Qo’shma gaplar. Mundarija: Kirish. I. Qo’shma gaplar


Download 89.01 Kb.
bet1/14
Sana19.09.2023
Hajmi89.01 Kb.
#1681209
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
kurs ishi


Qo’shma gaplar.

Mundarija:

Kirish.
I. Qo’shma gaplar.
1.1. Qo’shma gap va uning turlari.
1.2. Bogʻlangan va bogʻlovchisiz qoʻshma gaplar.
II. Qo’shma gapni o’qitish usullari.
2.1. Qo’shma gap turlarini o’rgatish usullari.
2.2. Qo’shma gap sintaksisini o’rgatish.
III. O’zbek olimlarining qo’shma gapga doir nazariyalari.
Xulosa.
Foydalanilgan adabiyotlar.

KIRISH.

I. Qo’shma gaplar.
1.1. Qo’shma gap va uning turlari.
Ikki yoki undan ortiq grammatik asosning mazmun, grammatik va intonaqiyaga koʻra birikishidan hosil boʻlgan gap qoʻshma gap deyiladi. Qoʻshma gap grammatik asosi ikki yoki undan ortiq gaplar boʻlib, uning qismlari mazmun va grammatik jihatdan, shuningdek, intonaqiyaga koʻra birikib, bir butunlikni tashkil qiladi. Masalan: quyosh jilmayib boqar va sargʻaygan koʻkatlar kokilida shudring jilovlanardi. (Oʻ. Hoshimov). Bu qoʻshma gap tarkibida ikkita grammatik asos boʻlib, ular orasida bir paytda roʻy berayotgan voqea-hodisalar ifoda etilgan. Qoʻshma gap qismlari esa zidlov bogʻlovchisi yordamida oʻzaro birikkan.
Qoʻshma gaplar, qismlarining oʻzaro birikish usuli va semantik munosabatiga koʻra uch xil boʻladi.
1. Bogʻlangan qoʻshma gap.
2. Ergashgan qoʻshma gap.
3.Bogʻlovchisiz qoʻshma gap.
Qiyoslang:

  1. Istedod hamisha xar xil boʻladi, istedodsizlar esa hamma joyda bir xil. (E.Vohidov)

  2. Shuni aytmoqchimizki, odam hamma vaqt bilimga tashna boʻlishi shart.

  3. Fan xalqqa suv-havodek zarur, uni taraqqiy ettirmagan mamlakat, shubhasiz, mustamlakaga aylanadi.

Keltirilgan misollardan birinchisi bogʻlangan qoʻshma gap boʻlib, uning qismlari esa yordamchisi vositasida oʻzaro teng boglangan; ikkinchisi ergashgan qoʻshma gap boʻlib, uning qismlari -ki aniqlov bogʻlovchisi orqali ikkinchi qism birinchi qismga tobelik yoʻli bilan bogʻlangan; uchinchi gap bogʻlovchisiz qoʻshma gap boʻlib, uning qismlari oʻzaro hech qanday bogʻlovchi vositalarsiz, faqat intonaqiya (ohang) orqali birikkan.

Download 89.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling