10 Amaliy mashg’ulot. Avariyalarni holatiga qarab himoya


Download 354.27 Kb.
bet1/11
Sana06.11.2023
Hajmi354.27 Kb.
#1751509
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
АКИ амалий 10 машгулот 11


10 Amaliy mashg’ulot. Avariyalarni holatiga qarab himoya vositalami tanlash (himoya vositalari va x.k), avariya qutqaruv signallarini turlari va belgilari, avariya holatida havoning tarkibida zararli moddalar miqdorini aniqlash.
Reja:

  1. Shaxsiy himoya vositalari

  2. Terini himoyalovchn shaxsiy himoya vositalari

  3. Kimyoviy razvedka va nazorat o‘tkazish uchun qo‘ldaniladigan vositalar



Qidiruv-qutqaruv guruhi: vazifalari - avariya o‘chog‘ida jabrlangan-larni izlab topish, avariya-qutqaruv asboblari yordamida ularni chiqarib olish (og‘ir metal konstruksiyalar ostidan), ularning xavfsizligini ta’minlash (gazniqob va boshqa turdagi himoya vositalari yordamida), meteosharoitni hisobga olgan holda xavfsiz hududga olib chiqish va birinchi yordam ko‘rsatish kabi ishlardan iboratdir.
Qutqaruv ishlari davomida (yakunida) zararlangan hududdan chiqadigan qutqaruvchi va jabrlanuvchilar, maxsus asbob-anjomlar hamda texnikalar albatta maxsus ishlov berish ishlaridan so‘nggina toza hududga chiqishi mumkin. Bu tadbir orqali zararlangan hudud chegarasini kengayishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
Jabrlangan-larga gazniqob, qutqaruv moslamalarini taqish tartibi.
Dastlab qutqaruvchilarga jabrlanuvchiga gazniqob taqish tartibi amaliy ko‘rsatib o‘tiladi.
Vazifani bajarish jarayoni:
“Gaz” ko‘rsatmasi berilgandan so‘ng qutqaruvchi jabrlanuvchining boshini extiyot qilgan holda, yuzidagi yot jismlarning yo‘qligiga e’tibor qaratadi. Jabrlanuvchiga gazniqobni kiydiradi va topshiriqni yakunlaganligi bo‘yicha ma’lumot beradi. Ayni shu vaziyatda vaqt to‘xtatiladi. Mashq soniya birligida baholanadi.
Topshiriqni vaqt bo‘yicha baholash:
“A’lo” baho – 15 soniyagacha;
“YAxshi” baho – 16 soniyagacha;
“Qoniqarli” baho – 17 soniyagacha;
“Qoniqarsiz” baho – 17 soniyadan ortiq vaqtda bajarganga.
Me’yorni topshirish vaqtida bahoni pasaytiradigan holatlar:
- jabrlanuvchiga nisbatan qo‘pol munosabatda bo‘lish;
- ulangan trubkalarni buralib qolishi;
- niqob (maska) ko‘zoynaklarining jabrlanuvchi ko‘ziga to‘g‘ri turmasligi;
- gazniqob tayanch tasmalarining oxirigacha tortilmasligi yoki buralib qolishi.
Me’yorni topshirishdan to‘la chetlatish holati:
- gazniqobga mexanik shikast etkazilsa;
- gazniqobninng germetikligi to‘liq bo‘lmaganligi kuzatilsa (filtr qutisining havo kirish qismi qo‘l bilan yopiladi va jabrlanuvchidan nafas olishi so‘raladi).
Qutqaruvchilar navbat bilan mashqni bajaradi.

Download 354.27 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling