N iz o m iy n o m I d ag I t o sh k e n t d a V l a t p e d a g o g ik a u n IV e r sit e t I ibro h im karim o V


Download 2.89 Kb.
Pdf ko'rish
bet9/10
Sana15.02.2017
Hajmi2.89 Kb.
#485
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10

T a q q o sla sh —
tadqiqot  olib  borish  nazarda  tutilgan  o b ’yektning  boshqa 
ob ’yektga 
o'xshash 
va 
farqli 
tom onlari, 
ular 
o'rtasidagi 
aloqadorliklar, 
munosabatlarni 
o ‘rganish 
uslubidir. 
Taqqoslash 
uslubi 
yordam ida 
tadqiqotchi  o 'zi  o'rganayotgan o b ’yektning aniq  holatini  bilib oladi.
Eksperim ent—kuzatishning  vuqoriroq  darajasi 
bo'lib, 
uning  yordam ida 
tadqiqotchi  o b ’yektga  faol  ta ’sir  ko ‘rsatadi.  S un'iy  sharoitlar  yaratish  orqali  tabiiy 
sharoitda  kuzatish  bilan  hosil  etish  mum kin  bo'lm agan 
bilimlar  yuzaga  keladi. 
Eksperim ent fikriy  va  ashyoviy  bo'lishi mumkin.
4 -m a sa la . 
Ilmiy  bilishning  nazariy  darajasi  fan  yordamida  to ‘plangan  ilmlar 
asosida  olamdagi  narsa  va  hodisalar  m ohiyatini  anglashga  qaratilgan  boMadi.  Bunda 
inson  tafakkurining  mavhumlashtirish  (abstraktsiyalash)  qobiliyati  ishga  tushadi. 
Ilmiy  bilishning  nazariy  darajasida  an a liz  va  sintez,  induktiv  va  d ed u k tiv, 
a n a lo g iy a ,  id ea lla sh tirish ,  m o d ella sh tirish ,  tizim lash   (sistem alash ),  m av h u m lik  
va  a n iq lik   (k o n k retlilik ),  a k sio m a tik ,  g ip o tetik   -  d ed u k tiv,  ta rix iy lik   va 
m a n tiq iy lik   u slu b la ri 
qoMlaniladi.
A naliz  tadqiqot  ob'yektining  o'zini  mayda  bo‘laklarga  bo‘lib,  ular  o'rtasidagi 
o 'zaro   bogManishlar  va  ta ’sirlarni  o ‘rganish  uslubidir.  Nafaqat  narsa  va  hodisalar, 
balki  nazariy  qoidalar,  nuqtai  nazarlar,  yondashuvlar  ham  fikran  b o ‘lak!arga  bo'lib 
o ‘rganiladi.  Biroq,analiz  sintez  y o ‘li  bilan  to ‘ldirilgandagina  narsa  va  hodisalar 
mohiyati  haqida bir butun  bilim  hosil  boMadi.
Sintez  analiz  natijasida  fikran  yoki  jism an  bo'lingan  unsurlarni  qaytadan 
tiklash,  ularni  birlashtirish,  ilgarigiga  yaqin  yaxlitlikni  vujudga keltirish  uslubidir.
Induktsiya  va  deduktsiya  ilmiy  xulosalar  chiqarish  uslubidir.  Induktsiyada 
ayrim  narsalar  to ‘g ‘risidagi  ju z ’iy  xulosalar  chiqariladi.  Deduktsiya  esa  narsalarning 
turkumlari  to 'g ‘risida  umumiy  xulosalardan  ayrim  narsalar  haqida  xususiy 
xulosalarga  o'tish   uslubidir.
92

Analogiya (o ‘xshashlik,  aynanlik,  moslik)  hodisalar xususiyatlarining  o ‘xshash 
tomonlarini  o'rganish  uslubidir.
Ideallashtirish  metodida  bilish  ob’yekti  ideal  (namuna)  holida  o ‘rganiladi. 
Reallik  ideallik  bilan  almashtirilganda  ob’yektga  ta ’sir  o ‘tkazish  imkoniyati  vujudga 
keladi,  y a ’ni  real  narsa,  hodisa  ega  b o im ag an   xossalar  ham  o ‘rganilib,  reallikning 
namunaviy  andozasi  hosil  boMadi.
Modellashtirish—murakkab  va  qiyin  bo ‘lgan  ob ’yektlam i  tadqiq  qilishda 
qoMlaniladigan  uslubdir.  Model  fikriy  yoki  moddiy  boMishi  mumkin,  har  ikki  xolda 
ham  ob ’yektning mohiyati  uning  modeli  obraziga sun’iy  ravishda o'tkaziladi.  Hozirgi 
paytda  matematik  modellashtirish  uslubi  EHM da  keng  ravishda  qoMlanilmoqda. 
Endilikda 
davrning 
umumbashariy 
(ekologik, 
demografik, 
znergetik 
v.b.) 
muammolarini  hal  qilishda  m atem atik  modellashtirish  va eksperimentning  ahamiyati 
ayniqsa oshib  bormoqda.
Sistemalash  (tizimlash)  uslubi  muayyan  tarzda  o 'zaro  bogMangan  va  bir  qadar 
yaxlitlikni  tashkil  etadigan  unsurlar  majmuini  o ‘rganishni  o ‘z  iehiga  oladi.  Buning 
yordam ida  o‘rganilayotgan  yoki  izlanilayotgan  ob’yektning  boshqa  o b ’yektlar  bilan 
umumiy  bog‘lanishlari, munosabatlari  ayon  boMadi.
M avhumlikdan  aniqlikka,  aniqlikdan  mavhumlikka  o'tish  uslubi  ham  ilmiy 
bilishda keng  qoMlanib  kelinadi.
Aksiomatik  uslub  tadqiqotning  aksioma  (isbotlangan  haqiqat)larga  asoslanib, 
nazariy  xulosalar  chiqarishdir.  Gipotetik-deduktiv  uslubda  tajriba  ma'lumotlari 
m ajmuiga asosiy  e ’tibor  qaratiladi.
Tarixiylik  va  m antiqiylik  uslubida  tarixiy  jarayonlarning  butun  ichki  mantiqi 
bilan  payqab  olishga  intilish  yotadi.  Mantiqiylik  uslubida  ko‘r-ko‘rona  harakat 
boMmaydi,  balki  u  tarixiy  hodisalarni  umumlashtiradi,  shu  jarayonda  tarixiylikni 
tasodifiy  cheklanishlardan  saqlaydi.
MaMumki,  olamning  mifologik,  diniy-mistik,  badiiy,  ilmiy  va  ilmiy-falsafiy 
manzarasi  tarixan  hosil  etib  kelinadi.  Yuqoridagi  uslublarni  obdon  o‘zlashtirib  olish 
olamning  ilmiy-falsafiy  m anzarasini  yaratish  orqali  odam  va  insoniyat  faoliyati 
y o ‘nalishlarini  xatoliklarga  ogMb  ketishdan  saqlab,  ijtimoiy  taraqqiyot  va  inson
93

kamolati 
qonuniyatlarining 
ichki 
murvatlari 
(mexanizm lari)ni 
anglab 
olish 
qobiliyatini  shakllantiradi.  Zero,  olamning  ilmiy-falsafiy  manzarasi  nazariy  qoidalar, 
tam oyillar va gipotezalardan  tashkil  topgan va olam  haqida tarixan  to ‘plangan  negizli 
(bazaviy)  fikrlar majmuasidir.
Olamning  ilmiy-falsafiy  m anzarasini  hosil  etishda  ilmiy  bilish  uslublari, 
tamoyillaridan  tashqari  ilm iy  bilish  sh ak llari  ham  muhim  rol  o ‘ynaydi.  Bular  faraz, 
gip o teza , 
ilm iy 
n azariya, 
ilm iy 
b ash orat 
shakllaridir. 
Faraz  hali 
etarli 
tekshirilmagan  va  fahm -farosatga  tayanadigan  ilmiy  taxm indir.  Gipoteza  olam 
haqidagi  bilimlarga  tayanib  turib,  muayyan  qonuniyatli  aloqadorlik  borligi  haqida 
fikr yuritishdir.  Agar gipoteza  isbot  etilsa,  nazariyaga aylanadi. Nazariya voqelikning 
muayyan  sohasidagi  bilim larga  tayanib  turib,  narsa  v a  hodisalarning  eng  chuqur 
aloqadorliklari, 
sababli 
bog‘lanishlari, 
ichki 
qonuniyatlarini 
ifodalaydigan 
bilim larning  sistem aga  solingan  shaklidir.  N azariy  bilim  salm og‘i  favqulodda 
qobiliyatli  va  kuchli  fahm -farosat  (intuitsiya)ga  ega  b o ‘lgan  shaxslarda  voqealar 
rivojining  borishiga tayanib turib, kelajakni oldindan k o ‘rish,  bashorat  qilish iste’dodi 
b o ‘ladi.  Bashorat  ilmiy  bilimlar,  qonunlar,  uslublar  talablarini  e ’tiborga  olgan  holda 
hodisalarning  istiqboldagi  holatini oldindan ko‘ra bilishdir.
Xulosa:  a)  ilmiy  bilish  uslub  (metod)lari  olam ni  ilmiy-falsafiy  anglashda 
betakror  o iin g a   ega;  b)  bilishning  dogmatik,  sofistik,  eklektik,  metafizik,  sinergetik 
uslublari  mavjud;  bilishning  dialektik  uslubi  va  tam oyillari  tarixning  o g ‘ir 
sinovlaridan  o ‘tib,  olam iing  falsafiy  m anzarasini  anglab  olish  imkoniyatini  tu g ‘dirib 
kelmoqda;  v)  ilmiy  bilishning  em pirik  darajasi  kundalik  tajribalar  asosida 
to ‘planadigan  bilim larga  tayanib  turib,  tevarak-atrofdagi  hodisalar  haqida  muayyan 
xulosalar  chiqarish  uslubidir;  g)  ilmiy  bilishning  nazariy  darajasi  empirik  bilish 
darajasiga  tayanib  turib,  olamdagi  narsa  va  hodisalarning  mohiyatini  anglab  olish 
uslubidir.  Bunda  ilmiy  bilish shakllarining ham o ‘ziga xos  o i n i   bor.
94

6-m avzu .  A k siologiya -  Q a d riy a tla r  orqali  biiish  haq id agi ta ’lim ot
Reja:
Kirish  so‘zi.
1. Qadriyatlar tushunchasi.  Uning  inson va jam iyat hayotidagi  o ‘rni.
2.  Qadriyatlarning asosiy turlari.
3.  Milliy,  mintaqaviy va umumbashariy  qadriyatlar.
4.  Mustaqillik  sharoitida qadriyatlarga munosabat.
Xulosa.
0 ‘tgan  va’z  (lektsiya)da jam iyat  tushunchasining  falsafiy  mazmunini  anglab 
oldingiz.  Ushbu  va’zda  qadriyatlar,  ularning  jam iyat  taraqqiyoti,  inson  hayotidagi 
o'rni  iiaqidagi  falsafiy  ta ’limotni  anglab  olasiz.  Zero,  muayyan jam iyatga  uyushgan 
individlar,  ijtimoiy  guruhlar,  sinflar,  elatlar,  m illatlam ing  qadriyatlarni  anglab,  unga 
amal  qilib  faoliyat  belgilashlari  ijtimoiy taraqqiyot va inson  kamolotiga xizmat qiladi. 
Shu sababli ular olamni, odam zot o ‘zini-o‘zi anglashida alohida ahamiyatga egadir.
1-m asala. 
Q adriyatlar deb  muayyan bir tarixiy  sharoitda mamlakat, mintaqa va 
jahon  hamjamiyatiga 
uyushgan  individlar  uchun  bag‘oyat  ahamiyatli,  qadrli 
hisoblangan,  shuningdek,  elatlar,  xalqlar,  m illatlar,  ijtimoiy  guruhlar  va  individlar 
m anfaatlari,  maqsadlari  ifodasi  bo'lgan  tabiat  va  jam iyat  xodisalari.  m a’naviy  va 
moddiy  boyliklarga  aytiladi.  Q adriyat  —  voqelikdagi  narsa  va  xodisalarning 
umumbashariy,  ijtimoiy-ahloqiy,  m a’naviy-madaniy  ahamiyatini  ta’kidlash  uchun 
qo‘llaniladigan  falsafiy-sotsiologik  va  aksiologik  kategoriyadir.  Ular  avvalo  moddiy 
ishlab chiqarish  va mintaqaviy  boyliklar yaratish  bilan  bog'liq  xodisadir.
Qadriyat  falsafiy  atama  sifatida  dastavval  Lattse  tomonidan  ilmiy  muloqotga 
kiritilgan.  M a’lumki,  odamzot  his-tuyg‘ulari  barcha  narsaga  qaratilgan  bo‘lib,  nimani 
hurmat  qilish,  e ’tirof  etish  individual  tasnifga  egadir.  E ’tiborga  sazovor  narsa  va 
hodisa  bir  individ  uchun  ulkan  qadriyat  sifatida  namoyon  b o lsa ,  boshqalar  uchun 
shunchaki  bir  yoki  umuman  qadrli  hisoblanmasligi  mumkin.  SHakl  jihatidan 
qadriyatlar  ijobiy  yoki  salbiy,  nisbiy  yoki  mutlaq,  sub'yektiv  yoki  ob’yektiv 
ko'riuishlarda  namoyon  bo'ladi.
95

Bulardan  tashqari  o ‘zgarm as  va  yalpi 
umumiy  qadriyatlar  to ‘g ‘risida  ham 
fikrlar  mavjud.  Masalan,  m uhabbat  his-tuyg‘ulari  o'zining  jozibadorligi,  nozikligi 
jihatidan  turlicha  ko ‘rinishlarda  nam oyon  bo‘lishi  mumkin:  a)  ehtirosni  qondirish;
b)  o 'z   huzur-halovatini  o ‘z g a jin s d a   ko ‘rish;  v)  insoniyatni  ulug‘lashda;  g)  kasbiga, 
millatiga,  V ataniga  boMgan  cheksiz  hurmatda.  Bularning  har  biriga  boMgan 
munosabat  individning  shaxsiy  sifatlari, 
muayyan  dunyoqarashi  va  m a’naviy 
olamiga  monand  keladigan baholashlariga muvofiq tarzda namoyon  b o ia d i.
“Q adriyat”  va  “ baho”  tushunchalarini  farqlash  muhimdir.  Qadriyat  real  va 
orzudagi  narsa  yoki  xodisa  (mavjud  yohud  idealjdir,  baho  esa  unga  munosabatni 
bildiradi.  U  yoki  bu  narsa  va  xodisani  qadrlash  yoki  qadrsizlantirish  individ  va  ular 
uyushmalarining unga m unosabati -  ijobiy yoki salbiy  bahosiga bog‘liq  boMadi.
Qadriyat  a w a lo   m uayyan  dunyoqarash,  shundan  kelib  chiqadigan  baholash 
tam oyillariga  bogMiq.  M uayyan  bir  dunyoqarash  nuqtai  nazaridan  qadrli  boMgan 
narsa,  hodisa  boshqacha  dunyoqarash  nuqtayi  nazaridan  qadrsiz  boMishi  mumkin. 
Masalan,  markscha  falsafiy  dunyoqarash  nuqtayi  nazaridan  tadbirkorlar  sinfi 
’’burjuaziya”  nomi  bilan  atalib,  ShoMolar  davrida  ular  sha’niga  tavqila’natlar  otildi, 
chunki  davlat  va  bolsheviklar 
partiyasining  ularga  bahosi  оЧа  salbiy  boMdi. 
O 'zbekiston  milliy  m ustaqillikka  erishgach,  tadbirkorlar  sinfiga  baho  ijtimoiy  ongda 
ijobiy  boMib,  ular jam iyat  taraqqiyotiga  katta  hissa  qo‘shmoqdalar.  Islom  dini  nuqtai 
nazaridan  iehkilikka  baho  salbiy,  binobarin,  u  m usulmonlar  uchun  qadrsiz;  xristian 
dini  nuqtai  nazaridan  iehkilikka  baho  ijobiy,  shu  sababli  u  qadrli  hisoblanadi.  Agar 
xristianlarga  m arhum lam i  yodlash  uchun  qabristonga  ichkilik  olib  borib  xotirlash 
qadrli  boMsa,  islom  nuqtai  nazaridan  bunday  xatti-xarakat  o ‘taketgan  axloqsizlik 
hisoblanadi.  Islom da  k o ‘p  xotinlilik  m a’qullansa,  xristianlikda  bunday  baho 
g ‘ayriinsoniy  hisoblanadi  va h.k.
Shaxs  yoki  ijtimoiy  guruh  qadrlaydigan  narsa,  hodisa  muayyan  bir  tarixiy 
davrda  ijtimoiy  taraqqiyot  va  inson  kam olotiga  xizmat  qilgan  boMsa,  boshqa  bir 
tarixiy  sharoitda uning aksi  boMishi  mumkin.  Masalan,  arava  bir necha asr m obaynida 
bag'oyat  qadrli  boMib, o ‘sha  davr  ijtimoiy  taraqqiyotiga xizm at  qilgan,  zero u moddiy
96

ishlab  chiqarish  va m a’naviy  boyliklai- yaratishda muhim  o 'rin   tutgan.  Endilikda fan- 
texnika rivojlangan bir paytda ular nisbatan qadrsizlandi,
Qadriyatlar  individlar  mehnat  faoliyati  majm ui  bilan  bog'iiq  hodisa  bo lg an i 
sababli,  ular  shu  jarayonda  mustaqil  soha  sifatida  amal  qiladi.  Odamzotning 
ehtiyojlarini  qondirish  sirasiga  kirmagan  narsa,  hodisalar  qadriyatii  bo'lm aydi. 
M asalan,  yer  ostida  ilgarilari  ham  neft,  ko'm ir,  gaz  b o ig a n ,  biroq  ulardan 
foydalanish  am aliyotga  kirmagan  davrlarda  qadri  b o ‘lmagan.  Qachonki,u!ar yonilg‘i 
sifatida  qo'llanila  boshlangach,  mazkur  narsaiar  umuminsoniy  qadriyatga  aylandiki, 
hozirgi  davrda maromli hayotni ularsiz ta sa w u r etish mumkin emas.
Barcha  xaiqlar  uchun  babbaravar  qadriyatlar  ham  bor,  masalan,  tinchlik, 
barqarorlik,  farovonlik  ham ma  elat,  xalq,  m illatlar  uchun  qadrli,  albatta.  Biroq 
mafkuraviy  ta ’sir  mayliari  qaysi  tom onga  o g 'ish ig a  qarab,  muayyan  bir  tarixiy 
sharoitda  m a’lum  bir xalq  va  xaiqlar uyushmalari  uchun  ular  qadrsizlanishi  mumkin. 
Masalan,  ba’zi  xaiqlar,  millatlar  uchun  m uayyan  bir  tarixiy  vaziyatda  tinchlik, 
barqarorlik,  farovonlikka  putur  yetkazuvchi  yalpi  qirg 'in   qurollari  oliy  qadriyatga 
aylanishi  mumkin,  sulhparvar  xaiqlar  uchun  ular  nihoyatda  qadrsiz,  xatio  nafrat  his- 
tuyg'ularini vujudga keltiradigan narsalardir.
Umuminsoniy  m a’naviy  va moddiy  qadriyatlarga  baho  har  doim  ijobiy  b o iib  
keigan  va  shunday  bo 'lib   qoladi.  Masalan,  individ  va  shaxslar  ozodligi,  salomatligi, 
har  bir  odam ning  maromli  yashashi,  ilm  olishi,  keksayganda  ijtimoiy  kafolatlanish 
yoki  non,  suv,  m usaffo havoga doir qadriyatlar o ‘z qadrini  doim  saqlab qolaveradi.
2-masala.  Qadriyatlar o 'z  mohiyatiga k o 'ra  bir necha turga boiinadi:
I.  a)  inson  va  uning  hayoti—eng  oliy  qadriyatdir;  b)  tabiiy  qadriyatlar  -   yer  va 
yerosti,  yer  usti  boylikiari,  suv,  havo,  o 'sim liklar  va  hayvonot  olami;  v)  odamzot 
mehnati  va  aql-zakovati  bilan  yaratilgan  “ikkinchi  tabiat”  ning j a ’misi;  g)  m a’naviy- 
madaniy  qadriyatlar; 
d )  
ahloqiy  qadriyatlar;  j )   ijtimoiy-siyosiy  qadriyatlar.  Ayni 
chog'da  turli  shakldagi  mulkdorlarga  tegishli  bo'lgan  moddiy  va  m a’naviy 
qadriyatlar ham  borligini nazarda tutish kerak.
II.  Qadriyatlar  o 'z   mohiyatiga  ko'ra,  m illiy,  mintaqaviy  va  umuminsoniy 
turlarga bo'linadi.
9 7

III. 
Q adriyatlar  jam iyat  rivojining  inson  hayotiga  ko‘rsatadigan  ta ’siri  nuqtai 
nazaridan  taraqqiyotga  xizmat  qiladigan 
(progressiv)  va  taraqqiyotga  to ‘siq 
bo‘Iadigan  (reaktsion)  qadriyatlarga  ajratiladi.  Qadriyatlar  aksariyati  odam zotning 
erkin,  farovon,  ham jihatlikda  yashashi,  m a’naviy-ahloqiy  kam olotga  erishuvi  uchun 
xizmat  qilishi  kerak.  Binobarin,  ulami  asrash,  avaylash,  m uhofaza  qilish,  qadrlash, 
yuksaltirish  shaxsiy  hayot  uchun  ham,  ijtimoiy  taraqqiyot  uchun  ham  katta 
ahamiyatga ega.
Shunday 
b o iis h ig a  
qaramay, 
ayrim 
sabablarga 
ko ‘ra, 
qadriyatlarni 
qadrsizlanishi,  poymol  etilishi  natijasida  ba’zi  odamlar,  ijtimoiy  uyushm alarda 
yovuzlik  ruhining  ta ’sirida  qonunbuzarlik,  ahloqsizlik,  har  bir  m illatga  xos  xayrli 
an'analarga 
zid 
keluvchi 
xatti-harakatlar 
ham 
mavjuddir. 
Individlarning 
qadriyatlarga  iste’molchi  yoki  oddiy  kuzatuvchi,  befarq  qarovchi  kayfiyatlariga 
qarshi  g'oyaviy  kurash olib  borish  muhimdir.
Hayotda  hech  bir  narsa  abadiy  b o ‘lmagani  kabi  qadriyatlar  ham   turg‘un 
tushunchalar  em asligini  nazarda tutish  kerak.  Binobarin,  m a’lum  bir  tarixiy  davrda, 
muayyan  mamlakat,  mintaqada  va  jahonda  qadrli  b o ‘lgan  narsa  va  hodisa  boshqa 
paytda,  joy d a  qadrsizlanishi,  m a’lum  bir  vaqtda  qadrsizlangan  narsa  boshqa  vaqtda 
qadriyatga  aylanishi  ham  mumkin.  Masalan,  ilgarilari  0 ‘zbekistonda paranji  qadriyat 
b o ig a n ,  endilikda  u  qadrsizlangan.  A w allari  kalta  k o ‘ylak  kiygan,  badanlarini 
oshkora  nam oyish  etgan  qizlar  va  ayollar  qadrsizlangan,  endilikda  G ‘arb  madaniyati 
ta ’sirida,  bizda  ham  asta-sekin  bunday  kiyim lar  qadrlanib,  uni  kiyganlarga  ehtirom 
oshib  bormoqda. 
Ayni  chog‘da  ayollarning  ochiq-sochiq  yurishi 
natijasida 
erkaklardagi  ularga nisbatan j o ‘shqin ehtiros  his-tuyg‘ulari  susayib  ketmoqda.
Muayyan  bir  narsa  va  hodisaning  qadrlanishi  yoki  qadrsizlanishi  m a’lim  bir 
sivosat va  milliy  m afkura mazmuni  qanday y o ‘na!ish olishiga  ham  b o g liq .
3 -m asaIa.  Q adriyatlar  amal  qilish  doirasi  (chegaralari)ga  k o ‘ra  milliy, 
mintaqaviy,  umumbashariy  turlarga  boiin ad i.
Milliy  qadriyatlar  murakkab va nozik  ijtimoiy-ruhiy  hodisa b o iib ,  u  avvalo  har 
bir  etnos  va  m illatning  o ‘zigagina  xos  m a’naviyati  bilan  b o g iiq   uning  tili, 
m a’naviyati,  a n ’analari,  tarixiy  xotirasi  orqali  baholashning  betakror  usulidir.  Har  bir
98

mamlakatga  uyushgan  turli  etnoslar  uchun  umumiy  boMgan  qadriyatlar 
milliy 
qadriyatlar sirasiga kiradi.  Ayni  chog‘da muayyan  mamlakatda titul  millatning  o ‘ziga 
xos  qadriyatlari  ham  boMib,  ular  shu  millat  nomi  bilan  ataladi.  Masalan,  Rossiyada 
ju d a  ko‘p  etnoslar,  millatlar  yashaydi.  Biroq  ruslar  titul  millat  boMganligi  sababli 
ularning  o ‘ziga  xos  qadriyatlari  mavjud,  shu  tufayli  rus  millati  qadriyatlari  ajralib 
turadi.  SHuningdek,  O 'zbekistonda  130  dan  ortiq  millat  namoyondalari*  bor.Ular 
0 ‘zbekistonning  teng  huquqli  grajdanlari  sifatida  o ‘zlariga  xos  qadriyatlariga  ham 
egadirlar.  SHu  o ‘ziga  xos  qadriyatlari  tufayli,  boshqa  etnos  va  millatlarda  tiliari, 
an’analari,  m a’naviy-ruhiy  holatlari  bilan  bogMiq  ravishda  o ‘ziga  xosliklari  namoyon 
boMib turadi.
0 ‘zbeklar  0 ‘zbekistonda  titul  millat  boMgani  sababli,  o ‘zbek  milliy 
qadriyatlari  ham  bor.  Binobarin,  milliy  qadriyatlar  va  o ‘zbek  milliy  qadriyatlari 
tushunchalarining  birinchisi umummilliy,  ikkinchisini  ayrimlik  deyish  mumkin, y a’ni 
har  bir  etnos  nam oyondasi  va  o‘zbek  millati  umumiylik  ichidagi  ayrimlikdir. 
Boshqacha  aytganda,  falsafada  umumiylik,  xususiylik  va  ayrimlik  kategoriyasiga 
muvofiq,  o ‘zbeklar  va  qoraqalpoqlar  0 ‘zbekistonda  umumiylik  ichidagi  xususiylik 
boMsa,  boshqa  etnoslar  xususiylik  ichidagi  ayrimlikdir.  SHu  nuqtai  nazardan 
qaraganda O 'zbekistonda faqat o'zbeklar va qoraqalpoqlar millat sifatida yashaydilar, 
boshqa  mamlakatlardagi  o'zbeklar  esa  o ‘sha  m amlakatlarda  yashayotgan  o ‘zbek 
millati  namoyondasi  hisoblanadi.
Mustaqillikdan  keyin  milliy  qadriyatlar  va  o'zbek  millati  qadriyatlari  degan 
tushunchalar  m uloqotga  kira  boshladi.  Ularning  1-si  umummilliy,  umuminsoniy 
boMsa,  2-sini  esa  um um iylik  ichidagi  ayrimlik,  y a ’ni  o ‘zbek  etnosining  tarixiy 
takomili  bilan  bogMiq  hodisa,  deyish  mumkin.  Bu  qadriyatlar  umummilliy, 
mintaqaviy.  umuminsoniy  qadriyatlarga  ters  emas,  balki  o'zbeklarning  tarixan 
shakllangan 
va 
faqat 
ularning 
o'zlariga 
xos 
qadriyatlaridir. 
Masalan, 
mehmonnovozlik  barcha  millatlarda  bor,  biroq  o'zbeklarda  bu  o ‘ziga  xos  milliy  va
*A d a b iy o tla rd a ,  ju m la d a n   ilm iy ,  falsa fiy ,  b a d iiy   ad a b iy o tla rd a   « m illa t  v a k illari»   iborasi  q o ’llam sh i.  bu  tu sh u n ch a 
haq iq iy   h o latd a n   e tib o rn i  c h a lg ’itad i.  C h u n k i  u larn i,  m asa lan   ru sla r  y o k i  b o sh q a la rm   biro n -  b ir  dav lat  bu  m am lak a td a  
y a sh ash la ri 
uc h u n   vakil  q ilm a g a n .  S h u   tu fa y li,  ularn i  b o sh q a   m a m la k a tla rd a   m illat  b o 'lib   y a sh ay o tg a n   ijtim oiy 
u y u sh m a la rn in g   bu  m a m la k a td a g i  n a m o y o n d a s i  d e y ish .  t o ’g ’n   b o ’ladi
90

psixologik  tarzda  namoyon  bo'ladi  hamda  baholanadi.  Chet  eldan  kelgan 
sayohatchilar  o'zbeklarning  mehmonga,  m ehm ondorchilikka  munosabatlaridagi  o 'ta  
samimiyatliligi,  xolisligiga  qoyil  qoladilar.  Yoki  oilaviy munosabatlardagi  qadriyatlar 
ham  o 'z   milliy  koloriti  bilan  boshqa  millatlarga  jozibali  ko'rinib,  unga  ijobiy  baho 
beriladi.
O 'zbekiston  Prezidenti  Islom  Karimov  “O 'zbekistonning  istiqlol  va  taraqqiyot 
y o 'li”  asarida  bunday  deydi:  “Mustaqil  O 'zbekistonning  kuch-qudrati  m anba’i 
xalqim izning  umuminsoniy  qadriyatlarga  sodiqligidadir.  Xalqimiz  adolat,  tenglik, 
axil  qo'shnichilik  va  insonparvarlikning  nozik  kurtaklarini  asrlar  osha  avaylab-asrab 
kelm oqda” .  Zero,  o 'zbeklar  inson  kamoloti  va jam iyat taraqqiyotiga xizm at qiladigan 
umummilliy  va  umuminsoniy  qadriyatlarni  yuksak  baholaydilar.  Hozirgi  davrda 
Markaziy  Osiyo  m intaqasida  tinchlik  va  barqarorlikni 
ta ’minlash  -   milliy 
mafkuram iz  umumiy  ruhini  tashkil  etadi,  chunki  o'zb ek lar  va  O 'zbekiston  xalqlari 
m intaqada  yashayotgan  milliy  respublikalar  birligi,  ham korligi,  ham jihatligiga  rahna 
solishdan  m anfaatdor  tashqi  kuchlar  borligini  yaxshi  anglaydilar.  SHu  tufayli 
Markaziy  O siyo  xalqlari  orasida  tinchlik,  barqarorlikka  yuksak  baho  berish,  uni 
umumm intaqaviy  qadriyatga  aylantirish  O 'zbekiston  davlati  siyosatida  etakchi  mayl 
(tendensiya)  hisoblanadi.
O dam ning  muayyan  m illatga  mansubligini  anglash  tuyg'usi  avvalo  o 'z   xalqi 
tarixi,  m a’naviyati,  o 'zig a  xos  qadriyatlarini  bilishdan  boshlanadi.  Agar  odamda 
milliy  ong  va  g 'u ru r  om onat  bo'lsa,  u  o'zligini  y o'qotib,  o 'z   millati  m a’naviyati, 
turm ush tarzini  qadrlash  qobiliyatidan  mahrum  b o'lib,  inson sifatida barbod bo'ladi.
Milliy  xilm a-xillik  tabiat  ato  etgan  eng  u lug'  n e’mat  bo'lib,  kichik  bir 
etnosning  o 'z   tili,  o 'zig a  xos  m a’naviyati,  m adaniyatidan  m axrum  etishga  qaratilgan 
har  qanday  harakatga  umuminsoniy  xalokat  sifatida  qaralm og'i  lozim.  Chunki  biron- 
bir etnos va m illatni  milliy  qadriyatlar (a w a lo  tili) dan m ahrum  etishga urinish  butun 
bashariyat  oldidagi  eng katta jinoyat sifatida baholanishi zarur.
Mintaqaviy  qadriyatlar  iqtisodi,  m a’naviyati,  m adaniyati,  umumiy  tarixi,  tili, 
dini,  an ’analari  bir-biriga  yaqin,  tarixiy  taqdiri  m ushtarak  bo'lgan  xaiqlar,  millatlar 
umumiy  m anfaatlariga  xizmat  qiladigan,  ulami  jipslashtiradigan  tabiiy  va  ijtimoiy
100

hodisalar  tushuniladi.  M asalan,  Markaziy  Osiyoda  o ‘zbeklar,  qozoqlar,  qirg'izlar, 
turkmanlar,  tojiklar  va  qoraqaipoqlar  millat  sifatida  o 'z   davlati,  teritorial  birligi, 
m a’anaviyati  va  madaniyatidagi  o ‘ziga  xoslikdan  tashqari,  umumiy  manfaatlari, 
tarixiy  xotirasi  va  m ushtarak  taqdiri  ifodasi  bo‘lgan  qadriyatlar  mavjud.  Ular  doimo 
o g ‘a-inidek,  bir  jon-bir  tan  bo‘lib  yashagan  davrlarda  qudratli  davlatlarga  ega 
bo ‘lganlar.  quda-andachilik  aloqalari  natijasida  va  boshqa  omillar  tufayli  yagona 
taqdirga  ega  b o iib   qolganlar.  Ular  an’analari,  turm ush  tarzlari,  m a’naviy  olami  va 
madaniyatidagi  umumiy  jihatlar  tufayli  yalpi  umumiy  qadriyatlar  shakllangan. 
Bolajonlilik,  oilani 
ulug‘lash,  mehmonnavozlik,  do'stlik,  qardoshlik,  o ‘zaro 
Iiamkorlik,  ham do'stlik  kabi  his-tuyg‘ular  mintaqa  xalqlari,  millatlarining  umumiy 
qadriyatiga  aylangan.  Bu  qadriyatlam i  e ’zozlash,  k o ‘z  qorachig‘idek  asrash  orqali 
m intaqa  xalqlari jahon  ham jam iyatida 
o 'z
  munosib  o iin la rig a   ega  bo‘lishini  har  bir 
gnydan anglab olishida milliy  mafkuralarning o ‘rni  va ta ’siri  ulkan.
Umumbashariy  qadriyatlar  jahondagi  barcha  millatlar,  xalqiar  va  elatlarning 
ш аш ш у m aqsad-m uddaolarini  ifodalaydi.  Zero, jahondagi  bironta xalq,  millat  boshqa 
m ilJaitaS an,  umumiy  sivilizatsiyadan  ajralgan  holda  ayro  yashay  olmaydi.  Har 
qaaday  m illat tarixan  boshqa xalqiar,  miilatlar tajribalaridar,  ijodiy  foydalangan  holda 
taraqqiyotga  erishishi  mumkin.  Globallashuv  jarayoni  ketayotgan  hozirgi  davrda  Er 
yuzida 
xalqaro 
tinchlikni 
saqlash, 
xalqiar 
o ita s id a  
do ‘stlik 
rishtalarini 
mustahkamlash,  yadro  qurollari  poygasini  to'xtatish,  xalqaro  xavfsizlikni  ta’minlash, 
xavfli  kasalliklarning  oldini  olish,  tabiatni  m uhofaza  qilish,  qashshoqlik  va 
savodsizlikka  barham  berish,  iqtisodiy  resurslardan  oqilona  foydalanish,  fan,  texnika 
va  texnologiya  ravnaqi  uchun  kurash,  ekologik  inqiroz  oldini  olib  qolish 
umumbashariy  qadriyatlar  sirasiga  kiradiki,  barcha  davlatlar,  xalqiar  ularni  e'zozlash 
orqali  ravnaq  topishlari  mumkin.
O 'z  mohiyatiga  ko'ra,  qadriyatlarning  insonparvarlik,  tabiiy,  m a’naviy, 
madaniy,  axloqiy,  estetik.  ijtimoiy-siyosiy  turlari  mavjud.  Qadriyatlarning  jamiyat 
taraqqiyoti  va  inson  hayotiga  ko'rsatadigan  ta’siriga  ko'ra,  progressiv  yoki  reaktsion 
b o iish i  mumkin.  Ijtimoiy  taraqqiyot,  inson  kamolati  va  bashariyat  ravnaqi  uchun 
xizmat  qiladigan  barcha  qadriyatlar  progressiv  (taraqqiyparvar).  bulling  aksini
101

ifodalaydigan  qadriyatlar  esa  reaktsion  (teskarichi)  hisoblanadi.  Urushlar,  unga 
tayyorgarlik  ko'rish,  qurollanish  poygasini  avj  oldirish,  millatlar,  xalqlar  orasini 
buzib,  ular  ustidan  hukmronlik  qilishga,  terrorchilik  harakatlarini  rag'batlantirish  -  
bular  endilikda  taraqqiyotga  zomin  boMadi,  ular  insoniyatga  qarshi  qaratilgani  uchun 
qadrsizlanishi  lozim.
Download 2.89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling