Farg’ona viloyat hokimligi


Download 76.83 Kb.
bet1/6
Sana31.01.2024
Hajmi76.83 Kb.
#1831136
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Biz yomon illatlarga qarshimiz








FARG’ONA VILOYaT HOKIMLIGI
XALQ TA’LIMI BOShQARMASI
RIShTON TUMANI XALQ
TA’LIMI BO’LIMI
9-umumuiy o’rta ta’lim maktabida
1-dekabr butun jahon OITSga qarshi kurashish kuni” munosabati bilan
Biz yomon illatlarga qarshimiz”
mavzusida o’tkazilgan tadbir





Biz yomon illatlarga qarshimiz” tadbir senariysi.


Ozodbek Nazarbekovning “Mendirman” qo`shig`i va sahnada sahna ko`rinishi.
1-boshlovchi:Assalomu aleykum, aziz mehmonlar, qalbi daryo ustozlar, qadrli ishtirokchilar.
2-boshlovchi: Assalomu aleykum , bilimga chanqoq ,beg`ubor niyatli o’quvchilar.
1-boshlovchi: Barchamizga ma’lumki,1-dekabr “Butun jahon OITS ga qarshi kurash kuni”.
2-boshlovchi: Shu munosabat bilan biz o`quvchilar “Biz yomon illatlarga qarshimiz!” shiori ostida tadbir tayyorlaganmiz .Marhamat, tinglab, tomosha qiling.
Aytgil, do`stim, nima qildik Vatan uchun?” she’ri.
Boshing egib, ta’zim ayla, shukrona ayt
Seni guldek erkalagan chaman uchun.
Osmonlarda yurgan bo`lsang tuproqqa qayt,
Aytgil, do`stim, nima qildik Vatan uchun?
Ko’zi qora yuragi oq shu el uchun,
Tuproq uchun , shu yurt uchun , chaman uchun,
Ulug’ inson boshlab bergan shu yo`l uchun
Aytgil, do`stim, nima qildik Vatan uchun?
Qachongacha qorning o`ylab o`tadirsan,
Qachongacha ko`kdan chalpak kutadirsan.
Axir, Vatan bitta , sen ham bittadirsan
Aytgil, do`stim, nima qildik Vatan uchun?
Buncha bino qo’yma zarrin choponlarga,
Saratonda yaproq bo`lgin dehqonlarga.
Suyangani tayoq bo`lgin cho`ponlarga
Aytgil, do`stim, nima qildik Vatan uchun?
Shu soylarda suvlar urgil yuzingga sen,
Bir bor nazar solgin bosgan izingga sen,
Shu savolni berib ko’rgil o’zingga sen
Aytgil, do’stim, nima qildik Vatan uchun?


Download 76.83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling