‘zbekiston respublikasj o liy va ‘rta maxsus ta’lim V a zir lig I


Download 5.53 Mb.
Pdf ko'rish
bet26/90
Sana13.07.2023
Hajmi5.53 Mb.
#1660107
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   90
Bog'liq
Bolalar adabiyoti va folklor (Mamasoli Jumaboyev)

Fikr agar yaxshi tarbiyat topsa,
Xanjar olmosdan bolur o'tkir.
www.ziyouz.com kutubxonasi


Fikming oynasi о ‘lursa zang,
Ruh ravshan, zamin bo lur benur.
Ha, bu uiug‘ pedagog Abdulla A vloniyning dil so'zlari. B unday 
buyuklarning el-yurtga xizmati singan m o ‘tabar kishilarning n o m lari 
manguiikka dahldor bo'ladi. Asrlar osha bunday odamlaming xizm atlari 
ko‘z-ko ‘z qilanaveradi. Prezidentim iz q a c h o n t a ’lim -tarbiya h a q id a
gapiradigan b o ‘lsa, albatta, Abdulla Avloniy haqida to ‘xtaladi. U n in g
ibratomiz so‘zi va ishini misol qilib aytadi, — men Abdulla Avloniyning 
«Taibiya biz uchun yo hayot yo m am at, yo najot, yo halokat, yo saodat, 
falokat masalasidir» degan fikrini ko‘p m ushohada qilaman, - deb bu 
aziz ustozning bosib o ‘tgan hayot yo‘lini yoshlarga ibrat qilib ko'rsatadi.
0 ‘zbek madaniyatining ulkan vakillaridan bin, pedagog, jamoat arbobi 
va yozuvchi Abdulla Avloniy 1878 yilda Toshkent shahrida to‘quvchi oilasida 
dunyoga keldi.
Abdulla Avloniy boshlang'ich diniy m aktabda va madrasada o ‘qidi, 
ilm-fanga ixlos qo'ydi. 0 ‘zbek va boshqa sharq xalqlari adabiyotini berilib 
o‘rgandi. Abdulla Avloniy 14 yoshidan boshlaboq she’rlar yozishni m ashq 
qila boshladi. Uning bu davrda yozgan ilk sh e’rlari o ‘sha davr vaqtli m atbuot 
sahifalarida bosilib turdi.
Abdulla Avloniy xalqni ilm-fan nurlaridan bahramand qilishni o ‘zining 
birdan-bir burchi deb bildi va 1904 yilda o ‘zi yashab turgan joyda — 
Mirobodda maktab ochdi.
Abdulla Avloniy maktab har tom onlam a bolani o ‘ziga iortishi uchun 
harakat qiladi. Uning qo‘lidan duradgorlik ishlari ham kelar edi. Shuning 
uchun u yozuv taxtasi, paita yasab, barcha o ‘quv jihozlarini o'zgartiradi. 
Bu yerda o‘qiydigan bolalaming asosiy k o ‘pchiligini kambag‘allam ing 
bolalari tashkil etganligi sababli m uallim boy-badavlat do ‘stlarin in g
ko'magida «Jamiyati xayriya* tashkil etadi. Bu bilan bolalarga kiyim -bosh, 
oziq-ovqat, daftar, qalam bepul berilishini ta'm inlaydi.
Avloniy ochgan maktabning shuhrati tobora ortib, o'quvchilam ing 
soni ko‘paya boradi.
Abdulla Avloniy o‘zi tashkil qilgan m aktabda bolalar diqqatini asosiy 
fanlarga qaratib, ulaming tezda savodini chiqarishga va aniq fanlardan 
bahramand etishga harakat qildi. U bolalarga jo ‘g‘rofiya, tarix, adabiyot, 
til, hisob, handasa, hikmat (fizika) kabi fanlardan m a’lumotlar berdi.
1907 
yilda «Shuhrat* deb nomlangan ro ‘znom a tashkil etdi va uning 
sahifalarida mehnatkash xalq manfaatlarini himoya qilishga doir fikrlam i 
targ‘ib etdi. Jumladan, ro‘znomaning birinchi sonida: «Matbuot h ar insonga 
o‘z holini ko‘rsatuvchi, ahvol olamdan xabar beruvchi, qorong‘u kunlam i 
yorituvchi, xalq orasida fikr tarqatuvchi, ilm , ittifoq, hikmat g‘oyalarini* 
yoyuvchidir, deb yozgan edi.
www.ziyouz.com kutubxonasi


Abdulla Avloniy «Adabiyot yoxud milliy she' rlar» deb nomlangan to‘rt 
qismdan iborat b o ‘lgan darsligida yoshlami maorif, madaniyatga chorlaydi, 
yaramas xulq-odatlami esa tanqid qiladi.
0 ‘sha davr xalq pedagogikasida Abdulla Avloniyning «Birinchi muallim»
— «Alifbo», «Ikkinchi muallim» — « 0 ‘qish» kitoblari katta roi o‘ynadi.
Bu kitoblarda Avloniy o ‘tmish adabiyotimizning eng yaxshi an’analarini 
davom ettirdi, ilm va m a ’rifatning ahamiyatini yangichasiga talqin etdi.
«Birinchi muallim»da Avloniy dastawal 32 harfni yolg'iz yoziladigan 
shakllarini bir sahifada alifbo tartibida bergan. Shu sahifada alifning so'zning 
boshida, o‘rtasida va oxirida yozilishini ko‘rsatgan, so‘ng alifni barcha «bosh 
harflar»ga qo‘shib bo‘g‘inlar hosil qilgan.
«Ikkinchi m uallim »da bolalaming axloq, odobiga doir, halollik va 
poklikka oid turli sh e'rla r, hikoya, masal va ertaklar jamlangan, rang- 
barang allegorik obrazlardan ustalik bilan foydalanilgan.
Kitob «Maktab» sh e 'r i bilan boshlanadi. U nda kimki maktabga borsa, 
o ‘qisa, savodxon b o is a , ju d a ko'p narsalarga erishishi chiroyli ta ' riflanadi:

Download 5.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   90




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling