Pishloq ishlab chiqarish texnologiyasi
Download 1.27 Mb.
|
ПИШЛОҚ ИШЛАБ ЧИҚАРИШ ТЕХНОЛОГИЯСИ
PISHLOQ ISHLAB CHIQARISH TEXNOLOGIYASI Pishloq – parhezbop mahsulot. U yuqori oziqaviy qimmatga ega, mazali va yengil hazm boʻladigan mahsulotdir. Yer yuzida bir yilda pishloq ishlab chiqarish oʻrtacha 12 mln. tonnani tashkil etadi. Uni eng koʻp Fransiyada isteʼmol qilishadi. Har bir fransuz bir yilda oʻrtacha 14, 7 kg pishloq isteʼmol qiladi. Ikkinchi oʻrinda gollandiyaliklar turadi, 12 kg pishloq istʼmol qilinadi. Uchinchi oʻrinda shvedlar – bir yilda 11 kg pishloq istʼmol qilinadi. Italiya, Daniya, AQSH va boshqa mamlakatlarda ham koʻp miqdorda ishlab chiqariladi. Barcha pishloqlar guruh, tur va navlarga boʻlinadi. Taʼmiga qarab, pishloqlar oʻtkir, nozik, aromatli, shoʻr va shirin turlarga boʻlinadi. Konsistensiyasi koʻra esa yumshoq, qattiq, yarim qattiq va yarim yumshoq. Pishloq – yengil hazm boʻladigan mahsulot. Yetiltirish jarayonida uning oqsillari eruvchan boʻladi va toʻla ( 98,5 % ga) hazm boʻladi. Pishloqning bunday xususiyati uning eng qimmatbaho oziq-ovqat mahsuloti ekanligidan darak beradi. Pishloq eng mazali oziq-ovqat mahsulotlaridan biri hisoblanadi. Yetiltirish jarayonida unda na faqat oqsillar eruvchan holatga oʻtadi, balki unda taʼm beruvchi moddalar va rasmchalar paydo boʻladi. Pishloq tarkibi. Pishloq– azaldan maʼlum boʻladigan aʼlo dapajali sut mahsuloti. Pishloq oqsil va yogʻga juda boy, shuning uchun uning ozuqaviy qimmati yuqori. Uning tarkibida kalsiy, fosfor, “A” va “V2” vitamini koʻplab uchpaydi. Uning kalloriyasi yuqori. Shuning uchun pishloq bolalar va yoshlar ovqati uchun juda qimmatli mahsulot hisoblanadi. Pishloq tarkibidagi oqsil va yogʻlar organizmda oson xazm boʻladi. Inson opganizmiga juda zarur boʻlgan moddalar, yaʼni mineral tuzlar, kalsiy tuzlari pishloqda boshqa sut mahsulotlapidan koʻra koʻppoq uchraydi. Energetik qimmati jihatidan pishloq goʻshtdan ham oʻtadi. Chunki uning tarkibida sutdagi barcha foydali elementlar yuqori konsentratsiyada boʻladi. Masalan, sutda 3,2 % oqsil boʻlsa, pishloqda 20-25 % dan kam emas. Жадвал № 34 Пишлоқ таркибидаги витаминлар.
Жадвал № 35 Совет ва Костром қаттиқ пишлоқлар таркибидаги алмаштириб бўлмайдиган аминокислоталар (100 грамм маҳсулотда).
Download 1.27 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling