Ijro nazorati faoliyatini tashkil etish


Download 90.23 Kb.
bet1/10
Sana17.01.2023
Hajmi90.23 Kb.
#1097424
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
NOMENKLATURA (4)


TASDIQLAYMAN

Olmaliq kon metallurgiya
kolleji direktori
_________M.Sh.Sattarov

“_____”______­­­____2021 yil

IJRO NAZORATI FAOLIYATINI TASHKIL ETISH.

Ijroni nazorat qilishni tashkil etishdan asosiy maqsad hujjat ijrosini o’z vaqtida va sifatli ta`minlashdir. Nazoratni rahbarlar, devonxona xodimlari, mas`ul ijrochilar olib boradilar.


Ijroni nazorat qilish ishlari O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmonlari, Farmoyishlari va topshiriqlari, shuningdek O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999 yil 12-yanvardagi 12-sonli qarori bilan tasdiqlangan Asosiy qoidalariga muvofiq amalga oshiriladi.
Mazkur uslubiy qo’llanma O’zbekiston Respublikasining 2010 yil 15 iyundagi “Arxiv ishi to’g`risida”gi 252-son, 2014 yil 3 dekabrdagi “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to’g`risida”gi O’RQ-378-son Qonunlari, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999 yil 12 yanvardagi “Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari to’g`risida”gi 12-son, 1999 yil 29 martdagi “O’zbekiston Respublikasi davlat hokimiyati va boshqaruv organlarida ish yuritish va ijro nazoratini tashkil etish bo’yicha normativ hujjatlarni tasdiqlash haqida”gi 140-son, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009 yil 28 avgustdagi “Hukumat qarorlarining ijrosini ta`minlash yuzasidan monitoring hisobotlarini yuritish tartibi to’g`risida”gi 11-10-sonli Tartib”i 2012 yil 5 apreldagi O’zbekiston Respublikasida arxiv ishini takomillashtirish to’g`risida”gi 101-son qarorlari, hamda O’rta maxsus, kasb-hunar ta`limi markazining 2015 yil 30 dekabrdagi 402-sonli buyrug`i bilan tasdiqlangan “O’rta maxsus, kasb-hunar ta`limi markazida ish yuritish va ijro nazoratini tashkil etish bo’yicha Yo’riqnomadan foydalanilgan holda ishlab chiqilgan.
Ijro nazorati inspektorining tayinlanganligi to’g`risida texnikumning ichki buyrug`i va nazorat inspektorining o’quv yili uchun belgilangan ish rejasi hamda lavozim yo’riqnomasi bo’lishi shart. Ijro nazorati inspektori xizmat vazifasi yuzasidan direktorga bo’ysinadi. Har o’quv yilida ijro nazorati inspektori yillik ish rejasini tuzadi va shu reja asosida ish olib boradi.Ushbu uslubiy qo’llanmada “Hujjatlar ustida ishlash tartiboti haqida” amaliy yordam namunalari yoritilgan.
Mazkur qo’llanmada ta`lim muassasalari ma`muriyati tomonidan hujjatlar ijrosini nazorat qilish ishlarini tashkil etish borasidagi bajarilishi lozim bo’lgan vazifa va tavsiyalarni mujassamlashtirgan. Mazkur uslubiy qo’llanma o’rta maxsus kasb-hunar ta`limi muassasalari rahbariyati, kadrlar bo’limi nozirlari, ijro nazorati inspektorlarri uchun mo’ljallangan.

Download 90.23 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling