Аудиторское заключение


Download 1.55 Mb.
bet1/95
Sana16.06.2023
Hajmi1.55 Mb.
#1500301
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   95
Bog'liq
Аудит укув кўлланма амалий, 2 13 (2)


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS
TA’LIM VAZIRLIGI


TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI
AUDIT”
fanidan amaliy mashg’ulot uchun
O’QUV QO’LLANMA



Bilim sohasi:

200 000

- Ijtimoiy soha, iqtisod va huquq.

Ta’lim sohasi:

230 000

- Iqtisod.

Ta’lim yo’nalishlari:

5230600
5230700
5230800
5231200
5231300
5231500
5232000
5232100
5232700
5232800
5230900

- Moliya;
- Bank ishi;
- Soliqlar va soliqqa tortish;
- Sug’urta ishi;
- Pensiya ishi;
- Baholash ishi;
- Davlat byudjetining g’azna ijrosi;
- Korporativ moliya
- Investision loyhalarni moliyalashtirish,
- Elektron tijorat yo`nalishlarida
– Buxgalteriya hisobi va audit (tarmoqlar bo‘yicha)

TOSHKENT – 2022


Taqrizchilar: prof.A.Avlokulov
dots.N.Kalandarova
Audit: O’quv qo’llanma /I.I.Meliev, O.Q.Qushmatov, F.Sh.Ochilov;– T.: «Iqtisod-Moliya», 2022. – 159 b.

O’quv qo’llanma davlat ta’lim standartlarining talablariga muvofiq tayyorlangan bo’lib, u “Audit” fani mavzulari bo’yicha tayanch so’z va iboralar, TAKRORLASH UCHUN SAVOLLAR, mustaqil ish mavzulari, mavzu bo’yicha amaliy masalalar, testlar va ularning javoblari, glossariy va foydalanilgan adabiyotlar ro’xatini o’z ichiga olgan


«Audit» fanidan amaliy mashg’ulot o’tish uchun o’quv qo’llanma bakalavriatning 5230600-Moliya, 5230700-Bank ishi, 5230800-Soliqlar va soliqqa tortish, 5230900-Buxgalteriya hisobi va audit (real sektor bo’yicha), 5230900-Buxgalteriya hisobi va audit (ishlab chiqarish va xizmat ko’rsatish bo’yicha), 5231200-Sug’urta ishi, 5231300-Pensiya ishi, 5231500-Baholash ishi, 5232700- Investision loyhalarni moliyalashtirish, 5232100- Korporativ moliya, 5232000- Davlat byudjetining g’azna ijrosi, 5232800 - Elektron tijorat yo`nalishlaridata’lim yo’nalishlari uchun mo’ljallangan.
O’quv qo’llanmada aks ettirilgan mavzu va amaliy mashg’ulotlar o’quv qo’llanma auditorlik faoliyati bo’yicha bo‘yicha ilmiy qarash va asoslar sohada sodir bo‘layotgan oxirgi o‘zgarishlarni qamrab olgan.



KIRISH
“Audit” fanidan amaliy mashg’ulotlar uchun mazkur o’quv qo’llanma bakalavriatning buxgalteriya hisobi va audit, moliya, bank ishi, soliqlar va soliqqa tortish va boshqa yo’nalishlari uchun mo’ljallangan. Mazkur amaliy mashg’ulotlar o’quv qo’llanma xalqaro auditorlik standartlariga asoslangan holda yaratilgan.
O’quv qo’llanma o’n beshta mavzudan iborat bo’lgan amaliy mashg’ulotlarni o’z ichiga qamrab olib, har bir mavzu bo’yicha muammoli vaziyatlar, ushbu mavzuga oid asosiy , tayanch so’z va iboralar, masalalar va takrorlash uchun savollardan iborat. Bu o’z navbatida amaliy mashg’ulot darslarini amaliy ma’lumotlar asosida, muhokama va munozara hamda amaliyotdagi muammoli vaziyatlar asosida dars jarayonini tashkil etishga imkoniyat yaratadi.
Mazkur o’quv qo’llanma mavzulari auditni tashkil etish jarayoni, auditorning huquq va majburiyatlari, auditorning ahloqiy me’yorlari va buxgalteriya hisobi hamda moliyaviy hisobotni haqqoniyligini aniqlash maqsadida hisob ishlarining barcha bo’limlarini tekshirish masalalarini o’z ichiga olgan. Shuningdek unda auditorlik tekshiruvining barcha yo’nalishlari bo’yicha maqsad va vazifalar to’g’ri aniqlangan. Har bir bo’limni bajarilishi bo’yicha topshiriqlar va ko’rsatmalar berilgan.
O’quv qo’llanmaning o’rganilishi o’z navbatida auditorlik jarayonining ketma-ketlik asosida bajariladigan ishlarini, ya’ni uni rejalashtirishdan toki auditorlik hisobot tuzish va auditorlik xulosani rasmiylashtirishgacha bo’lgan auditorlik amallarini bajarishga yordam beradi. Bundan tashqari, auditorning tekshiruv o’tkazish texnikasi va usuli bo’yicha olgan bilimlarini yanada kengaytiradi va chuqurlashtiradi.
Mazkur qo’llanma orqali talabalar o’z-o’zini mustaqil nazorat qilishi, auditorlik faoliyatida muammoli holatlarda qanday yo’l tutish lozimligi, talabalar bilimlarini joriy nazoratdan o’tkazishda foydalanilishlari mumkin. Shuningdek, mazkur o’quv qo’llanmada korxonaning moliyaviy hisoboti, auditorning hisobot va xulosasidan namunalar va tegishli ilovalar keltirilgan. Bu o’z navbatida talabalarga mustaqil ravishda auditorlik hisoboti va xulosani tuzishga amaliy yordam ko’rsatadi va bilimlarni mustahkamlaydi.

Download 1.55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   95




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling