8-ma’ruza. Texnologik parametrlarni o'lchash usullari va asboblari.
REJA:
1. Haroratni o'lchash asboblari: kontaktli va kontaktsiz o’lchash usullari.
2. Bosimni o'lchash usullari va asboblari: suyuqlik, deformatsion, prujinali, elektrik
va yuk porshenli manometrlar.
3. Sarf va miqdor to'g'risida umumiy ma'lumotlar. Sarf va miqdor o’chash usullari
va asboblari.
4. Sath o'lchash to'g'risida umumiy tushunchalar. Sath o’lchash usullari va asboblari.
5. Zichlik, qovishqoqlik va namlikni o’lchash usullari.
1. Harorat haqida tushuncha
Harorat — texnologik jarayonlarning muhim parametri bo‘lib, amalda ham
past, ham yuqori haroratlar bilan ish ko‘rishga to‘g‘ri keladi.
Jismning harorati molekulalarning issiqlik harakatidan hosil bo‘ladigan ichki
kinetik energiyasi bilan belgilanadigan qizdirilganlik darajasi orqali xarakterlanadi.
Haroratni o‘lchash amalda ikkalasidan birining qizdirilish darajasi ma’lum bo‘lgan
ikki jismning qizdirilishini taqqoslash yordamidagina amalga oshirilishi mumkin.
Jismlarning qizdirilganlik darajasini taqqoslashda ularning haroratga bog‘liq
bo‘lgan va osongina o‘lchanadigan fizik xossalaridan birini o‘zgartirishdan
foydalaniladi.
Molekulalarning o‘rtacha kinetik energiyasi va ideal
gaz harorati orasidagi
bog‘lanish quyidagi tenglama bilan ifodalanadi:
Agar jismlarning harorati turlicha bo‘lsa, ular bir-biriga tegib turganida
energiyalarning tenglashuvi ro‘y beradi:
yuqoriroq haroratga ega, ya’ni
molekulalarining o‘rtacha kinetik energiyasi ko‘proq bo‘lgan jism o‘z issiqligini
(energiyasini)
kamroq haroratga ega, ya’ni molekulalarining o‘rtacha kinetik
energiyasi kamroq bo'lgan jismga beradi. Shunday qilib, harorat issiqlik almashish,
issiqlik o‘tkazish
jarayonlarining ham sifat, ham miqdoriy tomonlarini
xarakterlaydigan parametrdir. Ammo, haroratni bevosita o’lchash mumkin emas:
uni jismning haroratga bir qiymatli bog‘liq bo‘lgan
qandaydir boshqa fizik
parametrlari bo‘yicha aniqlash mumkin. Haroratga bog‘liq parametrlarga masalan,
hajm, uzunlik, elektr qarshilik, termoelektr yurituvchi kuch, nurlanishning energetik
ravshanligi va hokazolar kiradi.