Mendeleyevning davriy qonuni


Download 274 Kb.
bet1/11
Sana20.06.2023
Hajmi274 Kb.
#1636213
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Mendeleyevning davriy qonuni


MENDELEYEVNING DAVRIY QONUNI
Davriy qonun va kimyoviy elementlar davriy sistemasi – kimyo fanining juda katta yutug’i va asosidir. Davriy sistema tuzishda atomning asosiy xususiyati sifatida atom massa qabul qilindi.
Birinchi marta A. Lavuaze 1789- yili “ Oddiy moddalar jadvali” ni tuzib unga o’sha paytda ma’lum bo’lgan 23 ta elementni kiritdi. 1814- yilda Berselius ma’lum bo’lgan 55 ta elementdan 46 tasini atom massasini to’g’ri aniqlab elementlar jadvalini tuzdi. 1829- yilda Debereyner atom massa asosida element triadadalarini – o’xshash elementlarning uchtalik oilalarini, A.de Shankurtua 1862- yili elementlarning silindirsimon jadvalini, L. Meyer 1864- yili elementlarning atom massalari ortishiga asoslangan jadvalni, J. Nyulends 1865- yili ekvivalentlar asosoida oktavalar qonunini yaratib davriy qonunining kashf etilishiga zamin tayyorladilar.
D.I.Mendeleyev 1869- yili tabiatning asosiy qonunlaridan biri bo’lgan kimyoviy elementlarning davriy qonunini yaratdi va quydagicha tariflashga imkon berdi: “ Oddiy moddalarning xossalari, shuningdek, elementlar birikmalarining shakl va xossalari elementlarning atom og’irlik qiymatiga davriy bog’liqdir”.
Dariy qonun kashf etilgan paytda faqat 63 ta kimyoviy element ma’lum edi. Bundan tashqari, ko’pchilik kimyviy elementlar uchun nisbiy atom massa qiymati noto’g’ri aniqlangan edi. Bu hol elementlarni sistemaga solishni qiyinlashtirardi, chunki D.I.Mendeleyev sistemalashda nisbiy atom massa qiymatini asos qilib olgan edi. Masalan, berilliyning nisbiy atom massasi 9 o’rniga 13,5 deb aniqlangan edi, bu berilliyni to’rtinchi o’ringa emas , balki oltinchi o’ringa joylashtirish kerak, degan so’z edi. Lekin, D.I.Mendeleyev berilliyning nisbiy atom massasi noto’g’ri ekanligiga ishonchi komil edi va shu sababli uni xossalariga qarab to’rtinchi o’ringa joylashtirdi. Shuningdek, ba’zi elementlarning ham atom massalarini tuzatdi va hali kashf etilmagan 29 element uchun bo’sh katakchalar qoldirdi. Davriy qonun va davriy sistema asosida D.I.Mendeleyev o’sha paytda hali kashf etilmagan yangi elementlar bor degan xulosaga keldi ; ulardan 3 tasining xossalarini batafsil bayon qildi va ularga shartli nom berdi – ekabor, ekaaluminiy, ekasilitsiy. D.I.Mendeleyev har qaysi elementning xossasini atom analoglarining xossalariga asoslanib aniqladi. Berilgan elementni davriy sistemada o’rab turgan elementlarni u analoglar deb atadi. Masalan, magniy elementining atom massasi atom analoglarining atom massalarining o’rtacha arfimetik qiymati sifatida hisoblab topildi., ya’ni :

D.I.Mendeleyevning bashoratlari keyinroq tasdiqlandi. Uchala element olimning hayotligidayoq kashf etildi, ularning oldindan aytilgan xossalari tajribada aniqlangan xossalariga mos keldi.


Galliyni – 1875- yilda Lekok de –Buabodran, skandiyni – 1879- yilda Nilson va germaniyni – 1886- yilda Vinkler kashf etdi.
Keyinchalik atom tuzilishi sohasida qilingan kashfiyotlar natijasida davriy qonunning zamonaviy ta’rifi yaratildi: “Kimyoviy elementlar va ular hosil qilgan oddiy hamda murakkab moddalarning shakl va xossalari elementlar atomlari yadro zariyadiga davriy ravishda bog’liq”.

Download 274 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling