Savollar: Protsessorga kiruvchi va chiquvchi boshqarish signallari qanday?


Download 99.17 Kb.
bet1/18
Sana03.02.2023
Hajmi99.17 Kb.
#1149126
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
Bog'liq
kompyuterni tashkil etish


Bilet 1
Savollar:
1. Protsessorga kiruvchi va chiquvchi boshqarish signallari qanday?
2. Xotira ierarxiyasi qanday?
3. Assembler tili va uning vazifalari haqida tushuntirishlar bering.

1. kompyuter protsessorining tuzilishi va uni qanday ishlashini tushunish muhim ahamiyatga ega jihatlardan biri hisoblanadi. Shuning uchun ushbu bobni kompyuter protsessorlarining tuzilishlari va ularni qanday ishlashlarini batafsilroq ko‘rib chiqishga bag‘ishladik. Ko‘rib chiqish uchun esa Intel protsessorlari oilasiga mansub, so‘z uzunliklari 8, 16 va 32-razryadga teng bo‘lgan, quyidagi protsessorlarni tanlab oldik:

1. Intel 8080 (K580ВM80) – 8-razryadli protsessor;

2. Intel 8088 – 16-razryadli protsessor;

3. Pentium 4 – 32 razryadli protsessor.

Zamonaviy kompyuterlar protsessorlarining tuzilishlari va ularni qanday ishlashlarini o‘rganish anchagina murakkab jarayon ekanligi hisobga olgan holda, ushbu mavzuga oid asosiy tushunchalar va jihatlarni avval, 8-razryadli protsessor va u asosida qurilgan kompyuterning qanday tuzilganligi va qanday ishlashini batafsil qo‘rib chiqish bilan boshlaymiz. Tushuntirishlar jarayonida, yuqorida sanab o‘tilgan protsessorlarni o‘zaro taqqoslashlar asosida, ularning tuzilishlariga va ishlash tamoillariga qanday o‘zgartirishlar kiritib borilganligi, hamda bu o‘zgartirishlar natijasida nimalarga erishilganligi haqida ham ma’lumotlar keltirib boriladi. Hozirda kompyuterning qanday tuzilganligi va qanday ishlashini, ya’ni kompyuter arxitekturasini o‘rganish uchun mo‘ljallangan bir nechta o‘quv elektron stendlari ishlab chiqilgan, bunday stendlarga misol qilib - УМПК-80, 8088 trasseri va Pep8 kabi elektron stendlari keltirish mumkin. Bu o‘quv stendlari yordamida mos holda – 8, 16 va 32-razryadli protsessorlarning va ular asosida qurilgan kompyuterlarning tuzilishlari va qanday ishlashlarini o‘rganish imkoniyatlari mavjud.

Intel 8080 protsessori ko‘p maqsadlar uchun mo‘ljallangan birinchi protsessor hisoblanadi, uning tarkibida bor yo‘g‘i 6000-ta tranzistor ishlatilgan. Tanlab olingan protsessorlarning ikkinchisi - Intel 8088 protsessori asosida esa, hozirda keng tarqalgan shaxsiy kompyuterlarning dastlabkisi hisoblangan va MS DOS operatsion tizimi asosida ishlagan IBM PC shaxsiy kompyuteri ishlab chiqilgan edi. Ushbu protsessorning tarkibida 29 000-ta tranzistor mavjud bo‘lgan. Intel 8088 protsessori uchun ishlab chiqilgan dasturlar, Intel Core i7 protsessorida ham ishlashi mumkin, ya’ni ularning ichki tuzilishlari bir biriga o‘xshashdir. Boshqacha qilib aytadigan bo‘lsak, bu - Intel Core i7 protsessori na faqat 32-razryadli, balki 16 va 8- razryadli ma’lumotlar ustida ham amallarni bajara oladi degani bo‘ladi


Download 99.17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling