Arab xalifaligi va musulmon huquqi


Download 124.5 Kb.
bet1/12
Sana21.02.2023
Hajmi124.5 Kb.
#1218290
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
Arab musulmon san\'atining asosiy harakter va belgilari


Arab musulmon san'atining asosiy harakter va belgilari
Reja:



  1. Arab xalifaligining tashkil topishi va taraqqiyot bosqichlari.

  2. Ijtimoiy va davlat tuzumi xususiyatlari.

  3. Musulmon huquqining asosiy belgilari.

  4. Musulmon huquqining manbalari.

  5. Shariat bo`yicha fuqarolik huquqi masalalarining tartibga solinishi.

  6. Musulmon huquqida nikoh-oila va meros masalalarining tartibga solinishi.

  7. Shariat bo`yicha jinoyat huquqi va sud ishlarini yuritish tartibi.



1. Arab xalifaligining tashkil topishi va taraqqiyot bosqichlari

VII asrda tashkil topib, XIII asrgacha hukm surgan Arab xalifaligi insoniyat tarixida chuqurroq iz qoldirgan. Arab xalifaligining davlat tuzu-mi va o`ziga xos xususiyatlarga ega bo`lgan huquqiy tizimi - musulmon huquqi Yevropa, Osiyo va Shimoliy Afrika hududlariga tarqalgan. Xusu-san, O`zbekiston hududida ham VIII asrdan XX asrgacha islom dav-latchiligi va musulmon huquqi amalda bo`lgan.


Musulmon huquqi hozirgi vaqtda ham Yaqin va O`rta Sharq hamda Shimoliy Afrikaning qator davlatlarida ma`lum darajada harakat qilmoqda.
Arab xalifaligining dastlabki hududi Arabiston yarim oroli bo`lib, u hududiy jihatdan Yevropaning to`rtdan uch qismiga to`g`ri kelgan va uchta asosiy viloyatlarga bo`lingan edi. Uning janubiy-g`arbiy viloyati - Yaman yoki «baxtli Arabiston» bo`lib, bu yerda dehqonchilik va chorvachilik mashg`ulotlari uchun qulay shart-sharoitlar mavjud edi. Yaman miloddan avvalgi I ming yilliklardayoq yuksak iqtisodiy darajaga erishgan va mut-tasil ravishda birining o`rnini ikkinchisi egallab kelgan bir necha davlat-lardan iborat edi. Yaman aholisi qo`shni mamlakatlar bilan qizg`in savdo-sotiq ishlarini yuritgan. Yarim orolning Qizil dengiz bo`ylab cho`zilib ketgan kambar qismi Hijoz («chegara») deb atalib, g`arbda joylashgan. Uning faqat ayrim vohalaridagina dehqonchilik qilish mumkin edi. Hijoz aholisining bir qismi ko`chmanchi chorvachilik bilan shug`ullanardi. Bu yerda, shuningdek, Yamandan keltiriladigan qishloq xo`jalik mahsulotlari bilan, Eron va Vizantiyada ishlab chiqariladigan hunarmandchilik buyum-lari bilan savdo qilish juda rivojlangan. Yamandan Misr, Suriya va Ikki daryo oralig`iga qadar savdo yo`llari o`tgan edi. Yarim orolning eng katta qismi - Najd - sug`oriladigan yerlari juda kam bo`lgan g`oyat katta yassi tog`liklardan iborat bir joy bo`lib, faqat chorvachilik uchun yarar edi. Bu yerda cho`l aholisi - badaviylar («bad-havi»- arabcha cho`lda yashovchi odam, ko`chmanchi degani) yashardi.
Arab xalifaligi tarixini uch davrga ajratish mumkin.

Download 124.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling