Mavzu: O’rmon xo’jaligining texnikaviy shakllari Reja: O’rmon xo’jaligida ishlab chiqarish vositasi energetika turlari
Download 0.49 Mb.
|
O’rmon xo’jaligining texnikaviy shakllari
- Bu sahifa navigatsiya:
- A n‘ana v iy e n e r giya m anb a lari
MAVZU: O’rmon xo’jaligining texnikaviy shakllari Reja: 1. O’rmon xo’jaligida ishlab chiqarish vositasi energetika turlari. 2. Traktorlarning ishchi jihozlari. 3. O’rmon maydonlarini tozalash mashinalarini turlari, tuzilishi va ishlash jarayonlari. 4. Xulosa. Ishlab chiqarish vositalarining energetika bazasi an‘anaviy va noan‘anaviy (qayta hosil qilinuvchi) energiya manbalaridan foydalanishga asoslangan. An‘anaviy energiya manbalari qattiq, suyuq yoki gazsimon yoqilg‘ida ishlovchi energetika vositalarini o‘z ichiga oladi. Noan‘anaviy energiya manbalari quyosh, shamol, geotermik suv, organik chiqindilar energiyasidan foydalanishga asoslanadi. Keyingi paytda noan‘anaviy energiya manbalaridan foydalanishga e‘tibor kuchaymoqda. CHunki bu manbalar amalda behisob bo‘lib, ularni qazib olish ehtiyoji yo‘q, ekologik jihatdan toza hisoblanadi. Odatda bu manbalar energiya vositalarida issiqlik, yorug‘lik va kinetik energiyalar mexanik energiyaga aylantiriladi. Mexanizatsiyalashtirilgan ishlarni bajaradigan energetik vositalar xarakatlanuvchi, qisman ma‘lum bir chegarada harakatlanuvchi va qo‘zg‘almas turlarga bo‘linadi. Xarakatlanuvchi energiya vositalari yerga ishlov berishda, qishloq xo‘jalik ekinlarini ekish, parvarishlash, hosilini yig‘ib olish hamda tashishda keng foydalaniladi. Traktor va avtomobillar, o‘ziyurar kombaynlar va turli motorlashtirilgan mashinalar harakatlanuvchi energetika vositalari turiga kiradi. Qisman ma‘lum bir chegarada harakatlanuvchi energetika vositalari kanatli yoki kanat-traktor tortish chig‘iriqlari, ko‘prikli tizimlarni o‘z ichiga oladi. Qo‘zg‘almas energetika vositalaridan issiqlik olish, elektr energiyasi hosil qilish hamda turli qishloq xo‘jalik mashinalari va qurollari yuritmalarini ishlatish uchun foydalaniladi. Ular tarmoqlardagi elektr energiyasidan hamda energetik yoki issiqlik ichki yonuv dvigatellaridan olingan energiya hisobiga ishlaydi. Qo‘zg‘almas energetika vositalari ko‘proq chorvachilik binolarini isitish, qishloq mahsulotlarini quritish, issiqxonadagi tuproqni isitish, yangi mahsulotlarni sovutish va muzlatishga hamda boshqa texnologik jarayonlarga sarflanadi. Elektr dvigatellari turli ishchi mashinalarda yuritma sifatida qo‘llaniladi (em-xashak tayyorlash, suv ta‘minoti va boshqalar). SHu maqsadlar uchun issiqlik ichki yonuv dvigatellari ham ishlatiladi. Ulardan avtonom elektr energiyasi manbalari sifatida keng foydalaniladi. Harakatlanuvchi va qo‘zg‘almas energetika vositalari keng tarqalgan bo‘lib, ular ishlab chiqarish jarayonlarini jadallashtirish va mehnat unumdorligini oshirishning asosi hisoblanadi. Download 0.49 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling