Milliy g’oya va ma’nviyatga oid fanlarni o’qitishda shaxs xususiyatlarini hisobga olish. Fanga oid oqitishning turli metodlari


Download 64.88 Kb.
bet1/11
Sana20.03.2023
Hajmi64.88 Kb.
#1284972
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
3-maruza


3-mavzu: Milliy g’oya va ma’nviyatga oid fanlarni o’qitishda shaxs xususiyatlarini hisobga olish. Fanga oid oqitishning turli metodlari
Reja:

  1. Dars davomida bugungi kunda erkin, mustaqil fikrlovchi shaxsni tarbiyalashning dolzarb muammolari

  2. Milliy g‘oya va ma’naviyat ta’limida shaxs manfaatlari ustuvorligi

  3. Milliy g'oya va ma’naviyat asoslari darslarida fuqarolik burchiga itoatkorlikni shakllantirish masalalari

  4. Milliy g‘oya va ma’naviyatga oid fanlarni o‘qitishda an’anaviy va noan’anaviy ta’lim modellaridan foydalanish.

  5. Milliy g‘oya va ma’naviyat asoslari ta’limida qo‘llaniladigan o‘qitish metodlari tasnifi.

  6. Milliy g‘oya va ma’naviyat asoslari darslarida test metodini qo‘llashning mohiyati.



Birinchi masalaning bayoni: XXI asr bo‘sag‘asida ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar rivojida inson aql-zakovati va ma’naviyati asosiy muvofiqlashtiruvchi, rivojlantiruvchi omil va vosita ekanligi tobora namoyon bo‘lmoqda. Shuning uchun insonparvarlik bozor iqtisodiyoti asosidagi huquqiy, demokratik davlat erkin fuqarolik jamiyati qurilishining bosh tamoyili sifatida qabul qilinmoqda.
O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonunida ta’lim davlatimiz ijtimoiy taraqqiyoti sohasida ustuvor deb e’lon qilinishi milliy g‘oya fani zimmasiga juda katta ma’suliyatli ulug‘vor vazifalarni yukladi. Juda boy ilmiy, ma’naviy, madaniy, diniy merosimizni qayta tiklanishi ularni zamon ruhi talabi bilan uyg‘unlashtirib faqat shaxsiy, milliy manfaat kasb etilib qolmasdan umumjahon ma’naviy, ijtimoiy-iqtisodiytaraqqiyotga ulkan hissa bo‘lib qo‘shilmoqda.
Insonning dunyoga kelishi, faqat tug‘ilishidan iborat tabiiy-biologik hodisa emas, balki tug‘ilgandan keyin o‘z zamonasining taraqqiyoti darajasiga ko‘tarilishi, mavjud ijtimoiy-tarixiy tajribani egallashi, jamiyatda o‘z o‘rnini belgilab olishi, tarixiy jarayonining faol ishtirokchisiga aylanishi, ya’ni tarbiya olishi kerak.
Bu jarayonda katta avlod o‘zining yashash, kurash va mehnat tajribasini, bilim va malakalarini kichik avlodlarga bera boshlaydi, ya’ni yangi tug‘ilgan odam bolasining rivojlanishi, shakllanishi va voyaga yetishi jarayoniga rahbarlik qilingan, boshqarilgan.
Jamiyat rivojlangan sari yetuk, barkamol shaxslarni yetishtirish ehtiyoji ham ortib borgan hamda o‘zgarib, yangilanib, jamiyatga xizmat qilgan. O‘zbekiston Respublikamizdagi mustaqil huquqiy, demokratik erkin davlat, fuqarolik jamiyatni qurish yo‘lidagi ulkan ishlar inson mohiyatini yangidan kashf qilishga, uni o‘zligini anglashda imkoniyatlarni ro‘yobga chiqarishga va ma’naviy intellektual aqliy malaiy rivojlanishi uchun yangi shart-sharoitlar yaratib beradi.
Milliy g'oya ta`limi jarayonida erkin, mustaqil fikrlovchi shaxsni tarbiyalash quyidagi vazifalarni amalga oshiradi. Chunonchi:
1. Axloqiy tarbiyani tashkil etish jarayonida talabalarni ijtimoiy axloqiy meyorlar mazmunidan xabardor etish, ularga axloqiy meyorlarning ijtimoiy hayotdagi ahamiyatini tushuntirish, ulardan ijtimoiy axloqiy meyorlar (talab va ta’qiqlar)ga nisbatan hurmat hissini qaror toptirish asosida aqliy ong madaniyatini shakllantirish.
2. Aqliy tarbiyani yo‘lga qo‘yish chog’ida talabalarni ilm-fan, texnika va texnologiya borasida qo‘lga kiritilayotgan yutuqlardan, yangilik va kashfiyotlardan boxabar etish, ularga ijtimoiy fanlar asoslari xususidagi bilimlarni berish tarzida ularda tafakkur qobiliyatini qaror toptirish, dunyoqarashini shakllantirish.
3. Jismoniy tarbiyani tashkil etish jarayonida talabalarda o‘z sog’liqlarini saqlash va mustahkamlash, ularda yangi harakat turlari borasida ko‘nikma va malakalarni hosil qilish, ularni maxsus bilimlar bilan qurollantirish.
4.Estetik tarbiyani olib borish jarayonida talabalarda estetik his-tuyg’u, estetik didni tarbiyalash.
5. Ekologik tarbiyani olib borish chog’ida talabalarga ekologik bilimlar berish asosida shaxs, jamiyat va tabiat biriligi hamda aloqadorligini talabalarga tushuntirish.
6. Iqtisodiy tarbiyani tashkil etish jarayonida talabalarga iqtisodiy bilimlarni berish asosida mamlakat iqtisodiy barqarorligini ta’minlash, bozor infrastrukturasi qoidalariga amal qilish, iqtisodiy madaniyatni shakllantirish.
7. Huquqiy tarbiyani tashkil etish jarayonida talabalarga Davlat Konstitusiyasi haqidagi ta’limotni chunonchi, fuqarolik, oila, mehnat, xo‘jalik, ma’muriy, nafaqa, sud ishlarini yuritish va boshqarish huquqlarining ma’nosini tushuntirish.
8. G’oyaviy va mafkuraviy bilim berish, talabalarda mafkuraviy faoliyat borasida ko‘nikma va malakalarni qaror toptirish, mafkuraviy madaniyatini shakllantirish va boshqalar.

Download 64.88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling