Argentometriyada ekvivalent nuqtani aniqlash


Download 1.62 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/15
Sana28.12.2022
Hajmi1.62 Mb.
#1022044
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15


1
. Argentometriyada ekvivalent nuqtani aniqlash. 1) Gey-Lyussak usuliga binoan AgNO3 
bilan galogenidlar orasidagi reaksiyada titrlashning oxirgi nuqtasini topish uchun indikatorlar 
ishlatilmaydi. Bu usulda titrlashning oxirgi nuqtasi loyqa eritmaning tiniqlashishi asosida 
(tiniqlashish usuli) topiladi. Shunday tarzda oxirgi nuqtani topish noaniq va ko‘p vaqtni talab 
etadi, chunki titrantning har bir keyingi ulushi loyqa eritma tiniqlashgandan so‘ng qo‘shiladi. 
Bu esa ancha vaqtni talab etadi. Bu usulda ikki eritmaning bir xil loyqalanishi asosida ham 
oxirgi nuqta topiladi. 2) Mor usulida oxirgi nuqtani topish uchun indikator sifatida kaliy 
xromat eritmasi ishlatiladi. Galogenidlarni kumush nitrat bilan titrlash davomida ekvivalentlik 
nuqtasigacha tushayotgan cho'kmada o'zgarish bo'lmaydi, ekvivalentlik nuqtasiga yetgandan 
so‘ng ortiqcha qo‘shilgan bir tomchi kumush nitrat eritmasi Ag2CrO4 ning qizil cho‘kmasi 
tushishiga olib keladi. Bu usul faqat xloridlar va bromidlarni aniqlash uchun qo‘llaniladi, 
undan yodid va rodanidlarni aniqlashda kolloid sistemalar hosil bo‘lganligi va oxirgi nuqtani 
topish qiyinligi uchun foydalanib bo‘lmaydi. 3)Folgard usulida asosiy reaksiya Ag+ va SCN- 
ionlari orasida sodir bo'ladi. Bu usulda oxirgi nuqtani aniqlash uchun indikator sifatida temir 
(III) ioni ishlatiladi. Tarkibida kumush ioni bo‘lgan eritmaga byuretkadan tomchilab 
rodanidning standart eritmasi qo‘shiladi. Bunda AgSCN cho'kmasi hosil bo’ladi. Eritmadagi 
kumush ioni tugamaguncha bu cho‘kmaning hosil bo‘lishi davom etadi. Ekvivalentlik 
nuqtasiga yetgandan so‘ng temir (III) ion bilan SCN- ion orasidagi reaksiyada {Fe(SCN)6}- 
kompleks ionning hosil bo'lishi natijasida eritma qizil-qon rangli bo‘ladi, bu rangning paydo 
bo‘lishi oxirgi nuqtaga erishilganlikni ko‘rsatadi. 4) Fayans usulida oxirgi nuqtani topish 
uchun adsorbsion indikatorlar ishlatiladi. Galogenidlarni kumush nitratning standart eritmasi 
bilan titrlaganda eritmada galogenidlar ortiqcha bo‘lganda manfiy zaryadlangan kolloid 
zarracha hosil bo‘ladi. Kumushni galogenidlar bilan titrlaganda ekvivalentlik nuqtasigacha 
yoki galogenidlarni kumush nitrat bilan titrlaganda ekvivalentlik nuqtasidan keyin tarkibli 
musbat zaryadlangan zarracha hosil bo‘ladi. Hosil bo'ladigan zarrachaning zaryadiga ko‘ra 
eritmaga qo‘shilgan adsorbsion indikatorlar turlicha adsorbilanadi. 

Download 1.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling