shuning uchun bir kuni unga xizmat qiluvchi barcha narsalar 
ish tashlaydi, undan yuz o ‘girib qochib ketishadi. Bola voqeaga tushunmay, 
xafa bo‘lib turganida joniga yuz-qo‘l yuvgich oro kiradi.
Yosh kitobxon hayvon, jonivor va hasharoîlar haqidagi voqea- 
sarguzashtlarni sevib o ‘qiydi. K. Chukovskiyning «Suvarakxon» asari ham 
kichkintoylaming sevimli asarlaridan hisoblanadi. Asarda shoir hayvon
hasharot va yirtqichlam ing tuzilishlari, fe'l-atv o rlari, dovyuraklik va 
q o ‘rqoqliklari to‘g‘risida bahs yuritadi:

Download 5.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   90




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling