Masalalar mufassal javoblar va ko'rgazmalar bilan ta'minlangan


Download 119.38 Kb.
bet1/7
Sana23.04.2023
Hajmi119.38 Kb.
#1382772
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Fizikadan qiziqarli savollar


Ushbu qo'llanmada kunlik hayotimizda uchraydigan hddisalar va tabiat muammolarini o'zida aks etgan masalalar qiziqarli usulda bayon etilib, foydali ma'lumotlar keltirilgan.
Masalalar mufassal javoblar va ko'rgazmalar bilan ta'minlangan.
Mualliflar yozgan qullanma o'quvchilarni kitobga bo'lgan qiziqisllini va ulaming sinchkovlik tuyg'ularini uyg'otib, tabiat hodisalariga nisbatan qiziqisllini orttiradi.
Qarshi davlat universitetining 2011 yi! 3-sentabrdagi
ilmiy kengashi yig'ilish qaroriga rnuvofiq
nashrea ruxsat etilgan
...... 1 |
Tflqrizchilar: Xayriddinov B.E., Qar DU fizika va uni o'qitish
metodikasi kafedrasi professori. Tursunov Q., QMII umumiy fizika kafedrasi mudiri, dotsent.

M .UNDARIJA


Kirish . . . .-,. . 4

  1. Masala- hazil 5

  2. Ziyraklar uchun misol va masaialar 7

  3. Ijodkorlar uchun masaialar 10

  4. Masala-hikoya 12

  5. Oy sayohatchilari- uchun masaialar , 19

  6. Har to'g'rida savol va masaialar 21

  7. Bilish vaesda saqlash foydali 25

  8. Ko'rgazma va javoblar ...29

Foydalanilgan adabiyotlar ...47
3
KIRISH
"Dunyoda kitobdan ko'ra yoqimhroq do'st, undan ortiq g-amxo'r yo'q, unda yuz rohat bor, hech qachon ozor yo'q"
Abdurahmon Jomiy
Oxirgi yillarda yoshlarimiz televizor, kompyuter va intemetlarga ko'proq e'tibor berib, kitob o'qishni unutib qo'ymoq-clalar. Buning asosiy sabablaridan biri televizor ko'rsatuvlari va kompyuter o'yinlarining kitobga nisbatan qiziqarli ekanligi, lear­ning toliqtirmasligidir. 11m asoslarini tushunib yetmoq iichun kerakli ma'lumotlarni qayta o'qimoq zarur. Buning uchun. kitob kerak. Boshqa biron vosita har qanday zamonaviy bo'lmasin, kitob-ning o'mini ololmaydi. «Qachonki odam kitob o'qishni to'xtatsa, llkrlashi ham oxirga yetadi» degan edi, mashhur faylasuf D.Didro. Kitob o'qish faqat yangi aniq bilim berib qolmay, yana tafakkurning taraqqiy etishi va eslab qoiish qobiliyatini kuchayishiga sabab bo'ladi. Ibn Sino hazratlari mo'jizali xotiraga ega bo'lib, hammani hayratga qoldirar ekanlar. U kishi xotirlash mashqini yoshlikdan boshlaganlar. Takror o'qish, doimiy mashq natijasida kerakli ma'lumotlarni esda saqlab, zarur bo'lganda foydalanardilar.
Bilim olish,o-lgan bilimni mustahkamlash va xotirani tai'biyalashning bir yo'H har xil masalarni yechishdir. Masalani yecllish fikrlashga majbur etadi. Bu esa inson miyasiga bo'lgan imkoniyatlarni hayotga ko'proq foydalanishga imkon beradi.
Ushbu qo'llanmada kunlik hayotimizda uchraydigan hodi-salar vatabiat muammolarmi o'ziga aks etgan masalalar keltirilgan. Ulaming aksariyatini yechish maxsus bilim va murakkab hisobni Lfllab etmaydi. Kuzatuvchanlik,mantiqiy flkrlash va hayotiy tajriba-lar, miyani ishlatish masalalarning javobini topish uchun kifoyadir.
Uquvchilarni e'tiborini qo'llanmaga jalb etish va ular kilobni qo'rqmasdan qo'lga olishlari maqsadida keltirilgan masala-hinii «qiziqarli masalalar» deb atadik. Haqiqatdan ham olingan masalalar maktab darsliklarida berilgan masalalardan mazmuni va bftyoni jihatidan farq qiladilar.
A
mumkin.
Masalalar mufassal javoblar va ko'rgazmalar bilan to'la ta'minlangan. Bizning fikrimizeha, masalani o'qib, birdan javobiga qarash maqsadga to'g'ri kelmaydi. Eng avvalo, masalani o'qib, uning mazmuni, taiab qilingan javobi atrofida yaxshilab o'ylab, yechimini topib, undan keyin uni berilgan javob bilan solishtirmoq lozim.
Ushbu qoilanma o'quvchilarni kitobga nisbatan qiziqishini o'yg'otib, ularoing sinchkovlik tuyg'ularini, yashash muhiti hodisalariga nisbatan orttiradi.
Masala-hazil

  1. Stol ustida sakkizta sham yonardi, ulardan uchtasini o'chirdilar. Nechta sham qoladi?

  2. Uyning to'rt burchagida to'rt mushuk, ulaming har birining qarshisida uchtadan mushuk turibdi. Uyda nechta mushuk bor?

  3. Yetti dona pishirilgan (qaynatilgan) tuxumni, yetti kishiga shunday taqsimlash kerakki, har biriariga bittadan tuxum tegib, idishda yana bir tuxum qolsin. ;

  4. Kechasi soyaga qarab Yer qutblarini qanday aniqlasa bo'ladi?

  5. Sichqon uyasidan 20 sichqon qadami masofada,mushuk esa sichqondan, besh mushuk sakrashi masofada turibti. Mushukning bir sakrashi sichqonni o'n qadamiga teng boiganda, mushuk sichqonni tuta oladimi?

6. Akmaljon o'rtoqlarining necha yoshdasan degan
savollariga shunday javob berdi: «Ikki kun oldin 10 yoshli edim,
kelgusi yilda o'n uch yoshga to'laman».
Shunday bo'lishi mumkinmi? Akmaljon hazil qildimi yoki chinmi?
7. Qulog'i og'ir chol Qarshi bosh kanalidan baliq tutar edi.
Kutilmaganda, uning to'riga oltin baliq tushdi.
Baliq tilga kirib dedi:
- Meni qo'yib yubor, seni xursand qilaman. Choi baliqqa e'tibor bermay, to'rni suvdan torta boshladi.
Seni baliqchilar sardori etaman. Bu so'z ham cholga ta'sir qilmadi.
5
Sen va kampiring uchun kanal qirg'og'ida hashamatli qasr qurib beraman!
Choi parvosiz baliqrii to'rdan olib xaltasiga solmoqchi bo'ldi. Oltin baliq bo'g'ilib, dumini har tomonga urib yolvofdi:
Meni qo'yib yubor. Nima istaging bo'lsa bajaraman!
Choi oltin balikni xaltasiga'solib, uyi tomon yo'l oldi.
Nima uchun chol xudo bergan davlatdan yuz o'girdi? 8. Obod xolani voyaga yetgan uchta qizlafi bor edi. Ularriing ikkitasini erga tegish istagi bo'lib, uchinchismiki yo'q edi. Qizlar bu sirni hech kimga aytmas edilar.
Obod xolani uylariga kunda sovchi kelishi sababli, eru-xotin maslahatlashib, qizlardan birini, bu yil erga berib, to'yini o'tkazmoqchi bo'ldilar. Ammo, qaysi birini?
Obod xola sovchilami va qjzlarini ranjitmaslik uchun shunday shart qo'ydilar:
Bu yil qaysi qizimri! choy damlash uchun qo'ygan suvi birinchi bo'lib qaynasa, o'shani uzataman. Keyin, Obod xola uchta bir xil choynakka baravar suv solib, qizlariga berdi va choyniklarni katta elektr isitgich ustiga qo'yishni buyurdi.
Hammadan oldin to'y bo'lishni istamagan qizning choyniki qaynadi.
Nega bunday bo'ldi?
9. Dehqonga daryoning bir qirg'og'idan ikkinchi qirg'og'iga bo'ri, qo'zi va o't bog'ini o'tkazish kerak bo'ldi. Lekitt, uni qayig'i kichik bo'lib, dehqon o'zi bilan ulami faqat birovini olardi. Qiyinchiligi shundaki, u o'tni olsa, bo'ri - qo'zini, bo'rini olsa, 'qo'zi o'tni yer edi. Nima qilmoq kerak?
Qanclay qilib, dehqon narsalarini tinch ikkinchi qirg'oqqa o'tkazishi inurnkin?

Download 119.38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling