‘zbekiston respublikasj o liy va ‘rta maxsus ta’lim V a zir lig I


Download 5.53 Mb.
Pdf ko'rish
bet24/90
Sana13.07.2023
Hajmi5.53 Mb.
#1660107
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   90
Bog'liq
Bolalar adabiyoti va folklor (Mamasoli Jumaboyev)

Gar dilingda o plagan orzuga yetmoq istasang,
Qimmat umring qilmagil bexudaga bekor, o (qii.
E y o'gHUDunyoda bo'lmoq istasang olijanob,
0 ‘qugil maktab kelib, zinhor o ‘qi, ming boro'qi!
U «M aktab» sh e'rid a « 0 ‘qub ilmu adab bo‘lgay garang hushyor 
m aktabdin» deb «Insonni inson qatoriga qo(shish», insonni kamolotga 
yetkazish va uni olijanob, fazilatli kishi qilib yetishtirishda maktabning roli
www.ziyouz.com kutubxonasi


katta ekanligini ko'rsatadi. Shoir maktab taibiyasining ahamiyatini yuksak 
baholaydi, uni sirlaming xazinasi, odamni odam qiladigan joy deb ko‘rsatadi.
Hamza bolalami ilmli, odobli hamda hunarli qilishda kitobning ahamiyati 
nihoyatda katta ekanligini «Kitob» sh e'rida sodda, obrazli, mazmundor 
misralarda tasvirlab beradi. U o ‘z she'rida kitob bilim manbai, «ko‘zning 
nuri, dil huzuri, dillaming darmoni!...*, «H ar balodan asrag‘uvchi eng 
muhim qimmat yaroq* kabi sifat va ta' riflar bilan kitobni yuksakka ko‘taradi. 
Shu bilan birga har bir kishi ko‘nglidagi orzuga yetishi uchun «Ilm manbai 
bo'lgan kitob»ni sevishi, savodli bo'lishi lozimligini uqtiradi.
Har ko \hgilning orzusi shul erur obihayot,
Qadrini bilgan kishiga, shubhasiz, jondir kitob...
Ko ‘zning nuri, dil huzuri, dillaming darmonidur,
Har qorong'u dilga g o ^o mohi-tobondir kitob...
Har kishi yoshlikda qilsa ozgina g ‘ayrat agar,
Tez zamonda oshno b o ‘lmog‘i osondir kitob.
M umtoz adabiyotimizda qalam haqida ju d a ko‘p falsafiy she’rlar 
yozilgan. Hamzaning «Qalam* deb nomlangan sh e’ri ham ana shunday 
asarlardan hisoblanadi. Shoir qalamni ma’rifat ramzi sifatida «Qoradir garchi 
izi nuri haqiqatdir o ‘zi» deya qadrlaydi.
Hamza «Ilm ista* she' rida yoshlaiga murojaat qilib kishining ko‘zlagan 
murod-maqsadlariga erishishida ilm olishning aham iyati katta ekanligini 
aytadi, yoshlami ilm olishga, dunyo sirlarini o ‘rganishga da'vat qiladi. U 
ilmli kishi bilan ilmsiz kishini bir-biriga solishtirib ilmli kishini porloq 
oftobga, ilmsiz kishini qorong‘u kechaga o ‘xshatadi. Shuning uchun ham
Hamza ilm-fanning mohiyatini tushuntiradi va yoshlam i ilm o‘rganishga 
undaydi:
...Har murodu maksadingga yetmoq istarsan murod,
Ko‘z ochib bedor bo 7: darkor ilm, darkor ilm!
Ul haqiqat oyiniga sayqal istarsan 
Nihon, ilm ista, ilm ista, istagV zinhor ilm!
Shuningdek, shoir ilm-fanni quruq o‘rganib olishnigina targ‘ib etmaydi, 
balki uning xalqqa xizmat qilishini yangi-yangi kashfiyotlar uchun kerakligini 
nazarda tutadi va buni bolalaiga uqtiradi:
Ilm biz/ii yeturgay har muroda,
Bizam ilm o ‘Isa uchgaymiz havoda 
Olim bo'lsak dunyoda,
Kelur har ish bunyoda,
www.ziyouz.com kutubxonasi


Biz ham suv osti kezib,
Ham ucharmiz havoda.
Shoir ilm -fa n n in g kuch-qudratini, kishilar ongini o'stirishdagi 
bag‘oyat katta rolini bolalarga sodda va ravon misralarda ifoda qiladi:
...Oiim bo‘lsak qancha biz,
H ar bid ’atni yanchamiz.
Jahl otlig4 dushmanni,
Ko'ksina tig‘ sanchamiz-
Shoir «Hikoya» asarida bolalami yolg‘o n gapirmaslikka, rostgo‘ylikka 
chaqiradi. Bu g‘oya xolasining pulini o ‘g‘irlagan oiladagi katta o‘g‘ilning siri 
fosh etilishi vositasida ifodalanadi. Shoir sharm anda bo‘igan bola haqida 
gapirib, qissadan hissa chiqaradi:
Hissa, kimi bo yia xiyonat qilur,
Bir kun o 4zin shoyia hijoiat qilur.
«Toshbaqa bilan Chayon* masalining syujeti xalq og‘zaki ijodida juda 
mashhur. G ulxaniy bu masal mazmunini nasriy yo‘l bilan bergan bo'lsa, 
Hamza unga qayta sayqal berib, nazmda bayon etgan. Hamza masalda do‘stlikni 
ulug'laydi, firibgarlik, tilyog‘lamalikni esa qattiq qoralaydi. Toshbaqa orqali 
rahmdil, chin d o ‘st obrazini yaratadi. Chayon obrazida esa yaxshilikka 
yomonlik qaytaruvchi, tilyog‘lama, o ‘z so‘zida turmaydigan kishilar fosh 
etiladi.
Shoir bolalam i tanlab, bilib do ‘st bo'lishga, yomon niyatli kishilar 
bilan ham roh b o ‘lmaslikka chaqiradi, kimda-kim yaxshilikka yomonlik qil, 
uning boshiga kulfat tushishi turgan gapligini uqtiradi. Masalda bunday xulosa 
chiqariladi:

Download 5.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   90




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling