Darsning maqsadi: Avar hoqonligi haqida olingan bilimlarni mustahkamlash va talabalarni baholash. Darsning mazmuni


Download 78.5 Kb.
bet1/6
Sana20.12.2022
Hajmi78.5 Kb.
#1038238
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
5- seminar


5- seminar: Avar hoqonligi
Reja:
1. Avarlarning kelib chiqishi va migratsiya
2. Rim bilan aloqa. Avar imperiyasining yuksalishi
3. Avar istilosi. Avar imperiyasining tanazzulga uchrashi


Darsning maqsadi: Avar hoqonligi haqida olingan bilimlarni mustahkamlash va talabalarni baholash.
Darsning mazmuni: Avar hoqonligi haqida bahs olib boriladi.
Adabiyotlar

  1. Malikov A.M. Avarlar. // Fan va turmush. – №4, 1998.

  2. Геродот., История М.57 стр.21

  3. «Библиотека чтения» стр. 56.60.63. 

  4. L.Gumilyov «Kadimgi turklar”. T. 2006. 7, 171 bet.

  5. И. Бичурин “Собрание сведений обитавших в Средней Азии в древние времена” Т.1 М-Л. 1950. Стр.53

Avarlar davlati milodiy 552 yilda Osiyodagi Jujan imperiyasi qulagandan keyin Oʻrta Osiyodan Pontiya mintaqasi (zamonaviy Ukraina, Rossiya, Qozog'istonga to'g'ri keladigan hudud) ga koʻchib kelgan jujan, eftalitlar va turkiy-oʻgʻur urug’laridan tashkil topgan turli xalqlar konfederatsiyasidan iborat edi. Hozirgi kunda ko‘plab tarixchilar ushbu qabilalarning turmush tarzi, ayniqsa, otda jang qilish san’ati bo‘yicha qadimgi xunnlarning davomchilari deb biladilar. Avarlar ko’chish natijasida avvallari xunnlarga tegishli bo’lgan hududlarga joylashib, tezda bosqinchilik yurishlarini boshlab yuboradi. Bu paytga kelib avarlar Vizantiya imperiyasi tomonidan boshqa qabilalarni bo’ysundirish uchun yollanadi. Ularning shohi Bayonxon (milodiy 562/565-602 yillar hukmronlik qilgan) Pannoniya hududida yashovchi gepid qabilalarini mag’lub etish uchun Alboin (milodiy 560-572 yillar hukmronligi) boshchiligidagi lombardlar bilan ittifoq tuzadi. Keyinchalik avarlar tomonidan mazkur mintaqa ham egallab olinadi va Bayonxon lombardlarni hozirgi Italiya hududiga ko'chib o'tishga majbur qiladi. Natijada, avarlar hozirgi Avstriya, Vengriya, Ruminiya, Serbiya, Bolgariya va Turkiyaning bir qismini oʻz ichiga olgan Avar xoqonligini barpo etishga muvaffaq boʻladi.


Milodiy 568 yilda lombardlarning Italiyaga ketishi Pannoniyadan avarlar uchun raqib hisoblangan yana bir dushman xalqni ularning yo’lidan olib tashladi. Bu esa o’z navbatida Bayonxonga o’z hududlarini nisbatan osonlik bilan kengaytirishga imkon berdi. Shu tariqa, milodiy 796 yilgacha, ya’ni, Avarlar Buyuk Karl boshchiligidagi franklar tomonidan bosib olingunga qadar davom etgan imperiya tashkil topdi.

Download 78.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling