Agrokimyo kirish


Download 323.88 Kb.
bet1/21
Sana22.11.2020
Hajmi323.88 Kb.
#150163
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21
Bog'liq
mineral va organik o'g'itlar haqida 171bet (1)





AGROKIMYO

Kirish

  1. O’g’itlar tuproq unumdorligini ko’tarishda, hosilni oshirishda juda kuchli omil hisoblanadi. Chunki o’g’itlar yordamida, eng avvalo, tuproq gumus, azot va boshqa kul elementlar bilan boyiydi. Buning natijasida qishloq xo’jalik ekinlari hosili ko’payib, sifati yaxshilanib boradi. Ekinlardan olinadigan hosilning qariyb yarmi (ba’zi hollarda 60—70% i) mineral o’g’itlar hisobiga olinadi. Aksariyat ekinlarda o’g’it qo’llash bilan bog’liq sarf – xarajat hosil bilan kamida 2—3 barobar bo’lib qaytadi.




  1. Hozirgi kunda rivojlangan mamlakatlarda kishi boshiga 145 kg, rivojlanayotgan mamlakatlarda esa atigi 23 kg mineral o’g’it to’g’ri keladi. O’zbekistonda azotli o’g’it unga bo’lgan talabga ko’ra 70%, fosforli o’g’it 40% ishlab chiqiladi, kaliyli o’g’itlar esa xomashyo yo’qligi sababli umuman tayyorlanmaydi.

I bob. AGROKIMYO HAQIDA TUSHUNCHA


    1. O’G’IT─HOSILDORLIKNI OSHIRISHNING ASOSIY OMILI

Har xil mamlakatlarda mineral o’g’itlardan foydalanish va

bug’doy hamda kartoshkaning hosildorligi (1.1 – jadval)

Mamlakatlar

NPK (1 ga

yerga kg hisobida)

Hosildorlik ( s /g a )

Bug’doy

Kartoshka

Gollandiya

758

52

338

Yaponiya

430

62

190

GFR

423

45

284

Buyuk Britaniya

274

49

284

Chexoslovakiya

320

43

161

Fransiya

269

42

275

Italiya

105

23

185

AQSH

106

21

292

Ispaniya

82

15

147

Rossiya

73

15

118

Hindiston

20

14

115

O’zbekiston

203,6

47

170,5




  1. FAO ning ma’lumotlariga muvofiq jahon miqyosida mineral o’g’itlarga bo’lgan talab 2010─yilda 307,2 t ni tashkil qiladi, ulardan 170 mln t N, 70 mln t P2O5 va 60 mln t K2O dir.

  2. Sanoati rivojlangan mamlakatlarda o’g’itlardan foydalanish jon boshiga 55 kg dan 145 kg gacha bo’lsa, rivojlanayotgan mamlakatlarda bu miqdor 7 kg dan 23 kg gacha boradi. Shunday qilib, jahon miqyosida mineral o’g’itlar ishlab chiqarish yaqin 20 yil ichida uch martaga oshishi kerak bo’ladi.

  3. Mutaxassislarning hisoblariga ko’ra hosildorlik oshishi ko’rsatkichini taxminan 50% o’g’itlardan foydalanish hisobiga to’g’ri kelsa, qolgan 50% boshqa: agrotexnika, nav, sug’orish va h.k. usullar hisobiga to’g’ri keladi.

  4. AQSH ning ilmiy─tadqiqot muassasalarining ma’lumotlariga ko’ra urushdan keyingi yillar mobaynida bu mamlakatda hosildorlikni oshishini 41% o’g’itlardan foydalanish bilan bog’liq bo’lgan bo’lsa, 15—20% gerbitsidlar va boshqa o’simliklarni muhofaza qilishda qo’llaniladigan kimyoviy moddalar evaziga, 15% agrotexnikaning takomillashuvi evaziga, 8% — gibrid urug’lardan foydalanish, 5%— 11 —18% sug’orish va boshqa omillar evaziga yuz berdi.

  5. Hosildorlikni oshishi o’simliklar tomonidan oziqa moddalariga bo’lgan talabni oshiradi, shuning uchun har qanday ekinning hosildorligini qancha oshirish rejalashtirilsa, shuncha ko’proq miqdorda o’g’it talab qilinadi. Lekin shuni ham e’tiborga olish kerakki, hosildorlik o’g’itning oshirilishi bilan ma’lum bir me’yor chegarasidagina mutanosiblikka ega. Chunki har bir qishloq xo’jalik ekini turi va navi o’zida genetic mahkamlangan ichki oziqlanish me’yoridan ortiqcha o’g’itni o’zlashtira olmaydi. Aksincha hosildorlik pasaya boshlaydi va berilgan o’g’itlar iqtisodiy jihatdan o’zini oqlamaydi.

  6. Mineral o’g’itlar ishlab chiqarish ancha miqdordagi energiya xarajati bilan bog’liq. Masalan, hozirgi kunda yer kurrasi bo’yicha 600 ga yaqin NN3 sintezlaydigan qurilma ishlab turibdi. Bu qurilmalar tomonidan bir kecha─kunduzda 125 mln litr neftga ekvivalent bo’lgan energiya sarf bo’ladi. Shuning uchun dehqonchilikda o’g’it miqdorini oshirish uning oshiqcha ishlatiladigan miqdorining xarajati qo’shimcha hosil orqali iqtisodiy jihatdan qoplangandagina samara beradi.

  7. Hozirgi kunda Respublikamizda 6 ta o’g’it zavodi (Chirchiq, 01─ maliq, Navoiy, Samarqand, Farg’ona, Qo’qon) faoliyat ko’rsatmoqda.


O’g’itlashni kartoshka hosildorligiga ta’siri

(1.1.1– jadval)

Tajriba varianti

Hosildorlik, s/g a

Q o’shimcha hosil, s/g a

O’g’it ishlatmay o’stirish

9,1



O’g’itlash

16,0

6,9

O’g’itsiz sharoitda yuqori

agrotexnikani qo’llash



15,4

6,3

O’g’itlash sharoitida yuqori agrotexnikani qo’llash

27,4

18,3




  1. Sug’orishni yaxshi yo’lga qo’yilishi yoki yog’ingarchilik miqdorini yetarli bo’lishi mineral o’g’itlarning hosildorlikni oshirishdagi samaradorligini kuchaytiradi.

  2. Ko’p sonly tadqiqotlar natijasida azotli o’g’itlarning miqdori va shakllarini kuzgi bug’doy donining sifatiga ayniqsa donning oqsilga boy bo’lishiga ijobiy ta’sir etishi isbotlangan.

  3. J. Sattorov tajribalari natijalariga qaraganda o’g’itlar paxta tolasining uzunligi, metrik nomeri, mustahkamligiga va chigitining yog’lilik darajasiga ham ta’sir qiladi. Masalan, sug’oriladigan tipik bo’z tuproqda G’o’za eng uzun tolaning N200 P140 K100 fonida hosil qiladi. Tolaning nisbatan yuqori darajada mustahkam bo’lishi ham o’g’itning N200 P140 K100 va N250 P175 K125 me’yorlarida ko’rinadi. Ammo bundan yuqori dozada esa paxta tolasining sifati pasayganligi aniqlangan. G’o’za chigitida yog’ miqdorining maksimal ko’payishi o’g’itning me’yori N200 P140 K100 da kuzatiladi. Yuqoriroq me’yorlartla esa chigitda yog’ning miqdori nisbatan kamayadi.

  4. D.N. Pryanishnikov go’ngga nisbatan noto’g’ri munosabat mineral o’g’itlar tarkibidagi oziqlanish eleinentlariga nisbatan no’to’g’ri munosabatdir, deb hisoblardi.

  5. Organik o’g’itlar birinchi navbatda ekinzorni to’g’ri o’g’itlash tizimining eng muhim elementlaridan biridir. Ilmiy─tadqiqot muassasalarining ma’lumotlariga ko’ra, noqoratuproq voha (zona) da 1 ga maydonga 20─30 tonna go’ng solinganda donli o’simliklarning har gektaridan qo’shimcha ravishda 6—7 sentner kartoshkadan 60—70 sentner, g’o’za o’simligidan 5 ─6 sentner, ildizmevalilardan 150 sentner, silos ekinlaridan 150—200 sentner hosil olinadi. Go’ngning ijobiy ta’siri 4 ─5 yilgacha davom etadi. Bu yillar davomida uning har bir tonnasi hisobiga 1 sentner (ko’rsatkichni donga aylantirilganda) ga teng bo’lgan qo’shimcha qishloq xo’jalik mahsuloti olinadi.


    1. O’SIMLIK NAVI VA O’G’IT




  1. Hozirgi bosqichda ko’plab ilmiy tadqiqot ishlarining natijalari yordamida shu narsa isbot qilinganki, o’simliklar talabining genotipik xususiyatlarini hisobga olmasdan turib o’g’it berish tadbirining samaradorligini, undan foydalanish koeffitsientini ko’tarib bo’lmaydi. Genotipik xususiyatlar esa har bir navgagina tegishli ichki sharoitlar hisoblanadi.




  1. Nav va o’g’it o’rtasidagi o’zaro munosabatga bog’liq bo’lgan bir necha tajribalar natijalarini ko’rib chiqish mumkin. Kuban qishloq xo’jalik ilmiy─tekshirish institutida o’tkazilgan tajriba ko’rsatishicha bug’doyning 2 ta navi to’liq o’g’itga quyidagicha munosabat bildirgan


Bug’doy navlarining to’liq o’g’itga munosabati,

don hosili, s/ga

(1.2.1– jadval)

Variant

Bezostaya 1

Novoukrainka

O’g’itsiz

32,0

29,4

NPK

54,2

38,7

Qo’shimcha hosili, s/ga

22,4

9,3

%

68,3

31,6




  1. K.N. Godunova (1967) tajribasi ko’rsatishicha bug’doyning Bezostaya 1 navi N45 P45 K30 fonida don hosilini 53% ga, Stepnyachka 30 navi — 21% ko’paytirgan. Igan nomli nav esa 77% ga, Ulyanovka navi 29% ga oshirgan.

  2. Sholining xalqaro sholichilik institutida yaratilgan IR 8 navi 120─160 kg ga azotni o’zlashtirib 90─100 s/ga gacha hosil beradi. Sholining Peta navi uchun esa azotning maksimal me’yori 30 kg/ga dan oshmaydi.

  3. V.K. Soloveva (1966) qand lavlagining 17 navini N90 P120 K90 va N45 P60 K45 o’g’it me’yorlariga munosabatini o’rgandi. Tajriba natijalari asosida qand lavlagining navlarini o’g’itga bo’lgan munosabatiga qarab guruhlarga ajratdi. Birinchi guruh — o’g’itni yuqori darajada talab qiluvchilar (Beloserkovskaya odnosemennaya 1, Lvovskaya 078─86% gacha qo’shimcha hosil) ;.ikkinchi guruh — o’g’itni o’rtacha talab qiluvchilar (Lvovskiy gibrid odnosemyannoy, Ramonskaya 065, Verxnyanskaya 038, Kirgizskaya odnosemyannaya, Lvovskaya 925, Ulidovskaya 752—32% gacha qo’shimcha hosil); uchinchi guruh — o’g’itni kam talab qiluvchilar (Lvovskaya 059, gibrid Yaltushkovskaya, Lvovskaya odnosemennaya 16─15% gacha qo’shimcha hosil); to’rtinchi guruh — o’g’itga talabsiz navlar (Ramonskaya 06, Yaltushkovskaya 2, Biyskaya 641, Pervomavskaya 28, Ivanovskaya 1745).



I I bob. O’SIMLIKLARNING KIMYOVIY

TARKIBI VA OZIQLANISHI


    1. O’SIMLIKLARNING MINERAL KIMYOVIY

TARKIBI



  1. O’simliklarning quruq moddasi deganda, ular tarkibidagi mineral va organik moddalar yig’indisi tushuniladi.



Ayrim ekinlar tarkibidagi suv va quruq moddalarning

nisbati, % (A.V. Peterburgskiy) (2.1.1– jadval)

Ekin va uning tana qismi

Suv

Quruq modda

Zig’ir va kungaboqar urug’i

G’alla enkinlarining doni

Qand lavlagining ildizi, mevasi va

kartoshka tuganaklari

Ekinlarning ko’kmassasi

Sabzi, osh lavlagi, piyozboshi

Karam, sholg’om, lurneps

Pomidor va bodring



7─10

12─15
75─80

80─85

86─91


90─93

94─96


90─93

85─88


20─25

15─20


9─14

7─10


4─6



  1. Suvdagi yuqori solishtirma issiqlik sig’imi va har qanday haroratda ham bug’lanish xususiyati o’simliklarning qizib (kuyib) ketishidan saqlaydi.

  2. Quruq moddalar. O’simliklar tanasida quruq moddalarning to’planishi atmosferadan karbonat angidrid gazining yutilishi va ildiz tizimi tomonidan tuproqdagi mineral tuzlarning o’zlashtirilishi hisobiga sodir bo’ladi.

  3. Qishloq xo’jalik ekinlari tarkibidagi quruq moddaning 42—45% i uglerod, 40—42% i kislorod, 6—7% i vodorod hissasiga to’g’ri kelib, ularning yig’indisi 90—94% ga tengdir. Azot va boshqa elementlarning yig’indisi atigi 6—10% ni tashkil qiladi.

  4. Uglevodlar, yog’lar va boshqa azotsiz organik birikmalar uchta elementdan — uglerod, kislorod va vodoroddan tuzilgan, oqsil hamda boshqa azotli organik birikmalar tarkibida esa azot ham uchraydi. Mazkur to’rtta element — organogen elementlar deb ataladi va o’simliklar quruq moddasining taxminan 95% ga yaqini ular hissasiga to’g’ri keladi.

  5. O’simliklar tanasida uchraydigan barcha elementlar o’simlik hayotida tutgan o’rni va miqdoriga ko’ra uchta guruhga ajratiladi. Uglerod, kislorod, vodorod, azot, fosfor, kaliy, kalsiy, magniy, oltingugurt va temir kabi elementlar o’simliklarning me’yorida o’sibrivojlanishi uchun o’ta zamr hisoblanadi. Ularning miqdori, odatda, o’simlik tanasining 0,01% idan toki bir necha o’n foizini tashkil qiladi va makroelementlar deb yuritiladi. Marganes, bor, molibden, mis, rux, kobalt, yod, vannadiy kabi elementlar o’simliklar tarkibida ancha kam (10─3─10─6%) miqdorda uchraydi, o’simliklar tanasida sodir bo’ladigan asosiy biokimyoviy va fiziologik jarayonlar uchun muhim ahamiyatga egadir. Bu elementlar mikroelement deb nomlanadi. O’simlik tanasining juda ham kichik qismini (10-6—10 -12 %) tashkil etadigan rubidiy, seziy, selen, kadmiy, kumush, simob va boshqa elementlar ham o’ziga yarasha ahamiyat kasb etadi va ular ultramikroelementlar deyiladi.

  6. O’simliklar yondirilganda natriy, magniy, fosfor, oltingugurt, kaliy, kalsiy, temir, bor, marganes va boshqa elementlar kul tarkibida qolishi sababli ular kul elementlar degan nomni olgan.


Ayrim ekinlarning tarkibida azot va kul elementlarning miqdori,

quruq moddaga nisbatan % da

(2.2.2– jadval)

O’simlik va uning organlari

Azot

Kul

Bug’doy va boshqa g’alla ekinlari: doni

Somoni


No’xat va boshqa dukkakli don ekinlari doni

Poyasi


Kartoshka: tuganagi

Barglari


Qand lavlagi va ildizlilar: ildizi

Palagi


Beda, sebarga (ko’kmassasi)

1,5─3,0

0,4─0,6


4,0─6,0

1,0─1,5


1,0─2,0

4,0─6,0


1,0

1,5─2,5


2,5─5,0

1,5─4,0

3,0─5,0


2,5─5,0

4,0─5,0


3,0─5,0

8,0─14,0


2,0─3,0

6,0─12,0


6,0─12,0



    1. O’SIMLIKLAR TARKIBIDAGI ORGANIK

MODDALAR


  1. O’simliklar tanasida turli─tuman organik birikmalar uchraydi. Miqdorning oz yoki ko’pligi va ahamiyatiga ko’ra ularni bir nechta guruhga bo’lish mumkin. Masalan, o’simliklar tanasida oqsillar, fermentlar, nuklein kislotalar kamroq miqdorda uchraydi, lekin ular juda katta ahamiyatga ega bo’lgan moddalardir. Selluloza, gemiselluloza, lignin kabilar o’simlik tarkibining asosini tashkil qilib, somon, yog’och, urug’ qobig’i, o’simlik tolasining tarkibiga kiradi.

  2. Oqsillarning tarkibi ancha barqaror bo’lib , 51—55% ini uglerod, 20—24% ini kislorod, 15—18% ini azot, 6,5—7,0% ini vodorod, 0,3—1,5% ini oltingugurt tashkil qiladi.

  3. Inson bir kun davomida kamida 70—100 gr oqsil iste’mol qilishi kerak, aks holda organizmda modda almashinuvi buzilib, jiddiy salbiy oqibatlar yuzaga keladi.

  4. O’simlik oqsillar tarkibida “tengi yo’q” deb hisoblanadigan vain, leysin, izoleysin, treonin, metionin, gistidin, lizin, tritofan va fenilalanin kabi aminokislotalar mavjud bo’lib, ular odam va hayvonlar organizmida sintezlanmaydi. Bu aminokislotalarni odam va chorva mollari faqat o’simliklardan tayyorlanadigan oziq─ovqat mahsulotlari va yemxashak orqali oladi. Shu sababli o’simlik mahsulotlarining sifati faqat ular tarkibidagi oqsil miqdoriga qarab emas, balki ularning fraksion va aminokislota tarkibini o’rganish, hazm bo’lishi va to’la qimmatliligiga qarab ham baholanadi.

  5. Selluloza — hujayra devorlarining asosiy komponenti. U o’simliklarda lignin, pektin moddalari bilan bog’langan bo’ladi. Paxta tolasi 95—98%, zig’ir 80—90%, kanop va jut tolalari ham deyarli shuncha miqdorda selluloza tutadi. Shuning uchun ham aytib o’tilgan ekinlar asosan tolasi uchun yetishtiriladi.

  6. Lignin. O’simliklarni yog’ochlashgan to’qimalarining asosini tashkil etadigan modda. U ko’proq (20—40%) o’simliklarning poya va somonlarida daraxtlarning yog’ochida to’planadi. U selluloza tolalarini biriktiradi, hujayra devorlari oralig’idagi bo’shliqlarni to’ldiradi. O’simliklar yog’och qismining mustahkamligi ko’p jihatdan lignin miqdoriga bog’liq. Toza lignin suvda va kisiotalarda eriydigan sariq— jigarrang tusli modda.

  7. Lipoidlar. Yog’lar va yog’simon moddalar ham o’simlik hujayra sitoplazmasining komponentlaridan hisoblanib, ko’pchilik o’simliklarda zaxira modda sifatida to’planadi. Yog’larning oqsillar bilan hosil qiladigan birikmalari — lipoproteidlar o’simlik tanasining barcha a’zolarida uchrab, ular ho’l massasining 0,1—0,5% ini tashkil qiladi. Shuningdek, bu moddalar hujayra membranasining faoliyatini boshqarishda ham muhim o’rin tutadi. O’z urug’ida ko’p miqdorda yog’ tutadigan o’simliklar moyli ekinlar deb yuritiladi. Eng muhim moyli ekinlar urug’larida moy (yog’) ning miqdori (%) quyidagicha :

Kanakunjut — 60─70 Zig’ir — 30

Kunjut — 45─50 Kanop — 30

Ko’knori — 45─50 Xantal — 30─35

Zaytun — 45─50 Chigit — 25

Ekinbop nasha — 30─38 Soya — 20

Kungaboqar — 24─50





  1. C vitamin (askorbin kislota). Oziq─ovqatlar tarkibida C vitamin yetishmaganda singa deb nomlanadigan og’ir xastalik kelib chiqadi. Bir kecha─kunduzda 50—100 mg miqdorda C vitaminini iste’mol qilish bu kasallikga chalinishning oldini oladi. B1 vitamini (tiamin). Organizmlardagi modda almashinuvi jarayonida muhim ahamiyatga ega. Oziq─ovqatlar tarkibida tiamin yetishmasa, polinevrit xastaligi kuzatiladi. B2 vitamini (riboflavin). — Oksidlovchi─qaytaruvchi fermentlar tarkibiga kiradi. Ko’proq hamirturish va ayrim sabzovot ekinlari tarkibida bo’ladi. B6 vitamini (piridoksin) — modda almashinuvida, ayniqsa azot almashinuvida muhim rol o’ynaydi: aminokis lota lar almashinuvi reaksiyalarini shujumladan qayta aminlanish jarayonni ham tezlatuvchi fermentlar tarkibiga kiradi. E vitamini (tokoferol) — antisteril faollikka ega bo’lgan moddalar guruhi. Bu vitamin yetishmaganda odam va hayvonlarda oqsil lipid va uglevodlar almashinuvi buziladi. Mazkur jarayonlarni buzilishi natijasida hayvonlarning jinsiy a’zolari zararlanadi va ular ko’payish qobiliyatini yo’qotadi. A vitamini (retinol) — odam va hayvonlarda kseroftalmiya xastaligining oldini oladi. Bu kasallikning belgilari ko’z shox pardasining yallig’lanishi va shapko’rlikdir. O’simliklar tarkibida retinol uchramasada, A vitamini faolligiga ega bo’lgan boshqa moddalar mavjuddir. Bunday moddalar jumlasiga karotinoidlar, shu jumladan karotin (C40 H56) kiradi. Ular yashil barglarning xloroplastlarida, gul va mevalarda uchraydi hamda fotosintez, o’simliklarning ko’payishi, oksidlanish─ qaytarilish jarayonida muhim ahamiyatga ega. Odam va hayvonlar organizmiga tushgan karotin tezda A vitaminiga aylanadi. K vitamini — odam va hayvonlarda qonning me’yorida ivishi uchun xizmat qiladi. O’simliklardagi oksidlanish─qaytarilish jarayonida va qisman fotosintezda ishtirok etadi. K vitamini o’simliklarning yashil qismlarida sintezlangani uchun yashil barglarda ko’proq uchraydi.



    1. O’SIMLIKLARNING OZIQLANISHI




  1. Yashil o’simliklarning oziqlanishi bir paytning o’zida ikki sferada sodir bo’ladi. Ularning ildizlari bilan tuproqdan suv va unda erigan mineral tuzlarni olsa, poya va barglari yordamida atmosferadan CO2 gazini o’zlashtiradi. O’simliklarda bir butun oziqlanish jarayonining ikki tomoni bo’lgan havodan oziqlanish (fotosintez) va ildizdan (mineral) oziqlanish farqlanadi.



      1. Download 323.88 Kb.

        Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling