Journal of Advanced Research and Stability
ISSN: 2181-2608
www.sciencebox.uz/
147
“Aniq va tabiiy fanlar ta’limida raqamli texnologiyalarni qo‘llash”
Special Issue | 2022
IQTISODIY ISLOHOTNING HOZIRGI BOSQICHIDA BUXGALTERIYA HISOBI
TIZIMINING HOLATINI BAHOLASH MUAMMOLARI
Ibragimova Zarema Zokirovna
Fargʻona politexnika
instituti, assistent
Annotatsiya: Maqola iqtisodiy islohotlarning hozirgi bosqichida moliyaviy hisobotlarning
xalqaro standartlari boʻyicha buxgalteriya hisobini tashkil etish masalalariga bagʻishlangan
boʻlib, duniyo amaliyoti yutuqlari, milliy buxgalteriya hisobini tizimiga joriy etishning asosiy
yoʻnalishlari oʻrganildi. Milliy buxgalteriya hisobi va xalqaro moliyaviy hisobot
standartlarining asosiy tamoyillarini tahlil etish natijasida asosiy nomuvofiqliklar aniqlandi.
Milliy hisob tizimining jahon hamjamiyatiga integratsiyalashuvidagi asosiy yutuqlar bayon
etildi. MHXS asosida buxgalteriya hisobini isloh qilishning ustuvor yoʻnalishlari boʻyicha
takliflar berildi.
Kalit soʻzlar: moliyaviy hisobotlarning xalqaro standartlari, hisobot, standartlari, moliyaviy
hisobot, tartibga solish, davlat dasturi, buxgalteriya siyosati.
Kirish. Hozirgi vaqtda buxgalteriya hisobini davlat tomonidan tartibga solishning tobora
qisqarishi
sharoitida, uning oʻz-oʻzini tartibga solishning ahamiyati ortib bormoqda, bu esa
professional oʻz ishiga ijodiy
yondasha oladigan, tashabbuskor, kadirlarni shakilantirish hamda
rivojlantirish yoʻllarini topish va oʻzini takomillashtirish usullarini aniqlashni dolzarb msala
sifatida kun tartibig olib chiqmoqda.
Hisobning paydo boʻlishi bevosita kishilik jamiyatining vujudga kelishi bilan bogʻliq.
Buxgalteriya hisobining qachon paydo boʻlganligiga kelsak aniq vaqtni aytish qiyin.[7]
Buxgalteriya asta-sekin, uzoq vaqt mobaynida jamiyat rivojlanishi bilan paydo boʻla boshladi.
Tarixiy ma‟lumotlarga koʻra, ibtidoiy jamoa tuzumi davrida hisobdan foydalanishgan.[8] Qabila
boshligʻi oʻz qabilasini saqlab qolish
uchun qaysi fasl qachon keladi, qabilasida qancha odam
bor, ular uchun qancha oziq-ovqat toʻplash kerak kabi hisob-kitoblami amalga oshirgan. [9]
Hozirda ham jamiyatning bir boʻlagi hisoblangan har bir oilaning oʻz hisob-kitobi bor. Qaysi
oilada hisob-kitob yaxshi yoʻlga qoʻyilgan boʻlsa, oʻsha oilaning turmush sharoiti yaxshi.
Bundan koʻrinib
turibdiki, hisob insonlarning hayotiy hamkoridir.