Saljuqiylar davlatida ijtimoiy siyosiy madaniy hayot Kurs ishi himoyasiga ruxsat berildi


Download 145 Kb.
bet1/10
Sana16.06.2023
Hajmi145 Kb.
#1491928
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
SALJUQIYLAR DAVLATIDA IJTIMOIY SIYOSIY MADANIY HAYOT


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI


TOSHKENT DAVLAT SHARQSHUNOSLIK UNIVERSITETI SHARQ SIVILIZATSIYASI VA TARIX FAKULTETI


KURS ISHI
MAVZU: Saljuqiylar davlatida ijtimoiy siyosiy madaniy hayot


Kurs ishi himoyasiga ruxsat berildi:
Markaziy Osiyo xalqlari tarixi va etnologiyasi kafedrasi mudirasi,
t.f.n., dots. Alimova R.R.


Bajardi:___________________________
__________________________________


QA’BUL QILDI: ASQAROV M.
TOSHKENT – 2023
Mundarija:



Kirish 2
I BOB IX-XII asrlarda o‘zbek davlatchiligi: siyosiy, ijtimoiy, iqtisodiy va madaniy hayot. 4
1.1 Saljuqiylar davrining asosiy xususiyatlari 4
1.2 Tohiriylar va Somoniylar davrida Movarounnahr 6
II BOB Somoniylar va Qoraxoniylar o‘rtasidagi kurash. 15
2.1 Somoniylar va Qoraxoniylar 15
2.2 G‘aznaviylar va Saljuqiylar 20
XULOSA 23
Foydalanilgan adabiyot va manbalar 25

Kirish


“Taʼlim-tarbiya – bu bizning kelajagimiz,
hayot-mamot masalasi”.
Shavkat Mirziyoyev
XI asrning birinchi yarmidagi saljuqiylar harakati, garchi qisman Movarounnahr territoriyasida kelib chiqqan bo‘lsa ham, ammo undan uzoq joylarda yuz berdi. Bu harakat bilan bog‘liq voqealar Old va O‘rta Osiyo sharqida katta aks sadoga ega bo‘ldi. Saljuqiylar harakatiga Saljuqning nabiralari aka-uka To‘g‘rulbek va Chag‘ribek Davud hamda ularning amakisi Musa Yabg‘u boshchilik qilar edi. Ular kinik nomli qadimgi turkman qabilasidan edilar. Aka-uka saljuqiylar ko‘chmanchi – turkman qabilalari ustidan boshchilik qilgan edilar. Bu qabilalar tarkibiga boshqa turkman urug‘-qabila urug‘ va qabilalar birlashmalari bilan ham qarindoshlik munosabatida bo‘lgan birqancha urug‘ va qabilalar kirgan bo‘lsa kerak.
Dastlab saljuqiylar quyi Sirdaryodagi Jand degan joyda ko‘chib yurar edilar, ammo Shohmalik nomli hokim bilan urushib qolganlari tufayli Zarafshon daryosining o‘ng qirg‘og‘iga, somoniylar tomonidan ularning ko‘chib yurishi uchun berilgan Nur(Nurota)ga ketishga majbur bo‘lgan edilar. Somoniylar Saljuqiylar bilan totuv yashar edilar, bu totuvlik somoniylarning qoraxoniylarga qarshi olib borgan kurashlarida turkmanlarning somoniylarga bergan yordamiga asoslangan bo‘lib, ammo bu yordamga doim ishonish qiyin edi.
XI asning birinchi yarmida turkman – saljuqiylarning ahvoli juda og‘irlashdi. Gap shundaki, Movaraunnahrga, shu jumladan Zarafshon vodiysiga qoraxoniylar bilan birga ko‘pchilik chigil, qarluq, yag‘mo va boshqa turk qabilalari ham keldi. Ularning hammasiga ko‘chib yurish uchun joy kerak edi. Shu jumladan, turkmanlar o‘rnashib olgan Zarafshon daryosining o‘’ng qirg‘og‘idagi Nurdan to Samarqandgacha bo‘lgan qismi ham kerak edi. Movoraunnahrda Ilekxon Alitagin xo‘yajinlik qilib turgan davlarda (1034 yilda o‘lgan) saljuqiylarga unchalik tegmas edilar; uning vafotidan keyin Alitaginning o‘g‘illari yosh bo‘lgani uchun butun ishni o‘z qo‘liga olgan Tunush davrida ularning ahvoli juda og‘irlashdi. Nihoyat, sharoit ularni Zarafshon vodiysini tashlab ketishga majbur qildi. Xorazmshoh Xorun 1034 yilda ularga raboti Mashoi, Sho‘raxona va Goviyhar rayonlaridadan yer ajratib berdi, ammo Jand hokimi ularga hujum qildi va 8 ming kishini o‘ldirdi. Saljuqiylarning boshliqlari yuqorida aytib o‘tilganidek To‘g‘rulbek, Chag‘ribek Davud va Musa Yabg‘u bu yerdan ketishga va Mahmud G‘aznaviyning o‘g‘li Ma’suddin joy so‘rashga ahd qildilar. (Ma’sud 1030 yildan 1041 yilgacha podshohlik qilgan edi).
Mening ishimdan maqsad Saljuqiylar davlatida ijtimoiy siyosiy madaniy hayoti mavzusini yoritishdir.
Ushbu maqsadga erishish uchun men quyidagi vazifalarni qo‘ydim:
· turklarning davlat taʼlimining Usmonlilar beyligidan qudratli Usmonli imperiyasining tashkil topishigacha boʻlgan evolyutsiyasi jarayonini ochib berish;
· Usmonlilar ekspansiyasining yo‘llari va usullarini ko‘rsatish;
Imperiyaning ichki tuzilishini ko‘rib chiqing;
· Usmonlilar davrining birinchi asrlarida madaniyatning rivojlanishini aytib berish.
Tarixiylikning nazariy tamoyillari va ilmiy tadqiqotning xolisligi asar yozishda uslubiy asos bo‘lib xizmat qildi.
Ish tuzilishi. Mening ishim kirish, ikki bob, xulosa va foydalanilgan adabiyotlardan iborat.
Kirish ishning dolzarbligini asoslaydi, maqsad va vazifalarni belgilaydi.
Birinchi bobda Usmonlilar imperiyasi tashkil topishining dastlabki bosqichi, qoʻshni viloyatlarga qarshi harbiy yurishlar haqida soʻz boradi.
Ikkinchi bobda Usmonlilar imperiyasining yo‘llari va usullari, ichki tuzilishi va Usmonli imperiyasining jahon davlatiga aylanishi ko‘rsatilgan.
Xulosa qilib, natijalar umumlashtiriladi va xulosalar chiqariladi. Oxirida foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati.



Download 145 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling