5-semestr 1-Mavzu: turmush madaniyati va turmush tarzi. Sharqda turmush madaniyati haqidagi qarashlarning tadrijiy rivojlanishi. Reja
Download 0.6 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kalit so‘zlar
5-SEMESTR 1-Mavzu:TURMUSH MADANIYATI VA TURMUSH TARZI. SHARQDA TURMUSH MADANIYATI HAQIDAGI QARASHLARNING TADRIJIY RIVOJLANISHI. Reja: 1-BO’LIM 1.Turmush madaniyati tushunchasi. 2.Turmush tarzi va turmush madaniyati tushunchalarining o‟zaro aloqadorligi. 3. Madaniyat va turmush madaniyati 4.Turmush madaniyati va uning tarkibiy qismlari Kalit so‘zlar Turmush madaniyati, turmush tarzi, ta’lim-tarbiya, tarbiyaviy faoliyat, pedagogik odob, ijtimoiy faollig, yoshlar turmush madaniyati. 2-BO’LIM 1. Sharqda turmush madaniyati an‟analari. 2.“Avesto”da turmush madaniyatiga oid fikrlar.Sog‟lom turmush tarzini shakllantirish masalalari. 3. “Avesto”daaxloq-odob mezonlari, yashash tarzi, qoidasi va intizom masalalari. Kalit so‘zlar Sharqda turmush madaniyati, “Avesto”,odob-axloq, turmush tarzi, ta’lim-tarbiya, tarbiyaviy faoliyat, pedagogik odob, ijtimoiy faollig, yoshlar turmush madaniyati. 1-BO’LIM 1.Turmush madaniyati tushunchasi. Insonning turmush madaniyati shaxsning jamiyatidagi ijtimoiylashuvi natijasidir. Zero, jamiyatning sog„lomligi har bir insonning yuqori darajada turmush madaniyatiga ega bo„lishini taqozo etadi. Shunga ko„ra, agar jamiyatda mavjud barcha institutlar tomonidan inson ma‟naviy va jismoniy salomatligini muhofaza qilishga qaratilgan shart-sharoit yaratilsa, o„sha jamiyatda yashayotgan har bir insonning turmush madaniyati yuqori darajaga ko„tariladi, deyish mumkin. Turmush madaniyatini rivojlantirish tizimi – bu uzluksiz ta‟lim tizimi, sport- sog„lomlashtirish obyektlari va ijtimoiy institutlar hisoblanib, ularda amalga oshiriladigan ta‟lim- tarbiyaviy ishlarning uzviy aloqadorligi va uzluksizligini ta‟minlash muhim pedagogik ahamiyat kasb etadi. Turmush madaniyati(TM)ni rivojlantirish – O„zbekiston Respublikasida yoshlarga oid davlat siyosati bosh maqsadining asosini tashkil qiladi. Mustaqillik yillarida barkamol avlod g„oyasi asosida mazkur davlat siyosatiga molik muammoning ijtimoiy-huquqiy negizi yaratildi. Bular quyidagilardan iboratdir: - yoshlarning huquq va erkinliklarini ro„yobga chiqarish; - ularni ijtimoiy muhofazalashning qat‟iy tizimini yaratish: - yoshlarning ijtimoiy faolligini oshirish, manfaatlarini yanada kengroq ro„yobga chiqarishni ta‟minlash: - nogironlarning to„laqonli hayot kechirishlariga, jamiyatning ijtimoiy iqtisodiy va siyosiy turmushida faol qatnashishlari uchun shart-sharoit va imkoniyatlar yaratish; - bolalikdan nogiron va hayotda orttirilgan jarohatlar natijasida yordamga muhtoj bo„lgan yoshlarga tibbiy yordam ko„rsatish; - jismoniy tarbiya va sportni keng ommalashtirish orqali yoshlar turmush madaniyatini rivojlantirish; - homilador ayollarni sog„lom farzandlar tug„ilishiga ta‟sir etuvchi turli mikroelementlar bilan ta‟minlash; - ekologiyaning yoshlar turmush madaniyatiga ta‟siri masalalariga ilmiy yondashish; - yoshlarning ma‟naviy va jismoniy rivojlanishiga ta‟sir etuvchi zararli odatlarning oldini olish va ularga qarshi kurashish; - o„smirlar o„rtasida qonunbuzarlik va jinoyatchilikning oldini olish masalalaridir. Ushbu masalalar yoshlar turmush madaniyatini yuksaltirishning muhim yo„nalishlari hisoblanib, ularning ilmiy-nazariy asoslari pedagog, psixolog, faylasuf, huquqshunos, biolog, fiziolog, siyosatshunos, tibbiyotchi olimlar tomonidan tadqiq etilishini taqozo qiladi. Mazkur muammo, avvalo, pedagogika fanining tadqiqot predmeti bo„lib, quyidagi tushunchalarning ilmiy talqinini talab etadi: - yoshlar turmush madaniyati(TM) tushunchasi; - TM – turmush madaniyati; - yoshlar TMni rivojlantirish obyekti, predmeti va vositalari, samarali shakl va metodlari; - yoshlar TMni rivojlantirishda uzviylik va uzluksizlikni ta‟minlashning ilmiy-nazariy asoslari; - yoshlar TMni rivojlantirishda oila, mahalla, ta‟lim muassasalari, fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari hamkorligi; - yoshlar TMni rivojlantirishning samarali mazmuni va yaxlit mexanizmi; - yoshlar TMni rivojlantirishning didaktik asoslari; - yoshlar TMni rivojlantirishda fanlararo aloqa, o„zaro ta‟sir va boshqalar. Yoshlarda turmush madaniyatini rivojlantirishda, avvalo, salomatlik aqidalarini tarkib toptirish, uning tadrijiy bosqichlari, doimiyligini ta‟minlovchi quyidagi pedagogik maqsadlarga qat‟iy rioya etish taqozo qilinadi. Bunda: - salomatlik haqidagi bilim va ko„nikmalarning jamiyat axloqi, aqida va qadriyatlari tizimida tarixiy shakllanganligi va mavjudigi; - mavjud salomatlik qadriyatlarining shaxs tomonidan qabul qilinishi, ularni bilishi va anglashi; - salomatlik qadriyatlarini anglash va qabul qilish asosida shaxs takomilida sog„lom tafakkurni shakllantirish; - shaxs takomilida sog„lom tafakkurning turmush madaniyatiga asos bo„lishini pedagogik nuqtai nazardan anglash; - shaxs turmush madaniyati shakllanishining shaxs turmushiga asos solishi. Sog„lom tafakkurning shakllanganligi turmush madaniyatini yuksaltirishning eng birinchi va muhim bo„g„ini hisoblanadi. Download 0.6 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling