Reja: Sezuvchanlik xaqida tushuncha. Sezgi turlari va faoliyati. Sezgi analizatorining o`tkazuvchi yo`llari. Sezgi analizatorining patologiyasi. Bosh va orqa miya pardalari va unig tuzilishi. Bosh va orqa miya pardalari patologiyasi


Download 419.07 Kb.
bet1/9
Sana08.08.2023
Hajmi419.07 Kb.
#1665801
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
4-Амалий машғулот


Sezuvchanlik retseptorlar xaqida tushuncha


Reja:

  1. Sezuvchanlik xaqida tushuncha. Sezgi turlari va faoliyati.

  2. Sezgi analizatorining o`tkazuvchi yo`llari. Sezgi analizatorining patologiyasi.

  3. Bosh va orqa miya pardalari va unig tuzilishi.

  4. Bosh va orqa miya pardalari patologiyasi.


Ko`rish faoliyatining buzilishlari va sabablari

Ko`rish faoliyati buzilishlarining og`ir turlarida birlamchi ko`rish asablirining buzilishi shart emas. Ko`zning perefirik bo`limlari – muguz parda (ko`z soqqasining eng usti tiniq pardasi), qorachiq, yorug`likni qabul qiluvchi elementlar va h.k kasallanganda ham ko`rish qobiliyati yo`qolishi mumkin. Ko`zning asab retseptorlariga yorug`lik yetib kelmasligi oqibatida xira ko`rish yoki umuman ko`rmay qolish holatlari paydo bo`ladi. Ko`pincha neyroinfektsiya, modda almashinuvining buzilishi, ko`z shikastlanishi, ko`z soqqasini anomal rivojlanishi ko`rish qobiliyatining yo`qolishiga sababchi bo`ladi.
Traxoma, qorachechak kabi kasalliklar ham ko`zning ko`rmay qolishiga sababchi bo`lgan davrlar ham bo`lgan.Ammo tibbiyotdagi samarali izlanishlar tufayli bunday kasalliklarga barham berish yo`llari topilgan.
Ko`rish qobiliyatining pasayishi ko`z a’zolarining, masalan ko`zning muguz pardasi, qorachig`i, to`r pardasi shikastlanganda darhol seziladi. Ko`rish qobiliyatining ko`rish yo`llari po`stloq markazlari bilan bog`liq bo`lgan shikastlar oqibatida pasayishi markaziy ko`rish shikastlanishi deb yuritiladi.Ushbu jarohatda bemor ko`ra oladi ammo ko`rayotgan predmetlarini aniq anglay olmaydi. Masalan, qalam, daftar, kitob yoki soat ko`rsatilsa ularni nimaga, nima uchun, qayerda ishlatiladi, vazifasi nima ekan degan savollarga mantiqiy javob bera olmaydi. Bunday holatlar psixik ko`rlik yoki ko`rish agnaziyasi deb yuritiladi. Ko`pincha bolalarda harflar ko`rinishini yoddan chiqarish hollari uchrab turadi, natijada biror matnni o`qiy olmaslik yoki qiynalib ba’zi harflarni taniy olmay o`qishdan to`xtab qolish ham mumkin.
Ranglarni ajrata olmaslik ham ko`rish qobiliyatining buzilganligidir. Bunday hollarda bolalar ranglarning farqlariga bormaydi, ba’zan esa har qanday rang ko`k rang bo`lib ko`rinaveradi. Pedagogik amaliyotda zaif ko`radigan bolalarni maxsus maktablarda o`qitish va tarbiya berish uchun ikki guruhga ajratiladi: ko`rlar va zaif ko`ruvchilar.

Download 419.07 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling