O’quv amaliyoti hisoboti guruh : 512-20 Bajardi: Batasheva Durdona Tekshirdi: Modullayev Jahongir Mundarija


Download 0.74 Mb.
bet1/9
Sana18.06.2023
Hajmi0.74 Mb.
#1555641
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Amaliyot hisoboti


O`ZBЕKISTON RESPUBLIKASI AXBOROT TEXNOLOGIYALARI VA KOMMUNIKATSIYALARINI RIVOJLANTIRISH VAZIRLIGI MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKЕNT AXBOROT TЕXNOLOGIYALARI UNIVЕRSITЕTI


O’QUV AMALIYOTI
HISOBOTI


Guruh : 512-20
Bajardi:Batasheva Durdona
Tekshirdi: Modullayev Jahongir

Mundarija:

Kirish
Montaj nima va uning tarixi …………………………………………….3


Asosiy qism
Montajning badiiy shakllari ………………………………………………5
Video montaj qiladigan dasturlar ……………………………………….11
Xulosa……………………………………………………………………..21
Foydalanilgan adabiyotlar…………………………………………………22

Montaj nima va uning tarixi
Montaj (frans. monter — koʻtarmoq) — apparatlar, asboblar, binolar, inshootlar, jihozlar, mashinalar va boshqa qurilmalarni tayyor detallar, qismlar va elementlardan yigʻish, toʻplash. Qurilishda — bino va inshootlarni yirik panellar, bloklar va plitalardan yigʻish. Montajda koʻtarish kranlari, payvandlash qurilmalari, turli moslamalar va asboblardan foydalaniladi. Radioelektronikada — radioelektron apparatlar (radiopriyomnik, magnitofon, televizor va boshqalar) ni ayrim elementlar, elektr izolyasiya detallari, simlar, platalar, tranzistorlar va boshqalardan yigʻish. Bunda kavsharlash, payvandlash, ulash ishlari asosan avtomatlashtiriladi. Mikrominiatyur elektr va radioelementlarning paydo boʻlishi Montaj ishlarini ancha osonlashtiradi, sifatini oshiradi, butun jarayonni toʻliq avtomatlashtirishga imkon beradi.
Ko‘pgina jaxon kinosi namoyondalari, kino san’ati amaliyotchilari va nazariyotchi olimlari o‘zlarining bir qator ilmiy asarlarini montaj san’atiga bag‘ishlaganlar. Kino san’ati, rejissuraga oid ilmiy adabiyotlarning deyarli barchasida montaj san’atiga, uning badiiy imkoniyatlari, qonun-qoidalariga bag‘ishlangan qism yoki boblarni topish mumkin. Montaj san’ati jaxonning eng mashhur kino va televidenie oliygohlarida alohida fan sifatida o‘qitilishi ham bejiz emas.
Bundan bir necha o‘n yillar oldin montaj san’ati haqida asar yozgan mualliflar montajni ekran san’atining badiiy ifoda vositalari qatoriga qo‘shganlar. Bunday fikrlovchilar juda ko‘pchilikni tashkil qiladi. Montaj san’atiga nisbatan bunday nuqtai nazar juda keng tarqalgan bo‘lib, u ayni haqiqatdir. Montaj aslida – ekran san’ati badiiy ifoda vositalaridan biridir. Odatda kino san’atining badiiy ifoda vositalari qatorida montajni negadir dramaturgiya, tasvir va ovozdan keyin to‘rtinchi, beshinchi yoki yanada pastroq qatorlarga tushirib yuborishadi.
Biroq, bundan ancha yillar muqaddam “...montaj – badiiy tafakkurning yangi ko‘rinishi” degan nuqtai-nazar ham paydo bo‘ldi va agar, bu fikr o‘z tasdig‘ini topsa, u to‘g‘ri bo‘lsa, u holda bu qarash “...montaj bu tasviriy ifoda vositasi” degan fikrlarga qarshi fikr bo‘ladi.
Ijod jarayonida ham rejissyor, ham dramaturg va o‘z-o‘zidan, kinooperator ham o‘zining asarini yaratadilar. Bunda jamoadagi har bir ijodkor o‘z san’at turi imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda o‘z tasavvurlarida bo‘lg‘usi filmning kadrlarini, epizodlarini, kadr kompozitsiyasini, epizodlarini, bir yoki bir necha tasviriy ifoda vositasitalaridan, shu jumladan montajdan ham foydalangan holda ishlab chiqadilar. Aslida shunday bo‘ladimi, yo‘qmi, baribir har bir san’at asari albatta tasavvur mevasidir. Biroq, badiiy tafakkur ijod jarayonida “muhimlik” nuqtai nazaridan g‘oyani amalga oshirish vositalariga nisbatan ancha yuqoriroq turadi. Be’manilik, shunday emasmi! Bir narsaning o‘zi ayni bir paytning o‘zida ham “asosiy” va “ikkinchi darajali” narsa bo‘lib qolyapti! Ijod jarayonida g‘oyaning, ya’ni ijodiy tafakkurning o‘zi va ayni paytda uni tomoshabinga yetkazib berish vositalari ham “asosiy”likka davogarlik qilyapti. Bu kabi nuqtai nazarlar bundan o‘ttiz-qirq yillar oldin ilgari surilardi.
Xo‘sh, bugungi kundagi kino va televideniening atoqli arboblari bu masala yuzasidan nima deyishadi? Hech narsa! Agar biror narsa deyishgan yoki yozishgan bo‘lishsa ham, montaj haqidagi bu gaplarni ulardan oldin montaj nazariyotchisi Lev Kuleshov allaqachon yozib ketgan.
Montajga bo‘lgan qarashlarning rivojlanish tarixi shu qadar murakkab va qiziqki, unga bir-oz bo‘lsada to‘xtalmay o‘tishning iloji yo‘q, nazarimizda.
1917 yilda L. Kuleshov shunday yozgandi: «Yaxshi film yaratish uchun, rejissyor bir-biri bilan bog‘lanmagan, tartibsiz, alohida kadrlarni muayyan tartibda joylashtirishi, yagona, yaxlit asarga aylantirishi lozim. Shu bilan birga, ayrim hollarda kadrlarni o‘zaro qiyoslashi, taqqoslashi va ularni huddi, yosh bola alohida sochib tashlangan xarfli kubikchalardan bir butun so‘z yoki ibora yig‘gani kabi, eng maqbul, yaxlit holda, ritmik tartibda birlashtirishi lozim”.
Shu birgina gap bilan montajning eng asosiy vazifasi aytib o‘tildi. Montaj – bu asar mazmuni va g‘oyasini ochib berish yo‘lida alohida-alohida “qism”larni yagona bir tizimga, shaklga birlashtirish usulidir. Ekran asarining badiiyligi, ifodaliligini ta’minlash uchun, kadr, sahna, voqealar yoki harakat kabi alohida elementlarning o‘zaro mutanosib ravishda birikishi uchun “eng maqbul” variantni topish kerak. Buning uchun esa katta ijodiy izlanish talab etiladi va buning barchasiga erishishning eng to‘g‘ri yo‘li bu taqqoslashdir, alohida qismlarni o‘zaro taqqoslash.
Ana shu, taqqoslash orqali tanlab olingan “eng maqbul” elementlar ritmik strukturada birlashishi lozim.
L. Kuleshov montaj yuzasidan bir qator tajribalar ham o‘tkazib ko‘rgan. Keyinchalik bu tadqiqotlar natijalari butun dunyoga mashxur bo‘lgan hamda montajning kino san’atidagi ikkita asosiy vazifasini juda sodda shaklda izohlab berdi.


Download 0.74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling