1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori


Download 22.94 Kb.
bet1/10
Sana16.06.2023
Hajmi22.94 Kb.
#1489003
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Vazirlar mahkamasining Oʻzbekiston futbolini rivojlantirish toʻgʻrisidagi qanday qarorlar qabul qilingan


Vazirlar mahkamasining Oʻzbekiston futbolini rivojlantirish toʻgʻrisidagi qanday qarorlar qabul qilingan
Reja

1.O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori


2.Ommaviy va professional futbol
3 Rivojlantirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida


O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori


Mamlakatimizda futbolning ommaviyligini yanada oshirish, istiqbolli va iqtidorli futbolchilarni tanlash hamda professional darajada tayyorlashning yangi tizimini yo‘lga qo‘yish, trener va hakamlarni xalqaro talablar asosida tayyorlash va mahoratini yuksaltirish, futbol infratuzilmasini yaxshilash hamda o‘rnatilgan standartlarga moslashtirish maqsadida:
1. Quyidagilar futbolni yanada ommalashtirish va rivojlantirishning qo‘shimcha yo‘nalishlari etib belgilansin:
Xalqaro futbol assosiasiyalari federasiyasi (FIFA)ning aholi, ayniqsa, yoshlar o‘rtasida futbolni yanada ommalashtirishga qaratilgan maxsus dasturlari asosida har yili mahalla yoshlari o‘rtasida, jumladan, maktabgacha ta’lim tashkilotlarida “Ommaviy futbol” (Grassroots) festival va musobaqalari, umumiy o‘rta ta’lim maktablari o‘quvchilari o‘rtasida “Maktablarda futbol”, oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida “Talabalar ligasi” respublika musobaqalarini o‘tkazish;
yoshlarning futbolga qiziqishini oshirish, bu boradagi targ‘ibot ishlarini yanada kuchaytirish, ularning futbol bilan shug‘ullanishi uchun etarli shart-sharoitlarni yaratish;
ayollar o‘rtasida futbolni rivojlantirish, bu borada uzoq yillarga mo‘ljallangan istiqbolli reja va dasturlarni ishlab chiqish va amalga oshirish;
jismoniy imkoniyati cheklangan va nogironligi bo‘lgan shaxslarning futbol bilan shug‘ullanishi uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish hamda ular o‘rtasida muntazam musobaqalar tashkil etish;
terma jamoalar va professional futbol klublari uchun sifatli sport zaxirasini yaratish, iqtidorli futbolchilarni aniqlash, tanlash va saralash (seleksiya)ning raqamlashtirilgan tizimini joriy qilish;
futbol infratuzilmasini moddiy-texnik jihatdan yanada yaxshilash hamda xalqaro talablarga moslashtirish;
futbol bo‘yicha malakali trenerlar, hakamlar va mutaxassislarni tayyorlash, ularning malakasini oshirish va qayta tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish, o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar ishlab chiqish;
hududlarda futbol klublari, bolalar va o‘smirlar, ommaviy futbolni rivojlantirish maqsadida chet ellik mutaxassislarni jalb etish va xalqaro hamkorlikni yanada kengaytirish;
ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlarda futbolni targ‘ib qilish hamda bu jarayonda yuqori darajali axborot va multimedia mahsulotlaridan foydalanishni yanada kengaytirish.

Download 22.94 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling