2. Mulkka egalik huquqi (mulk)ni boshqaruvdan ajratishning moliyaviy sabablari. Korporativ menejmentning asosiy vazifasi va uning moliyaviy jihatlari


Download 0.6 Mb.
bet1/10
Sana16.06.2023
Hajmi0.6 Mb.
#1509802
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
moliya

Zamonaviy moliyaning fundamyental (tub) masalalari .

1. Biznesning tashkiliy shakllari va ularning moliyaviy qarorlar qabul qilishga ta’siri.

2. Mulkka egalik huquqi (mulk)ni boshqaruvdan ajratishning moliyaviy sabablari.

3. Korporativ menejmentning asosiy vazifasi va uning moliyaviy jihatlari.

4. Bozor intizomi: kompaniyalarning “yutib yuborilishi” va uning moliyaviy natija (oqibat)lari.

5. Korporatsiyada moliyachining tutgan o‘rni.

1. Biznesning tashkiliy shakllari va ularning moliyaviy qarorlar qabul qilishga ta’siri.

Biznes olib borishning uchta asosiy tashkiliy shakli mavjud: yakka egalik, shirkat (yoki sheriklik) va korporatsiya


Biznes olib borishning asosiy tashkiliy
Bitta odam yoki oilaga tegishli firma
Yakka egalik
Ikki va undan ko’p kishi (oila) mulki bo’lgan firma
Shirkat (yoki sheriklik)
Mustaqil yuridik shaxs
Korporatsiya

Yakka egalik (sole proprietorship), bitta odam yoki oilaga tegishli firma bo‘lib, unda barcha aktivlar va majburiyatlar bir vaqtning o‘zida firma egasining mulki hisoblanadi. Yakka mulkdor firmaning qarzlari va boshqa majburiyatlari bo‘yicha cheklanmagan majburiyatlarga yoki cheklanmagan mas’uliyatga (unlimited liability) ega. Bu degani, agar firma kompaniya kreditorlarining talablarini qondirish uchun o‘z qarz majburiyatlarini bajara olmasa, u holda kompaniya egasining istalgan mulki xatga olinishi mumkin.

Ko‘pchilik firmalar o‘z faoliyatini mulkka yakka egalik sifatida boshlaydi. Keyinchalik kengayib, oyoqqa turgan sari o‘z tashkiliy shaklini o‘zgartiradi.

Ammo, shunaqasi ham bo‘ladiki, biznes – restoran, ko‘chmas mulk agentligi yoki kichkina ustaxona – butun faoliyat davomida yakka mulkligicha qolishi ham mumkin.

Shirkat (partnership) – bu ikki va undan ko‘p kishi (oila) mulki bo‘lgan firma. Ular sherik deb ataladi va kompaniya kapitaliga birgalikda egalik qiladilar. Sheriklik kelishuvida, odatda, qarorlar qanday qabul qilinishi va firmaning daromad va zarari qanday taqsimlanishi belgilab qo‘yiladi. Kelishuvda boshqa shart belgilangan bo‘lmasa, sheriklar, xuddi yakka mulk-chilikdagi kabi, majburiyatlar bo‘yicha cheklanmagan javobgarlikka ega bo‘ladilar. Ammo, sheriklarning majburiyatlarini ma’lum darajada cheklash ham mumkin. U holda bunday sheriklar mas’uliyati cheklangan sheriklar, yoki kommanditlar deb ataladilar (limited partners). Biroq bunda, sheriklarning hech bo‘lmasa bittasi firmaning qarzlari bo‘yicha cheklanmagan javobgarlikka ega bo‘ladi va u asosiy (bosh) sherik deb ataladi. Odatda, kommandit-sheriklar shirkat faoliyatiga taalluqli kundalik qarorlarni qabul qilishda ishtirok etmaydilar. Bu asosiy (bosh) sherikning vakolatiga kiradi.Xususiy korxona yoki shirkatdan farqli o‘laroq, korporatsiya (corporation) – bu mustaqil yuridik shaxs bo‘lib, u o‘z egalaridan alohida faoliyat yuritadi. Korporatsiya mulkka egalik qilish, qarz olish va shartnomalar tuzish huquqiga ega. Ular sudga berishlari va ularni ham sudga berish mumkin. Bundan tashqari, korporatsiyalarni va biznes yuritishning ikkita boshqa shaklini soliqqa tortishda ham farq bor.


Download 0.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling