O‘zbekiston respublikasi navoiy kon metallurgiya kombinati


Download 7.8 Mb.
bet1/52
Sana13.11.2023
Hajmi7.8 Mb.
#1771267
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   52
Bog'liq
Nodir metallar metallurgiyasi Ma\'ruzalar matni 2023y.


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
NAVOIY KON - METALLURGIYA KOMBINATI
NAVOIY DAVLAT KONCHILIK VA TEXNOLOGIYALAR UNIVERSITETI
KIMYO-METALLURGIYA FAKULTETI

«NODIR METALLAR METALLURGIYASI»


fanidan
ma’ruzalar matni

Navoiy - 2023


KIRISH
«Nodir metallar metallurgiyasi» fani «Metallurgiya» 5310300 yo’nalishida tahsil oluvchi talabalari uchun muhim fanlardan biri hisoblanadi.
«Nodir metallar metallurgiyasi» fani uchun o‘quv dasturiga muvofiq 72 soat ma’ruza belgilangan. Metallurgiya yo’nalishi talabalarining ma’ruza mashg’ulotlarini chuqur o’zlashtirishlari uchun «Nodir metallar metallurgiyasi» fanining o’zbek tilidagi ma’ruzalar matni ishlab chiqildi.
Oltin juda qadim zamonlardan beri odamzod tomonidan ishlatilib kelinadigan metallardandir. Oltin odamlar ibtidoiy bo‘lib yashagan paytlarda ham ma'lum bo‘lib, uni daryo va ko‘l suvlaridan yuvib olar edilar. Uning quyoshdek tovlanib, issig‘u-sovuqda turli tuman aralashma va eritmalarda o‘zgarmay, erimay va o‘z xususiyatini zarracha o‘zgartirmay, qola olishi, uning qadri qiymatini oshirib yuboradi. Uning yer qobig‘idagi miqdori 0,000001% xolos (10-5%). Qattiq yerning bir kilometr chuqurlikkacha boradigan tashqi po‘stlog‘ida kam deganda 5000 000 000 (5 mlrd) t. oltin bor. Oltinning solishtirma og‘irligi: 19,36 va 20,72 g/sm3. Erish temperaturasi 1063 gradus.
Qaynash temperaturasi 2200 va28800C. Oltin boshqa metallarga qaraganda yumshoq shu sababdan undan 1/250 000 dyum 1/1000 mm zar qog‘oz (folga) yasash mumkin.1gr oltinni sal kam 3 km uzunlikka cho‘zish mumkin (167 yard.masofaga).
Maruzalar matni talabalarga tushunarli tilda va kerakli chizmalar bilan tasvirlangan bo’lib bu talabalarning dars mashg’ulotlarini yaxshi o’zlashtirishlariga sabab bo’ladi. Ba’zi maruzalar chuqur ravishda o’rganilgan bo’lib ular magistratura talabalri uchun ham foydali bo’lishi mumkin.
Ma'ruza№1: Nodir metallarning xalq xo`jaligidagi o`rni
Reja:

  1. Oltin va kumushing xususiyatlari.

  2. Oltin va kumushing xomashyo bazasi.

Metall holidagi oltinni ajratib olish uchun xomashyo sifatida oltinli rudalar, ko’p metallik sulfidli rudalar va ikkilamchi maxsulotlar – ishlab chiqarish va xo’jalik lom va chiqindilari hisoblanadi.


Oltin saqlovchi konlar ikki turga bo’linadi: tarkibida oltinni erkin holida tuproq bilan saqlagan sochma konlar va oltin erkin holda yoki qattiq kristall jinslar bilan birikib bog’langan tomirsimon konlar. Pollimetall konlarda rudalarning oltin tashuvchisi sifatida pirit, galenit, xalkopirit kabi minerallar xizmat qiladi.
Oltinning asosiy qismi tabiatda o’lchami, shakli va holatiga ko’ra farqlanuvchi tug’ma holda uchraydi. Ko’pincha tug’ma oltinning o’lchami 100 mkm dan oshmaydi. Tug’ma oltin, kumush, mis, temir, tellur, selen ba’zida esa Bi, Pt, Ir va Rh bilan qotishma yoki birikmasini tashkil qiladi. Tabiiy oltin saqlovchi rudalarda oltinning miqdori odatda 750-800 namuna bo’ladi. Tug’ma oltinni shakli turli-tuman bo’ladi. Plastinkasimon, aylanasimon va tayoqchasimondir. Oltinning faqat 2 xil turdagi kimyoviy birikmasi uchraydi. Telluridlar va selenidlar nisbatan kengroq tarqalgan – kalaveritdir(AuTe2).
Oltin rudalari mayin zarrali metallik holdagi tug’ma oltin saqlagan mayin zarrali jinslar, turli tog’ jinslaridagi oltinning tellurid va selenidlari, shuningdek, kvars va sulfid holida bo’ladi. Tomirsimon tipdagi konlarda oltin rudasi tog’ jinslari massivida ko’pincha ipsimon holatda joylashadi. Ikkilamchi geologik jarayonlar natijasida ruda massivlari sochmaga aylangan sochma oltin yuqori darajada yo’ldosh elementlardan ajralgan bo’ladi.
Rudalarda oltin saqlanishi juda kam hisoblanadi, chunki oltin rudalarda keng miqyosda tarqalib ketgan bo’ladi. Shu sababli oltin va boshqa nodir metallar, odatda, metallni 1 tonna ruda massasiga gramm nisbatida o’lchanadi. Oltin saqlovchi rudalarning zamonaviy qayta ishlash rentabillik minumimi ochiq usulda qazib olish qayta ishlashda sochma konlar rudalar uchun 0,15 g/t tashkil etadi va bu sochma konlarning qayta ishlanishining osonligi va arzonligi bilan bog’liq bo’ladi. Tomirsimon konlar uchun rudaning tarkibi va uning rudada joylashishini inobatga olgan holda rentabillik minumimi 3-5 g/t oralig’ida bo’ladi. Odatda oltin saqlovchi rudalar 5-15g/t oltin saqlaydi; kamdan kam hollarda boy konlarda oltinning miqdori 100 gt gacha yetishi mumkin.
Oltin konlari tomirsimon va sochma konlarga bo’linadi. Tomirsimon konlar ham o’z navbatida endogen va ekzogen konlarga bo’linadi. Bu konlar rudalari tarkibi minerallari har xilligi bilan boshqalaridan ajralib turadi, kelib chiqishiga ko’ra ular gidrotermal sinfga mansubdir. Bu konlarning kelib chiqishi turli xil chuqurliklardan olinishiga asoslangan bo’lib ular 10 metrdan 4-5 kilometrgacha cho’ziladi. Tomirsimon endogen konlar tomirlar(jila)i, sayoz tomirli rudalardan iborat bo’lib, ularning chuqurligi 10metrdan 1000metrgacha uzunlikda bo’lishi mumkin. Bunday mustahkam va yirik tomirlarni Kolar(Hindiston)da uchrab, uzunligi 20km, chuqurligi 3,2km va tomir qalinligi 1,2km, Mazer-Lod(AQSH)da uzunligi 200km, shuningdek Yenisey va O’rta Osiyo tog’larida.
Tomirsimon rudalarning mineralogik tarkibi juda murakkab. Bu rudaning asosiy tarkibini kvars egallab, u rudada 10%dan 95-98%gacha yetadi. Shuning bilan birgalikda uning tarkibida kam miqdorda temir sulfid(pirit),mis(xalkopirit), mishyak(arsenopirit), qo’rg’oshin, rux, vismut, kumush. Sulfid bo’lmagan minerallar oksid shaklida, karbonat shaklida, barit, turmalin, kaolin, gematit, magnetit, uglerod slanslari, grafit shaklida uchraydi.
Tomirsimon endogen konlar mahsulot tarkibi va hosil bo’lish sharoitiga ko’ra 2guruhga bo’linadi. Oltin-sulfidli-kvarsli rudakvarsruda va tomirlaridan iborat bo’lib 0,5-30% sulfid mineralidan iborat. Oltin bu rudalarda bir xil taqsimlanmagan. Oltin yirikligi mayindan to yirik bo’lak va balki erkin holda ham uchraydi. Ruda tarkibida oltin miqdori 10-50 gramdan 1000 g/t gacha yetadi. Bunday konlar Kanada, AQSH, Braziliya, Avstraliya, Gana, Zimbabveda keng tarqalgan.
Sulfidli rudalar qatlamlardan, mayda tomirlardan tashkil topadi. Oltin rudada mayin zarra shaklida uchrab miqdori 1-2g/t dan oshmaydi. Bu rudalardan oltin yo’ldosh usulda misli , ruxli rudalarni qayta ishlash vaqtida ajratib olinadi. Sulfidli oltintarkibli rudalar quyidagi guruhlarga bo’linadi: oltin-piritli, oltin-mishyakli, oltin-misli, oltin-surmali, oltin-uranli va oltin yarimmetalli rudalar.
Ekzogen oltin konlari – bu mis kolchedan va yarimmetalli mineral konlaridan iborat. Bu zonalar oksidli temir birikmalari bilan qoplangan bo’lib «jelezniy shlyapki» deb ataladi va ular ildizsimon oltin rudalariga boy bo’ladi va sanoatda muhim ahamiyatga ega. Bunday rudalar Ural va Qozog’istonda qayta ishlanadi.
Sochma oltin konlari – bu yumshoq oltinga boy mahsulotlar bo’lib ular tomirsimon rudalarning parchalanishi hisobiga hosil bo’lgan.
Elyuvial sochma rudalar tomirsimon rudalarning yuzaga chiqishi yoki ulardan qutulish natijasida hosil bo’ladi.
Delyuvialniy sochma konlari qiyaliklarning elyuvial harakatlanishidan hosil bo’ladi. 1-rasm. Ular kambag’al rudalar sinfiga mansub bo’lib, sanoat miqyosida qo’llanilmaydi.

Ildizsimon konlar


Download 7.8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   52




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling