Reja: Ishqalanish detallarini uchun materiallar


Download 1.01 Mb.
bet1/9
Sana17.12.2022
Hajmi1.01 Mb.
#1025815
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Diyorbek Abdiev.Tribologiya MI


Mavzu:Tribologiya asoslari bo’limlari bo’yicha glossariy tayyorlash
Reja:
1.Ishqalanish detallarini uchun materiallar.
2.Detallarni yeyilishga bardoshliligini oshirishning konstruktiv usullari.
3.Mashina detallarini moylash.
4.Mashinalarni ishqalanish uzellarini ishlatishdagi yeyilishga bardoshliligi.
5.Tribotexnikani istiqboldagi taraqqiyoti.
6.Xulosa.

Ishqalanish - bir-biriga tegishib turuvchi qattiq jismlar, suyuqliklar va gazlarning nisbiy ko'chishiga qarshilik qilish hodisasi. Ichki va tashqi xillari bo'ladi.Tashqi ishqalanish — bir-biriga tegib turgan qattiq jismlar yoki biror jismning o'zaro tegib turgan boʻlakchalari harakatlanib, bir-biriga nisbatan siljiganda mexanik qarshilikning vujudga kelish jarayoni. Ikki jismning bir-biriga tegib turgan sirtlarining o'zaro taʼsir kuchi — tashqi ishqalanish.Biron jismning boshqa jism sirti bo'ylab qanday harakat qilishiga qarab, statik ishqalanish yoki tinchlikdagi ishqalanish va kinetik ishqalanish xillari mavjud.
Gorizontal tekislikda ixtiyoriy yotgan jismga ishqalanish kuchi taʼsir qilmaydi. Agar jismni siljitish uchun unga kuch qoʻyilsa, ishqalanish vujudga keladi. Bir-biriga nisbatan qo'zg'almas bo'lgan sirtlar orasidagi ishqalanish tinchlikdagi ishqalanish deyiladi. Tinchlikdagi ishqalanish kuchi har doim jismga uning boshqa jism tegib turgan sirtiga parallel yoʻnalishda qoʻyilgan kuch G ga moduli boʻyicha teng va unga qara-maqarshi yoʻnalgan boʻladi:Qattiq jismlarda sirpanib ishqalanish va du-malab ishqalanish yuz beradi. Bir jism boshqa jism sirtida harakatlanganda hosil boʻladigan ishqalanish kuchiga sirpanib ishqalanish kuchi deyiladi; sirpanib ishqalanish kuchi jismning tegib turgan boshqa jismga nisbatan koʻchishiga qarama-qarshi yoʻnalgan boʻladi. Qattiq jismlarning sirpanishida ishqalanish kuchi faqat sirtlarning xossalariga va bosim kuchigagina emas, balki harakat tezligiga ham bogʻliq boʻladi.
Konstruksion materiallar — kuch qabul qiladigan, nagroʻzka tu-shadigan, konstruksiya detallari tayyorlanadigan, fizik, mexanik va kimyoviy xossalari yaxshi boʻladigan materiallar. Metall, metallmas va kompozitsion, kuymabop xillari bor. Metall Konstruksion materiallar ichida poʻlat eng keng tarqalgan; bulardan tashqari choʻyan, alyuminiy qotishmalari, berilliy qotishmalari, volfram qotishmalari, magniy qotishmalari, titan qotishmalari, xrom qotishmalari va boshqa hamma Konstruksion materiallarga taalluqli. Texnologik alomatlari boʻyicha, deformatsiyalab (prokatlab, presslab, shtamplab) olinadigan, quyib, payvandlab, pishirib, yelimlab tayyorlanadigan materiallarga; ishlatilish sharoitiga koʻra, normal, past va yuqori temperaturalarda ishlatiladigan (olovbardosh qotishmalar, olovbardosh beton) materiallarga; strukturasiga koʻra, ferritli, austenitli poʻlatlar; mustahkamlash turiga koʻra, toblanadigan, yaxshilanadigan, dispersli-mustahkamlanadigan (qiyin eriydigan dispers zarrali), eskirtiriladigan, mustahkamlik koʻrsatkichi boʻyicha (mustahkamligi yuqori poʻlat va choʻyanlar) turlarga boʻlinadi. Konstruksion materiallarning mexanik xossalari (konstruksiyasi mustahkamligi, oʻtga chidamliligi, qovushoqligi, olovbardoshligi, korroziyaga chidamliligi va boshqalar) ularning sifat koʻrsatkichlarini belgilaydi.

Download 1.01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling