Reja Kirish I bob. Mehnat bozorini mohiyati mazmuni va tamoyillari


Download 1.02 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/9
Sana16.06.2023
Hajmi1.02 Mb.
#1489179
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
O’zbekiston Respublikasining mehnat bozorining makroiqtisodiy tahlili



Mavzu: O’zbekiston Respublikasining mehnat bozorining 
makroiqtisodiy tahlili 
 
Reja 
 
Kirish
I bob. Mehnat bozorini mohiyati mazmuni va tamoyillari 
1.1. Mehnat bozorini mohiyati va vazifalari
1.2. Mehnat bozorining tashkiliy iqtisodiy jihatlarini tartibga solishda tizimli 
yondashuv
II bob. Mehnat bozoriniO’zbekistonda rivojlanish holati va omillari 
2.1. O’zbekistonda mehnat bozorini rivojlantirishga ta’sir etuvchi omillar 
2.2. Mehnat bozorida ish bilan bandlik xizmati faoliyatining tahlili
2.3. Mehnat bozori rivojlanishiga xizmat qiluvchi zamonaviy infratuzilmalar 
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar


KIRISH 

Shavkat Mirziyoyev: “Mehnat bozoridagi tarkibiy oʻzgarishlarga javob 
beradigan, yoshlarimizga kasb-hunar oʻrgatadigan, ularda tadbirkorlik 
koʻnikmalarini shakllantiradigan tizim yoʻq” 
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 24 oktyabr kuni oliy 
taʼlim sohasini yanada rivojlantirish, kadrlar tayyorlash sifatini oshirish, ilm-fan va 
ishlab chiqarish integratsiyasini kengaytirish masalalariga bagʻishlangan yigʻilish 
oʻtkazdi. 
Keyingi yillarda oliy taʼlimni yangi bosqichga koʻtarishga qaratilgan qator muhim 
hujjatlar qabul qilindi. Zamonaviy taʼlim standartlari, talabalikka qabul qilishning 
shaffof tizimi joriy etildi. 2018 yilda umumiy qabul kvotalari oʻtgan yilga nisbatan 
30 foiz oshdi. 
Prezident qarorlari bilan tasdiqlangan 2017-2021 yillarda oliy taʼlim 
muassasalarini rivojlantirish, taʼlim sifatini oshirish boʻyicha dasturlar professor-
oʻqituvchilar va keng jamoatchilik tomonidan mamnuniyat bilan qabul qilindi. 
Joriy yilda mamlakatimizda jami 13 ta yangi oliy taʼlim muassasasi, jumladan
Samarqandda “Ipak yoʻli” turizm xalqaro universiteti, Rossiya Federal davlat 
avtonom 
oliy 
taʼlim 
muassasasi 
“Milliy 
texnologik 
tadqiqotlar 
universiteti“ning Olmaliq shahridagi filiali, Toshkent shahrida Janubiy 
Koreyaning Puchon universiteti faoliyat boshladi. 
Davlatimiz rahbarining shu yil 25 sentyabrdagi farmoni bilan Vazirlar Mahkamasi 
huzurida “El-yurt umidi” jamgʻarmasi tashkil etildi. Ushbu jamgʻarma chet ellarda 
faoliyat koʻrsatayotgan salohiyatli vatandosh olimlar, mutaxassislar va ekspertlarni 
Oʻzbekistonda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarga faol jalb etishga, 
shuningdek, iqtidorli yoshlarning rivojlangan mamlakatlarda taʼlim olishi, yetakchi 
xalqaro institutlar va xorijiy tashkilotlarda malaka oshirishiga koʻmaklashadi. 


Joriy yilda ilk bor xalqaro tajribalar asosida oliy taʼlim muassasalarining milliy 
reytingi yaratildi, taʼlim va ilmiy-tadqiqot jarayonlari tahlil qilindi. Mazkur tahlil 
sohada qator muammo va kamchiliklar borligini koʻrsatdi. 
Xususan, oliy taʼlim muassasalari qabul kvotasi qamrovi umumtaʼlim maktablari
akademik litsey va kasb-hunar kollejlari bitiruvchilariga nisbatan 7-9 foizni tashkil 
etadi. Bu koʻrsatkich Rossiyada 74, Koreya Respublikasida 96 foizdir. 
Yigʻilishda oliy taʼlim muassasalarining nufuzi, professor-oʻqituvchilarning ilmiy 
salohiyati xalqaro ilmiy hamjamiyatda munosib oʻringa ega emasligi qayd etildi. 
Taʼlim jarayoniga dunyoda tan olingan fan arboblari, yuqori malakali professor-
oʻqituvchilarni jalb etish yaxshi yoʻlga qoʻyilmagani tanqid qilindi. 
Rektor 
va 
prorektorlarni 
tayinlashda 
professor-oʻqituvchilarning 
fikri 
oʻrganilmayotgani oqibatida yangi tayinlangan rahbarning jamoa bilan ishlash 
samaradorligi yetarlicha boʻlmayapti. 
Ilm-fanni rivojlantirish, tadqiqotlarni ishlab chiqarish bilan integratsiya qilish, 
ilmiy faoliyat natijadorligini oshirish, iqtidorli talabalar ilmiy izlanishlar olib 
borishi uchun zarur sharoitlar yaratilmagan. 
Taʼlim jarayoniga innovatsion metodikalarni joriy etish, oʻquv dasturlarining 
ishlab chiqarish bilan hamohangligini taʼminlash va eng asosiysi, professor-
oʻqituvchilar malakasini oshirish ishlari umuman qoniqarsiz ahvolda. 
Oliy taʼlim muassasalari faoliyatini oʻrganish, ularni attestatsiyadan oʻtkazib, 
akkreditatsiyalash, hujjatlarni nostrifikatsiya qilish tartiblari bugungi kun 
talablariga mutlaqo javob bermaydi. 
https://xs.uz/ 



Download 1.02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling