Adabiyot gulshani 2 (6 sinf yangi darslik asosida)


Download 150.41 Kb.
bet1/26
Sana12.03.2023
Hajmi150.41 Kb.
#1262768
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26
Bog'liq
1672752882 Adabiyot gulshani 2 (3)

Adabiyot gulshani 2


(6 – sinf yangi darslik asosida)
Mukammal savol – javoblar;
Choraklik testlar;
Umumiy testlar;
Lug`at.
Tuzuvchi : Halimova Muhabbat Xayrilloyevna

Kirish
1.Badiiy matnni tahlil qilish bosqichlariga nimalar kiradi?
Mutolaadan oldin, Mutolaa davomida, Mutolaadan so‘ng
2.”Nima qilib qo`yding , Sherzod?” hikoyasi muallifi kim?
Erkin Malik
3.Hikoya kimning tilidan bayon qilinyapti?
Kasalxonada yotgan Solijon akaning tilidan
4.Sherzod nima qilib qo`ygan?
Ulug`bekning o`ng ko`ziga tosh otgan, hozirda jarrohlik usulida davolanyapti
5.Asarda Sherzod qanday tasvirlangan?
Sherzod yerga ursa, ko‘kka sapchiydigan, tinib-tinchimas bola. Maktabga ham
yolchitib bormaydi. Og‘zidan saqich, qo‘lidan cho‘zma tushmaydi. Cho‘ntagi to‘la
tosh. Undan uchib-qo‘nib yurgan qushlar ham bezillaydi. U halitdan toshbag‘ir
deb nom chiqargan.
6.Sherzodning ko`cha bolasi bo`lishida muallif nimalarni sabab qilib keltiradi?
Sherzod kamdan kam xursand bo‘lib yuradi. U uyiga kirishga shoshilmaydi. Ko‘chada yuraversam deydi. Adasi ichadi, oyisi bilan urush-janjal qilaveradi.
7.Ulug`bek nimani yaxshi ko`rardi?
Xuddi Mirzo Ulug`bek singari yulduzlarni o‘rganishni yaxshi ko‘radi
8.Hikoyada tilga olingan yulduz nomlari?
Qutb yulduzi – kechasi bilan bir joyda turadi. Osmondagi hamma yulduzlar uning atrofida aylanadi. Qutb yulduziga qarab, boshqa yulduzlarning harakati o‘rganiladi
Cho‘lpon yulduzi – tong mahali ko‘rinadi
1- fasl.Har bir kun saboq
Abdulla Qahhor
(1907 - 1968)
1. A.Qahhorning bolaligi qayerlarda kechgan?
Hozirgi Farg‘ona viloyatining Qo‘qon shahri atrofidagi qishloqlarda
2.Qayerlarda tahsil olgan?
dastlab maktabda, keyinchalik o‘qituvchilar tayyorlaydigan o‘quv yurtida, so‘ngra O‘rta Osiyo davlat universitetida (hozirgi O‘zbekiston milliy universiteti) da
3.Bolaligi haqida qanday fikrlarni bildirib o`tadi muallif?
“Bolaligimni o‘ylaganimda chalakam-chatti tush ko‘rgandek bo‘lar edim. ... Zehnimda shunga o‘xshagan qalqib yurgan xotiralardan tashqari qalqimasdan toshdek cho‘kib yotgan xotiralar ham hisobsizligidan uzoq zamon bexabar ekanman. Bundan meni Anton Pavlovich Chexov domla xabardor qildilar
4.Muallifning xalq hayoti tasvirlangan, g‘am-g‘ussaga to‘la qaysi hikoyalari bor?
“O‘g‘ri”, “Tomoshabog‘”, “Bemor”, “Anor” kabi hikoyalar
5. “O‘g‘ri” hikoyasi qaysi davrdagi xalqimiz hayoti haqida hikoya qiladi?
XIX asr oxiri – XX asr boshlarida hozirgi O‘zbekiston hududining
bir qismi Turkiston deb atalgan va Rossiya imperiyasi tarkibiga kirgan davr
6. muallif hikoyada qanday eskirgan, hozirgi tilimizda ishlatilmaydigan so‘zlardan foydalanadi?
oqposhsho – Rossiya imperiyasi hukmdorini xalqimiz shunday atagan;
ellikboshi – mahalla yoki ovul rahbari;
mingboshi – tuman yoki daha hokimi;
amin – bir necha qishloqni boshqargan amaldor;
pristav – politsiya boshlig‘i;
tilmoch – tarjimon.
7. Hikoyani audiovariantini kim ijro etgan?
O‘zbekiston xalq artisti Nabi Rahimov
8.Abdulla Qahhorning “O`g`ri” hikoyasida qaysi o`zbek maqoli epigraf qilib olingan?
Otning o`limi itning bayrami maqoli
9.“O`g`ri” hikoyasida Qobil boboning ho`kizi o`grilanganidan birinchi bo`lib qaysi amaldor xabar oldi?
Qo`shnisi burunsiz ellikboshi
10.Qobil boboni “ho`kizing oq poshshoning qo`l ostidan chiqib ketmagan bo`lsa , topiladi” deb qaysi amaldor ishontiradi?
Ellikboshi
11.Qobil boboning qo`shnisi burunsiz ellikboshi ellikboshilik amalini olish uchun Mingboshiga nimalar bergan edi?
Yetti yuz bog` beda, bir toy
12.Qobil bobo pristavga nimalar olib boradi?
O`zining uyidan chiqqan uchta tovuq, qo`ni-qo`shnilardan yig`ilgan
yuzta tuxum
13.Pristavga deb etilgan bu narsalar bilan tilmochdan nariga o`tib bo`lmagach, pristavga yana nimalar berildi?
Bitta kulangir, bitta farangi tovuq, uch so`m pul oladi
14.Ushbu narsalarni olgan pristav kimga uchrashishini “maslahat” beradi?
Yana aminga
17.Qaysi qahramon Qobil boboni na sizlashni, na senlashni bilmay majhul nisbatda murojaat qiladi?
Amin
15.Kimning gapi Qobil boboga “Ma ho`kizing” degandek bo`ldi?
Aminning gapi: (Suyunchisi nima bo‘ladi? Suyunchidan chashna olib
kelinmadimi?)
16. “yarim qop jiyda, uch yelpishtovoq1 jo‘xori, ikki kalava ip” kimga atalgan edi?
«duoning zo‘ri bilan qulf ochadigan» azayimxonga (Kampir etadi)
17.Ellikboshining qaynatasi kim Egamberdi paxtafurush kuzda ma’lum bo`ladigan “kichkinagina” shart bilan Qobil boboga nechta ho`kiz beradi?
Yerini haydab olish uchun bitta emas , ikkita ho`kiz beradi
18.Hikoyada Qobil bobo murojaat qilgan amaldorlar ketma-ketligini ayting
Ellikboshi > amin > tilmoch > pristav > amin > ellikboshi > Egamberdi
paxtafurush
19. Hikoya boshida Qobil boboni sensiragan , hikoya yakunida esa unga «siz»lab gapirgan qahramon kim?
Ellikboshi
20. Qobil bobo ro‘para bo‘lganda og‘zini ochmasdan qattiq kekirdi, keyin bag‘baqasini osiltirib kulgan qahramon kim?
Amin
21.Hikoyada qo`llangan maqol va aforizmlar qaysilar?
“Otning o`limi itning bayrami”, “Dehqonning uyi kuysa kuysin, ho`kizi yo`qolmasin”, “Tekinga mushuk oftobga chiqmaydi”, “Berganga bitta ham ko`p, olganga o`nta ham oz”, “Quruq qoshiq og`iz yirtadi”, ”Fuqaroning arzga borishi arbobning izzati bo`ladi”, “O`ynashmagil arbob bilan—seni urar har bob bilan”
22.Ikki haftadan beri ko‘z ochirmayotgan kuzak shamoli tasvirlangan asar?
“Dahshat” hikoyasi

Download 150.41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling