Pishloq ishlab chiqarish texnologiyasi
Download 1.27 Mb.
|
ПИШЛОҚ ИШЛАБ ЧИҚАРИШ ТЕХНОЛОГИЯСИ
Pishloqning oziqaviy qimmati juda yuqori dedik, chunki ular tarkibida 25,6 % ga yaqin oqsil, 30 % ga yaqin sut yogʻi bor. 100 gramm pishloq 300-400 kilokalloriyaga ega. Pishloq mazali va oson hazm boʻladigan parhezbop mahsulot. Tayyorlanishiga qarab pishloqni quyidagicha guruhlaydilar: 1. Qanday xom ashyo qoʻshilishiga koʻra sigir, qoʻy, echki sutlaridan yoki ular aralashmasidan tayyorlangan pishloqlar. 2. Bakteriya qoʻshib ivitishga qarab shipdon fermenti va sutachitqi bakteriyali pishloqlar. 3. Hosil boʻlgan quyqaga ishlov berilishiga qarab qattiq va yumshoq pishloqlar. 4. Pishloq donalarini tuzlashga koʻra – tuzli eritma va quruq tuz bilan tuzlangan pishloqlar. 5. Tabiiy va yumshoq pishloqlar. Pishloq ishlab chiqarish jarayonining umumiy texnologik sxemasi quyidagi etaplardan iborat: 1. Pishloq ishlab chiqarish uchun sutga dastlabki ishlov berish: sut sifatini tekshirish va navlarga ajratish, sutni idishlarga quyish, sutni yetiltirish, meʼyorlashtirish, issiqlik ishlov berish, vakuumli ishlov berish, sutni ultrafiltrlash; 2. Sutni ivitishga tayyorlash, sutga kalsiy xlor taʼsir ettirish, sutga kaliy nitrat yoki natriy nitrat taʼsir ettirish, bakteriyali zakvaska va preparatlarni qoʻllash; 3. Quyqa hosil qilish va unga ishlov berish, sutning ivishi, quyqaga ishlov berish va pishloq donalarni hosil qilish; 4. Pishloqqa shakl berish; 5. Pishloqning oʻz-oʻzidan preslanishi va uni presslash; 6. Pishloqni tuzlash; 7. Pishloqni yetiltirish. 6.2. Pishloq turlari va assortimentlari Pishloqlar oʻzining oʻlchami, shakli, ogʻirligi, taʼmiga qarab har xil boʻladi. Texnologik klassifikatsiyasiga qarab pishloqlarni uch sinfga boʻladilar: 1) Shirdonli pishloqlar sinfi. Bular oʻz navbatida uchga boʻlinadi: a) qattiq shirdonli pishloqlar - bunday pishloqlarga – sut- achitqili va sut-achitqi va propion-achitqi bakteriyalar taʼsirida yetilgan barcha pishloqlar kiradi; b) yarim qattiq pishloqlar – sut achitqi bakteriyalar taʼsirida yetilgan va yuza qismida, albatta, mahsulotga oʻzi xos, spetsifik ammiak hidi va taʼm beradigan shilimshiq qatlami boʻlgan barcha pishloqlar; v) yumshoq pishloqlar – mikroskopik zamburugʻlar (mogʻorlar) hamda sut-achitqi bakteriyalar taʼsirida yetilgan barcha pishloqlar. 2) Sut-achitqili pishloqlar sinfi. Bunday pishloqlar oʻz navbatida ikkiga boʻlinadi: a) birinchisiga qisqa muddatda yetilgan va va yangiligida isteʼmol qilinadigan barcha sut-achitqili pishloqlar kiradi; b) ikkinchisiga uzoq muddat yetiltirilgan sut-achitqili pishloqlar kiradi. 3) Qayta ishlangan pishloqlar sinfi. Bunday pishloqlarga hamma turdagi pishloqlarni qayta ishlanganlari kiradi. Barcha ishlab chiqariladigan pishloqlar quyidagicha guruhlanadi: 1. Qattiq shirdonli pishloqlar. Bunday pishloq guruhiga Sovet, Shveysar, Kostrom, Golland, Chedder, Rossiya, Altay, Kuban, Ukraina, Karpat va boshqa pishloqlar kiradi. Qattiq shirdonli pishloqlar tarkibida yogʻ 45-50 %, suv 40-43 %, tuz 0,5-2 % boʻladi. Yetilish muddati 90-120 kun. Download 1.27 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling