Зоология ва экология
Saqlash davrida donning tabiiy kamayish me’yorlari, %hisobida
Download 1.35 Mb.
|
Don majmua d6709877d1ed221a1ea27d797ae2b8d1
- Bu sahifa navigatsiya:
- Nazorat savollar
- 20 Amaliy mashg’ulot Urug’liklarni me’yoriy ko’rsatkichlari Ishdan maqsad
- Asosiy nazariy qism
- Urug’li donlarni joylashtirish va jo’natishda qo’llaniladigan uskunalarni hisoblash: Noriyalarni hisoblash va tanlash.
- Navli urug’lik donlarning sifati
- Urug’larning ekish sifati.
- Unuvchanlik va o’sish energiyasini aniqlash muddatlari Jadval-1
Saqlash davrida donning tabiiy kamayish me’yorlari, %hisobida.
Amalda saqlangan kunlar bo’yicha hisoblanadi.Agar don partiyasi bir yildan oshiq saqlansa har bir keyingi yilda tabiiy kamayish 0,04 % ni tashkil etadi yoki tegishli oylar soni bo’yicha. Ko’pgina tajribalar shuni ko’rsatdiki har qanday korxonada saqlash jarayoni ilmiy asosda tashkil etilsa ,tashkiliy va texnologik chora-tadbirlar o’z vaqtida qo’llanilsa mahsulot sifati va miqdorining pasayishi minimal ko’rsatkichlarda bo’lishiga erishiladi.
Inventarizasiya deganda nima tushunasiz? Don mahsulotlarini junatish yullari izox bering? Junatilalayotgan mahsulotlarni rasmiy partrish deganda nima tushunasiz? Don mahsulotlarini joylashtirish yullariga izox bering? Don va don mahsulotlarini saqlash inshoatlariga qaysi ko’rsatkichlariga qarab joylashtiriladi? Don massasi pratiyalaridanazorat qilishi lozim bo’lgan ko’rsatkichlarga nimalar kiradi? 20 Amaliy mashg’ulot Urug’liklarni me’yoriy ko’rsatkichlari Ishdan maqsad: Urug’li donlarni qabul qilish, joylashtirish, yuklash va bo’shatish mexanizatsiyasini hamda zamonaviy jihoz turlari va ishlatish sharoitlarini o’rganish. Ishning mazmuni: urug’li donlarni qabul qilish, joylashtirish, yuklash va bo’shatish mexanizatsiyasini uchun qo’llaniladigan jihozlarning tayinlanishini va klassifikatsiyasini o’rganish; saqlash uchun joylashtirilgan urug’lik donlarni shamollatish texnologiyasi; saqlanayotgan urug’lik donda issiqlik jaraenlarining rivojlanishi. Asosiy nazariy qism Urug’li donlarni qabul qilishda ularning sifat ko’rsatkichlarini nazorat qilish muhim muxim ahamiyat kasb etadi. Urug’lik donning sifat ko’rsatkichlarini aniqlashdan maqsad, omborxonalarda to’g’ri joylashtirishda, don yetishtiruvchi xo’jaliklar bilan hisob-kitob qilishda, o’rib olingandan keyingi ishlov berishda foydalaniladi. Namunalarni olish umumiy qabul qilingan standartlar bo’yicha amalga oshiriladi. Urug’lik donni sifat ko’rsatkichlari oddiy don kabi uch guruhga bo’linadi: umumiy, maxsus va to’ldiruvchi. Umumiy sifat ko’rsatkichlariga quyidagilar kiradi: tozaligi (rangi, xidi, ta’mi), namligi, ifloslanganligi va zararkunandalar bilan zararlanganligi. Bu ko’rsatkichlar urug’lik donlar bilan ishlaganda hisobga olinishi shart. Maxsus sifat ko’rsatkichlariga urug’lik holati, turi, mayda don miqdori, shishasimonlik, singan va yaroqsiz donlar miqdori, unib chiqishi, o’lchami va bir xilligi kiradi. To’ldiruvchi sifat ko’rsatkichlariga urug’larning kimyoviy xususiyati, urug’lardagi oksil, ammiak, kraxmal miqdori, qo’ldorlik va boshqalar kiradi. Boshoqli dukakli va yog’li o’simliklarning urug’lari xamda makkajo’xorining gibrid urug’lari faol shamollash qurilmalari bilan jixozlangan bostirma ostidagi maydonlarda saqlanadi. Namligi yuqori bo’lgan makkajo’xori so’talari kamerali quritgichlarda quritulganga qadar sapetkalarda saqlanadi. Aytib o’tilgan omborxonalar vaqtinchalik deb ataladi. Bu omborxonalardan uzoq vaqt saqlash uchun foydalanib bo’lmaydi. Urug’larni uzoq vaqt saqlash uchun faol shamollatish qurilmalari va quritish va tozalashga uzatish mexanizatsiyalari bilan jixozlangan omborxonalarga joylashtirish lozim. Uzoq vaqt saqlashga mo’ljallangan urug’lik omborxonalari qurilish xususiyatlariga ko’ra omborlar va aralash turdagilarga bo’linadi. Birinchi turdagi saqlash joylariga urug’larni uyum holda saqlashga mo’ljallangan omborxonalar, xamda aloxida don turqumlarini saqlash uchun sektsiyalar xosil qilish maqsadida maxsus to’siqlar bilan jixozlangan omborxonalr kiradi. Urug’li donlarni saqlashda va ularga ishlov berishda hamda ularni jo’natishda noriyalar, transportiyyorlar va o’zi oqar quvurlardan foydalaniladi. Ushbu uskuna va qurilmalardan foydalanilganda donlarning tabiiy xoosalari katta ahamiyatga ega. Oquvchanlik ko’rsatkichi donning ishqalanish va tabiiy qiyalik burchaklari bilan baholanadi. Tabiiy qiyalik burchagi deb don massasining gorizontal tekislikka tushib hosil qilgan konus asosining diametri bilan tashkil qiluvchisi orsidagi burchakka aytiladi.
Urug’li donlarni joylashtirishda va jo’natishda asosiy transport uskunalariga noriyalar, transportyorlar va o’zi oqar quvurlar kiradi, shuningdek donni tarqatuvchi uskunalar yordamchi transport uskunasi hisoblanadi. Texnologik vazifasiga ko’ra noriyalar asosiy va maxsus noriyalarga bo’linadi. Asosiy noriyalardan to’la foydalanish uchun quyidagilarni hisobga olish zarur: a) har qanday don miqdorini kamida ikki noriyaga yetkazib berish; v) texnologik sxemalar asosiy noriyalarning kun davomida bir xil ishlashini ta’minlashi kerak. Maxsus noriyalarni quritish moslamalari, balandliklari har xil bo’lgan silos korpuslari, donni boshlang’ich tozalashga yuborish, chiqindilarni tashish uchun, gidrogeologik (er osti suvlarining joylashishi) sharoitlari qulay bo’lmagan joylarda tushirish moslamalarini qurishda ruxsat etiladi. Noriyalar soni tashqi va ichki jarayonlar uchun alohida hisoblanadi. Tashqi jarayonlarga donni avtomobil va temir yo’l transportidan qabul qilish va yuklash kiradi. Ichki jarayonlarga donni separator usti bunkerlariga, don quritish moslamasi usti bunkerlariga yetkazish, donni tegirmonga uzatish, donni separator osti va quritgich osti bunkerlaridan keyingi jarayonlarga uzatish, bir silosdan ikkinchi silosga uzatish, hisobga olinmagan operatsiyalar kiradi. Tashqi jarayonlarlar uchun noriyalar sonini hisoblash va tanlash. a) Avtotransportdan qabul qilib olish uchun zaruriy noriyalar soni: bu yerda: – donni bir soat ichida avtotransportdan maksimal qabul qilish hajmi (t/soat). Ka – bir soat ichida donni qabul qilish tengsizligi koeffitsiyenti, qabul qilish bunkerining sig’imi 25 t bo’lsa Ka =1, bunker sig’imi 25 t dan kichik bo’lsa Ka =1,2 ga teng qabul qilinadi. Qn – noriyaning belgilangan ish unumdorligi (elevatorga yillik don qabul qilishi 35000 t gacha bo’lsa – 100 t/soat noriyalar, qabul qilishi yuqori bo’lsa – 175 t/soat noriyalar qabul qilish tavsiya etiladi.). Ki – noriyadan quvvati bo’yicha foydalanish foydalanish koeffitsiyenti. Khi – xul va iflos donni tashishda noriya quvvatining o’zgarishini hisobga oluvchi koeffitsent. KK – hajmiy og’irligi bug’doydan farq qiladigan don turlarini tashishda noriya quvvatining o’zgarishini hisobga oluvchi koeffitsiyenti. b) Donni temir yo’l tranportiga yuklash uchun zarur bo’lgan noriyalar soni ham oldin ko’rsatilgan formula orqali aniqlanadi. Bunda Qguruh- bir kunda donni temir yo’l trasportiga yuklash hajmi, guruh hisobida, T-guruhni yuklash vaqti 3 soat 40 min yoki 3,66 soat. Tashqi jarayonlarda noriyalar soni alohida qabul qilinadi.Noriyalar soni ko’payib ketgan hollarda noriyalar belgilangan quvvatini oshirib qayta hisoblash tavsiya etiladi. Ichki operatsiyalarni bajarish uchun ishlatiladigan noriyalarni hisoblash va tanlash urug’li donlarga ishlov berish korxonalarida bir kunda maksimal bajaradigan jarayonlarining yig’indisi orqali aniqlanadi (noriya-soat). Alohida jarayonlarni bajarish uchun zarur bo’lgan noriya – soatlarni hisoblash quyidagi formula orqali amalga oshiriladi: bu yerda: A– jarayonlarning kunlik hajmi t/kuniga. Ichki jarayonlarni bajarish uchun zarur bo’lgan noriyalar soni noriya-soatlar yig’indisining bir sutkada noriyaning ishlash soatiga bo’linmasi teng: Bu yerda: - noriya-soatlar yig’indisi 24- bir kunda noriyaning ish vaqti. Xamma ichki jarayonlarni bajarish uchun zarur bo’lgan noriyalar soni quyidagiga teng: bu yerda: Kt – vaqt bo’yicha noriyadan foydalanish koeffitsiyenti.(Pn.r – 3,4 yoki 5 bo’lganda, 0,65; 0,70; 0,75 ga teng deb qabul qilinadi.) Noriyalarning umumiy soni ichki va tashqi jarayonlarni bajarish uchun zarur bo’lgan noriyalar yig’indisiga teng, ya’ni: Izoh: 1. Namligi 17 % dan yuqori aralashmalar miqdori 5 % dan ko’p bo’lgan bug’doyni tashishda Khi-koeffitsent qo’llaniladi, sekin yuruvchi noriyalar uchun 0,85; tez yuruvchi noriyalar uchun 0,7. 2. Hajmiy og’irligi bug’doydan farq qiladigan don turlarini tashishda Kk-koeffitsent qo’llaniladi, makajo’xori uchun 1,0; javdar va no’xat uchun-0,9; arpa va tariq uchun-0,8; sholi va grechixa uchun 0,7; suli uchun-0,65; kungaboqar uchun-0,6. O’zioqar quvur. O’zioqar quvurlarning o’lchamlarini transport uskunalari unumdorligi bo’yicha qabul qilish tavsiya etiladi: unumdorlik 50...75 t/sut bo’lsa- Ø 220 yoki 200x200 mm; 100...175 t/sut bo’lsa- Ø 300 yoki 300x300 mm; 200...350 t/sut bo’lsa-Ø 380 yoki 350x350 mm o’lchamda bo’ladi. Donni quritish moslamalarigacha bulgan quvurlarning tushish burchagi 450 deb qabul qilinadi, boshqa kommunikatsiyalar uchun – 360. SHoli kungaboqar, suli va arpa uchun quvurlarning qiyalik burchagi 450 dan kam bo’lmasligi kerak. Aralashmalar uchun quyidagi quvur diametlari qabul qilish mumkin: suli uchun-140mm, mayda chiqindilar uchun 140 mm, separatorning saralovchi g’alviri qoldig’i uchun-220 mm, separator va aspiratsiya uskunalarining aspiratsiya chiqindilari uchun-300 mm.
-donni avtomobil transportidan qabul qilish uchun-100, 175 t/s; - donni temir yo’l transportidan qabul qilish uchun-350 t/s; -donni temir yo’l trasportiga yuklash uchun -100, 175, 350 t/s. Donni qabul qilish va qayta ishlash korxonalariga qabul qilishda urug’lik donlarning sifat ko’rsatkichlarini nazorat qilish muhim rol uynaydi. Urug’lik donning sifat ko’rsatkichlarini aniqlashdan maqsad, omborxonalarda to’g’ri joylashtirishda, don yetishtiruvchi xo’jaliklar bilan hisob-kitob qilishda, o’rib olingandan keyingi ishlov berishda foydalaniladi. Namunalarni olish umumiy qabul qilingan standartlar bo’yicha amalga oshiriladi. Urug’lik donni sifat ko’rsatkichlari oddiy don kabi uch guruhga bo’linadi: umumiy, maxsus va to’ldiruvchi. Umumiy sifat ko’rsatkichlariga quyidagilar kiradi: tozaligi (rangi, xidi, ta’mi), namligi, ifloslanganligi va zararkunandalar bilan zararlanganligi. Bu ko’rsatkichlar urug’lik donlar bilan ishlaganda hisobga olinishi shart. Maxsus sifat ko’rsatkichlariga urug’lik holati, turi, mayda don miqdori, shishasimonlik, singan va yaroqsiz donlar miqdori, unib chiqishi, o’lchami va bir xilligi kiradi. To’ldiruvchi sifat ko’rsatkichlariga urug’larning kimyoviy xususiyati, urug’lardagi oksil, ammiak, kraxmal miqdori, qo’ldorlik va boshqalar kiradi. Urug’lik donlarga xos ko’rsatkichlarga ekish oldi sifati va navi kiradi.
Navli urug’lik don sifat ko’rsatkichlari guruxini quyidagilar tashkil qiladi: reproduktsiya, haqiqiyligi, navning tozaligi va darajasi. Reproduktsiya - bu elita urug’lik donlaridan ekib olingan urug’lik. Haqiqiyligi - urug’lik donlarning hujjatda ko’rsatilgan navga mosligi (o’tgan yilgi aprobatsiya akti, urug’larga berilgan attestat, urug’lar uchun berilgan guvohnoma). Navning tozaligi deb asosiy urug’lik navining foiz miqdoriga aytiladi. Har kaysi navning tozaligini saqlash halq xo’jaligiining muhim vazifalaridan biridir. Buning uchun urug’lar tozaligi bo’yicha nazorat tizimi tashkil qilingan. Bu tizim asosan ekish oldi urug’lik navlari nazorati va urug’lik don guvoxnomalarini nazorat qilib boradi. Navli urug’lar bo’yicha davlat nazoratining asosiy usullaridan biri dala aprobatsiyasi (sinash) hisoblanadi. Bu usul bilan urug’lik uchun ekiladigan navlar nazorat qilib boriladi. Ekiladigan navlar tozalik darajasi va turiga qarab navlarga ajratiladi. Ekiladigan donli ekinlar darajasiga qarab quyidagilarga bo’linadi: bug’doy, suli, arpa, tarik, No’xot va loviya uchun I daraja - 99, 5 % II daraja - 98, 0 % III daraja - 95, 0 % Kuzgi va baxorgi javdar bug’doyi va grechixa uchun I daraja - I-III reproduktsiya II daraja - IV-VII reproduktsiya III daraja - VII reproduktsiyadan yuqorisi Oq jo’xori uchun I daraja - 98 % II daraja - 95 % III daraja - 80 % Kungaboqar urug’ligi uchun I daraja - 99 % II daraja - 95 % III daraja - 90 % Urug’liklarning haqiqiyligi, turi, ekin navi laboratoriya sharoitida aniqlanadi. Urug’lar haqiqiyligini aniqlashda etalonlardan, turli xildagi urug’lar kollektsiyasidan foydalaniladi. Urug’larning ekish sifati. Urug’larning ekish sifatiga quyidagi ko’rsatkichlar kiradi: urug’ tozaligi, unib chiqishi, o’sish kuchi, xayot qobiliyati, don maxsulotlari zararkunandalari bilan zararlanishi va kasallanishi, 1000 ta donning og’irligi. Ekish sifati ekish uchun tayyorlangan urug’ partiyasidan va davlat resursiga topshirish uchun mo’ljallangan o’rtacha namunadan aniqlanadi. Urug’ partiyasi deganda bir ekinning bir naslli urug’ining ma’lum miqdori, navi, reproduktsiyasi, nav tozaligi kotegoriyasi, xosil yili, mos hujjatda tayyorlangan va tekshirilgan bir navga taalluqliligi tushuniladi. Ekish sifatini aniqlashda asosiy o’rinni o’rta namunani olish egallaydi. Bu qa’tiy ravishda standart talabiga mos o’tkaziladi. Urug’ partiyalari sifatini yanada aniqroq baxolash uchun urug’larning ruxsat berilgan eng yuqori miqdori olinadi va bu bilan urug’ partiyalari kabi uning qismi tuziladi. Agar urug’ og’irligi partiyasi nazorat birligidan oshsa, u shartli ravishda bo’laklarga bo’linadi va uning har biridan aloxida namuna olinadi. Urug’ partiyasini bo’laklarga bo’lish tizimi mos nomerlash bilan tuziladi va namuna olish aktiga tikiladi. O’sish energiyasi, urug’larning har bir o’simlik uchun belgilangan vaqtda va o’sish qobiliyati (1-jadval) da keltirilgan. Unuvchanlik va o’sish energiyasi urug’larning muhim sifat ko’rsatgichlari hisoblanadi. Agar urug’lik don unuvchanlik va o’sish energiyasi standart talabga javob bermasa, bunday urug’lik don ekinga yaroqsiz hisoblanadi. Unuvchanlik va o’sish energiyasini aniqlash muddatlari Jadval-1
Download 1.35 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling