savol: o‘zbek adabiyoti tarixining ta bosqich


Download 3.35 Mb.
bet1/27
Sana16.08.2023
Hajmi3.35 Mb.
#1667552
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27
Bog'liq
adabiyot tarixi


1- savol: o‘zbek adabiyoti tarixining 3 ta bosqich
Adabiyot tarixini mukammalroq o’rganish, uning har bir bosqichuda yuz bergan hodisalarni maxsus tadqiq etish maqsadida olimlar davrlarga bo’lishni tavsiya etadi. Bu jarayon o’zbek adabiyotshunosligida Abdurauf Fitratdan boshlangan desak xato bo’lmaydi. U o’zining 1927-yilda yaratgan “O’zbek adabiyoti namunalari” qo’llanmasida adabiyotimiz tarixini ilk bora davrlarga bo’lish tajribasini qo’llab ko’rdi. Fitrat o’z davrining ijtimoiy-siyosiy talab vamafkurasidan kelib chiqib o’zbek adabiyoti tarixini quldorlik, feodalizm va proletariat davri adabiyoti kabi uchta davrga ajratdi.
O.Sharafiddinovning 1948-yilda nashr ettirilgan “O’zbek adabiyoti tarixi” xrestomatiyasida (majmua) davrlashtirish bo’yicha tajribalar davom ettirildi.
Sobiq sho’rolar davri adabiyotshunosligida o’zbеk adabiyoti tarixini ikki katta bosqichga ajratish odat tusiga kirgan edi:
Eng qadimgi zamonlardan boshlab XX asrninng boshlariga qadar ya’ni O’zbеk klassik adabiyoti tarixi.
XX asrninng boshlaridan hozirgi kunga qadar ya’ni Hozirgi zamon o’zbеk adabiyoti tarixi.
io` zbek adabiyotini dastlab quyidagi uch qismga bo‘lib o‘iganish maqsadga muvofiqdir:
1. 0 ‘zbek mumtoz adabiyoti tarixi (Eng qadimgi davrlardan X IX asr o‘rtalarigacha).
2. M illiy uyg‘onish davri o‘zbek adabiyoti (X IX asr II yarmidan X X asming 20-yillarigacha).
3. Yangi o‘zbek adabiyoti (1930 yildan hozirgacha)
o ‘zbek adabiyoti taraqqiyot jarayonlarini tarixiylik nuqtai nazaridan davrlashtirish maqsadga muvofiq sanaladi.0 ‘zbek adabiyoti tarixini davrlashtirishda uni ba’zi podsholiklar,sulolalar nomlari bilan atash lozimligi haqida ham fikrlar bildirilgan.Biroq adabiyotning o'ziga xos taraqqiyot qonuniyatlari bunday qarashlami to‘la oqlamaydi. Adabiyotshunos N. M. Mallayev o'zining “0 ‘zbek adabiyoti tarixi” kitobida o ‘zbek adabiyoti tarixini yuqorida qayd etilgan qamrovli tamoyillaiga ko‘ra 6 davrga bo‘lib o'iganishni tavsiya etadi. Olim undagi ayrim bosqichlami ichki bosqich - etaplaiga bo‘lib o ‘rganish mumkinligini ham e ’tirof etgan. 0 ‘zbek mumtoz adabiyotini davrlashtirishda N.Mallayevning fikrlariga tayanish mumkin.Chunki mazkur masalaga doir bahs-u munozaralar o ‘zining yetarli yechimini topmagan ekan, fanda qabul qilingan hukmron fikrga tayanish, uni o ‘quvchilarga taqdim etish pand bermaydi. Shu o ‘rindakichik bir tahrimi e’tiboringizga havola qilishni lozim topdik. 0 ‘zbekiston mustaqilligi e ’lon qilingach, XIX asr ikkinchi yarmi va XX asr boshlari adabiyotini ’’Milliy uyg‘onish davri o ‘zbek adabiyoti” tarzida atash tamoyilga kirdi. Biz ham bu o ‘rinda uni qabul qilishni ma’qul ko'rdik.Shunday qilib, o'zbek mumtoz adabiyotini quyidagi asosiy taraqqiyot bosqichlariga bo‘lib o‘iganish maqsadga muvoflqdir:
1.Eng qadimgi adabiy yodgorliklar.
2.X-XII asrlar adabiyoti.
3. XIII asr va XlV asr boshlaridagi adabiyot.
4. XIV asr o ‘rtalaridan XVII asigacha bo'lgan adabiyot
5. XVII asrdan XIX asr o ‘rtalarigacha bo‘lgan adabiyot.Eng qadimgi adabiy yodgorliklar qadim zamonlardan Markaziy Osiyoda yashagan xalqlaming mushtarak adabiy yodgorligi sanaladi. Shuningdek, X-XII asrlarda vujudga kelgan turkiy tildagi adabiyot ham faqat o ‘zbek xalqiga taalluqli bo'lmay, balki Markaziy Osiyo va Sharqiy Turkistonda yashovchi turkiy xalqlaming ham mushtarak ma’naviy boyligidir.Prof. B.To`xliev adabiyot tarixini quyidagicha davrlashtirishni tavsiya etadi:
1. Eng qadimgi adabiy yodgorliklar «Avesto», «Alpomish» va b.
2. Ilk o`rta asrlar adabiyoti «Kultegin» bitiklari va b.
3. O`rta asrlar adabiyoti IX-XVI asrlar:
4. Temuriylar davri adabiyoti.
5. A.Navoiy va uning davri adabiyoti.
6. XVII-XIX asrlar adabiyoti.
7. XX asr adabiyoti.
5-Savol:Oltin yoruq» qadimgi sanskrit tilida yaratilgan asar bo`lib, X asrda Beshbaliqda yashagan Singqu Seli Tutung uni xitoycha variantidan turkiy tilga tarjima qilgan. Kitobning sanskritcha nomi «Suvarnanrabhasa» (oltin jilo)dir. Turkiycha tarjimada esa to`liq nomi «Altun o`nglug´ yaruq yaltriklig´ qonda ko`trulmush nom eligi» – oltin rangli nur toblanadigan hammadan buyuk bo`lgan kitob tojdori)dir. «Oltin yoruq» budda diniga oid sutra – muqaddas kitoblardan biri hisoblanadi.«Oltin yoruq»ning bir necha qo`lyozma nusxalari ma’lum. Uning 1687-yilda ko`chirilgan nusxasi boshqalariga nisbatan mukammal bo`lib, u hozirda Peterburgdagi Sharqshunoslik instituti qo`lyozmalar bo`limida saqlanadi. Qo`lyozmani rus olimi S.Y.Мalov 1909–1911-yillarda Sharqiy Turkiston va Xansu (Gan-Su)da safarda bo`lganida uyg´urlar yashaydigan Vungshigu qishlog´idan qo`lga kiritgan. «Oltin yoruq»ni S.Y. Мalov 1913-1917-yillarda V.V.Radlov bilan hamkorlikda nashr ettirda. V.V.Radlov kitobning bir qismini nemis tiliga tarjima qildi. Tarjima 1930-yilda S.Ye.Мalov so`z boshisi bilan chop etilgan. S.Y.Мalov «Памятники древнетюркской писменности» (М.-L., 1951) kitobida «Oltin yoruq»dan ikki parcha – «Hukmdor Kyu-Tov haqida afsona» hamda «Tegin va Bars haqida afsona»ning transkripsiya va ruscha tarjimasini beradi. «Tegin va Bars haqida afsona» «Oltin yoruq»ning 604-627 sahifalarida berilgan. O`zbek olimlari G´.Abdurahmonov va A.Rustamovlarning «Qadimgi turkiy til» (1982) kitobining 607-617 sahifalarida afsona mazmuni bayon etilgan. Asarning to’liq tarjimasi Nasimxon Rahmonov tomonidan amalga oshirilgan.«Oltin yoruq» uyg´ur yozuvida bitilgan yirik tarjima asaridir. V-X asrlarda turkiy tilda uyg´ur yozuvi bilan yana bir necha yirik adabiy yodgorliklar yaratilgan. G´.Abdurahmonov va A.Rustamovlar «Qadimgi turkiy til» kitobida «Xuastuanift» («Мonaviylarning tavbanomasi»), «Shahzodalar Qalyanamqara va Papamqara haqida qissa»; «Sekiz yukmak», «Atavaka devi haqida afsona», «Budda afsonalaridan parchalar» yodgorliklari haqida ham ma’lumotlar berishadi.
7-savol:Yoz va Qish munozarasi Germaniya, Angliya va Skandinaviya mamlakatlarida XIV-XVT asrlardan buyon bor. Munozara janri bu mamlakatlar xalqi orasida marosimlar bilan bog'liq bo‘lib, babor paytidagi turli sanalarga to‘g‘rilangan. G'arbiy Germaniyada munozara yaqin vaqtlargacha bahorgi marosim o ‘yinlari sifatida saqlangan edi.Qish va Yoz olmon xalq marosim o‘yinlarida olomon o‘rtasida o‘tkazilgan. Ikkalasi bir-biriga qarama-qarshi kuchlar sifatida maydongachiqadi. Yoz o ‘z mulozimlari bilan quyosh chiqadigan Sharqdan kelgan.U Qishga “Bu yerdan jo ‘nab qol”, deb buyuradi. Qish qo‘pol dehqon timsolida bo‘lib, boshiga telpak kiygan, u tog‘dan kelgan, o ‘zi bilan birga shamol, sovuqni, qorni olib kelgan. Ammo u daf bo‘lishni aslo istamaydi. Qish oppoq qorli dalalari bilan, Yoz esa yam-yashil vodiylari bilan maqtanadi. Yozda o ‘t-o‘lan!ar ko‘karadi. Qish ham turli-tuman ichimliklar kashf qilgan. Yoz yem-xashak, sharob, g‘alla yetishtiradi, bularning hammasi qishda yo‘q bo‘ladi. Tabiiyki, bular Yoz va Qish o'rtasida savol-javob tarzida o ‘tadi. ikkovining orqasida esa xor bo‘lib qo‘shiq aytganlaricha mulozimlari turadi. Oxiri Yoz g ‘alaba qiladi. Qishbo‘zini Yozning xizmatkori deb ataydi va “Ikkovimiz boshqa mamlakatlarga boraylik, menga yordam bergin”, deb iltimos qiladi. Shundan keyinbYoz “Jang tamom boTdi, xayrli tun”, deya e'lon qiladi. Munozaraning bunday ko‘rinishlaridan V I 11-1X asrga oid “Bahor va Qish” nonili lotineha she’r ham yetib kelgan. Yoz va Qish munozarasining marosimga aylangan ko'rinishi yoqut xalqida ham saqlangan. Ulaming marosimi bahor va kuzga oid bo‘lib, bahorning ilk kunlarida oliyjanob Tangriga qurbonlik qilish bilan boshlangan.Bu marosimlami keltirishdan maqsad shuki, bahs yoki olishuv munozaraning ilk ko‘rinishlaridir. Munozara janr sifatida xalq og‘zaki ijodiga kirib kelishida bu marosimlar asosiy omil bo‘lgan.Munozara janri o‘zbek adabiyotida uzoq tarixga ega. Dastlab bu janming ildizlarini turkiy xalqlar miflarida ko'ramiz.Turkiy qavmlarning paydo boTishiga oid mifda aytilishicha, Yoz qizi bilan Qish qizi o‘rtasida, kim qudratli degan bahs bo‘lib, ikkovi bellashadi. Musobaqada Yoz qizi g ‘alaba qiladi.Munozara janrining asosiy belgilaridan biri - bahsga kirishgan tomonlardan biri g ‘olib, biri esa albatta mag'lub bo‘ladi. Yuqoridagi mifda boshlangan munozaraning ana shu xususiyati Mahmud Koshg‘ariyning “Devonu lug‘atit-turk” asarida Yoz va Qish o ‘rtasidagi munozarada aniq ko‘rinadi. Har ikki timsol o ‘rtasidagi munozara ijtimoiy mazmun kasb eladi.Turkiy xalqlaming qadimgi yozma va og‘zaki adabiyotini o ‘zida mujassam etgan “Devonu lug‘atit-turk”asaridagi 23 to‘rtlik asosida Abihirauf Fitrat Yoz va Qish munozarasini tikladi.
8-Savol:
9-savol:Iqtibos (arab. — ziyo olmoq), sitata — biror asardan soʻzma-soʻz olingan parcha. Iqtibos bayon qilinayotgan fikrni ishonchli fikr bilan quvvatlash, muayyan fikrni tanqid qilish uchun hamda muhim faktik material — misol sifatida qoʻllaniladi. Iqtibos, asosan, ilmiy (koʻpincha gumanitar) va rasmiy nutqda ishlatiladi hamda qoʻshtirnoq bilan belgilanadi yoki alohida harf bilan yoziladi; shuningdek, manbaga havola qilinadi. Bunday koʻchirmalar foydalanuvchining fikri bilan qiyoslanganda uning mohiyatini toʻgʻri tushunish imkonini beradi. Masalan, badiiy adabiyotning, soʻzning gʻoyaviy-estetik taʼsir kuchi, ahamiyatini quroldan ham kuchliroq ekanligi toʻgʻrisidagi fikrni mustah-kamlash maqsadida P. Tursunning "Adabiyot zambarakdan zoʻr" yoki A. Qahhorning "Adabiyot atomdan kuchli" degan soʻzlarini yoki boʻlmasa, "tigʻ yarasi bitar, ammo til yarasi bitmas" maholini iqtibos sifatida qoʻllash mumkin. Iqtibosdan koʻp hollarda epigraf va shior oʻrnida ham qoʻllaniladi. Agar muallif fikriga zarar yetmasa, Iqtibosda orfografiya va punktatsiyani oʻzlashtirish, soʻz (soʻzlar)ni tushirib qoldirish mumkin (bunda koʻp nuqta bilan belgi qoʻyiladi).[1]Alisher Navoiyning «Nasoyim ul-muhabbat» asarida Adib Ahmad haqida quyidagilar yoziladi: «Adib Ahmad ham turk clidan ermish. Deriarki, ko'zlari bitov ermishki, aslo zohir ermas crmish. Ammo bag'oyat ziyrak va zakiy va zohid va muttaqiy kishi ermish. Maskani Bag'doddin necha yig'och yoi crkan. Har kun Imom A'zam darsig'a hozir boiur erkandur va bir mas'ala o'rgamb bu yoini yayog' borur crkandur. Va aning tiU turk alfozi bila mavoiz va nasoihqa go'yo ermish. Xeyli elning muqtadosi ermish. Balki aksar turk ulusida hikmat va nuktalari shoe'dur»

10-Savol:Kitobda Muhammad paygʻambarning odob-axloqi toʻgʻrisida hadislar bor. Asardan umumiy 1322 hadis joy olgan.[4] Ushbu kitob Imom al-Buxoriyning boshqa kitobi - „Al-Jome as-Sahih“ hadislar toʻplamining soyasida qolgan deyiladi. Musulmon ulamolari oʻrtasida al-Jome 'as-Sahih va Sahihi Muslim, Islomning Qur’ondan keyingi eng haqiqiy kitoblari ekanligi toʻgʻrisida yakdil fikr mavjud.[5]



Garchi al-Adab al-Mufrad oʻzining muhim asari boʻlgan boʻlsa-da, Imom al-Buxoriy al-Adab al-Mufrad ichidagi hadislarning oʻzi uchun qoʻygan Al-Jome as-Sahihdek juda qattiq va qatʼiy haqiqiylik shartlariga javob berishini talab qilmagan. Biroq, hadis zanjirlarini al-Adab al-Mufrad ichida tushuntirgan, sharhlagan yoki izlab topgan va tasniflagan keyingi olimlarning asarlariga asoslanib, undagi rivoyatlarning aksariyati sahih yoki hech boʻlmaganda kuchsiz deb topilgan.[6]
12-Savol:«Shohnoma» asari haqida.- shohnoma syujeti asosida ,,iskandarnoma",,,rustam va suhrob " dostonlari yaratilgan.Bu asar 30-35 yil mehnat samarasi bo‘lib, 60 ming baytdan iborat. Asar dastlab Abu Mansur Daqiqiy tomonidan «Xudoynoma» («Gushtasb») degan nom bilan yozila boshlagan. Biroq u asarning ming baytchasini yozgan paytda quli tomonidan o‘ldiriladi. Bu ishni Firdavsiy davom ettiradi. Asarda qariyb 4000 yil ichida Eron zaminida hukmronlik qilgan 4 ta sulolaga mansub 50 podshoh hayotiga tegishli voqea-hodisalar o‘z aksini topgan. «Shohnoma» dan zolim va qonxo‘r Zahhok («ilonshoh», yelkasidan ilon o‘sib chiqqan) haqida, «Rustam va Suxrob» haqida va shu kabi ko‘pgina dostonlar o‘rin olgan. Asar qahramoni Rustam Shag‘odning makr-hiylasidan o‘ladi. Asardagi Zoli Zar, Rudoba, Suhrob, Gudarz, Gev, Tus, Hojir, Gurdofarid, Humoy, Manija singari qahramonlar ham yer yuzida adolat tantanasi uchun kurashadilar. «Zol va Rudoba» hamda «Bijon va Manija» dostonlarida chinakam baynalmilallik g‘oyalari ilgari suriladi. Firdavsiy «Isfandiyr», «O’n shasi muhoraba» dostonlarida, ayniqsa, mamlakatning butunligiga tahdid soluvchi, o‘zaro urush chiqarish uchun bahona izlovchi shohlar, shahzoda va lashkarboshilarni qattiq qoralaydi. Sharq adabiyotida birinchi bo‘lib, Iskandar mavzusini ham Firdavsiy qalamiga olgandir. Rustam va Suxrob» dostoni haqida . Bu asar «Shohnoma» dagi eng qayg‘uli dostonlardan biridir. Unda Rustam o‘zining mashhur oti Raxsh bilan ovga chiqib Turon o‘lkasiga borib qoladi. U charchab dam oladi, ovlangan qulonni pishirib yeydi, so‘ng uxlab qoladi. U yerdan o‘tayotgan turonlik sipohiylar Raxshni o‘g‘irlab ketishadi. Ko‘zini ochgan Rustam otini topolmay piyoda yo‘lga tushadi va Samangan shahriga borib qoladi. Samangan shohi uni izzat-ikrom bilan kutib oladi va ziyofat boshlaydi. Bu orada shohning qizi Taxmina Rustamni yaxshi ko‘rib qoladi. Rustam ham unga ko‘ngil qo‘yadi va uylanadi. Oradan bir oz o‘tib Rustam o‘z yurti - Seyistonga otlanadi. Bu paytda uning oti Raxsh qaytarib berilgan edi. Ketar chog‘ida u Taxminaga bir gavhar berib, uni tug‘ilajak farzandiga, agar qiz bo‘lsa sochiga, o‘g‘il bo‘lsa qo‘liga taqib qo‘yishni aytadi. Rustam yurtiga qaytadi. To‘qqiz oydan so‘ng Taxminaning ko‘zi yorib, o‘g‘il tug‘iladi. Unga Suhrob deb nom berishadi: Kunlardan birida Suhrob onasidan ajdodlari kim, otasi kimligini so‘raganda onasi uning bilagiga Rustam berib ketgan gavharni taqib qo‘yadi va Rustami Doston farzandi ekanligini aytadi. Suhrob otasini ko‘rish ishtiyoqida safarga otlanib, Raxsh zotidan bo‘lgan Qulunni tanlaydi. Suhrobning dovrug‘i Afrosiyobgacha borib yetadi. U makkorlik bilan urush olovini qo‘zg‘aydi. Suhrob Eronga qarshi jangga otlanadi. Jang maydonida ota-bola bir-birini tanimasdan to‘qnash keladi, Otasi jangda ustun kelib o‘g‘lining ko‘ksiga hanjar uradi. O’limi oldidan Suhrob o‘zini tanitadi. Rustamdardu hasratlar ichida qoladi:
14-Savol:Nosir Xisravning to‘liq ismi Abu Mu’iniddin Nosir Xisrav al-Qubodiyoniy bo‘lib, she’rlarida “Hujjat” taxallusini qo‘llagan. Uning avlod-ajdodlari o‘z davrining obro‘li, davlatmand kishilaridan hisoblangan.
Nosir Xisrav 1003-yilda Buyuk Xuroson yerlariga tegishli Qabodiyon (hozirgi Tojikiston hududida) mintaqasida tavallud topgan. Amudaryo bilan karvon yo‘li kesishgan joydagi bu shahar O‘rta asrlarda faqat qishloq xo‘jalik mahsulotlari bilangina mashhur bo‘lmay, balki savdo-sotiq hamda hunarmandchilik ham taraqqiy topgan joy edi.Nosir Xisrav 7 yil maboynida (1045–1052-yillar) Misr, Shom, Iroq, Qohira, Iskandariya, Damashq, Basra, Hijoz, Halab, Makka, Madina, Ozarbayjon, Armaniston, Falastin, Eron, Turkiston va Hindiston shaharlari bo‘ylab qilgan safarlari muhim ahamiyat kasb etdi. Uning “Safarnoma” asari shu sayohat natijasida yaratilgan. Ulkan adib qaysi shaharda bo‘lmasin, uning diqqatini o‘sha yurtning ulug‘ shaxslari, olim-u shoirlari o‘ziga jalb etgan va o‘sha donishmandlar bilan muloqotda bo‘lgan.Bizgacha mutafakkirning ikkita she’rlar devoni (biri forsiy, ikkinchisi arab tilida), “Rushnoinoma”, “Saodatnoma” masnaviylari, “Zodul-musofirin”, “Xon-ul-ixvon”, “Din vajhi”, “Bo‘ston ul-uqul”, “Jome’ ul-hikmatayn” kabi ma’naviy-diniy asarlari, to‘qson ikki falsafiy, mantiqiy savollarga javob usulida yozilgan nasriy risola va mashhur “Safarnoma”si yetib kelgan.
15-16-17-18-savollar:kitobni chinliklar «Adab-ul-muluk»/`«Hukmdorlar odobi»/, mochinliklar «Oyin-ul-mamlakat» /«Mamlakatning tartib usuli», sharqliklar «Zain-ul-umaro»/, «Amirlar ziynati»/, eronliklar «Shohnomai turkiy», turonliklar «Qutadg’u bilig», ba'zilar «Pandnomai muluk»/«Hukmdorlar pandnomasi»/ dеganlar.Qutadg’u bilig» haqidagi dastlabki xabar XIX asrning birinchi choragida paydo bo’ldi. Bu asarning 1439 yilda Hirotda uyg’ur yozuvi bilan Hasan Qara Sayil Shams tomonidan ko’chirilgan nusxasi Turkiyaning Tug’ot shahriga, bu еrdan esa, 1474 yilda Abdurazzoq Shayxzoda baxshi uchun Faxri o’g’li Qozi Ali tomonidan Istambulga kеltirilgan. Uni sharqshunos olim Hammеr Purgshtall Istambulda sotib olib Vеna saroy kutubxonasiga kеltiradi. 1870 yilda vеngеr olimi Hеrman Vambеri «Qutadg’u bilig»ning eng muhim qismlarini «Uyg’ur tili obidalari» va «Qutadg’u bilig» nomi bilan nashr qildi. G`1823 yilda frantsuz sharqshunosi Jaubеrt Amеdi ham nashr ettirganG`. 1890 yildan boshlab bu asarni o’rganishga V.Radlov kirishadi. 1896 yilda «Qutadg’u bilig»ning arab yozuvi bilan ko’chirilgan ikkinchi bir nusxasi Qohirada topildi. Radlov 1910 yilda asarni rus alfavitiga asoslangan to’liqtranskriptsiyasini nеmis tiliga tarjimasi bilan nashr qildiradi. Bu asarning arab yozuvi bilan ko’chirilgan uchinchi nusxasi 1913 yilda Namanganda topildi. 1924 yilda Fitrat namanganlik Muhammadhoji eshon Lolarеsh ismli kishidan bu nusxani oladi va Toshkеntga Asosiy kutubxonaga kеltiradi.
19-Savol:Gʻarb va Sharq xalqlari, jumladan, turkiy xalqlar adabiyotida D.a. uzok, tarixga ega. D.a.ga doyr ilk namunalar Mahmud Koshgʻariyning "Devonu lugʻotit turk" asarida uchraydi. Oʻzbek mumtoz adabiyotidagi D. a.ning dastlabki yirik namunalari Yusuf Xos Hojibning "Qutadgʻu bilig", Ahmad Yugnakiyning "Hibat ul-haqoyik" dostonlaridir. Bu asarlarda xalqning adolat, maʼrifat, axloq, odob haqidagi qarashlari, pand-nasihatlari sheʼriy shaklda bayon etilgan. D.a.dan ijtimoiy, falsafiy, ilmiy qarashlarni ommalashtirish vositasi sifatida ham foydalanganlar (mas, Ibn Sinonpnt tabobatga oid "Urjuza" sheʼriy asari). D.a.ga xos boʻlgan xususiyatlardan Ahmad Yassaviy, Boqirgʻoniy Sulaymon, Soʻfi Olloyor, Huvaydo, Haziniy kabi tasavvuf namoyandalari ham samarali foydalanganlar.
20-savol:turkiy adabiyotda aruz vaznida yozilgan ilk asar,qutadg`u bilig aruzning mutaqorib bahrida yozilgan
21-Savol:Qutadg‘u bilig” da bir yuz saksonga yaqin to'rtlik bor bo‘lib, Sharq epik she’riyati uchun qulay va keyinchalik keng tarqalgan masnaviyda yozilgan. 71, 72, 73-boblar qasidadan iboratdir.“Qutadg‘u bilig” amzning mutaqoribi musammani solim va undan fa’riy (hosila) bo‘lgan mutaqoribi musammani mahzuf, mutaqoribi musammani maqsur bahrida yozilgan.Qutadg’u bilig» tarkibi quyidagicha: Uch bosqich muqaddima:Nasriy muqaddima G`38 satrG`.Shе'riy muqaddima G`77 baytG`.Muqaddimaviy boblar G`11 bob. 390 baytG`.Asosiy qism - doston mavzui 68 bobda rivojlanadi. Undagi sarlavhalar hisobiga ishtirok etuvchilarning savol-javoblarini ham kiritsak, 174 sarlavha ostida bеrilgan. Umumiy hajmi 5896 bayt. Xotima qismi - 2 qismda va masnaviy bobdan iborat bo’lib, masnaviy bob mazmunigina dostonga aloqador. Muqaddimada tangriga hamd, payg’ambar va chahoryorlarga na't aytiladi. «Qutadg’u bilig» 180 ga yaqin to’rtlik, masnaviy va uch bob qasidadan iborat. Asar aruzda yozilgan. Mutaqorib bahrida.«Qutadg’u bilig» o’sha davrda Qoshg’ardan Kaspiygacha bo’lgan kеng maydonga yoyilgan barcha turkiy qabilalar uchun tushunarli bo’lgan «Bug’raxon tili»da yozilgan. «Qutadg’u bilig»-adabiy asar, badiiy adabiyot numunasi. Asar qahramonlari 4 timsoldan tashkil topgan:
22-Savol:Yusuf Xos Hojib “Qutadg‘u bilig” asarini yozib tugatgandan so‘ng uni o ‘z davri hukmdori Tabg‘och Bug‘raxonga sovg‘a qiladi va dostonning kirish qismidagi boblardan birini Bug‘raxon maqtoviga bag‘ishlaydiDostonning mazkur Bug‘raxon madhiga doir qismini qasida deb atash mumkin, chunki unda mazkur janr qoidalariga to‘liq rioya etiladi, hatto bobda qasidaning barcha kompozitsion qismlari mavju d 193. U faqat masnaviyda qofiyalanganligi bilangina an’anaviy qasidalardan farqlanadi, xolos.“Qutadg'u bilig”da, shuningdek, yana ikkita qasida bor. “Hibat ul-haqoyiq” Sharq xalqlari adabiyotiga xos an’an alar Allohga hamd, payg‘ambar va chahoryorlarga na’t bilan boshlanadi. So‘ngra doston bag'ishlangan shaxs - Dod Sipohsolorbck madhi va kitobning yozilish sababi haqidagi boblar beriladi. Professorlar N.Mallayev va Q.Mahmudovlaming e’tirof etishlaricha, dostonning muqaddima qismi, ya’ni hamd, na’t, Dod Sipohsolorbck maqtovi hamda asaming yozilish sababi xususidagi boblari g‘azal shaktida yozilgan200. Fitrat esa muqaddimaning so‘nggi bobini g‘azal deb ataydi21". Darhaqiqat, dostonning muqaddima boblari shakliy-poetik xususiyatlariga ko‘ra, g‘azal janriga yaqin ekanligi bilan alohida ahamiyat kasb etadi. Albatta, bu boblami tom ma’nodagi g‘azal deb atash qiyin, chunki ular g‘azal janri talablariga toTiq javob bera olmaydi. Ammo shuni ta’kidlash lozimki, ularda g‘azal janriga xos boigan ba’zi unsurlar mavjud.
23-Savol:Adib Ahmad ham turk elidin ermish. Aning ishida g‘arib nimalar manquldur (ya’ni g‘aroyib voqealar ko‘chirib qoldirilgan). Derlarki, ko'zlari butov (ya’ni butun) ermishki, aslo zohir ermas emish. Basir bo‘lub, o‘zga basirlardek andoq emas ermishki, ko‘z bo‘lg‘ay va ko‘rmas bo‘lg‘ay” (Navoiy. MAT. 17-tom, 426-b.) Chamasi, Navoiy ham Adib Ahmad haqidagi ma’lumotlami biron tarixiy manabadan olgan. Aks holda, uning shaxsiy hayotiga va fazilatlariga oid quyidagi ma’lumotlami keltirmagan bo'lardi: “Ammo bag‘oyat ziyrak va zakiy va zohid va muttaqiy (ya’ni taqvodor, parhizkor) kishi ermish. Haq s.t. agarchi zohir ko‘zni yopuq yaratqandur, ammo ko‘ngli ko‘zin bag‘oyat yoruq qilg'ondur: lo‘byog‘a (ya’ni o‘yinchoqqa) ilik surtubdur va debdurki, qo‘y bukragiga o'xshaydur va naxudni barmog‘i bila silab, debdurki, itolgu boshig‘a o‘xshar. Maskani Bag‘doddin necha yig‘och, ba’zi debdurlar, to‘rt yig‘och yo‘l ekan”.Navoiy mazkur asarida Adib Ahmadning yoshligida - madrasa talabasi ekanligidayoq zukko,donishmand bo‘lgani va el og‘zida doston bo‘lganiga ishora qiladi. Navoiy mazkur asarida Ahmad Yassaviy haqida to‘xtalib, u haqda quyidagicha ta’rif-tavsiflarai beradi: “Xoja Ahmad Yassaviy q. t. s. - Turkiston mulkining shayx ul-mashoyixidur. Maqomoti (daraja, bosqich) oliy va mashhur, karomoti mutavoli (cho‘zilgan) va nomahsur (chegarasiz) ermish. Muridu as’hobi g‘oyatsiz (cheksiz) va shohu gadoning irodat va ixlosi ostonida nihoyatsiz ermish. Imom Yusuf Hamadoniy q.s.ning as’hobidindur. Xoja Abluxoliq G‘ijduvoniy bila q.s. suhbat tutubtur va Xoja Abdulloh Barraqiy va Xoja Hasan Andoqiy q.r.bilaki, ham Imom Yusuf Hamadoniy r.t. muridlaridurlar. Imom qaysi biyik (ulug‘, buyuk) marotibga yetibdurlar, musohib (hamsuhbat) bo‘lubdur va ro‘zgor (davr, zamon) mashoyixidin ko‘p buzurgvorlar (ulug‘vor, hurmatli) aning tarbiyatin topibdurlar va Shayx Raziyuddin Ali Lolo q.s. Shayxi buzurgvor Shayx Najmiddun Kubro r. xizmatig‘a yetardin burun Xoja Ahmad Yassaviy q.r. xizmatida bo‘lub erdi va aning xonaqohida aning irshodi (to‘g‘ri yo‘l ko‘rsatish) bila suluk (yo‘l tutish)qilibdur va aning mazori Turkistonda, Yassi degan yerdaki, aning mavlid (tug‘ilgan joy) va manshaidur (kelib chiqish joyi) voqye bo‘lubdur va Turkiston ahlining qiblai duosidur”
24-25-Savol:Hibatul haqoyiq»-«Haqiqatlar armug’oni» G`B.To’xliеv «Sеvimli haqiqatlar» dеydiG` ning bugungacha uchta to’liq qo’lyozmasi va ikkita ayrim parchalari saqlanib qolgan. Ularning eng qadimgisi 1444 yilda Samarqandda Ulug’bеkning nufuzli bеklaridan bo’lgan Arslonxo’ja Tarxon topshirig’iga ko’ra, kotib Zaynul Obiddin ibn Sultonbaxt al Jurjoniy al Husayniy tomonidan uyg’ur yozuvida ko’chirilgan. Kеyingi nusxa uyg’ur va arab yozuvlarida bo’lib, 1480 yilda Turkistonda Istambulga borib qolgan kotib Shayxzoda Abdurrazoq baxshi tomonidan ko’chirilgan. Uchinchi qo’lyozma arab xatida bo’lib, unga turkiya sultoni Boyazid II muhri bosilgan. Bu nusxa ham XV asr oxiri XVI asr boshlarida ko’chirilgan. Turk olimi Najib Osim 1914-1916 yillarda ikkinchi nusxani topib, nashr etgan. «Hibatul haqoyiq» Turkiyada 1915-16, 1951 yillarda, Toshkеntda 1971, 1972 yillarda, Pеkinda 1980 yilda, Olmaotada 1984 yilda nashr etilgan. Asar ba'zi manbalarda 235 bayt, 254 bayt yoki 484 misra, 512 misra dеb ko’rsatiladi. Umuman, dostonning umumiy hajmi 500 misradan ortiq.Dostonning ikkinchi nusxasida asar 14 bobdan iboratligi qayd etilsada, u 11 bobdan tashkil topgan. 3 bobi boshqa boblarga kirib kеtgan bo’lishi mumkin. Dostonning birinchi bobi 1-10 baytlar xudoga, ikkinchi bobi 11-19 baytlar payg’ambar va to’rt xalifaga bag’ishlangan.Uchinchi bob 20-33 baytlar Dodsipahsolorga bag’ishlanadi. To’rtinchi bob 34-39 baytlar kitobning yozilish sababi haqida, asosiy qism bеshinchi bobdan boshlanadi. Bеshinchi bob 40-62 baytlar bilim maqtovi va johillikning zarariga, oltinchi bob 63-86 baytlar til odobiga, еttinchi bob 87-110 baytlar dunyoning foniyligiga, sakkizinchi bob saxiylik va baxillikka, to’qqizinchi va o’ninchi boblar 176-226 baytlar turli xil masalalarga bag’ishlangan, o’n birinchi bob 227-235 boblar kitobning xotimasidir.
26-Savol: Shu paytgacha YUGNAkiyNI yashagan davri XII asr dеb kеlinardi. Fitrat, N.Mallaеv, Q.Mahmudov, I.Haqqulov, B.To’xliеv, H.Boltaboеv kabi qator olimlarimiz ana shu fikr tarafdori. Prof. M.Imomnazarov O’zAS gazеtasida G`1998 yilG` I.Haqqulov, Q.Mahmudov va boshqalar bilan bahsga kirishib, Yugnakiyni VIII asrga mansub dеgan fikrni ilgari suradi. Bunga sabab nima? Navoiy «Nasoim ul-muhabbat»da shunday yozadi: «Adib Ahmad ham turk elidin ermish. Aning ishida g’arib nimalar manquldur. Dеrlarki, ko’zlari bitov ermishki, aslo zohir ermas emish. Basir bo’lib, o’zga basirlardеk andoq emas ermishki, ko’z bo’lg’ay. Ammo bag’oyat ziyrak va zakiy va zohid va mutaqqiy kishi ermish. Haq subhonahu va taolo agarchi zohir ko’zin yopuq yaratqondur, ammo ko’ngil ko’zin bag’oyat yoruq qilg’ondur.Maskani Bag’doddin nеcha yig’och, ba'zi dеpturlar, to’rt yig’och yo’l erkan. Har kuni Imom A'zam darsiga hozir bo’lur ekandur va bir masala o’rganib bu yo’lni yayog’ borur ekandur...» (Navoiyning nigohi tushgan. T.,1986. 12-bеt). Navoiyning «Imom A'zam darsiga hozir bo’lur ekandur» dеgan fikri M.Imomnazarovning yuqoridagi xulosaga kеlishiga sabab bo’lgan. U Imom A'zamni Bag’dodning allomalaridan xanafiya mazhabining asoschisi Imom A'zam abu Xanifa an Nu'mon ibn Sobit G`699-767G` dеb bilgan. (Buyuk siymolar, allomalar. 1-kitob. 22-bеt). Ko’pgina olimlarimiz Navoiy tilga olgan kishi bu alloma emas G`B.To’xliеv bu shaxs kimligi aniq emas dеydi. «O’zbеk adabiyoti». 9-sinf. 2000 yil. 158-bеtG`, boshqa bir xillari esa tasavvuf ilmida ulug’lardan g’oyibdan tahsil olish mavjudligini, bu ham shu bilan bog’liqligini ta'kidlaydilar
27-Savol:Ulug‘sinma zinhor ulug‘ bir bayot,
Ulug‘lug‘ meningsiz olinmang tedi.
Xudojo‘y, muloyim qiliqni xudo ham yoqtiradi, takabbur kishini tubanlashtiradi. O‘zingni zinhor ulug‘ tutma, ulug‘ birtangrining o‘zidir. U ulug‘likni mensiz olishga urinmang, debaytgan.
28-Savol:Kitobda salmoqli o`rinni odob-axloq masalalari egallaydi. Ahmad Yugnakiy fikricha, odob tilni tiymoqdan boshlanadi:Eshitgil, biliklik negu teb ayur,
Adablar boshi til kuzazmak turur.(Ilmli kishi nimalami so`zlaydi, sen unga quloq sol. Adablar boshi tildir, uni tiymoq zarur.)Shu bois, shoir til odobiga alohida e'tibor beradi:Tiling bekta tutg´il, tishing sinmasun, Qali chiqsa, bekta tishingni siyur.(Tilingni tiy, tishing sinmasin,Agar o`ylamay so`zlab yuborsang, tishingni sindiradi.)Keyingi satrlarda u burring sabablarini ochishga harakat qiladi:Sonib so`zlagan er so`zi sog´i, O`qush yangshag´an til ayalmas yog´i.(O`ylab so`zlagan kishining so`zi to`g´ridir, O`rinsiz ortiqcha vaysagan til ayovsiz yovdir).So`zung bo`shlug´ esma, yig´a tut tiling, Yetar boshqa bir kun bu til so`z bo`shi.(So`zlaringni achchiq qilma, tilingni tiy,
Achchiq, tiyiqsiz til bir kuni boshingga yetadi.)Shoir bu fikrni keyingi misralarda yanada kuchaytiradi:
Xiradliqmu bo`lur tili bo`sh kishi,
Telim boshni edi bu til so`z bo`shi.
(Tili achchiq kishining aqli yetuk bo`ladimi? Til va so`z zahari ko`p kishilarning boshini yedi.)Demak, behuda so`zdan, achchiq tildan saqlanmoq kerak. Behuda so`z obro`ni to`kadi, achchiq til boshga yetadi. Kam so`zlamoq bilan birgalikda to`g´ri so`zlamoq kerak. To`g´ri so`z tilning bezagidir. Shoirning to`g´ri va yolg´on so`zlar uchun qo`llagan o`xshatishlari ham e'tiborni tortadi.
29-savol:Musulmong‘a mushfiq bo‘lub mehrubon,
Senga sondug‘ungni musulmonga son.
Musulmonga shafqatli va mehribon bo‘lib, o‘zingga o‘xshagan kishilarni musulmon sana.
30-Savol:Hibat-ul haqoyiq" bo`lib, ma'nosi „Haqiqatlar armug´oni"dir. Kitob uch nusxada yetib kelgan. Nusxalar bir-biridan kichik farqlarga ega. Ulardan eng eskisi Samarqandda Zaynul Obidin degan xattot tomonidan uyg´ur yozuvida ko`chirilgan bo`lib, 1444-yilda Turkiyaga borib qolgan. 1480- yilda Abdurazzoq baxshi degan kishi O`rta Osiyodan Turkiyaga borib, ushbu kitobdan arab va uyg´ur yozuvida 2 nusxa ko`chirgan. Har uch nusxa Istanbulda saqlanadi. So`ngroq yana ikki nusxasi topilib, hozirda kitob qo`lyozmasining besh nusxasi mavjud.Zaynul Obidin nusxasida kitobning nomi “Atebatul haqoyiq” („Haqiqatlar eshigi") deb berilgan. Shu sababli, uni Turkiyada ko`proq shu nom bilan ataydilar. Undan ko`chirilgan nusxalarning birida „Aybat ul-haqoyiq", ikkinchisida „Hibat ul-haqoyiq" deb yozilgan. Asar o`zbek adabiyotshunosligi fanida „Hibat ul-haqoyiq" nomi bilan shuhrat topdi. Uni o`rganishda olimlarimizdan Qayum Karimov, Qozoqboy Mahmudovlarning xizmati katta bo`ldi.Asarning maxsus bir bobi dunvo va umr haqidagi falsafiv kuzatishlarga bag´ishlangan. Shoir dunyoni odamlar bir qo`nib o`tib ketadigan karvonsaroy (rabot) deb tushuntiradi. Unga qanchadan-qancha karvonlar kelib ketaveradilar. Shu sababli, mol-dunyo orqasidan quvish aqlli kishining ishi emas. Bu dunyo boyligidan yegulik, kiygulik bo`lsa yetarli, ortiqcha tilama. Dunyo bir qo`li bilan asal tutsa, ikkinchi qo`li bilan zahar tutadi. Bu dunyo – ilon. Avraydi, aldaydi, qo`yningga kirib oladi va zahrini quyadi. Unga ko`ngil bermoq aqldan emas. Baxt – omonat. U qushdek uchib yuradi. Hech kimning boshida uzoq turmaydi.
31-savol:Yassaviy har vaqt nafs haqida gapirganida unga insonning kamolotiga xalaqit beradigan yovuz va yaramas kuch sifatida baho beradi. Nafsga “shum” sifati beriladi. Shuningdek, shoir “nafsi bad”, “nafs yoʻli”, “nafs ilgi” singari istioralarni ham qoʻllaydi. Adib toʻgʻridan toʻgʻri nafsga qarshi kurashni, uning yoʻrigʻiga yurmaslikni targʻib qiladi. Nafsning domiga ilinish insonni qanchalik yer bilan yakson qilishini juda yorqin ifodalarda koʻrsatib beradi.Boshqa bir sheʼrida shunga urgʻu berib yozadi:
Nafs yoʻligʻa kirgan kishi rasvo boʻlur,
Yoʻldan ozib, toyib, toʻzib gumroh boʻlur.
Yotsa, qoʻpsa shayton bilan hamroh boʻlur,
Nafsni tepkil, nafsni tepkil, ey badkirdor.
32-savol:Farididdun Attorning «Ilohiynoma» asarida «Ibrohim Adham va Xizr alayhissalom hikoyati» keltirilgan. Hikoyatda Ibrohim Adham ismli ulug' podsho a'yonlari bilan o'ltirganda, bir tuyachi chol qiyofasida Xizr kirib keladi. Ijozatsiz kirgan cholni ko'rib Ibrohim Adhamni jahli chiqadi. Shunda Xizr unga taklifsiz kirganinig sababini izohlab shunday javob beradi: Xizr dediki, bu karvonsaroydir,
Yo 'lovchi bir qo 'nib o 'tmoqqa joydir.
Ibrohim bu muazzam saroy qanday qilib rabot bo'lishi mumkin deb jaxllangada Xizr bu go'zal saroylarda necha kishilar shoxlik davrini surishgan, kun kelib joningni Allohga topshirganingda sendan ham qoladi. Shu boisdan bu yer rabotdan o'zgasi emas deb javob beradi. Bu gaplardan so'ng Ibrohimning qalbi yonib shoxlikdan voz kechib Xizrga ergashadi. Taqvo yo'liga kiradi.
Xizrga ergashib, bo 'ldi ravon ul,
Ki mardlar ichra mardi paxlavon ul.
Hikoyatda dunyo doimiy joy emasligini eslatish bilan birga nasihat agar aniq nishonga tegsa qanday kuchga egaligi ta'kidlanmoqda. Xizr alayhissalom Ibrohim Adhamga shunday so'z o'yini qilib qalbiga ta'sir qiladigan nasihat qildi. Natijada Ibrohim Adham nasihatdan foyda topdi. Alisher Navoiyning «Hayrat ul-abror» dostonidan:Qachonki Ibrohim Adham o‘rinbosarlikdek yuqori mansabini tark etar ekan, Alloh fano tojini uning boshiga kiydirdi. Uning podshohligi va dabdabalarini fano yeli uchirib (Ka’baga olib boradigan) dashtni bosib o‘tish uchun qadam qo‘ydi. Masjidni qo‘yib o‘z xolicha namoz o‘qir, har qadamda ikki rak’at namozini o‘qishni qo‘ymasdi. Shu tarzda u o‘n to‘rt yil yo‘l yurdi. Uni madx etish uchun har bir tikan va giyohlar tilga kirdi.
Makkani tavof etish uchun u kirib kelar ekan, Baytul-haram (Ka’ba ziyoratgohi) o‘z o‘rnida yo‘q edi. «Bu ne xol, ey Xudo!» - deb fig‘on solar ekan, g‘oyibdan ovoz keldi: «Ey yo‘lovchilarning piri! Bir qariya ayol cho‘lni bosib o‘tar ekan, (Allohga bo‘lgan) shavqu muhabbat yuki og‘irligidan qaddi bukilibdi. Zaiflikdan u shunday kuchsizlanibdiki, (endi) Ka’ba o‘zi uni ziyorat qilishga ketdi!»
Bu voqea Adhamni hayron qoldirdi. U qarab turar ekan, Robia kelayotganini ko‘rdi. U dedi:
«Ey sayrgohing Arsh bo‘lgan zot! Ka’ba o‘zi seni tavof etish uchun yo‘lga chiqibdi! Qaraki (o‘z ishlaring bilan) sen dunyoga qanday ovoza solibsan!»
Robia unga javob berib dedi:
- Oshirib yuborma! Butun olamga ovoza solgan sen bo‘lasan! Dashtni bosib o‘tishuchun o‘n to‘rt yil yuribsan! Ibrohim dedi:
- Ey pok qadam, sen farishtalardek, Osmonni ham kezib chiqishga qodirsen! Ammo ayt-chi, nima uchun men shuncha yo‘l yurib azob chekdim, azobni men chekdimu xazina senga tegdi?Robia unga dedi- Tushun! Bir necha yil cho‘lda barcha yo‘llarni bosib o‘tar ekansen, sening ishing namoz o‘qimoq bo‘ldi, xolos! Men esa Unga istagimni aytdim, ishva, noz qildim, yalinib-yolbordim! Namoz o‘qib, riyo qilib, erishgan xosiling shudir. Menga esa yalinib-yolborishim va o‘zligimdan kechganligim shu mevani berdi.
Huvaydo ,,Ibrohim Adham " nomli doston yozgan.
33-Savol:Ahmad Yassaviyning hayoti haqida maʼlumotlar yetarli emas. U Yassi yaqinidagi Sayram shahrida tugʻilgan. Uning otasi Ibrohim Turkistonning taniqli shayxlaridan boʻlgan. Onasi Qorasoch momo nomi bilan mashhur.Ahmadning yoshligi ancha qiyin kechadi: juda erta yoshligida otasi vafot etadi.Ahmad Yassaviy yirik mutasavvif olim Arslonbobo qoʻlida tarbiyalanadi, soʻng Buxoroga borib Yusuf Hamadoniy qoʻlida tahsil oladi.Ahmad Yassaviy tasavvuf ilmini shu qadar chuqur egallaydiki, xalq orasida “Madinada Muhammad, Turkistonda Xoja Ahmad” degan naql paydo boʻladi.Ahmad Yassaviy 1166-yilda vafot etadi. Uning shuhrati vafotidan keyin ham pasaymagan. Amir Temur unga alohida hurmat bilan qarab, 1395–1397-yillarda Turkistonda Ahmad Yassaviyning qabri oʻrnida muhtasham maqbara qurdiradi. U hozir ham mavjud.Alisher Navoiy “Nasoyim ul-muhabbat” asarida Ahmad Yassaviyga shunday taʼrif beradi: “Xoja Ahmad Yassaviy – Turkiston mulkining shayx ul-mashoyixidur. Maqomati oliy va mashhur, karomoti matavoliy (hayratlanarli) va nomahsur (chegarasiz) ermish. Imom Yusuf Hamadoniyning asʼhobidindur (suhbatdoshi)”.“Hikmat”lar Ahmad Yassaviy merosini jamlagan asardir. Unda 240 ga yaqin sheʼr bor. Asar xalq orasida “Devoni hikmat” nomi bilan mashhur boʻlgan. Hikmatlarga “Qul Xoja Ahmad”, “Xoja Ahmad Yassaviy”, “Ahmad ibn Ibrohim”, “Sulton Xoja Ahmad Yassaviy”, “Yassaviy miskin Ahmad”, “Miskin Yassaviy”, “Xoja Ahmad”, “Ahmad”, “Ahmadiy”, “Qul Ahmad”, “Miskin Ahmad” kabi taxalluslar qoʻyilgan.
34-Savol:IX asr ortalaridan oriflik davri boshlanadi. Endilikda xonaqohlar vujudga keladi, tasavvuf maktablari shakllanadi, XIII - XIV asrlarga kelib, unda nazariy-ilmiy jihatdan ham yuksalish davri kuzatiladi.tasavvuf insonning ma'naviy kamolotga erishish yo`lidir. Bu yo`l to`rt qismga ajraladi:1. Shariat (ma'naviy komillikning ilk bosqichi)2. Tariqat («yo1», tasavvufning amaliy qismi). U albatta ustoz (pir, murshid) bilan egallanadi.3. Ma'rifat («bilmoq», bu bosqichga erishgan zohid dunyoning hamma jismida, har bir voqea-hodisada Olloh irodasini, uning sifatlarini ko`ra oladi. Ammo bu hali o`zlashtirishning aql bilan bog’langan bosqichi)4. Haqiqat (tasavvufning yuqori - oliy bosqichi). Tasavvufda haqiqat yo`li «Suluk», bu yo`lga kirgan inson «Solik»(Solih) deb birlik, Olloh bilan birlakgish yo`li esa vahdat deb ataladi.Tasavvuf oqimi o`z adabiyotini ham yuzaga keltirdiki, MuhammadG'azzoliy, Yusuf Hamadoniy (vaf. 1141) singari allomalar uning nazariy asoslarini yaratdilar, Turkiy adabiyotda tasavvuf talimoti Yusuf Xos HojibningAhmad Yassaviy hozirgi Qozog´iston Respublikasining Chimkent viloyatiga qarashli Sayram shahrida tug´ilgan. Sayram (Saryom) O`rta Osiyoning qadim shaharlaridan. Bir vaqtlar „Isfijob", „Madinat ul-bayzo" (Oq shahar) nomlari bilan mashhur bo`lgan. Tarixi miloddan oldingi zamonlarga borib taqaladi.Alisher Navoiy Ahmad Yassaviyning tug´ilgan yerini Yassi deb ko`rsatadi. Yassi bugungi Turkiston shahrining qadimgi nomidir. Uning Yassaviy taxallus – nisbasi, ayrim she'rlarida bunga ishoralar borligi, ehtimol, Navoiyni shunday fikrga kelishga undagan bo`lishi mumkin. Lekin Yassaviy hayoti va ijodini qiyoslab o`rgangan mutaxassislar uning Sayramda tug´ilgani haqiqatga yaqinroq, deb hisoblaydilar.Yassaviyning tug´ilgan yili ham aniq emas. Manbalar uning Yusuf Hamadoniy qo`lida o`qiganligini tasdiqiaydi. Shunga qaraganda, Ahmad Yassaviy XI asrning ikkinchi yarmida tug´ilgan. Chunki Yusuf Hamadoniyning tavallud sanasi 1048- yildir.Ahmad Yassaviyning otasi Ibrohim shayxlik martabasida edi. Uning hazrati Ali avlodlaridan bo`lganligini naql qiladilar. Onasi Oysha shayx Ibrohimning shogirdlaridan bo`lgan Musa shayxning qizidir. Ahmad oilada ikkinchi farzand bo`lgan. Opasining oti Javhari Shahnozdir. Juda yoshlik paytlarida ota-onasi vafot etib, yetim qoladi. Opasi bilan birgalikda Yassiga keladi. Arslonbob(„Bob" qo`shimchasi asli „bobo" so`zidan bo`lishi kerak. Alisher Navoiy „Nasoyim ul-muhabbat"da Farg´onada „ulug´ mashoyix"ni „bob" deb aytishlarini ma'lum qiladi) degan shayx qo`lida tarbiya topadi. Yosh Ahmadning Arslonbob bilan uchrashuvi voqeasi rivoyatlarga ko`milgan. Ularga ko`ra, Arslonbob payg´am-barimiz as'hoblaridan(As'hob–suhbatdosh, yaqin maslakdosh) bo`lib, to`rt yuz yil yashagan. U Muhammad payg´ambarning Yassaviyga atab bergan omonatlari – bir dona xurmoni necha yuz yillar tishining kovagida asrab keladi va yetti yashar Ahmadga topshirib, bolaning tarbiyasini o`z zimmasiga oladi.
35-savol:Yassaviy haqidagi ma'lumotlarni birinchi marta to`plab, jiddiy tadqiq qilgan turkiyalik olim Muhammad Fuod Ko`pruluzoda bo`lgan edi. U 1918-yilda „Turk adabiyotida ilk mutasavviflar" degan kitobini e’lon qildi. Abdurauf Fitrat 1927- yilda Yassaviy va uning ijodiy qiyofasi haqida maqola yozdi. 1972- yilda esa prof. E. Rustamovning „Ahmad Yassaviy hikmatlarida tarix va hayot sadosi" maqolasi (,,О'zbek tili va adabiyoti" jurnali 4–5 – sonlar) chop etilgach, sho`ro idoralari tomonidan muallif boshiga turli savdolar tushdi. 1991-yildan keyingina uning hikmatlarini va u haqdagi tadqiqotlarni nashr etish keng yo`lga qo`yildi. Hozirda Yassaviy ijodi birgina O`zbekiston yoki Qozog´istondagina emas, jahon turkologlari tomonidan keng miqyosda o`rganilmoqda. Yassaviy ijodiga qiziqish Yevropa fanida ancha ilgari boshlangan edi. Herman Vamberi „Chig´atoy tili darsligi“da Yassaviyning 70 baytdan iborat hikmatlarini nemis tiliga tarjimasini beradi.Ahmad Yassaviy hozirgi Qozog´iston Respublikasining Chimkent viloyatiga qarashli Sayram shahrida tug´ilgan. Sayram (Saryom) O`rta Osiyoning qadim shaharlaridan. Bir vaqtlar „Isfijob", „Madinat ul-bayzo" (Oq shahar) nomlari bilan mashhur bo`lgan. Tarixi miloddan oldingi zamonlarga borib taqaladi.
36-37-Savol:Xoja Ahmad Yasssaviydan keyin yassaviylik tariqatiga mansub darveshlar Hikmat yozdilar va bu an’ana uzoq asrlar davom etdi. Yassaviylik darveshlari muqaddas bir vazifani o ‘z zimmalariga oldilar: jumladan, Sulaymon Boqirg‘oniy (X I1), ya’ni Hakim atodan boshlab Hikmat yozish an’anasi davom etdi. Shakl va mavuz jihatidan har ikkalasining hikmatlari farq qilmagan. Boqirg‘oniyning “Boqirg‘on kitobi”, “Oxir zamon kitobi”, “Bibi Maryam kitobi” kabi asarlari Yassaviy hikmatlari ruhida yozilgan.Sulaymon Boqirg’oniy (XII asr - 1186) – yassaviya maktabining eng yirik vakilidir. U Xorazm viloyati Hazorasp tumani hududida Boqirg’on qishlog´ida tavallud topgan. Uning hayoti haqidagi ma’lumotlar K.G.Zalemanning 1898-yil yozgan „Hakim ota haqidagi afsona“ kitobi hamda Faxriddin Ali Koshifiyning „Rashahot aynul hayot“ (1503) nomli asarida uchraydi. Navoiy „Majolis un-nafois“da Sulaymon otaga shunday ta’rif beradi: „Hakim ota – oti Sulaymondur. Xoja Ahmad Yassaviyning murididur. Hamonoki, Xoja tabha (ovqat) buyurg’ondurlarki, matbahiy (oshpaz) o’tin yetmaydur deb kelgandur. Alar as’hobga degandurlarki, yozidin o’tin terib kelturung va ul zamon yog’in yog’odur ekandur. As’hobkim o’tun teribdurlar, matbahga kelguncha yog’in jihatidin o’tunlar ho’l bo’lg’andur. Hakim ota tergan o’tunlarni to’nig’a chirmab, quruq kelturgandur. Xoja hazratlari degandurlarki: Ey farzand, hakimona ish qilding. Va alarg’a bu laqab ondin qolg‘ondur“. Shu tariqa xalq orasida Hakim ota deb ataladi. 15 yoshidan Yassaviyga murid tushib, o’z she’rlarida Yassaviy tariqati g’oyalarini keng va tushunarli tarzda bayon qilgan. Qoraxoniy hukmdor Ibrohim II Bug’roxon davrida shuhrat qozonadi, hatto xoqonning qizi Anbar onaga uylanadi. Rivoyat bo’yicha uchta farzandi bo’lgan: Muhammad, Asqar, Xubbi. Yana Oysha ismli qizi ham bo’lgan deyishadi. Sulaymon vafotidan so’ng Anbar ona Yassaviyning 5-xalifi Zangi otaga turmushga chiqqanligi aytiladi. Anbar onaning maqbarasi Toshkent viloyatida joylashgan. Ma’rifat – Allohni tanish va uning nazariga tushish deb biladi. Inson shaxsi tarbiyasida tariqatni yetakchi o’ringa qo’yadi. Uning bu ruhdagi she’rlari tatar, boshqird xalqlarida ham keng tarqalgan. Jumladan, XIX-XX asr boshlarida „Boqirg’on kitobi“ Qozonda uch marta (1-marta 1846-yil) qayta bosilgan. Tatar maktablarida qo’llanma sifatida foydalaniladi. Sani darding mango darmondin ortuq,Sanga qul bo’lganim sultondin ortuq.Saning yodingni aytsam cho’l ichindaBo’lur ul cho’l bo’stondin ortuq.Saning yoding agar ketsa tilimdin,Vujudim quriyu, vayrondin ortuq.“Boqirg’on kitobi”dan “Ismoil qissasi”, “No´mon ibn Sobit qissasi”, “Me’rojnoma”, “Oxirzamon qissasi”, “Bibi Maryam qissasi” kabi manzumalar o’rin olgan.“Ismoil qissasi”da Ibrohim a.s. va Ismoil a.s. o’rtasidagi voqea yoritiladi. Ismoilning o’g’illik sadoqati tasavvufiy rakursdan yoritib beriladi.“No´mon ibn Sobit qissasi” hanafiya mazhabi asoschisi Abu Hanifaning otasi No’mon haqida so’z ketadi. O’zganing luqmasiga xiyonat qilmaslik, farzand tarbiyasida ota-oanning o’rni haqida fikr yuritiladi: Haq farmonin tuting, harom shubha yemang va kishin molin olmang“Bibi Maryam qissasi“ mazkur avliyo shaxsning so’nggi kunlari tasviriga bag’ishlangan. Bibi Maryam soliklarga ibrat sifatida namoyon bo’ladi. Rus tilidagi tarjimasi 1895-yil S.M.Matveyev tomonidan amalga oshirilgan. “Oxirzamon qissasi”da zamonanaing buzilganligi, olimlar va sayidzodalar ilmiga, martabasiga yarasha ish qilmayotganligi kuyunib bayon qilinadi, Buning natijasida oxirzamon belgilari ko’rinayotganligini yozadi.1897-yil Y.Malov uning „Oxirzamon kitobi“ni rus tiliga tarjima qiladi
38-Savol:Xuastuanift”(Moniyliktavbanomasi)da Xo‘rmuzd olamning ibtidosidir. U ezgulik uchun kurashga boshchilik qiladi. “Xo‘rmuzd Xudo beshta xudo bilan birga hamma xudolaming pokligi uchun iblislarga qarshi kurashga otlanib, osmondan tushdi”. Asami Xo'rmuzdning faoliyati bilan boshlashdan maqsad - olamning ibtidosi azalda ezgulikdan iborat edi, olam ezgulik uchun yaratilgan edi, jonzot- )ar ruhiyatida ezgulik va oliyjanoblik hukmron edi, degan o‘gitni bosh b‘ringa qo‘yishdir.1 Shmnu - “Xuastunift”da yovuzlik timsoli, bu xususiyati bilan **Avesto”dagi Axrimanni eslatadi. “Xuastuanift”da olamning ibtidoIsi tasvirida Xo‘rmuzd va Shmnu bir-biriga qarama-qarshi kuch ekani ta’kidlanadi. Shmnu paydo bo‘lgach, nur bilan zulmat qo‘shilib ketdi va ulami ajratib bo‘lmav qolgandan keyin, Shmnu va yana beshta iblis bilan jang qilish uchun Xurmuzd osmondan tushdi. Ammo Shmnu o‘z ishini qildi - insoniyatning ongini, niyatini iblisning qilmishi tomon burib, ulami ruhsiz qilib qo‘ydi. Ruhsizlik - Xudodan uzoqlashishga, faqat tana sevgisi bilan yashashga olib keladi, degan xulosa “Xuastuanift”da bosh o‘rin tutadi.Moniylik qommbrida mhiy olam bosh o‘ringa qo‘yilgani be- |iz emas. Moddiy oiam esa yovuzlik va zulmatni uyg‘unlashtiradi.Xuastuanift”ning maqsadi ham bitta - odamzodning ruhiyatidagi numi, ya’ni ezgulikni moddiy olamdagi zulmatdan qutqarish lozim. Moniy - bu yo‘lda najotkor, uning qonunlari ham ezgulik yo‘lini ko‘rsatuvchi vosi- |adir. Faqat tavba-tazarru va gunohlami e’tirof etish insoniyatni to‘g‘ri yo‘lga solishi mumkin. Shuning uchun ham “Xuastuanift”ning har bir bo‘ limi so‘ngida Moniy jamoasi a’zolari ilgari qilgan gunohlari uchun tavba qilib, Xo‘rmuzddan gunohlarini kechirishini so‘raydilar.Moddiy boyliklarga mju qo‘yish jamiyatda tabaqalanishni yuzaga keltirishi tabiiy edi. Yer yuzida moddiy boyliklami cheklash va ulami tana lazzati uchun bag‘ishlamasdan, Xudoga bag‘ishlash, nazr qilish, ehtiyojdan ortig‘ini istamasdan, muhtojlarga in’om qilishi kerak, degan о‘git Moniy jamoatining o‘zak aqidalaridan edi. Birinchi bo‘lim - Xo'rmuzdning yovuzlik olamiga qarshi otlangani, nur bilan zulmatning qo'shiluvi yomon oqibatlarga olib kelgani va insoniyat Xudoni unutib, og‘ir gunoh ichida qolganlari bayonidan iborat. “Kimdir birovni tiriltirsa. Xudoni tiriltirgan bo'ladi, kimdir birovni o'ldirsa, xudoni o'ldirgan bo'ladi” degan aqidani insoniyat bilmagani ana shu eng og‘ir gunohlardan bittasidir. Mazkur bo‘lim oxirida Raymast degan shoh barcha Moniy jamoasi a’zolari nomidan tavba qiladi. Bu boiim moniylik tarixini umumlashtirgan, shu bois qolgan bo'limlaming debochasi deb aytish mumkin.
Ikkinchi bo‘lim - Kun va Oy xudolarining faoliyati - nur sochish, ikkalasi ikkita Nur saroyi ichida o'tiradilar, boshqa xudolar ulaming saroylari ichida, ammo odamlar Kun va Oy xudolarini ilgari tanimaganlari, ularga ishonmaganlari, ularga uyatli, yomon so'zlar aytganlari uchuntavba-tazarru qiladilar, chinakam xudolar ekanini e’tirof etishga da’vat qilinadilar
39-Savol:Mif, sodda qilib aytganda, olamning yaratilishi, insoniyatning kelib chiqishi, shuningdek, xudolaming, qahramonlaming paydo bo‘lishi, ulaming faoliyati haqidagi badiiy, sodda va ko'pincha g‘alati ko‘hna badiiy tafakkur mahsuli bo‘lgan adabiy parchadir. M if yunoncha so‘z bo‘lib, “afsona”, “rivoyat” ma’nolarini bildiradi. Ammo mifni afsona bilan bir deb qarab bo‘lmaydi. Mif badiiy tafakkuming eng kichik, sodda, epik syujetga ega bo‘lmagan ilk badiiy shaklidir. Mif adabiy jarayoxming birinchi bosqichidir. Yoki quyidagi ta’rif mif bilan afsonani yanada aniqroq farqlashga, ular o‘rtasidagi ayirmani yanada tushunarli qilib ko‘rsatishga xizmat qiladi: “Miflar - biz hozirda afsona deb ataydigan muqaddas rivoyatlar xarakterini qabul qiladi, Mif bilan afsona o'rtasidagi farq tushunarli: mif- tafakkuming beixtiyor shaklidir, afsona - ongli ijodning mahsulidir”.Insoniyat azalda mif yaratishni maqsad qilib qo‘ymagan, balki ma’lum kultlar, udumlar, urf-odatlami bayon qilish va amalda qo‘llash natijasida miflarning turlari kelib chiqqan.
40.Badiiy adabiyotning ilk ko‘rinishi - og‘zaki shakli mifdan boshlangan. Mif qaysidir xalqlarda yozma shaklda saqlanib qolgan bo‘lishi ham mumkin. Masalan, Sharqdagi aksariyat yozma manbalar - shumer, misr, bobil, xet kabi qator qadimiy xalqlaming yozma yodgorliklaridan bir qator miflar bizgacha yetib kelgan. Jumladan, yaratilish (ismlaming, udumlaming, buyumlaming paydo bo‘lishi haqidagi etiologik miflar, yoki damning paydo boiishi haqidagi kosmogonik miflar, msonning paydo bo'lishi haqidagi antropogonik miflar - bu har uchala mif turi arxaik miflaming asosiy mazmunini tashkil qiladi) haqidagi miflar yuqorida aytib o‘tilgan xalqlaming deyarli hammasida bor. Zotan, miflami qiyosiy-tarixiy o‘rganish asosida olimlar shunday xulosaga keldilarki, dunyodagi ko‘pchilik xalqlaming miflarida bir qator mavzular va motivlar takrorlanavergan. Masalan, yuqorida aytilgan uchala mif turini madaniy rivojlangan xalqlaming hammasida uchratish mumkin.
41.Abu Rayhon Beruniy Qayumars afsonasini quyidagicha bayon qiladi:Tangri Axramanning ishi xususida hayron bo'lib, peshanasi terladi. U temi sidirib tashlagan edi, undan Qayumars paydo bo‘ldi. Tangri uni Axramanga qarshi yubordi, u Axramanni yengib minib oldi va lining ustida olamni aylantirishga tushdi. Nihoyat, Axraman Qayumarsdan eng yomon ko‘radigan va eng qo‘rqinchli narsasini so'radi. Qayumars unga jahannam darvozasiga yetganda qattiq qo'rqishini aytdi. Axraman jahannam darvozasiga yetgach, hiyla qilib o‘ynoqlay boshladi, oxiriyo Qayumars uning ustidan yiqilib tushdi. Axraman uning ustiga chiqib oldi va Qayumarsdan: «Qaysi tomoningdan yeyishga boshlay?» deb so'radi. Qayumars o‘zining aytganiga Axramanning muxolif bo‘lishini bilib: «Oyoq tomonimdan yeyishga boshlagin! Olam husnini bir muddat ko‘rib turay», - dedi. Axraman uni bosh tomonidan yeyishga boshlab, moyagiga va erlik urug‘i idishi turadigan joyga yetganda, undan ikki tomchi erlik suvi yerda tomdi-da, yerdan ikki tup rovoch ko‘karib chiqdi. Rovochlar o‘rtasidan Misho va Mishona tug‘ildi. Bu ikkisi eronliklar nazdida Odam va Havo o‘mida bo‘lib, ulami Malhiy va Malhiyona ham deydilar. Xorazm otashparastlari ulami Mard va Mardona deb ataydilar
42.Kosmogonik mifning qadimgi turkiy yodgorliklarda ko‘rinishi.Qadimgi turkiy miflaming manbai umm-yenisey yozma yodgorliklari va qadimgi xitoy yilnomalarida, ayrim arab, fors va boshqa manbalarda. Qadimgi turkiy yozma yodgorliklardan Kultigin bitikoshining birinchi misrasida olamning va insoniyatning paydo bo‘lishi haqidagi mif mavjud: Uza ко 'к tangri asm yag ‘iz yer qilintuqta akin ага kisi о ‘g ‘li qilinmis. Kisi о ‘g ‘linta uza achum арат Bo ‘min qag ‘an, Istami qag ‘anо ‘lurmis, о ‘luripan turk bo ‘dunin alin to ‘rusin tuta birmis, ita birmis- Yuqorida ko‘k osmon, ostda qora yer qilinganda, ikkovining orasida inson bolasi yaratilgan. Inson bolasi ustidan ota-bobom Bo‘min xoqon, Istami xoqon o‘tirganlar, o‘tirib, turk xalqining davlatini, qonun-qoidalarini ushlab turgan. rioya qilib turgan.Parchani mif deb qarashimizga quyidagi omillar sababdir: qadimgi turkiylar yemi - ona, osmonni - ona deb tasawur qilganlar. Inson bolalari (qadimgi turkiylar) osmon va yeming nikohidan paydo bo‘lgan. Kul tigin bitiktoshidan olingan bu parcha kosmogonik mifning namunasidir. Bilga xoqon bitiktoshining boshlanmasida ham shu mif aynan takroranadi.Kul tigin bitikoshining boshlanmasidagi mifga hamohanglik ko'pchilik turkiy eposlaming boshlanmasida, jumladan, xakaslaming “Altin arig‘”, yoqut xalqining “Er Sogotox” eposlarida ham uchraydi. Jumladan, “Er Sogotox”da “ona yer” iborasi aynan Kul tigin bitikoshidagi yemi ifoda etadi. Darvoqe, Kultigin bitiktoshi boshlanmasi qadimgi turkiy qavmlaming tarixiy voqealardan oldingi mifologik tasawurlari va inonch-e ’ tiqodlar in mg manzarasini yaratadi.Mo join chur bitiktoshining boshlanmasi Kul tigin va Bilga xoqon bitikoshlariniki singari mif bilan boshlanadi: Tangrida bo ‘Imish, il itmish bilga qag'an (1) - Tangridan bo‘lgan, davlatni barpo qilgan dono xoqon.Kul tigin. Bilgan xoqon va Moyun chur bitiktoshlarining boshlanmasida afsonaviy epik ruhning borligiga sabab shuki, epik zamonning asosini mif tashkil qiladi. Mualliflaming maqsadi ilk davrdagi turkiy qavmlaming tarixini hikoya qilish edi. Tarixiy voqealar va mif bir-birini to‘ldiradi.n Mifning tarixiy voqealami tasdiqlash uchun kiritilishi ayni

  1. 43-Savol:Abu Rayhon Beruniy (v. 1048 y.) shunday yozadi: «Yilnoma kitoblarida bunday deyilgan: podshoh Doro ibn Doro xazinasida [Avestoning] 12 ming qoramol terisiga tillo bilan bitilgan bir nusxasi bor edi. Iskandar otashxonalarni vayron qilib, ularda xizmat etuvchilarni o’ldirgan vaqtda uni kuydirib yubordi. Shuning uchun o’sha vaqtda Avestoning beshdan uchi yo’qolib ketdi». Avestoning Aleksandr Makedonskiy tomonidan Gretsiyaga olib ketilgani, zarur joylarini tarjima ettirib, qolganini kuydirtirib yuborgani, 12 ming qoramol terisidagi tillo matn haqida (at-Tabariyda – 12000 pergament) keyingi davrlarda yaratilgan zardushtiylik adabiyotida («Bundahishn», «Shahrihoi Eron», «Dinkard»; IX asr, «Arda Viraf-namak»; IX asr, «Tansar xatlari», al-Mas’udiyning «Muruj az-zahab», «Fors-noma» va boshqalarda) ma’lumotlar bor. Bu asarlarda yunonlar otashxonalarni vayron qilganlari, ibodatxonalar boyliklarini talon-taroj etganlari, din arboblarini o’ldirib, asir olib ketganliklari haqida yoziladi. Hozir bizgacha etib kelgan Avesto, Beruniyning yozishicha, aslining beshdan ikki qismi xolos. U «Avesto 30 «nask» edi, majusiylar (zardushtiylar) qo’lida 12 nask chamasi qoldi» deb yozgan. Yozma manbalarga ko’ra, haqiqatan ham Avestoni mo’badlar avloddan-avlodga, og’izdan-og’izga olib o’tib, asrlar osha saqlaganlar. Buning sababi mo’badlar mag’lub xalqlar (Yaqin va Sharq xalqlari) yozuvini harom hisoblab, muqaddasxabarni unda ifodalashga uzoq vaqt jur’at etmaganlar. Dastavval (mil. II yoki III asrlarida), Arshakiylar davrida Avesto qismlarini to’plash boshlangan. Keyinchalik, Sosoniy Ardasher Popakon (227-243) davrida, ayniqsa, Shopur (243-273) davrida astrologiya, tabobat, riyoziyot va falsafaga oid qismlari yozib olinib, hamma qismlari tartibga keltirilgan, so’ng bu asosiy matn to’ldirib borilgan. Avestoning ana shu to’ldirilgan nusxasining ikki to’liq qo’lyozmasi Hindisonda saqlanadi – biri Mumbayda, zardushtiylarning madaniy markazi bo’lmish Koma nomidagi insitutda, ikkinchisi – Kalkuttadagi davlat kutubxonasida. Avestoning eng qadimiy qismlarida Zardusht tug’ilgan va o’z faoliyatini boshlagan yurt haqida ma’lumot berilgan. Unda aytilishicha, «bu mamlakatning ko’p sonli lashkarlarini botir sarkardalar boshqaradilar, baland tog’lari bor, yaylov va suvlari bilan go’zal, chorvachilik uchun barcha narsa muhayyo, suvga mo’l, chuqur ko’llari, keng qirg’oqli va kema yurar daryolari o’z to’lqinlarini Iskata (Skifiya), Pauruta, Mouru (Marv), Xarayva (Areya), Gava (so’g’dlar yashaydigan yurt), Xvarazm (Xorazm) mamlakatlari tomon eltuvchi daryolari bor». Shubhasiz, «keng qirg’oqli, kema yurar daryolar» bu Amudaryo va Sirdaryo bo’lib, Avesto tasvirlagan mazkur shaharlar O’rta Osiyo shaharlarining bu ikki daryo qirg’oqlarida joylashganlaridir. Shunga asoslanib, biz Zardushtning vatani, zardushtiylikning ilk makoni va Avestoning kelib chiqish joyi deb – Xorazm, tarqalish yo’nalishi deb – Xorazm-Marg’iyona-Baqtriyani ayta olamiz. Avestoning «Yasna» kitobida bayon etilishicha, Zardushtning vatandoshlari unga ishonmay, uning ta’limotini qabul qilmaganlar. Zardusht vatanni tark etib, qo’shni davlatga ketadi, u erning malikasi Xutaosa va shoh Kavi Vishtaspaning xayrixohligiga erishadi. Ular Zardusht ta’limotini qabul qiladilar. Natijada qo’shni davlat bilan urush boshlanib, Vishtaspa g’alaba qozonadi. Shundan so’ng bu ta’limot xalqlar o’rtasida keng tarqala boshlagan. Keyingi davr rivoyatiga ko’ra, Shoh Kavi Vishtaspa farmoniga bilan Avesto kitobi o’n ikki ming mol terisiga yozib olinib, otashkadaga topshirilgan.


  2. Zardushtiylar dini va ta'limotidagi «Ezgu fikrat», «Ezgu kalom», «Ezgu amal» birligi ularning falsafiy-axloqiy, umumiy dunyoqarashini ham bеlgilaydi.«Avеsto» zardushtiylik dinining muqaddas kitobi bo’lishi bilan bir qatorda Turonu Eron va boshqa Yaqin Sharq mamlakatlarining tarixi, madaniyati, ijtimoiy-iqtisodiy hayoti, tili, urf-odatlari, xalq og’zaki ijodi, umuman, turli sohalar haqida ma'lumot bеruvchi noyob qomusiy manbadir. Undan o’rin olgan afsonalar, qo’shiqlar ma'lum ma'noda xalq og’zaki ijodining qadimiy janr namunalarini o’zida aks ettirgani bilan ham ahamiyatlidir.«Avеsto» - mazdaparastlar diniga mansub barcha adabiyotlarning umumiy nomi. «Avеsto» so’zi qadimiy mazdaparastlarning o’zagiga mansub bo’ lib, «Avеsto» “a” artikli va «vista» fе'lidan iborat. «Vista» so’zining o’zagi «vid», «vand» bo’lib, ma'nosi «tanimoq», «bilmoq», «topilmoq», «ko’rinmoq» kabidir. «Avеsto»ni «Ogohnoma», «Donishnoma» ma'nosida tushunish mumkin.

  3. "OLTIN YORUQ" — buddaviylikka eʼti-qod qilgan turkiy kavmlar orasida mashhur boʻlgan qad. yozma yodgorlik. Asl nomi "Suvarnaprabxasa" boʻlib, sanskrit tilidan kad. xitoy tiliga tarjima kilingan. 10-asrda Beshbaliq shahrida Sengi Seli Tudung uni xitoy tilidan qad. turkiy tilga "Oltin yoruq" nomi bilan tarjima kilgan va eski uygʻur-turk yozuvida koʻchirgan.

Oʻnta afsonani oʻz ichiga olgan "Oltin yoruq" 675 sahifadan iborat. Barcha afsonalarda ham buddaviylikning asosiy taʼlimoti ("najot topish" taʼlimoti) birinchi oʻrinda turadi. Mazmuni turlicha boʻlgan afsonalarning hammasini birlashtirib, yaxlit asar holiga keltirilishining bosh omili ham ana shu taʼlimotdir. Unda aks etgan "toʻrt oliy haqiqat" bosqichi ham Oʻrta Osiyo xalqlarining falsafiy qarashlariga mos keladi.

"Oltin yoruq"ning hozirgi turkiyshunoslar koʻp foydalanadigan nusxasi 18-asrda koʻchirilgan. Bu qoʻlyozma SanktPeterburgdagi Osiyo muzeyida sakdanadi.


46.Toshga o‘yib yozilgan adabiy-tarixiy lavhalardan tarkib topgan qadimiyobidalar 0 ‘ixun va Enasoy daryolari havzalaridan topilganligi bois fanda
shu nom bilan yuritiladi. Bu madaniy yodgorliklar ilk bor Enasoy daryosi
bo'ylarida mavjudligi aniqlanib, rus xizmatchisi Remezov, keyinchalik
shved olimi Iogann Stralenberg va olim Missershmidtlar tomonidan ilm
ahliga ma’lum qilindi. Enasoy obidasining “siri”ni o'iganishga XVIII asming
boshlaridayoq kirishilgan bo‘lsa-da, dastlabki urinishlar natija bermadi.
XIX asming birinchi choragida Grigoriy Spasskiyning “Sibirskiy vesnik”
(“Sibir axboroti”) jumalida mazkur yodgorlik haqida maqolasining e’lonqilinish i va bu maqolaning lotin tiliga taijima bo'lganligi dunyo olimlarining

diqqatini o‘ziga jalb etadi. Biroq bu yodgorlikni tekshir


adaniy yodgorliklami
aniqlashi muhim ahamiyat kasb etdi. Ulardagi matnlar noma’lum
yozuvda bo‘lishi bilan bir qatorda ayrimlari xitoy yozuvida va xitoy tilida
bitilgan edi. Shunday qilib, fin-ugor ilmiy jamiyati hamda akademik
V.V.Radlov boshchiligidagi rus olimlarining 0 ‘rxun daryosi bo'ylarida
o'tkazgan ilmiy ekspedisiyalari shu madaniy yodgorliklami o‘rganishga
bag‘ishlandi.
Daniyalik olim Vilgelm Tomsenning «bu madaniy yodgorliklar turkiy
xalqlaiga taalluqli bo‘lishi kerak».- degan taxmini to‘g‘ri bo'lib chiqdi. U
dastlab “tangri”, “turk” so'zlarini, keyinchalik 1893 yilning 25 noyabrida
barcha harflami aniqlab, yodgorlikdagi matnlarni to‘la o'qishga muvafFaq
bo‘ladi. Akademik V.V.Radlov esa V.Tomsen va o‘zining tajribalariga
tayanib yodgorlik matnini birinchi bo'lib rus tiliga taijima qiladi.
47.48.0 ‘rxun-Enasoy bitiktoshlari til va yozuv yodgorligi bo‘lishi bilan bir qatorda tarixiy va adabiy manba maqomida muayyan badiiy-ilmiy qimmatga ham molikdir. Chunki ularda V-VIII asrlardagi ijtimoiyiqtisodiy hayot, turkiy xalqlar va qabilalaming urf-odatlari, e’tiqodiyqarashlari, badiiy ijodi namunalari o‘z ifodasini topgan. Bitiktoshlardashe’riy misralarning uchrashi, turli tarixiy voqealar ifodasida badiiyuslubdan foydalanganligi muhim ahamiyat kasb etadi. Xususan, qabrtoshlaridagi marsiyalarning badiiylik darajasining birmuncha yuksakekanligi qiziqish uyg‘otadi. Ular orqali vafot etgan kishining qiyofasimanzaralarini ko‘z o‘ngimizda gavdalantirishimiz va motamtutuvchining murakkab ruhiy holati bilan tanishishimiz mumkin.Tadqiqotchilarning fikricha, bitiktoshlardagi marsiyalar mazmunmohiyati, badiiyati jihatidan «Devonu lug‘otit turk»dagi marsiyalarga ancha yaqin turadi.
49.Boshqa dinlardan farqli ravishda B.da hech bir oʻzgarmas narsa yoʻq, hatto Xudo ham oʻzgaruvchan, deb uqtiriladi. Faqat on yoki lahzalar silsilasi mavjud boʻlib, ularning har biri yoʻqolib, keyingisiga oʻrin beradi. B. taʼlimotiga koʻra, inson doimo azob-uqubatga mahkum va bunga uning oʻzi sabab boʻladi. Zero u, garchand befoyda boʻlsada, oʻz hayoti va farovon turmushini saqlab qolishga harakat qiladi. Azob-uqubatdan qutulish uchun koʻngil xush koʻrgan barcha narsalardan oʻzini tiyish darkor. Muntazam ravishda yolgʻondan, oʻgʻrilikdan, boshqaga zarar yetkazishdan, zinodan oʻzini tiyish hamda meditatsiya (ongni oliy haqiqatga yetishishga qaratish), "bodxi", yaʼni "xotirjamlik"ka va oxir-oqibatda nirvanaga (azobuqubatning tugashiga) olib keladi. Nirvanaga yetishish uchun talab qilinadigan axloqiy barkamollik bir emas, bir necha hayotni taqozo etishi mumkin. B. zaminida 3 narsa — Budda(Muqaddaslangan zot), Dharma(ta'limot) va Sangxa(rohiblar jamoasi)ga eʼtiqod qilish yotadi.

Ta'limot qisqacha bayoni :

1 - azob uqubat mavjud

2 - azob uqubat sababi - istak mavjud

3 - azob uqubat tugashi - nirvana mavjud

4 - azob uqubat tugashiga olib keluvchi 8 bosqichli yo'l mavjud


50.Shahzoda va bars” afsonasi. “Oltun yorug‘”ning oxirgi - X
bo'limida “Shahzoda va bars” afsonasi bor. Afsonada dalaga sayrga chiqqan uch shahzodadan eng kichigi endigina yetti bola tuqqan va ochdan
o‘layozgan ona yo‘lbarsga va uning bolalariga o‘zini qurbon qilgani hikoya qilinadi. Ona yo‘!bars va uning yetti bolasi shahzoda Mag‘astvining
tanasini yeb tirik qoldi. Dunyoviylik nuqtai nazaridan shahzodaning bu
ishi telbalikdan boshqa narsa emas, ammo buddaviylik, xususan, “qayta tug'ilish” aqidasi bo‘yicha shahzoda Mag‘astvi “qayta tug‘ildi”.
Quyidagi parchada Mag‘astvi tanasini qurbon qilgach, qayta tug‘ilib,
bo‘disatvga aylangan bo‘disatvlar quyidagilardir: “o‘sha urg‘ochi bars
Maxatprasati bo‘ldi, yettita bolasidan beshtasi besh panchiki bo‘ldilar.
Bitta bolasi endi bo‘ldi Mxamodalyatiri tanasi. (Yana) birisi endi bo‘ldi
Sariputiriya avliyoning tanasi. Men sizlarga - rohiblarga ko‘rsatib, bildirib va’z qildim o‘tgan zamonda u boshqalarga foyda keltirmog‘ining
sababini. Bunga shu tariqa astoydil harakat qilib bo‘disatvlar hayot tarzi
bo'yicha, burxon baxt-saodati tufayli ish tutdim....O‘sha zamonda men
o‘z ko‘nglimda qo‘zg‘atgan edim nihoyatda ulug‘ baxtga erishmoqni.
Bu tanam suyagi qolsa bu yerda, kelajak zamonlarga foyda bersin jonzotlarga deb” (X 22b\23-23a\l-16).

“Shahzoda va bars” afsonasida kenja shahzoda Mag'astvi och qolgan yo‘lbars va uning yetti bolasiga o‘zini qurbon qilish orqali komillikning ajoyib namunasini ko‘rsatdi. Buddaning “Jonli mavjudotlarga hech


qanday zarar yetkazmaslikka va’da beraman”degan birinchi va’dasi
mana shu afsonada o‘z ifodasini topgan. Mag‘astvi agarda och qolgan
yo‘lbarsga o‘zini qurbon qilmaganda edi, Buddaning mana shu va’dasiga
xilof ish tutgan bo‘lardi. U “qayta tug‘ilmagan” bo‘lardi.

  1. “0 ‘g‘uznoma” dostonining asosini shomonlik mifologiyasi bilan bog‘liq motivlar, obrazlar tashkil qiladi. Zotan, mifologiya sinkretik xususiyatga ega bo‘lib, ibtidoiy insonning ham ilmiy, ham diniy va ayni paytda, ham badiiy qarashlarini mujassamlashtiradi. Dostondagi diqqatga sazovor yana bir mifologik motiv 0 ‘g‘uzning o‘rmonda bahaybat yirtqich bilan kurashuvidir. Bu kurash motivining ildizi Markaziy Osiyodagi qavmlar epik ijodidagi ezgu va yovuz ruhlar o'rtasidagi kurashga borib taqaladi. Jumladan, “Avesto”dagi yovuzlik timsoli boMgan Axriman bilan ezgulik timsoli Xurmuzdning kurashi bunga misol bo‘la oladi. Zardushtiylikdagi ayni shu aqida moniylik adabiyotida ham bor. “Xuastuanift”ning boshlanmasidagi Xo‘rmuzd bilan Shmnuning kurashi buning bir namunasidir

  2. RudakiyningOTta Osiyo adabiy muhitidagi o‘ rni (to‘liq ismi AbuAbdulloh Ja’far Ibn Muhammad) - fors-tojik she’riyatming,umuman, fors-tojik adabiyotining asoschisidir. U fors she’riyatining she’riy shakllarini, janrlarini, she’r o‘lchovlarini yaratdi. 858-860-yiliar oralig'ida Panjrud qishlog'ida tug‘ildi. Yoshligidanoq she’riy iste’dodi, rud nomli musiqa asbobini mahorat bilan chalish, qo'shiq aytish orqali dong taratdi. Uni Somoniylar hukmdorlari saroyga taklif qildilar. Shoiming qirq yil umri saroyda o‘tdi va katta hurmat-e’tiborga sazovor bo‘ldi. Uning ham shoirlik, ham xonanda va cholg‘uchi sifatida iqtidori “Xuroson bulbuli” deb nom taratishiga sabab bo‘ldi.Rudakiy fors-tojik adabiyotida birinchi bo‘lib devon qoldirgan shoirdir. Uning devoni qasida, g‘azal, qit’a, ruboiy va boshqa janrlardan iborat bo'lgan. Rudakiyning bizgacha yetib kelgan adabiy merosi orasida “May onasi” ( 933-yil). “Qarilikdan shikoyat” avtobiografik qasidasi va 40 ta ruboiysi to‘liq saqlangan. Qolgan ijodiy merosi - madhiya, ishqiy, falsafiy didaktik mazmundagi asarlar parchalaridan iborat. Rudakiy hind xalqining mashhur dostoni “Kalila va Dimna”ning arab tilidagi nasriy nusxasidan fors- tojik tiliga masnaviyda tarjima qilgan (9

  3. Muqaddimadan so‘ng dostonni uch qismga boMish mumkin. Doston afsonaviy qism, qahramonlik eposi va tarixiy bo‘limlardan iborat bo‘lib, qadim zamonlardan to arablar istilosiga qadar bo'lgan Eron tarixini qamrab oladi. «Shohnoma»ning asosiy g‘oyasi ona Vatanni jondan sevishga da’vat, bosqinchilarga qarshi kurashish uchun mamlakatda birlik va yakdillikni targ‘ib qilishdan iboratdir. Bu asar, asosan, Eron va Turon xalqlari o‘rtasidagi kurash voqealariga bag‘ishlangani bilan emas, balki Qayumars, Hushang, Jamshid, Kovai ohangar, Zahhok kabi bir qator afsonaviy va tarixiy obrazlar orqali yer yuzida yaratilgan barcha narsalar insoniyat uchun ekanini, hukmdorlar o‘z qo‘l ostidagi insonlaming manfaati uchun mas’ulligini aytmoqchi bo‘lgan edi. Shuningdek, hukmdorlaming takabburligi, xalqqa o‘tkazgan zulmi oxir-oqibat mamlakat vayronagarchiligiga va toj-taxtning qulashiga sabab bo‘lishiga ishora qiladi.

  4. Beruniyning “Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar” (“Osor ulboqiya”) asari G‘aznaviylar davri adabiyotiga katta hissa bolib qo‘shildi. Mazkur asar tarixiy-etnografik asar bolgani holda, qadimgi rivoyatlar, afsonalardan ham Bemniy mahorat bilan foydalandi. Asaming yana bir qimmatli tomoni shuki, 0 ‘rta Osiyoning arablar istilosidan keyingi madaniy muhiti, ilmiy tafakkuri, ijtimoiy, siyosiy tarixi haqida ham malum darajada ma’lumot beradi. Jumladan, Bemniy arablar kelgunga qadar Xorazmning o‘ziga xos ilmiy maktabi, yuksak madaniyati borligini ta’kidlaydi, Arablar istilosi esa Xorazmning an’anaviy madaniyatmi yo‘q qildi. Beruniy bu asarida mazkur voqeaga quyidagicha sharh beradi: “Qutayba Ibn Muslim al- Bohiliy xorazmliklaming kotiblarini halok etib, bilimdonlarini o‘ldirib, kitob va daftarlarini kuydirgani sababli ular savodsiz qolib, o‘z ehtiyojlarida yodlash quwatiga suyanadigan bo‘ldilar” (Beruniy. Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar, 84-b.).Umuman, tarixiy asarlar tarkibiga adabiy parchalami kiritish bilan Beruniy o‘zining adabiyotga munosabatini ko'rsatib qolmadi, balki XI asrgacha Movarounnahrdagi adabiy muhitning uzluksizligini dalilladi, o‘z she’rlari bilan Movarounnahr adabiyotiga katta hissa qo'shdi. Beruniyning “Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar” asari yevropada “Xronologiya” degan nom bilan ham yuritiladi.

  5. 55.Qoraxoniylar sulolasining paydo bo‘lishi. Bu davlatda madaniymuhit. Qoraxoniylar sulolasining nomi haqida XX asr tarixchilari keng tarqalgan ikki unvon - qora xoqon va elik xon unvonlaridan deb biladilar. Sulolaning paydo bo‘lish tarixi bor. Milodiy 840-yili Uyg‘ur xoqonligi (davlatning etnik tarkibi chigil qabilasidan edi) qorluqlar yabg'usi, Isfijob hukmdori Bilga kul tomonidan tor mor etilgandan keyin, o‘zini hukmdor deb e’lon qildi va xoqon unvonini oldi. Bilga Kulning Qora degan laqabi bor edi. Qoraxoniylar degan sulola i shu odamning laqabi bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin. Yusuf xos Hojib “Qutadg‘u bilig”ni yozib tugatgandan keyin, uni Koshg‘ar hukmdori Bug‘roxonga olib boradi (Bug‘roxonning to‘liq ismi Tabg'ach Bug‘ro Qora xoqon Abu AliHasan ibn Sulaymon Arslon Qora xoqon). Shunday qilib, Qoraxoniylvr sulolasining birinchi hukmdori Bilga Kuldir.Qoraxoniylar davridan madaniy yodgorliklar kam saqlanib qolgan. Yozma adabiy yodgorliklar “Qutadg‘u bilig”, “Devonu lug‘atit-turk”, “Hibatul -haqoyiq”dan tashqari, arxitektura va amaliy san’at namunalari - Buxorodagi Minorai Kalon, Navoiy shahri yaqinidagi Raboti Malik karvonsaroyi, 0 ‘zgan shahridagi ayrim maqbaralar Qoraxoniylar davridan yetib kelgan.

  1. Hibat ul-haqoyiq” 254 baytdan iborat. Adib Ahmad asaming tuzilishi haqida to‘xtalib: “Tuzattim bu o‘n to‘rt bob ichra so‘zum” deb yozadi. Ammo asami ko‘chirish jarayonida kotiblar ayrim boblaming sarlavhalarini tushirib qoldirganlar. Shu bois asar boblari miqdori kamayib ketgan.Adib Ahmad asarini yozishda Sharq adabiyoti an’analarini davom ettiradi. Birinchi bob hamd bilan boshlanadi: Yaratganga hamdu sano, Uning rahmatiga umidvorlik, asami yozishdan Undan madad tilash, Yaratganning borligini jamiki yaratilgan narsalar ko‘rsatib turgani, o‘likdan tirikni, tirikdan o‘likni yaratishi, qudrat egasi yagona Tangridan boshqasi yo‘qligi haqida aytadi. Qolaversa, hadislardagi (darvoqe, “Hibatul -haqoyiq”dagi har bir bob sarlavhalari hadislarga asoslangan) faqirlik haqidagi pandlar asarga mahorat bilan singdirilgan. Qolaversa, har ikkala asarda ham bu olamda mol -dunyo yig‘ishdan voz kechish hamma toifadagi insonlarga matlub ekanini ta’kidlaydi, mol - dunyo deb inson o‘zini o‘qqa-cho‘qqa urishini qoralaydi. Shu boisdan ham “Hibat ul-haqoyiq”ning keyingi boblarida Muhammad a.s. ning tavozelikni oshirish va kibrlikni tashlish to‘g‘risida; harislik haqida; insonlaming ikki “vodiy” to‘la oltini bo‘lsa ham uchinchisini istashi haqida; Tangri ning buyrug'i va shafqatiga itoat qilish haqida; g‘azabni yengish, Tangrining har narsaga qodirligi, imonga erishish yo‘llari, Uning Rasuliga sadoqat va Ollohning muhabbatiga yetishisb to'g'risida; ibodat orqali sevinchni kutish haqida; ming do'stdan bir dushman ko'p ekani haqida o‘gitlari va pand-nasihatlari komil insonni shakllantirish yo‘lidagi katta qadamlar edi.“Hibat ul-haqoyiq” asari to‘rtliklardan iborat bo‘lib, aruzning mutaqoribi musammani maqsur bahrida (faulun faulun faulun faul) yozilgan.

  2. Jamshid afsonasi. Jamshid haqida Fiidavsiy, Tabariy, Beruniy, Navciy kabi shoir va olimlaming asarlarida qiziqarii ma’lumotlar beriladi.N.M.Mallayev «Alisher Navoiy va xalq ijodiyoti* nomli kitobida Jamshid haqidagi mulohazalarini bayon etarkan, uning «Avesto»daYima nomi bilan atalganligini qayd etadi. Olimning fikricha, yetti yuzyil hukmronlik qilgan Jamshid zamonasida kishilar Axrimanningzulmidan qutiladilar, muhtojlik, kasallik va o ‘lim yo'qolib ketadi. Yanashu kitobda qayd etilishicha, Yima adolatli hukmdor bo‘lib, uningdavrida qahraton sovuq va jazirama issiq, jonli mavjudotlaming qarishva o ‘lishi ham b o‘lmagan ekan. Jamshid yer yuzini uch baravarkengaytiradi, chorva mollari va turli xil qushlami ko'paytiradi. Biroquning saltanati zamonida qahraton qish boshlanib, kishilarga ofatkeltiradi. Qish o ‘tib qor va muzlar erib, yaylovlami suv bosadi. ShundaJamshid yana najotkorlik ko‘rsatadi. U katta g‘ovlar qurdirib, kishilamiva ulaming mol-mulkini suv toshqinidan saqlab qoladi, uy-joylar Ьафоetadi, ariqlar ochadi (Mallayev N. Navoiy va xalq ijodiyoti. Toshkent-1974.99-100-betlar).Xalqimizning qadimiy bayramlaridan Navro‘zning tantana qilinishiham Jamshid nomi bilan bog‘liqligi afsonalarda o‘z ifodasini topgan.Hikoya qilinishicha, Navro'z Jamshidning Ozarbayjonga safar qilgankuni emish. Jamshid u yeiga kelgach, o ‘ziga bir shohona taxt yasattirib,turli qimmatbaho toshlar, durr-u javohirlar bilan bezatilgan tojiniboshiga kiyib, taxtiga o ‘tiribdi. Bu orada quyosh chiqib, oftobning nuriJamshidning toji bilan taxtiga tushibdi. Birdan butun tevarak-atrofmunawar bo‘lib ketibdi. Bu mo‘jizani ko‘rib, hayratlangan el-ulusJamshid taxtiga o ‘tirgan o ‘sha kunni Navro‘z, ya’ni yangi kun debbayram qilgan ekan («Navro‘z». Tuzuvchilar: T. Mirzayev, M. Jo‘rayev.Toshkent: “Fan”, 1992, 19-bet)

  3. To‘maris”— mustahkam irodali , jasur vajangovar hukmdor ayol haqidagi qadimgi rivoyatlanian biridir. Yunontarixchisi Geradotning (484-425) «Tarix* kitobida qisqacha mazmunikeltirilgan bu rivoyatda Eron shohi Kir bilan Turon zaminida istiqomatqilgan massagetlar qabilasi o‘rtasida yuz bergan jang tafsilotlari o‘zifodasini topgan. «To'maris» fojeaviy voqealari markazida farzandi o‘limidan g'azablangan ona siymosi tursa-da, rivoyatda ijtimoiy ruh ham balanddir.Unda qabiladoshlarini bosqinchilar zulmidan ozod qilish, erkin va farovon hayot uchun kurash, muqaddas Ona- zamin osoyishtaligini muhofaza qilish g'oyasi yetakchilik qiladi. Shuningdek, rivoyatda asosiyqahramon To‘marisning mustahkam irodasi, jangdagi tadbirkorligi vamatonati ham o‘zining yorqin ifodasini topgan. To'maris jasur va matonatli ayol shijoatining, Ona-Vatanga cheksiz sadoqatning ramzi sifatida asrlar osha insonlar qalbiga ezgulik urug‘ini parvarishlab keldi vabu jonso‘z rivoyat yozma adabiyotda qayta ishlandi. Jumladan, yozuvchiMirkarim Osimning «To‘maris» hikoyasi fikrimizning yorqin dalilidir.Mazkur asar yozuvchining «Karvon yo‘llarida» saylanma to'plamidan(Toshkent, 1987, 13-28-betlar. Hikoyadan keltirilgan iqtiboslamingsahifasini qavs ichida ko‘rsatish bilan cheklanamiz-R.Vohidov.,H.Eshonqulov) o‘rin olgan.

59.«Shiroq» rivoyati ham yozuvchi Mirkarim Osim tomonidan qayta ishlangan. Bu hikoya ham yozuvchining «Karvon yo'llarida» saylanma to'lamidan (Toshkent, 1987, 29-34-betlar Hikoyadan keltirilgan iqtiboslaming sahifasini qavs ichida ko‘rsatish bilan cheklanamiz-R.V., H.E) o‘rin olgan. Yozuvchi hikoyani Yaksart bo‘yidagi cho‘llarda o‘tlaming qovjirashi tafsiloti tasviri bilan boshlaydi. Odatda, bu davrda shak qabilalari sero‘t yaylovlaiga ko'chish taraddudi bilan mashg'ul bo‘lishgan va bu jarayon o‘ziga xos bayram tantanalari tusini olgan bo‘lardi. Hikoyada tasvirianishicha, yilgi ko'chish oldingilaridan keskin farq qiladi. Qabila ahli ko‘ngliga shodiyona sig'maydi. Ular tahlikali bir vaziyat oldida turishibdi. Yozuvchi ana shu holatni oq o'tovning qurollangan, jangovar soqchilar tomonidan qo'riqlanishi, qabila sardori Rustakning qavmning dunyo ko‘rgan oqsoqollariga maslahat solishi kabi lavhalarda ko‘rsatishga harakat qilgan.Bezovtalikning sababi nimada? Yurt taqdiri katta havf ostida turibdi.Mirkarim Osim qalamiga mansub mazkur hikoyada xalq qahramoniShiroqning xalqona-tarixiy qiyofasi o‘z badiiy ifodasini topgan. Undayozuvchi taxayyuloti asosida bosh qahramon jasoratining yangi-yangiqirralari kashf etiladi. Turon zaminida yashagan qadimgi qabilalaming bosqinchilaiga qarshi o‘ylab topgan tadbirlari va uning amalga oshishi, istilochilarga nisbatan Shiroqning o‘tli qahr-g‘azabi, nafrati mahoratbilan badiiylashtirilgan.
60.0 ‘rxun-Enasoy bitiktoshlari til va yozuv yodgorligi bo‘lishi bilan bir qatorda tarixiy va adabiy manba maqomida muayyan badiiy-ilmiy qimmatga ham molikdir. Chunki ularda V-VIII asrlardagi ijtimoiyiqtisodiy hayot, turkiy xalqlar va qabilalaming urf-odatlari, e’tiqodiyqarashlari, badiiy ijodi namunalari o‘z ifodasini topgan. Bitiktoshlardashe’riy misralarning uchrashi, turli tarixiy voqealar ifodasida badiiyuslubdan foydalanganligi muhim ahamiyat kasb etadi. Xususan, qabrtoshlaridagi marsiyalarning badiiylik darajasining birmuncha yuksakekanligi qiziqish uyg‘otadi. Ular orqali vafot etgan kishining qiyofasimanzaralarini ko‘z o‘ngimizda gavdalantirishimiz va motamtutuvchining murakkab ruhiy holati bilan tanishishimiz mumkin.Tadqiqotchilarning fikricha, bitiktoshlardagi marsiyalar mazmunmohiyati, badiiyati jihatidan «Devonu lug‘otit turk»dagi marsiyalarga ancha yaqin turadi.

  1. «Shohnoma» oltmish ming baytga yaqin ulkan asar. Bu dostonda ellik podsholikdan iborat to‘rt sulolaning - Peshdodiylar, Kayoniylar, Ashkoniylar, Sosoniylar sulolalarining to‘rt ming yillik tarixi berilgan.Muqaddimadan so‘ng dostonni uch qismga boMish mumkin. Doston afsonaviy qism, qahramonlik eposi va tarixiy bo‘limlardan iborat bo‘lib, qadim zamonlardan to arablar istilosiga qadar bo'lgan Eron tarixini qamrab oladi. «Shohnoma»ning asosiy g‘oyasi ona Vatanni jondan sevishga da’vat, bosqinchilarga qarshi kurashish uchun mamlakatda birlik va yakdillikni targ‘ib qilishdan iboratdir. Bu asar, asosan, Eron va Turon xalqlari o‘rtasidagi kurash voqealariga bag‘ishlangani bilan emas, balki Qayumars, Hushang, Jamshid, Kovai ohangar, Zahhok kabi bir qator afsonaviy va tarixiy obrazlar orqali yer yuzida yaratilgan barcha narsalar insoniyat uchu ekanini, hukmdorlar o‘z qo‘l ostidagi insonlaming manfaati uchun mas’ulligini aytmoqchi bo‘lgan edi. Shuningdek, hukmdorlaming takabburligi, xalqqa o‘tkazgan zulmi oxir-oqibat mamlakat vayronagarchiligiga va toj-taxtning qulashiga sabab bo‘lishiga ishora qiladi.

  2. “Qutadg‘u bilig”ning tuzilishi o‘ziga xos, takrorlanmas. Yusuf Xos Hojib har bir faslda bir masalani qo‘yadi. Masala batafsil bayon qilinadi. Bayon tugagach, yakunlovchi bir bayt keltiriladi. Yakunlovchi baytdan so‘ng Yusuf shoiming, ya’ni o‘zining donishmandona bir to‘rtligini keltiradi. Shu tariqa fikr yakuniga yetadi. Shundan keyin yana bir faslda sarlavha sifatida bir masala qo'yiladi va yuqoridagiday tartibda davom etadi. 0 ‘zg‘urmish timsolida Yusuf nafsga erk bermaslik, buning o‘miga toat-ibodat bilan band bo‘lish, halollik, birovning haqini yemaslik, boriga qanoat qilib kun ko‘rish, haromdan hazar qilish kabi kundalik amallami bajarishni ommaga da’vat qilishni ilgari suradi.“Qutadg‘u bilig” da bir yuz saksonga yaqin to'rtlik bor bo‘lib, Sharq epik she’riyati uchun qulay va keyinchalik keng tarqalgan masnaviyda yozilgan. 71, 72, 73-boblar qasidadan iboratdir.“Qutadg‘u bilig” amzning mutaqoribi musammani solim va undan fa’riy (hosila) bo‘lgan mutaqoribi musammani mahzuf, mutaqoribi musammani maqsur bahrida yozilgan.

  3. Asardagi hazrati Yusuf alayhis-salom qissasi o‘zining badiiy jihatdan barkamolligi, pishiq yaratilganligi, hajman kattaligi bilan yozuvchiningyirik so‘z san’atkori sifatida ko‘rsatish huquqini beradi. Shuningdek,«Qisasi Rabg‘uziy»ning hikoyat, latifa va qissalari tarkibiga o‘zbek, arab,fors tilida yozilgan she’riy parchalaming kiritilganligi asar muallifiningbilim donligi hamda katta shoirlik iste’dodidan dalolat beradi.Rabg‘uziyning she’rdagi mahorati, ayniqsa, tabiat manzaralariningbadiiy tasvirini chizishda ravshan namoyon bo'ladi. Jumladan, hazratiYusuf qissasi tarkibida kelgan g‘azalda shoir bahor manzaralariningmukammal turkiy tasvirini bergan, deyish mumkin. Mazkur she’rturkiy g‘azalning ilk namunasi ekanligi bilan ham ahamiyatlidir. Undaijodkoming tashxis badiiy san’atidan mohirona istifoda etganligi aniqko‘zga tashlanadi:Qisasi Rabg‘uziy»da badiiyat namunalari g‘oyat yuksak bo'lganshe’riy parchalami yana ko‘plab uchratish mumkin. Ulardan shoirba’zan payg‘ambarlami tavsiflashda, asar o‘qishliligini oshirishda,gohida esa qissalardagi voqealarga o‘zining shaxsiy hissiy munosabatiniifodalashda foydalangan.

64.Qisasi Rabg‘uziy»da dastlab payg'ambarlaming fazilat, kashf-u

karomatlari bayon qilinib, so'ngra aksariyat holatlarda o‘sha Alloh

elchilarini ulug'lovchi she’rlar keltiriladi. Keyin esa nasrda nabi-yu

rasullaming sarguzashtlari hikoya qilinadi.

Bu holat deyarli barcha qissalar uchun mushtarakdir. Jumlaladan,

«Qisasi Odam safiy alayhis-salom» asarida bu ilk payg‘ambaming

tuproqdan yaratilgani, yuksak ko‘kka otilgani, ujmoh (jannat) ichiga

kiigani, Hawodek juft berilgani, iblis vasvasasiga ilingani, yorug‘

jannatdan ayrilib, qorong‘u dunyoga kelgani kabi sarguzashtlari bayon

etiladi. Shundan so‘ng zikri o‘tgan voqealaming ixcham bayoni aks

etgan she’riy parcha keltiriladi. Ana shunday tafsilotlardan keyin Odam

alayhis-salom haqidagi qissaning mazmunini hikoya qilish boshlanadi.

Alloh Odamni yaratishni istadi va Jabroilga borib yerdan bir hovuch

tuproq olib kelishni buyuradi. Jabroil yerdan tuproq olmoqchi

bo‘lganida, yer unga mendan tuproq olmagil deb ont beradi. So'ngrashu maqsad bilan Isrofil, Mekoil yerga keladi, har ikkalasiga ham yer

Jabroil bilan bo‘lgani kabi ont beradi. So'ngra Azroil kelib: «Saning

ontingdan manga mavlo taolo yorlig‘i azizrak turur»,-deb, yer yuzidan

bir hovuch tuproq oladi. Alloh taolodan nido keladi: «Ey Azroil,

nihoyat qattiq ko'ngilluk ermishsan. Taqdir andoq qildim, qamug‘

tanlig1 laming jonin senga oldirg'ayman».


65.2. ҚОБИЛ ИЛА ҲОБИЛ

Одам алайҳиссаломнинг Қобил ва Ҳобил исмли икки ўғиллари бор эди. Қобил ўзи бирла туғушган Иқлима исмли синглисини олмоқчи бўлди. Одам алайҳиссалом ўз шариатлари узра Ҳобилга бермоқчи бўлганларида Қобил рози бўлмади. Одам алайҳиссалом: «Бўлмаса, иккингиз ҳам Аллоҳу таолога қурбон сўйингиз, қайсингизни қурбонингиз қабул бўлса, Иқлимани ул олур», — дедилар. Қурбон сўйдилар. Ҳобилники қабул бўлди. Қобил ҳасад қилуб, Ҳобилни тош бирла уруб ўлдуруб, ерга кўмди.



Жаноби Ҳақ Одам алайҳиссаломни ўз болаларига пайғамбар қилуб, ўн саҳифа китоб юборди. Минг йил яшаб, Жумъа куни вафот бўлдилар. Қабри шарифлари Сарандиб-дадур. Бир ривоятда Маккада Абу Қубайс тоғиндаги ғорда дейилур. Ҳазрати Ҳавво Ҳазрати Одамдин бир йил сўнгра вафот бўлдилар. Қабри шарифлари Жидда тоғиндадур.

  1. Idris — Qurʼonda nomi zikr etilgan paygʻambarlardan biri. Islomshunoslar I.ni Bibliyadagi Enoh, baʼzan Ezdra kabi afsonaviy shaxslar bilan taqqoslaydilar. U ajal farishtasini aldab, jannatga kirgan va Allohga sadoqati uchun qiyomat kunigacha oʻsha joyda yoki yettig birida qoldirilgan.(isroilyotdan) U xat va yozuvni, kiyim tikib, kiyinib yurishni boshlab bergan, yulduzlarga qarab taqdirni aytib berishni, vaqt hisobini bilgan,Idris alayhissalom qissasi. Juda koʻp oʻqib izlangani uchun Idris alayhissalomni Ahnuh deb atardilar. Hayotligida yaratgan egamga eng koʻp takbiru tasbeh aytgan u edi. U tikish va bichish bilan shugʻullanar, har bir igna sochganda bir tasbih aytardi. Barcha farishtalar uning toat ibodatini tinglashni xush koʻrar edilar. U tirikligidayoq farishtalar yordamida doʻzaxu jannatni aylanadi. Rivoyatlarga qaraganda toʻrt paygʻambar tirikdir. Iso bilan Idris ikkalasi koʻkda, Xizr va Ilyos alayhissalom esa yerda

67..Asardagi hazrati Yusuf alayhis-salom qissasi o‘zining badiiy jihatdan barkamolligi, pishiq yaratilganligi, hajman kattaligi bilan yozuvchiningyirik so‘z san’atkori sifatida ko‘rsatish huquqini beradi. Shuningdek,«Qisasi Rabg‘uziy»ning hikoyat, latifa va qissalari tarkibiga o‘zbek, arab,fors tilida yozilgan she’riy parchalaming kiritilganligi asar muallifiningbilim donligi hamda katta shoirlik iste’dodidan dalolat beradi.Rabg‘uziyning she’rdagi mahorati, ayniqsa, tabiat manzaralariningbadiiy tasvirini chizishda ravshan namoyon bo'ladi. Jumladan, hazratiYusuf qissasi tarkibida kelgan g‘azalda shoir bahor manzaralariningmukammal turkiy tasvirini bergan, deyish mumkin. Mazkur she’rturkiy g‘azalning ilk namunasi ekanligi bilan ham ahamiyatlidir. Undaijodkoming tashxis badiiy san’atidan mohirona istifoda etganligi aniqko‘zga tashlanadi:Qisasi Rabg‘uziy»da badiiyat namunalari g‘oyat yuksak bo'lganshe’riy parchalami yana ko‘plab uchratish mumkin. Ulardan shoirba’zan payg‘ambarlami tavsiflashda, asar o‘qishliligini oshirishda,gohida esa qissalardagi voqealarga o‘zining shaxsiy hissiy munosabatiniifodalashda foydalangan.
68.Nuh (arabcha: نوح) Qur’onda nomi zikr qilingan paygʻambarlardan biri. Injildagi Noyga toʻgri keladi. Qur’onga koʻra, Alloh Nuhni oʻz qavmiga paygʻambar qilib yuborgan. Nuh oʻz qavmi ichida uzoq umr koʻrdi, yaʼni, 950 yil yashadi (Ankabut surasi, 14-oyat). U turli iloxlarga, butlarga sigʻingan qavmini toʻgʻri yoʻlga boshlab, faqat Allohga ibodat qilishga daʼvat etdi. Lekin qavm uning soʻziga kirmadi, uni masxara qildi. Nuhning daʼvatiga hatto oʻzining xotini va bir farzandi ham ishonmadi. Shunda Nuh Allohdan yordam berishni, kofirlarni jazolashni soʻradi (Shuaro surasi, 118-119-oyatlar). Alloh uning iltijosini qabul etib, Nuhga kema yasashni va barcha jonivorlardan bir juftdan olib kemaga joylashtirishni buyurdi. Keyin osmondan juda koʻp yomgʻir yogʻdirdi, yerning hamma tomonidan ham suv chiqartirdi. Osmon suvi bilan yer suvi qoʻshilib ulkan toʻfon paydo boʻldi. Toʻfonda barcha kofirlar halok boʻldi, faqat kemadagilar sogʻ qoldilar. Toʻfon boshlanishidan oldin Nuhning farzandlaridan biri kemaga chiqmadi. Nuhning otalik mehri qoʻzgʻab, oʻgʻlini kemaga chiqishga undadi. Allohga kufr keltirgan farzand esa, otasiga rad javob aytib imon keltirishdan yana bosh tortdi va toqqa chiqib jon saqlamoqchi boʻldi, lekin u ham halokatga uchradi (Hud surasi, 45-47-oyatlar). Suv pasaygandan keyin kema Judiy togʻi ustida toʻxtadi. Kema togʻ tepasiga kelib toʻxtab, yer toʻfon suvini yutib bitirgach, Alloh Nuhni kemadan yerga tushishga buyurdi. Nuh va unga iymon keltirgan kishilar kemadan tushishdi. Bu zamin Musil degan yurt edi. Nuh qissasini bayon qiluvchi Nuh surasi ham nozil boʻlgan.[1]
69.Unuq Odamning qizi bo’lib, Avj uning o’g’li edi. Bo’yi nihoyatda uzun edi. To’fonda gshu boisdan ham haolk bo’lmadiki, suv uning tizzasigacha chiqdi xolos. U tog’lar ustiga o’tirib, dengizga qo’lini tiqib, baliq ushlardi va uni quyoshga tutib, pishirib yeyardi. Hamiyatlik edi, behad sadoqatli edi. Katta yoshli xotin va bir qizni oldi. Qizni baland bir toshning ustiga, odamlar ko’rmaydigan joyga qo’ydi. Qiz ulg’aygach u bir joyga ketdi. Qiz tog’ning bir chetiga kelagida, ko’zi bir yigitga tushdi, unga oshiq bo’ldi. Yigit ham unga ko’ngil qo’ydi. Qovushmoqlikka imkon topmadilar. Yigit bir bo’rining oldigma kelib dardini aytdi:

— Bir usta topib, o’zing sig’adigan sandiq yo’ndirgin, og’zini berkitsin, sen unga kirib olgin, - deb maslahat berdi bo’ri.

Haligi odam sandiqni olib kelib, tog’ tagiga qo’ydi. Bo’ri ham sandiq yonida o’tirdi. Avj kelganida bo’ri yig’laganicha unga peshvoz chiqdi.

— Ey o’g’lim, sandiq ichida omonatim bor, uni senga qoldirayin, boshqalarga ishonmasman, - dedi.

Avj sandiqni olib xotini yoniga qo’ydi-da, Yana bir joyga ketdi. Xotin sandiqning qulfini ochib, yigitni chiqarib oldi. Bir necha kun birga bo’ldilar. Avj qaytib kelib ko’rsaki, bir kimsa yerga tupirmish.
— Buni kim qildi, - deya so’radi u.
— Men tupurdim, - dedi xotini.
— Yana bir tupirgin-chi! - dedi Avj. Xotini tupurganda unga o’xshamadi.

— Hozir seni haqiqat gapdan boshqa gap qutqarmas, - dedi Avj jahli chiqib. Xotin qo’rqqanidan rostini aytdi. Avj yigitni sandiqdan chiqardi, xotini yoniga qo’yib, bo’rini topib keldi. Yerga urib o’ldirdi, ustidan yozildi, bo’ri najosat ostida qoldi. Rivoyat qilishlaricha, u qaysi eldian o’pkalasa, bir oyog’ini qishloqning u chetiga, bir oyog’ini bu chetiga qo’yarkan-da, qishloqning tepasiga yozilib, hamma odamlarni najosati ostida halok qilarkan.

HIKOYAT. Avj Muso alayhissalom davrigacha tirik yurgan edi. Musoning lashkari ko’rdiki, Avj to’rt yig’och (bir yig’och taxminat 9 km keladigan masofa birligi) joyni band qilib turardi. Bir payt lashkar Bilan barobar keladigan bir tog’ni boshi ustiga dast ko’tardi-yu odamlar ustiga bostirib qo’ymoqchi bo’ldi. Shunda Olloh taolo sassiqpopishakka ilhom berdiki, u kelib Avjning boshi ustidan u tog’ni teshib qo’ygandi, tog’ uning bo’yniga halqa bo’lib qoldi. U Muso Bilan urusha olmadi. Shunda Musoga "Urgil!" degan farmon bo’ldi. Musoning bo’yi o’n ikki qari (tirsak) edi, tayog’ining uzunligi ham shuncha edi. Muso Yana o’n ikki qari balandga sakrab, tayog’i bilan urgandi, Avjning oshg’iga tegdi va yerga quladi. Musoning qavmi uni yancha-yancha o’ldirdilar.
70.Hud — Qurʼonda zikr qilingan paygʻambarlardan biri. Qurʼonga koʻra, u Od qavmidan boʻlib, oʻz qavmini hidoyatga boshlash uchun paygʻambar qilib yuborilgan. Bu qavm gavdali, jismonan baquvvat kishilar boʻlib, Yaman va Ummon oʻrtasidagi Ahqof degan joyda yashagan. Ular butlarga sigʻingan, yolgʻiz Allohga ibodat qilishga daʼ-vat etgan Hudni tahqirlab, yolgʻonchi va aqli zaif deb atashgan. Hud oʻz qavmini agarda yolgʻiz Allohga ibodat qil-masalar avvalda oʻtgan sarkash qavmlarga boʻlgani kabi, bularga ham Allohning azobi nozil boʻlishidan ogohlantiradi. Ammo Od qavmi bari bir oʻz zalolatida davom etaverdi va Hudga itoat etmadi. Shundan soʻng Alloh 3 yil yomgʻir yogʻdirmay, qurgʻoqchilikka giriftor etsa ham, bu qavm tavba-tazarru qilmagan. Oʻz qavmining imon keltirishidan umidini uzgan Hud oʻziga imon keltirgan moʻminlar bilan Makkaga ketib oʻsha yerda vafot etgan. Hidoyatga yurmagan qavm ustiga esa Alloh kuchli boʻron yuborib, hammalarini halok qildi ("Alhoqqa" surasi, 6—7-oyatlar).

71.Solih — Qurʼonda zikr etilgan paygʻambarlardan biri. Qurʼonga koʻra, Samud qavmini hidoyatga boshlash uchun paygʻambar qilib yuborilgan. Hijoz bilan Shom orasida Hijr degan joyda yashovchi bu qavm nafsoniy lazzatlarga berilgan, huzurbaxsh ichimliklar ichib, oʻzlari yasab olgan butlarga sigʻinar edi. Solih ularni faqat Allohga ibodat qilishga chaqiradi. Biroq qavm hidoyat yoʻliga yurish oʻrniga Solihni masxara qila boshlaydi va haqiqatdan ham paygʻambar boʻlsang, bizga moʻʼjiza koʻrsat deb daʼvo qiladi. Shunda Solih Allohdan oʻziga bir moʻʼjiza berishini soʻrab duo qiladi. Alloh Solihning duosini ijobat qiladi va Solih moʻʼjiza koʻrsatib xarsang toshdan tuya chiqaradi. Solih qavmni tuyaga ozor bermaslikka chaqirib, havzadan bir kun tuya, bir kun qavm suv ichishi lozimligini bildiradi (Qamar surasi, 27—28-oyatlar). Ammo, qavm tuyani soʻyib yuboradi, Solih va uning oilasini yoʻqotishga qasd qiladi. Shunda osmondan kuchli chaqmoq yuborilib, ular halok etiladi (Zoriyot surasi, 44-oyat). Solih oʻziga imon keltirgan kishilar bilan birga Falastindagi Ramla degan joyga borib, umrining oxirigacha shu yerda yashaydi.

72.Ibrohim — Qurʼonda nomi zikr etilgan paygʻambarlardan biri, oʻzidan keyin oʻtgan barcha paygʻambarlarning bobokaloni, arablar va yahudiylarning umumiy ajdodi. Allohning chin doʻsti (xalilullox), imom, siddiq va hanif deb taʼriflanadi. Yahudiy-xristian diniy adabiyotlarida Avraam nomi bilan maʼlum. Bobilda tavallud topgan. Yolgʻiz Allohga ibodat qilgan. Otasi Ozor va qavmlarni ham ana shunga daʼvat qilgan. Ular bilan bahslashgan, ammo ishontirolmagach, otasi va qavmlari sigʻinib yurgan hamma butlarni sindirib tashlagan. Shu sababli uni yondirib yubormoqchi boʻladilar. Ammo u Alloh irodasi bilan olovdan sogʻ-salomat chiqqanligi Qurʼonda bayon qilingan.

Qurʼonda yozilishicha, Alloh Ibrohimga qariganda ikki farzand bergan. Bular Ismoil va Isʼhoq lardir. Ismoil, Muhammadning katta bobosi, Isʼhoq esa, Iso va undan avval oʻtgan paygʻambarlarning katta bobosidir. Makkai mukarramada Baytulloh (Allohning uyi) ning bunyod boʻlishi, islom arkonlarining besh farzi — haj qilish Ibrohimga borib taqaladi. Kaʼbadagi „Ibrohim joyi“ („Ibrohim maqomi“) musulmonlar ziyoratgohidir. Diniy adabiyot yagona xudoga eʼtiqod qilish, qurbonlik uchun odam oʻrniga jonivor soʻyish, xatna qilishni Ibrohim. nomi bilan bogʻlaydi.

Manbalarda Ibrohimning 175 yil umr kurganligi, oʻgʻillari uni Madinatul Xalil (Xevron, Falastin) ga dafn etganligi yozilgan. Bu qabr ziyoratgoh hisoblanadi.[1]
73.Ismoil — Qurʼonda nomi zikr etilgan paygʻambarlardan biri. Ibrohim (as)ning oʻgʻli. Qurʼonda u oʻz axlini namoz oʻqish, zakot berishga buyurganligi yozilgan. I. Allohning amri boʻyicha oʻz otasi bilan Kaʼba ibodatxonasini bunyod etgan.

Rivoyatlarda I. Ibrohim(as)ning Hojar ismli choʻrisidan tugʻilganligi hikoya qilingan: Ibrohim (as) Parvardigorning amri va Sora (Ibrohimning xotini)ning xohishiga koʻra Hojarni olib Arabiston (Makka) tomon ketadi. I. oʻsha yerda tugʻiladi, onasi uni yuvish uchun suv qidirib Safo va Marva tepaliklari oraligʻida yetti marta yugurgan (hojilarning bu tepaliklar oraligʻida yugurish odatining kelib chiqishi shu voqea bilan bogʻlanadi). Shu payt I. tepinganda uning oyogʻi ostidan Zamzam bulogʻi paydo boʻlgan, undan muqaddas suv otilib chiqqan. Islomda Ibrohim (as) I.ni Allohga qurbon qilmoqchi boʻlganligi, lekin shu dam uning oʻrniga qoʻchqor yuborilganligi rivoyat qilinadi. I. voyaga yetgach, shu atrofda yashovchi jurhum qabilasidan bir qizga uylanadi, keyin u bilan ajrashib shu qabilaning boshqa qiziga uylanadi. Xotinlaridan arab tilini oʻrganadi. Arab nasabshunoslariga koʻra, shimoliy arab qabilalarining hammasi I.dan tarqalgan. Rivoyat qili-nishicha, I. alayhissalom 137 yil umr koʻrgan. Arab tarixchilarining fikricha, Makkada vafot etgan va Hojar yoniga dafn qilingan.[1]




  1. Lut alayhis-salom - Qur’onda nomi zikr etilgan payg‘ambarlardan biri. Harron shahrida (Mesopotamiya) da tavallud topib, Ibrohim alayhis-salom bilan birga Falastinga borgan. Sadum, Amura va uning atroflaridagi yerlarda chorvachilik bilan shugullangan. Payg‘ambarlik darajasiga yetishgach, odamlarga pand-nasihat qilgan, Allohning birligiga imon keltirishga chaqirgan. Biroq, axloqi buzuq Sadum aholisi bachchavozlik odatini tark etmay, Lut alayhis-salomning o‘zini bu yurtdan haydab chiqarmoqchi bo‘ladi. Farishtalar unga oilasi va imonli kishilar bilan birga (xotinidan tashqari, chunki xotini Allohning qahriga uchragan edi) shahardan chiqib ketishni buyurganligi rivoyat qilinadi. Qur’onning "Hijr" surasi, 61-65-oyatlari va 74-oyatida bayon qilingan. Lut alayhis-salom ma’lum masofaga yetib olgach, shahar ostin-ustun qilib yuborilgani, qavm ustiga sopol tosh yog‘dirtirilgani bayon etilgan. Hozir bu dinsiz qavm yashagan shahar o‘rnida dengiz mavjud bo‘lib, u O’lik dengiz va Lut oroli deb nomlanadi

  2. Yoqub alayhis-salom - Qurʻonda tilga olingan paygambarlardan biri. Isxoq alayhis-salomning oʻgʻli, Yusuf alayhis-salomning otasi Yoqub alayhis-salom Allohning birligiga, ibodatiga daʻvat etuvchi paygʻambarlardan boʻlgan. Qurʻonda uning taqvodorligi va paygʻambarligi Allohning Ibrohim alayhis-salom avlodlariga koʻrsatgan marhamati sifatida ifodalangan (2:136/130, 140/134; 6:84).Yoqub alayhis-salom oʻgʻillari orasida Yusufga nihoyatda mehr qoʻygan edi. Bundan ranjigan boshqa oʻgʻillar Yusufdan qutulish yoʻlini izlaydilar. Uning joniga jabr qilib, quduqqa tashlaydilar. Yoqub alayhis-salom sevimli farzandi dardida yigʻlayverib koʻzi koʻr boʻlib qoladi. Qurʻonda aytilishicha, Yusufning koʻylagi Yoqub alayhis-salomning yuziga tekkach, uning koʻzlari ochiladi. Rivoyatlarga koʻra, yer yuzidagi barcha yahudiylar Yoqub alayhis-salomning oʻn ikki farzandlaridan tarqalgan.

  3. Nosiruddin Rabg´uziy mahoratli nosirgina emas, nozikta'b shoir hamdir. „Qisasi Rabg´uziy"dagi qissa va hikoyatlar orasida o`nlab she'rlar ham mavjud. Bahor vasfiga bag´ishlangan birinchi turkiy g azal ham Rabg´uziy qalamiga mansub. U shunday boshlanadi:Kun hamalga kirdi ersa, keldi olam navro`zi, Kechdi bahman zamharir qish, qolmadi qori, buzi. Umuman, „Qisasi Rabg´uziy" turk badiiy nasrining ilk namunalaridan biri sifatida adabiyotimizda o`ziga xos o`ringa ega. Unda adib Nosiruddin Rabg´uziyning yuksak badiiy mahorati yorqin namoyon bo`lgan. „Qisasi Rabg´uziy" o`zining ma'rifiy-tarbiyaviy hamda badiiy-estetik ahamiyati bilan hozirgi aviodlar ma'naviy kamoloti uchun ham qadrlidir.

  4. 77.Muso — Qurʼonda tilga olingan paygʻambarlardan biri. Qadimgi yahudiy manbalarida Moshe, xristian manbalarida Moisey nomi bilan maʼlum. Muso Yahudiylikka eʼtiqod qiluvchilar Musoni iudaizm asoschisi deb hisoblaydilar. Qurʼonning bir necha suralarida Musoning nomi qayd etilgan. Baʼzi rivoyatlarda Muso „Bani Isroil“ qabilasida tugʻilishi, Misr podshohi (firʼavn) ning taxtdan ketishiga sababchi boʻlishi, taqdir taqozosi bilan Misrdan qochib ketishi va arab qiziga uylanganligi aytiladi. Alloh, Musoni Isroil qabilasini Firʼavn zulmidan ozod qilib, Misrdan olib chiqib ketishga daʼvat qiladi. Unga Sino togʻida „10 vasiyat“ tosh lavhasini taqdim etadi. Muso qoʻlidagi tayoqning ilonga aylanishi, choʻntagidan qoʻlini chiqarganda oyna kabi yaltirab koʻzlarni qamashtirishi kabi moʻjizalarga ega boʻlgan. Unga Tavrot nozil etilgan. Musoni yahudiylar, musulmonlar, xristianlar paygʻambar deb hisoblaydilar.[1]

78.
79Aytmishlar, Musoning Somiriy degan xolasining oʻgʻli bor edi. Jabroil dengizdan chiqayotganda uni hech kim tanimadi. Faqat Somiriy tanidi. Taniganiga sabab shu edi: Somiriyning koʻzi Jabroilning oti tuyogʻiga tushdi. Baytal tuyogʻini qayga qoʻysa, u yer yashnardi. Somiriy otdan tushdi. Jabroil otining tuyogʻi oʻrnidan bir hovuch tuproq oldi va uni asradi.Bani Isroilga yondosh yerda amoliq urugʻi yashardi, ular firʼavn qavmidan edi. Dengiz qirgʻogʻiga but oʻrnatib, sigʻinar edilar. Bani Isroil uni koʻrib, Musoga aytdi: “Ey Muso, ularni butlari boʻlganidek bizlarga ham but yasab ber”. Muso javob qildi: Ular albatta halok boʻlgʻuvchilardir. Botildirlar, sizlarga Mavlo taolodan aziz tangri yoʻq. Ular bizni oʻz fazli bilan gʻolib qildi. Dushmanlar halok boʻldi.


80.Dovud — Qurʼonda nomi zikr etilgan paygʻambarlardan biri. Yahudiy va xristian diniy adabiyotlarida David nomi bilan maʼlum boʻlgan. Tarixiy maʼlumotlarga koʻra, D. mil. av. 11-asrda Isroil va Iudeyani birlashtirib, yagona yahudiy davlatini tuzgan podsho. Qurʼonda yozilishicha, D. Jolut (falastinliklar lashkarboshisi) ustidan gʻalaba qozongan. "Alloh unga (D.ga) podshohlik, paygʻambarlik va Oʻzi xohlagan narsalaridan taʼlim berdi" (Qurʼon, 2:251), D. alayhissalomga Muso (as)dan soʻng samoviy kitob — Zabur tushirilgan. D. temirchilikning asoschisi hisoblanadi, oʻz qoʻl mehnati bilan tirikchilik oʻtkazgan: temirdan har xil asboblar yasab, uni sotib kun koʻrgan. Ayni chogʻda D. ning nihoyatda xushovoz boʻlganligi, togʻlaru qushlar unga qoʻshilib "tasbeh aytishi", daʼvolashuvchi tomonlarni murosaga keltirish, odilona hukm qilish qobiliyatiga ega ekanligi haqida koʻp rivoyatlar bor. D. alayhissalom vafotidan soʻng , barcha mulk va paygʻambarlik oʻgʻli Sulaymon (as)ga meros boʻlib qolgan.
81Qur’oni Karimda Jolut jangchilarining Tolut ozchiligi tomonidan mag‘lub bo‘lgani haqida xabar beriladi:

“Tolut askar bilan chiqqanda: “Albatta, Alloh sizni daryo bilan sinovchidir, kim undan ichsa, u mendan emas. Va kim uni tanovvul qilmasa, u, albatta, mendandir. Magar birov qo‘li bilan bir ho‘plam ho‘plasa, mayli”, dedi. Ozginalaridan boshqalari undan ichdilar. U va u bilan birga iymon keltirganlar daryodan o‘tganlarida ular: “Bugun bizda Jolut va uning askari bilan jang qilishga toqat yo‘q”, dedilar. Allohga ro‘baro‘ bo‘lishga ishonganlar: “Qanchadan-qancha oz sonli guruhlar Allohning izni bilan ko‘p sonli guruhlarga g‘olib kelgan. Alloh sabrlilar bilandir”, dedilar... Allohning izni bilan urushda yengdilar va Dovud Jolutni qatl etdi. So‘ngra Alloh unga podshohlik va hikmatni berdi va xohlagan narsasini o‘rgatdi. Agar Allohning ba’zi (odam)larni ba’zilariga daf’ qilish bo‘lmasa edi, yer yuzi buzilardi. Lekin Alloh olamlar ustidan fazl egasidir.” (“Baqara” surasi 249, 251-oyatlar)


82.Sulaymon — Qurʼonda tilga olingan paygʻambarlardan biri, hukmdor. Mil. av. 965—928 yillarda IsroilIudeya podshohi boʻlgan. Dovudning oʻgʻli. 13 yoshida taxtga oʻtirgan. Yetuk bilimli, har bir ishda hukm chiqarishda otasidan koʻra olimroq boʻlgan. Rivoyatga koʻra, u jamiki insu jin, hayvonlar va parrandalar olamiga podshohlik qilgan, qushlar tilini tushungan. Shamollar ham uning ixtiyorida boʻlib, S. farmoniga koʻra, u xodit bildirgan joyda esardi. S.ga berilgan moʻʼjizalardan biri mis koni edi, deb rivoyat qilinadi: paygʻambar izmidagi jinlar oʻsha misdan uning xohlagan narsasini yasab berishar ekan. Jinlarning S.ga qasrlar bunyod etgani, dengiz tubidan duru javohirlar olib chiqib bergani nakl etiladi. S. oʻz qoʻl ostida bir necha xil qushlarni tarbiya qilardi. Bular orasida hudhud (sassiqpopishak) ham boʻlib, u Yamanning Sabo shahridan quyoshparast malika Bilqis haqida xabar keltiradi. S. Bilqisga maktub yoʻllab, uni yolgʻiz Allohga itoat etishga daʼvat etadi (Naml surasi, 20—37oyatlar). S. otasining vasiyatiga koʻra, Aqso masjidini qurdirdi (qarang Almasjid alAqso). Sharq va Gʻarbda bir qancha mamlakatlarni zabt etib, jahongir boʻldi. S.ning oʻlimi bilan bogʻliq rivoyat jinlar, devlar gʻaybni — kelajakda roʻy beradigan voqeahodisalarni biladi, degan gumonlarni rad etadi: jon taslim qilgan S. tayangan hassani uzoq vaqt yogʻoch qurti yeb u yerga qulab tushmaguncha, jinlar S.ning vafot etganini bilmaganlar va paygʻambar ularga buyurgan vazifa — baland qasr bino qilish ishini davom ettiraverganlar (Sabaʼ surasi, 14oyat). Shunday qilib, S oʻlib, devlar mehnatdan qutulgan ekan. S yahudiy va xristian diniy adabiyotlarida Solomon nomi bilan maʼlum.
83.SULAYMON VA CHO’LOQ CHUMOLI HIKOYATI
Chun Sulaymon bir qancha riyozatlar chekib kamolga yetganida (payg‘ambarlik nasib etganida) uning oyog‘i ostida ojiz holda qolgan chumoliga bunday dedi:
— Ey mening oyog‘ ostimda qolgan, qon va tuproqqa aralashgan jonivor, qanday qilib bu holga tushding?
Cho‘loq chumoli shu vaqt unga bunday javob berdi:
— G’isht va tuproq orasida tor go‘rga tiqilganman. Hayotimdagi barcha pok umidlarim kesilgan. Ey pok zot, tuproq ostida qolganim mayli edi, lekin eng yomoni, bu g‘isht yuzimga koinotni to‘sib qo‘ydi. Agar mening holimni tushungan bo‘lsang, fazling bilan men tomonga qarab, yuzimni ochib qo‘ygin. Yuzimdan to‘siqni olib tashlaki, barcha tomonlar ko‘rinib tursin.
Ey, shoh, men (Attor) gunohlarim, ayblariyam ko‘p bo‘lib, yuzingga qarayolmasam-da, meni ochiq yuzli qilgin. Axir sen eng karamli, karimi mutlaqsan. Yaxshi va yomon ishlarim bo‘lsa-da, dargohingga ochiq yuz bilan boray.

  1. Yunus — Qurʼonda tilga olingan paygʻambarlardan biri. Zunnun, yaʼni katta baliq (kit)ning hamrohi degan nom ham olgan. Bibliyadagi Ionaga toʻgʻri keladi. Qurʼonning 10-surasi uning ismi bilan ataladi. Qurʼonda Allohning yagonaligini tan olmagan oʻz qavmidan gʻazablanib, parvardigorning iznisiz shahardan chiqib ketgani, kemada qochgani, suvga tashlangani, uni katta baliq yutib yuborgani, Alloh uni qutqargani, soʻng u targʻibot olib borgan qavm bu dunyo jazolaridan qutulib qolgani haqida bayon etiladi. Qurʼondagi Yu. qissasida qavmni hidoyatga boshlashda sabrtoqatli, bardoshli boʻlishga daʼvat bor. Hoz. vaqtda Yu. paygʻambarning qabri (Iroq, Mosul shahri yaqini) qadamjolardan hisoblanadi.

  2. Ilyos — Qurʼonda nomi zikr etilgan paygʻambarlardan biri. I. oʻz qavmi Baʼl nomli oltindan yasalgan butga sigʻinib, zalolatga botgach, ularni hidoyat yoʻliga daʼvat etish uchun paygʻambar qilib yuboriladi. Ammo ular daʼvatni qabul qilmaydilar. "Bani Isroil"ni hido-yat yoʻliga sola olmay umidlari uzilgan I. parvardigordan oʻz jonini olib, mashaqqatdan xalos etishni soʻraydi. Alloh unga qavmini isloh qilish yuklatilganligini, binobarin jonini olmay, oʻrniga soʻragan narsasini muhayyo etishni vaʼda qiladi. I. ga 3 yilgacha yomgʻir yogʻdirish-yogʻdirmaslik ixtiyori beriladi. Qurgʻoqchilik boshlanib xalq qahatchilikka uchraydi, begunoh hayvonu qushlar ham nobud boʻlib, daraxtlar quriydi. Shundan soʻng qavmning iltijosi bilan I. va Alyasa (as) Allohga yolvorib duo qilgach, koʻkda bulut paydo boʻlib yomgʻir yogʻadi. Xiyonatkor qavm esa yana aqdini buzib zalolat yoʻliga kiradi. Rivoyatda I. pirovardida samoga kutarilib ketgani aytiladi. Bibliyadagi Iliya toʻgʻrisidagi hikoyatlarda ham shunday mazmun bor. [1]
















Download 3.35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling