D. B. Abduraximov, D. E. Toshtemirov mutaxassislik fanlarini o‘qitish metodikasi
Download 3.31 Mb.
|
2020-МФЎМ
- Bu sahifa navigatsiya:
- Bilim sohasi: 100000 – Gumanitar .
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI GULISTON DAVLAT UNIVERSITETI D.B.Abduraximov, D.E.Toshtemirov MUTAXASSISLIK FANLARINI O‘QITISH METODIKASI O‘quv qo‘llanma Bilim sohasi: 100000 – Gumanitar.Ta’lim sohasi: 110000 – Pedagogika.Magistratura mutaxassisligi:5A110102-Ta’limda axborot texnologiyalari.Guliston – 2020 D.B.Abduraximov, D.E.Toshtemirov. Mutaxassislik fanlarini o‘qitish metodikasi. O‘quv qo‘llanma. – Guliston, 2020. - 332 b. Ushbu o’quv qo’llanma 5A110102 – Ta’limda axborot texnologiyalari magistratura mutaxassisligida tahsil oluvchi talabalar uchun mo’ljallangan bo’lib, Oliy va o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi yo’nalishlari bo’yicha O’quv-uslubiy birlashmalar faoliyatini muvofiqlashtiruvchi Kengashning 2018 yil 18 iyuldagi 4-sonli bayonnomasi hamda O’zbekiston Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining 2018 yil 25 iyundagi 744-sonli buyrug’i bilan tasdiqlangan va 5A110701 raqam bilan ro’yxatga olingan «Mutaxassislik fanlarini o’qitish metodikasi» o’quv fan dasturi asosida yaratilgan. O’quv qo’llanmada ta’limni axborotlashtirish, uning tavsifi va asosiy tushunchalari; ta’lim muassasalarida AKT foydalanishning metodik jihatlari va didaktik asoslari; ta’limiy elektron vositalarni yaratish va foydalanishga qo’yiladigan pedagogik, psixologik va ergonomik talablar; AKTni ta’lim jarayonida qo’llash; o’quv-tarbiya jarayonining axborot-uslubiy ta’minoti va ta’lim muassasalarini boshqarishni avtomatlashtirish; AKT xonasi jihozlariga qo’yiladigan talablar; AKT vositalarini ishlab chiqish; bilimlarni baholash texnologiyalari; elektron o’quv-uslubiy majmualardan o’quv jarayonida foydalanish uslubiyoti; mutaxassislik fanlari bo’yicha ma’ruza o’qish, laboratoriya, seminar, amaliy va boshqa mashg’ulotlarni o’qitish uslubiyoti; mutaxasisslik fanlari bo’yicha o’quv faoliyatning turlarini o’quv-metodik jihatdan ta’minlash, o’quv yuklamalari, o’quv-metodik, ilmiy va tarbiyaviy ishlarni rejalashtirish; OTMda o’quv jarayonini rejalashtirish tizimlari kabi masalalar yoritilgan. Taqrizchilar: Ped.f.n., dotsent Mamarajabov M.E. Ped.f.n. Qulmamatov S.I. © GulDU, 2020. KIRISH XX asr boshidan beri fan va texnikaning deyarli barcha sohalarida juda ko’p kashfiyot va ixtirolar qilindi. Ilm-fan jamiyatimizning bevosita ishlab chiqarish kuchiga aylanib bormoqda. Tabiat va jamiyat qonunlarini o’rganuvchi har bir fan sohasida katta-katta kashfiyotlar va ixtirolar qilish odat tusiga kirib qolmoqda. Shunday qilib, XX asr o’rtalariga kelib, kishidan ko’p mehnat va iroda talab qiladigan hisob ishlarini avtomatlashtirish, hisoblash mashinasidek murakkab hamda qimmatbaho asbob yaratish zarurati tug’ildi. Bunday «chaqqon hisobchi» mashinalarini yaratishdan maqsad inson aqlu zakovatini ijodiy faoliyatidan chalg’itmaslik edi. Har bir jamiyatning kelajagi, uning ajralmas qismi bo’lgan ta’lim tizimining qay darajada rivojlanganligi bilan belgilanadi. Bugungi kunda mustaqil taraqqiyot yo’lidan borayotgan mamlakatimizning uzluksiz ta’lim tizimini isloh qilish va takomillashtirish, unga ilg’or pedagogik va axborot texnologiyalarni joriy qilish va ta’lim samaradorligini oshirish davlat siyosati darajasiga ko’tarildi. «Ta’lim to’g’risida»gi Qonun va «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»ning qabul qilinishi bilan uzluksiz ta’lim tizimining asosi yaratildi. Ma’lumki, uzluksiz ta’lim tizimi jamiyatning ma’naviy va intellektual salohiyatini kengaytiradi; davlatning ijtimoiy va ilmiy – texnik taraqqiyotini takomillashtirish omili sifatida ishlab chiqarishning barqaror rivojlanishini ta’minlaydi; har bir inson uchun axborot texnologiyalarining tez almashinishi (o’zgarishi) jarayonida o’z kasbiy tayyorgarligini, mahoratini kuchaytiradi. Uzluksiz ta’lim – chuqur, har taraflama asosli ta’lim – tarbiya berish, mutaxassis kadrlar tayyorlashning turli-tuman shakl, usul, vosita, uslub va yo’nalishlarining mukammal uyg’unligidan iboratdir. Uning turli komponentalari o’rtasidagi o’zaro aloqadorlik, muayan usul va uslublarning ta’lim sharoitiga oqilona tatbiq etilishi uzluksiz ta’lim sifatini ta’minlaydi. Ta’limning barcha bosqichlariga oid umumiy pedagogik muammo – o’quvchi(yoki talaba, yoki tinglovchilar)ning mustaqil ishlash samaradorligini takomillashtirish, fanga qiziqishini kuchaytirish, kasbiy bilimlarini chuqurlashtirish va faolligini oshirishdan iboratdir. Zamonaviy axborot texnologiyalarining o’quvchilarni qiziqtirishga va faolligini oshirishga imkoniyati cheksizdir. Ta’limning bugungi vazifasi o’quvchilarni kun sayin to’lib to-shaëtgan axborot - ta’lim muhiti sharoitida mustaqil ravishda faoliyat ko’rsataolishga o’rgatishdan iboratdir. Buning uchun ularga uzluksiz ravishda mustaqil ishlash sharoitini yaratib berish zarur. Uchinchi ming yillik boshida shaxs, jamiyat, davlat ta’limga tubdan yangi talablar qo’ymoqda. XX asrni oxirlaridaëq davlatlarni rivojlanishi shaxsning qobiliyati va sifatlariga to’la qonli bog’liq bo’la boshladi. Jahon ta’lim muassasalari kompyuter va telekommunikatsiya texnologiyalari asosida jihozlanmoqda. Bu pedagoglarning o’z mehnat faoliyatlariga yangicha yondashuvlarini talab etadi. O’quv jarayonida yangi texnologiyalarning joriy etilishi, o’qituvchini texnik vositalar tomonidan siqib chiqishga emas, balki uning vazifalari, rolini o’zgartiradi, o’qituvchilik faoliyatini samarasining oshishiga olib keladi. Yuqoridagilarni e’tiborga olingan holda pedagogika ta’lim sohasi magistraturasining 5A110701 – Ta’limda axborot texnologiyalari mutaxassisligi o’quv rejasiga “Mutaxassislik fanlarini o’qitish metodikasi” o’quv fani kiritilgan va unda 126 soat (shu jumladan, 32 soat ma’ruza,450 soat amaliy va 54 soat mustaqil ta’lim) mo’ljallangan bo’lib, o’ziga ta’limni axborotlashtirish; ta’lim muassasalarida AKT foydalanishning metodik jihatlari va didaktik asoslari; ta’limiy elektron vositalarni yaratish va foydalanishga, AKT xonasi jihozlariga quyiladigan talablar; AKTni ta’lim jarayonida qo’llash; o’quv-tarbiya jarayonini axborot-uslubiy ta’minoti va ta’lim muassasasini boshqarishni avtomatlashtirish; AKT vositalarini ishlab chiqish; bilimlarni baholash texnologiyalari; elektron o’quv-uslubiy majmualardan o’quv jarayonida foydalanish uslubiyoti; mutaxassislik fanlari bo’yicha mashg’ulotlarni o’tkazish uslubiyoti; o’quv faoliyatning turlarini o’quv-metodik jihatdan ta’minlash, o’quv yuklamalari, o’quv-metodik, ilmiy va tarbiyaviy ishlarni rejalashtirish; OTMda o’quv jarayonini rejalashtirish tizimlari haqida ma’lumotlar berish kabi vazifalarni oladi. O’quv qo’llanmaning tuzilish noan’anaviy bo’lib, har bir darsga mo’ljallangan mavzular rejasi, tayanch tushunchalar, mavzu mazmuni, magistrantlar o’z bilimlarini mustaqil sinab ko’rish uchun tekshirish savollari, keltirilgan. Agar ushbu o’quv qo’llanma bo’lajak magistrlarning bilim olishlari uchun ozgina bo’lsa ham xizmat qilsa, mualliflar o’quv adabiyotining dunyoga kelishida ketkazgan vaqtlariga rizoligini bildiradi. Qo’lingizdagi o’quv qo’llanma “Mutaxassislik fanlarini o’qitish metodikasi” o’quv faniga mo’ljallangan bo’lib, ilk bor chop etilmoqda. Shuning uchun unda qandaydir mulohazali va tortishuvga moyil bo’lgan materiallar bo’lishi mumkin. O’quv qo’llanma haqida fikr mulahazalari bilan bizga murojaat qilgan kishilarga oldingan tashakkurimizni bildiramiz. Murojaat uchun manzil: Guliston sh., 4-mavze, GulDU, Fizika-matematika fakulteti, “Amaliy matematika va axborot texnologiyalari” kafedrasi. Mualliflar. Download 3.31 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling