Markaziy mamlakatlarida xor sanatininng rivojlanishi


Download 1.14 Mb.
bet1/8
Sana22.02.2023
Hajmi1.14 Mb.
#1222119
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
MARKAZIY MAMLAKATLARIDA XOR SANATININNG RIVOJLANISHI


MARKAZIY MAMLAKATLARIDA XOR SANATININNG RIVOJLANISHI
Reja:
2. Bolalar xoriga asar o’rgatish usullari
2. Xor asarlari ustida ishlash va ko’p ovozlikka o’tish
2. O’tkazilgan sinov tajriba ishlari
O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida” gi Qonun va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” asosida ishlab chiqilgan Davlat ta’lim standarti barcha fanlar qatori musiqiy fanlarni o‘qitishga ham ma’lum talablar qo‘ydi. Davlat ta’lim standarti talablari asosida, avvalo ta’lim tizimining asosiy bo‘g‘inlaridan biri bo‘lgan umumta’lim maktablarida o‘qitiladigan “Musiqa madaniyati” darslari uchun maxsus na’munaviy o‘quv dasturi ishlab chiqildi va hayotga tadbiq qilindi. Hozirgi davrda musiqiy fanlarni o‘qitish yuzasidan ta’lim tizimining barcha bo‘g‘inlari uchun Davlat ta’lim standartlari va na’munaviy o‘quv dasturlari ishlab chiqilgan. Lekin, “Musiqa madaniyati” darslarini standart talablari va na’munaviy o‘quv dasturlari asosida o‘tish yo‘lida bir qancha muammolar to‘planib qoldiki, bu muammolarni oqilona hal qilish hamda ishni to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish uchun birgina musiqa fani o‘qituvchisining imkoniyati yetmaydi. Avvalo shuni aytish kerakki, “Ta’lim to‘g‘risida” gi Qonunda barcha fanlarning uzluksiz ta’lim tizimi bosqichlari (maktabgacha ta’lim, umumta’lim, o‘rta maxsus ta’lim, oliy ta’lim va oliy ta’limdan so‘nggi ta’lim) da o‘z yo‘nalishlari bo‘yicha muntazam va uzluksiz ravishda o‘qitilishi ko‘zda tutilgan. Bu esa, “Ta’lim to‘g‘risida” gi Qonun talablariga to‘g‘ri keladi va bir qator muammolar tug‘dirmoqda. Muammolarning birinchisi shundan iboratki, har bir bola yashash va ta’lim olish jarayonida qandaydir fanga yoki sohaga qiziqa boradi. Shu jumladan, maktabgacha tarbiya muassasalari hamda umumta’lim maktablarida o‘qitiladigan musiqa mashg‘ulotlari va darslari, bolalarning ma’lum qismini ushbu sohaga qiziqtiradi. Ularda kelgusi hayotlarida musiqa ilmiy va ijodiyoti sohasi mutaxassisi bo‘lish ishtiyoqini hosil qiladi. Shunday ekan bolalarni o‘z qiziqishlariga ko‘ra tanlash, rag‘batlantirish va kelgusida shu sohada bilimlarini oshirishlari uchun kerakli shart-sharoit yaratish lozim.
Musiqa janrlari ichida eng “demokratik va ommaviy xususiyatga” ega bo‘lgan tur — bu xor san’atidir. U kishilarimizning kundalik hayoti bilan chambarchas bog‘liq bo‘lib, ularni g‘oyaviy-estetik jihatdan tarbiyalaydi.
Mashhur musiqa nazariyotchisi, faylasuf, bastakor va musiqa madaniyati shakllanish davrining asoschilaridan biri B. Asafyev fikricha, xor san’ati musiqani tushuna bilish vositasidir.
Xor san’ati ommani «estetik ruhda tarbiyalash bilan birga, kishilarni xalq qo‘shiqlari ijodiyoti durdonalari, o‘zbek, rus va chet el klassik vokal-xor asarlari namunalari bilan tanishtiradi, ularning ma’naviy dunyosini boyitadi.
Xor san’ati ommani musiqaviy tarbiyalashda kishilarni loqayd eshituvchi emas, balki faol qatnashchilarga aylantiradi. Ba’zi bir ijtimoiy kuzatishlarga qaraganda, havaskorlik xor kollektivlarida astoydil qatnashgan kishilar hayotda ham, ishlab chiqarishda ham serg‘ayrat bo‘ladilar. Xor shunday bir san’atki, unda adabiy va musiqiy ijodiyot o‘zaro uyg‘unlashib, yaxlit badiiy obraz yaratiladi. Bu san’at doimo xalq qo‘shiqchilik ijodiyoti bilan bog‘liq bo‘lib, xususan, o‘zbek , rus va ayrim boshqa qardosh xalqlar milliy musiqa madaniyatining shakllanishi va rivojlanishida muhim rol o‘ynab kelgan. Xor san’ati ijodiy rivojlandi, u ko‘p millatli xarakterga ega bo‘ldi..
O‘tmishda professional xor ijrochiligiga ega bo‘lmagan qator qardosh respublikalarda yangi xor san’ati o‘ziga xos yo‘llar bilan shakllana bordi. Mazkur xalqlar o‘zlarining milliy an’analariga tayangan holda musiqa madaniyatlarini yarata boshladilar. Bu muhim ishni amalga oshirishda ilg‘or rus musiqa madaniyati va xor ijrochilik tajribasi ham katta rol o‘ynadi.
Tarix o‘tmishida xalqlar hayotida sodir bo‘lgan ijtimoiy o‘zgarishlar bilan birga, musiqa olamida ham, xususan, xor san’atida ham yangi yo‘nalishlar paydo bo‘ldi.
Shunday qilib, xor san’ati keng tarqalgan va ko‘p turlarga ega bo‘lgan janr.Ta’kidlaganimizdek, umumestetik tarbiyaning muhim tomonlaridan biri, musiqiy tarbiya hisoblanib, xor san’ati esa musiqa madaniyatining tarkibiy va eng xalqchil qismini tashkil qiladi.
Xor san’ati madaniy hayotimizda keng o‘rinni tutgan, inson shaxsiyatini shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etadigan san’at turidir. Xor musiqa tarbiyasi esa, nafosat tarbiyasining asosiy va murakkab qirralaridan biridir, u atrofdagi go‘zal narsalarni to‘g‘ri idrok etishga va qadrlashga o‘rgatadi. O‘quvchilarga nafosatli tarbiya berishda umumta’lim maktablaridagi, musiqa madaniyati darslarini ahamiyati katta. O‘quvchilar nafosat hissini, san’at sirlarini tushunishni va qadrlashni, san’atdan bahramand bo‘lishni, avvalo maktablarda o‘rganadilar. Nafosat didini shakllantirish uchun esa, musiqa madaniyati darslari bilan bir qatorda sinfdan tashqari musiqa tarbiyasini ahamiyati katta. Chunki, sinfdan tashqari musiqa tarbiyasining ommaviy va to‘garak shakllarida bolalar yalpi tarzda jalb etiladi. Zotan, xor musiqa tarbiyasi sozanda yoki xonandani emas, eng avvalo insonni tarbiyalaydi O‘sib kelayotgan yosh avlodni musiqa, go‘zallik olamiga olib kiradi. Chunki, musiqa inson hayotiga kuchli ta’sir ko‘rsatish imkoniyatiga ega va ahloqiy-nafosat tarbiyasining muhim vositasidir. Inson musiqa bilan ona allasi orqali tanishib, umrbod musiqadan zavq topadi. Musiqadan ozuqa olish uchun esa, inson yuksak madaniyatli, sof qalb egasi, go‘zallikni xis eta oladigan bo‘lishi kerak. Olimlardan birlari: «Odam shaxs bo‘lishi uchun, u ruhiy tomonidan rivojlanishi, o‘zini bir butun inson deb his qilmog‘i kerak» - degan edi.
Dirijyor asarni har tomonlama o‘rganib bo‘lgach, o‘zining tuzgan ish rejasi asosida uni xonandalarga o‘rgatishga kirishadi. Asar ustida olib boriladigan ishning asosiy qismi asarni xorga o‘rgatish jarayonida bajariladi va xor ishining asosini ham shu asarni o‘rganish protsessi tashkil qiladi. Chunki asarni o‘rganish bilan birga, xorda vokal-xor ishlari olib boriladi.. Xonandalarga qo‘shiq o‘rgatish paytida ular yaxshi muzika namunalari bilan tanishadilar. Ularning muzikaviy ongi, madaniyati, didi o‘saveradi. Ijro malakalari osha boradi, vokal ko‘nikmalari shakllana boradi. Xonandalarning melodik va garmonik eshitish, hamohang (ansambl) bo‘lib kuylash va notani tez o‘qish va to‘g‘ri intonatsiya qilish qobiliyati takomillasha boradi.
Xorga asar o‘rgatishning turli usul va metodlari ijrochilik tajribasida ma’lum. Oddiy qilib aytganda, asar, avvalo texnik tomondan o‘rganiladi. Keyin uning badiiy ijrosi (sayqallash) ustida ish olib boriladi. Umuman, asarni o‘rganishdan oldin uni eshittirish ham muhim rol o‘ynaydi.
Shunday qilib, asar o‘rgatish jarayonini shartli ravishda uch qismga bo‘lish mumkin:
— asarni xonandalarga eshittirish;
— o‘rgatish;
— mustahkamlash va badiiy ifodali qilib aytishga o‘rgatish ishlarini tugallash.
Asarni xonandalarga eshittirishdan oldin uning mualliflari (so‘z va musiqa) haqida va asar mazmuni to‘g‘risida tushuncha berish lozim. Ijrochilarni asar bilan tanishtirishda ularga asarning asosiy mazmunini tushuntirish kifoya. Shundan so‘ng asarning badiiy, ta’sirchan ijrosi eshittiriladi.
Dirijyor shuni esda tutishi kerakki, asarni xonandalarga ta-nishtirishida ijro yaxshi bo‘lmasa, zng yaxshi yozilgan qo‘shiq ham xor qatnashchilarida yaxshi taassurot qoldirmasligi va ularda asarga nisbatan qiziqish uyg‘otmasligi mumkin.
Asar, albatta, ma’lum bo‘laklarga bo‘lingan holda o‘rgatiladi. Ma’lumki, ko‘pchilik hollarda qo‘shiqlar shaklan ikki qismdan iborat bo‘ladi. Qo‘shiqning kirish qismi — daromad va ikkinchi qismi naqoratni tashkil qiladi. O‘z navbatida, har ikkala qismi ham jumlalarga bo‘linadi. Qo‘shiqni mana shu frazalarga bo‘lib o‘rgatiladi. Qo‘shiq har bir xor partiyasiga alohida o‘rgatilib, keyin birgalikda kuylanadi.
Aytganimizdek, boshda asar texnik tomondan, ya’ni uning adabiy teksti, ritmik tuzilishi o‘rganiladi va solfedjio qilinadi.
Asar texnik tomondan o‘rganilayotgan davrda xonandalarning taktdagi hissalarni dirijyorlik (taktirovaniye) qilib borishi yaxshi foyda beradi. Buning uchun ular dirijyorlik shakllarini (sxemalarni) bilishlari kerak.
O‘rgatiladigan asar shaklan har xil (bir, ikki, uch, to‘rt va h. k.) qismlarda bo‘lishi mumkin. Lekin ularni xorga o‘rgatish metodn yuqorida qayd qi-linganidek bo‘ladi.
Asar o‘rganishni asarning melodik-intonatsion tuzilishiga qarab , har xil ovozdan boshlash mumkin. Masalan, ancha tajribaga ega bo‘lgan xorlar uchun avval birinchi ovozni (asosiy kuyni) eshitish va o‘rganishdan boshlash qolgan ovozlarni o‘rganishga birmuncha qulaylik tug‘diradi. Chunki tajribali xonandalar asosiy kuyni anglamay, o‘z partiyalaridagi kuyni hamohanglikda ayta olmaydilar. Ular uchun asosiy kuyni eshitib, o‘z kuylarini aytishi partiyalarni bir-biriga moslashtiradi, shunda partiyalar bir butunlikda yangraydi. Asosiy kuy xonandalarga kuylash, eshitish va nazorat qilib borish imkonini beradi. Aksincha, tajribasizlik xorlarda avval asosiy (yuqoridagi) kuy birinchi ovozda o‘rgatilsa, uni boshqa ovozdagi xonandalar ham eshitib, o‘z partiyalaridagi kuyni aytishda adashishlari mumkin. Shuning uchun har bir asarni o‘rgatishda uning melodik-intonatsion tuzilishiga qarab ish tutish maqsadga muvofiqdir.

Asarni xor partiyalari bilan alohida o‘rganishning o‘z afzalliklari bor. Birinchidan, kuyni xonandalar tez va aniq o‘rganadilar. Ikkinchidan esa, alohida partiyada xonandalar ovozining bir tekisligiga, yaxshi ansamblga, sozga, to‘g‘ri va aniq so‘z talaffuziga erishish mumkin.
Qo‘shiq o‘rgatishni boshlashda xor rahbari avval qo‘shiqning o‘rgatiladigan qismini bir-ikki marta chalib (yoki ovozi bilan aytib) eshittiradi. Qo‘shiq bo‘lakchasining kuyi bir oz esda qolgach, shu jumla so‘zi bilan past ovozda ayta boshlash kerak.
Aytganimizdek, yangi ibora oldingisi bilan qo‘shib yuborilishi lozim. Aks holda iboralar alohida o‘rganilib, ular orasida bog‘lanish bo‘lmaydi va asarni bir butun tasavvur qilish qiyin bo‘ladi. Shuning uchun ham qo‘shiq bir butun, lekin jumlalarga bo‘lib o‘rgatiladi. Umuman, bir jumla puxta o‘zlashtirilmay, ikkinchisiga o‘tmaslik kerak, ammo agar kuyini o‘zlashtirish juda qiyin jumla uchrasa, asarning davomini o‘rganaverish lozim va xonandalar ma’lum bir epizod yoki muzikaviy gap bilan tanishtirilgach, oldingi jumla kuyini yana qaytarilsa, uni o‘zlashtirish birmuncha yengil bo‘ladi. Urgatish davomida rahbar tekstning aniq talaffuzini, ritmlarini, tovush xarakterini, to‘g‘ri nafas olishni ko‘rsatib va takrorlatib turishi kerak.
Shuningdek, murakkab jumlani tinmay qaytaravermasdan, balki ijrodagi ayrim xatolarni aniqlashi va shunga mos mashqlardan foydalanish mumkin. Talaffuzdagi ayrim nuqsonlarni keyingi mashg‘ulotlarda yo‘qotib borish kerak. Masalan, eslab qolish qiyin interval («sakrashlar») uchrasa, o‘sha interval tovushlarini yukoridan pastga yoki pastdan yuqoriga qarab solfedjio qilish va alohida takrorlash yo‘li bilan eslab qolish mumkin. B. Umidjonov qayta ishlagan o‘zbek xalq qo‘shig‘i «Qora soch» asari bunga misol bo‘la oladi .
Asar texnik jihatdan o‘rganilgandan so‘ng xor rahbar boshchiligida uning badiiy ijrosi ustida ishlashga kirishadi. Bunda asarning badiiy g‘oyasini ochish, obrazlari, xarakteri va ijro uslubi (stil) ustida ish olib boriladi. Har bir kichik yoki katta muzika jumlasi ma’lum notalar yig‘indisidan iborat. Shu kichik-kichik muzika bo‘lakchalari ritm va talaffuz jihatdan xonandalarga tanishligini hisobga olib, uni jumlalash, ya’ni har bir kichik muzika bo‘lakchalarini ijro qilishga o‘tiladi. Muzikaviy iboralar boshlanish, yuqori (avj) va oxirgi qismlardan iboratligi uchun ularning so‘z va muzika, logik urg‘ularini bilib ijro qilinadi. Har bir muzikaviy jumla o‘rtasida ovoz sal kuchayib, oxiri esa yumshoqroq ijro qilinishi darkor. Ovozni kuchaytirish (o‘rta qismda) va kuchsizlantirish (oxirida) natijasida ifodali ijroga erishiladi. Har bir muzika bo‘lakchasini bir maromda (tovush kuchida) kuylamay (agar fakturada avtor tomonidan bir xil nyuans belgisi qo‘yilgan bo‘lsa ham), balki nyuanslardan foydalanish va ifodali ijroga erishish lozim. Asarni jumlalarga ajrata olish (bo‘laklarga bo‘la olish) katta mahoratdir.
Xor asarining badiiy mazmunini ochish uchun uning to‘g‘ri ijro tempini topa olish alohida o‘rin tutadi. Chunki asar kompozitor tafakkuriga binoan, ma’lum temp «chegara»sida ijro qilinmasa, uning asl ma’nosi eshituvchilarga tushunarli bo‘lmaydi. Masalan, M. Burhonovning «Lenin partiyasiga oda», A. Xolminovning «Lenin haqida qo‘shiq» asari kabi tantanavor va B. Umidjonovning «Go‘zal» (jo‘rsiz xor) kabi lirik xarakterli asarlarining ijro tempi bir oz tezlashtirilsa, asar xarakteri buziladi. Tantanavor ruh-dagi asarda tantanavorlik, lirik asarda esa mayinlik yo‘qoladi.
Asardagi dinamik tuslarning aniq bajarilishi, poetik tekstning emotsional va aniq talaffuzi uning badiiy ta’sirchanligini oshiradi.
Asar o‘rganilgach, unga sayqal («vpevaniye») berish davri bosh-lanadi va xor asarning asl ma’nosiga tushungan holda, uni ijro qila boshlaydi.
Shunday qilib, asar texnik, badiiy tomondan mukammal o‘rganilib va sayqal berilgach, general mashg‘ulotlarga o‘tish mumkin.
General repetitsiyadan so‘ng xor konsertga chiqishi mumkin. Shuni ham aytish kerakki, asar xonandalar ongiga singib yetmasdan va ijro hamohang sadoga ega bo‘lmay turib, uni tomoshabinga havola qilib bo‘lmaydi.
Ijrochilar dirijyorning har bir harakati-yu nozik imo-ishoralariga rioya qilib, asarni bexato-benuqson ijro etishlari va shu jarayonda asarning badiiy obrazlarini ta’sirchan ifodalay olishlari zarur. Ana shundagina dirijyor bilan xor kollektivi o‘rtasida ijodiy yakdillik yuzaga keladi va asar ijrosi tinglovchiga ham, tomoshabinga ham manzur bo‘ladi.
General mashg‘ulot ko‘pincha konsertga chiqishdan oldin bir marta, ba’zida esa, ikki va hatto uch marta o‘tkazilishi ham mumkin.
San’at – bu insonga xos shunday faoliyat turiki, uning vositasida bir inson o‘z boshidan kechirayotgan hissiyotlarni tashqi belgilar orqali boshqalarga yetkazadi, ular yesa bu hissiyotni o‘z qalblariga ko‘chiradilar.
Xor, ya’ni jamoa deb maxsus tashkil qilingan, vokal-xor texnikasiga, badiiy-ifoda vositalariga ega bo‘lgan va shu vositalar orqali ijro qilinadigan asarning mazmunini eshituvchilarga yetkazib bera oladigan ijrochilarni atash mumkin. Xorga musiqa qobiliyati bor, ya’ni musiqaviy xotiraga, eshitish qobiliyatiga, ritmga va shirali ovozga ega bo‘lgan kishilar qabul qilinadi.

Xorga qo‘shiq aytishga moyil va qo‘shiq aytish qobiliyatiga, qaysi partiyaga mansubligi, ma’lum ovoz balandligi (diapazoniga), yoqimli, chiroyli tembrga, ovoz kuchliligi, ovoz barqarorligi, ovoz chidamliligi kabi sifatlarni o‘zida mujassamlashtirgan kishilar tanlanadi. Shuningdek, ijrochilarning intonatsiyaning tozaligi (sluxi), musiqiy xotirasi, nutqi (so‘z talaffuzi), ritmni sezish qobiliyati, musiqiyligi, notani o‘qiy olish (solfedjio) kabi muhim tomonlarini tekshirib ko‘rish foydali va maqsadga muvofiqdir. Ovozlar tembri xarakteriga qarab joylashtirilgandan so‘ng vokal-xor malakalarini o‘stirish uchun muntazam ravishda o‘quv-tarbiya ishlari olib borilishi lozim.


Xorda olib boriladigan vokal ishlarining asosiy maqsadi ijrochilarda to‘g‘ri kuylash malakalarini o‘stirishdan iboratdir. Vokal ishlariga:
- xorning muhim elementlari ustida ishlash (hamohanglikka, yaxshi sozga, so‘z talaffuziga, badiiy ifoda vositalariga erishish);
- to‘g‘ri nafas olish, vokal tovush barpo qilish va uni shakllantirish.
Vokal-xor texnikasiga, asosan, nafas, tovush hosil qilish, uni cho‘zish, dinamika, intonatsiya va diksiya malakalari kiradi. Xor ijrochilari yaxshi vokal texnikaga ega bo‘lmasa, u xorning ijrosida na uyg‘unlik (ansambl), na tiniq soz, na aniq talaffuz va badiiy ifoda bo‘ladi. Shuning uchun xorda har doim vokal-xor texnikasini rivojlantirish va ularni takomillashtirib borish zarur. Chunki xorda yaxshi ansamblga, sozga, dinamik mustahkamlikka, diksiyaga va tembr bo‘yoqlariga erishishda vokal “fundament” mustahkam bo‘lishi kerak.
Yaxshi tembrli ovoz badiiy ijro vositalaridan biri ekan, ovoz sifatini yaxshilash ustida ko‘proq ishlash lozim. Ovozni to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish qiyin protsess hisoblanib, ovoz apparatining to‘g‘ri holatda bo‘lishi va ovoz chiqarishi, ovozni cho‘zib tura olishi, nafas tayanchiga erishish kabi muhim jarayonlarni o‘z ichiga oladi. Xorda ovozning “ochiq” bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaslik kerak. Yarim yopiq (“niqobdor”) ovozda kuylash asosan, akademik ijro uslubiga mansubdir. Bu ko‘nikmani o‘zlashtirish uchun yuqori tanglay maksimal ko‘tarilib, tovush yarim yopiq holda og‘iz bo‘shlig‘idan chiqishini va bunda artikulyatsiya apparati (og‘iz, lab, tish, til, tanglay) ham ishtirok etishini yaxshi tushunish kerak. Xor rahbari esa, xonandalarga bu jarayonni amalda ko‘rsatib berishi lozim bo‘ladi.
Xorda so‘z va musiqa bir-biri bilan bog‘liq ekan, har ikkalasi ustida jiddiy ish olib boriladi. So‘zning aniq va to‘g‘ri talaffuzi ovozning intonatsiyasiga, sifatiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Mashhur qo‘shiqchi F.I.Shalyapin “yaxshi aytilgan so‘z – uning yarim kuylanganidir”, degan edi.
Xor ijrosining asosiy badiiy-ifoda vositalariga – asarning g‘oyaviy mazmunini ochib berish hisoblanadi. Agar xor ijrochilari yaxshi intonatsiyaga va sozga, ansamblga va so‘z talaffuziga, vokal-xor texnikasiga ega bo‘lsa-yu, uning ijrosi badiiy ifodaga ega bo‘lmasa unda ijro qilinayotgan asarning g‘oyaviy-badiiy mazmuni tinglovchilarga yetib bormaydi. Ijroda badiiy ifoda tinglovchilar qalbini hayajonga soladi, ma’naviy oziq beradi hamda asar muammolarini tasavvur etishga ko‘maklashadi.
Xorda yaxshi sozga, sof intonatsiyaga va ansamblga erishishdan qat’iy nazar, unda nyuanslar, dinamika va jumlalash kabi ijro vositalari yetishmasa, uning ijrosi jonli, emotsional, qiziqarli bo‘lmaydi.xorda olib boriladigan barcha ishlar badiiy-ifodali ijri bilan chambarchas bog‘liq bo‘lishi zarur.
Ijodiy muhit rahbar va xor jamoasining hamkorligida yaratiladi. Ijodiy ishni, intizomni yo‘lga qo‘yishda, oldinga qo‘yilgan maqsadga erishishda xor rahbari, dirijyorning mustahkam irodasi va talabchanligi muhim rol o‘ynaydi. Musiqachilar jonsiz jismda ijro etsa va uning ijrolari cholg‘uning sifati hamda o‘zlarining mahoratlariga bog‘liq bo‘lsa, dirijyor ko‘plab bir-biridan farq qiluvchi insonlar bilan ishlaydi. U o‘z oldida turgan xor ijrochilarini bir jamoada to‘plab, ularni shunday birlashtirishi kerakki, bu jamoa uning boshqaruvida xuddi yaxshi sozlangan musiqa cholg‘usidek yangrashi lozim. U jamoa ijrochilarining xarakterlarini bilishi, ular bilan munosabatga kirishganda individual yo‘l tutishi, oldinga qo‘yilgan vazifalarni bajarishda hammaga bir xil talab qo‘yish maqsadga muvofiqdir

Download 1.14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling